|
Book · June 020 citations reads 18,691 authorINVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3hayotdan manfaat olishga
intiladilar. Aynan shaxsiy manfaatning
ko’zlanishi kishilarni mehnatga undaydi, o’sishning, shaxsiy kamolotning
harakatlantiruvchi kuchi vazifasini o’taydi va oxir-oqibatda butun jamiyatning
farovonligini belgilab beradi;
- manfaatlarning xarakterini did, madaniyat, qadriyatlar va hokazolarga bog’liq
bo’lgan
shaxsiy qarashlar
belgilaydi. Bu tanlovning muhimligi yoki oddiyligi
haqida yoki “haqiqiy” yoki “yolg’on” ehtiyojlar deb nimani tan olish haqida fikr
yuritish uchun jamiyatdagi milliy, ahloqiy va ijtimoiy qoidalarni hurmat qilishdan
boshqa hech qanday asoslarga yo’l qo’yilmaydi.
- aynan
erkin va raqobatli ayirboshlash
yordamida kishilar va ular
bilan
hamkorlik qiladigan tashkilotlar o’z maqsadlariga erishadilar. Agar ayirboshlash
erkin bo’lsa, u faqat ikkala tomon uchun ham foydali bo’lgan taqdirdagina amalga
oshadi, agar ayirboshlash raqobatli bo’lsa, u holda ishlab chiqaruvchilarning
bozordagi pozitsiyasini suiste’mol qilish xavfi cheklangandir;
- bozor iqtisodiyoti mexanizmlari shaxsiy erkinlik tamoyiliga va ayniqsa
iste’molchining ustivorlik tamoyiliga asoslangandir. Tizimning ahloqiy negizi
kishilarning o’z hatti-harakatlari uchun javobgar ekanligini hamda o’zlari uchun
nimaning yaxshi va nimaning yomon ekanligini o’zlari hal qilishlariga asoslanadi.
Marketing sohalari.
Marketing zamirida yotuvchi to’rt tamoyildan
xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish bilan shug’ullanuvchi har qanday tashkilot
uchun muhim bo’lgan harakat falsafasi kelib chiqadi. Bu marketing harakatlari
sohasini uch asosiy bo’lakka bo’lish mumkin:
- iste’mol marketingi,
bunda ayirboshlash firmalar va pirovard iste’molchilar,
jismoniy shaxslar yoki oilalar o’rtasida amalga oshiriladi;
|
|
|