105
muhimdir. Ba’zi firmalar, masalan sanoat tovarlari
ishlab chiqaruvchilarning
ko’pchiligi esa aksincha, marketingni reklama bilan uzviy bog’liq deb tushunib, uzoq
vaqtgacha marketing bizning biznesga to’g’ri kelmaydi, deb hisoblab keldilar.
Demak, marketing – bu firmaning tijorat dastagi bo’lib, hatto eng yaxshi strategik
reja ham yaxshi natijalarga olib kela olmaydi. Ammo, ko’rinib
turibdiki, yetarlicha
katta strategik bazasiz mutlaqo rentabelli operatsion marketing ham bo’lishi mumkin
emas. Fikrsiz dinamizm - asossiz tavakkaldir, xolos. Operatsion marketing rejasi har
qancha kuchli bo’lmasin, u ehtiyoj yo’q bo’lgan joyda talabni yuzaga keltira olmaydi
va yo’qolib ketishi muqarrar bo’lgan faoliyat yo’nalishini saqlab qola olmaydi.
Binobarin, rentabellikni ta’minlash uchun operatsion marketing strategik fikrlashga
asoslangan bo’lishi kerak, u esa o’z navbatida bozordagi
ehtiyojga va uning
kutilayotgan evolyutsiyasiga tayanadi.
Dostları ilə paylaş: