6-BOB. LOYIHANING KAPITAL BYUDJETINI ISHLAB CHIQISH VA MOLIYALASHTIRISH MANBALARINI SHAKLLANTIRISH 6.1. Kapital tarkibining nazariy asoslari. Kapital qiymatini baholash. Loyihaning kapital byudjetini ishlab chiqish va u bo’yicha qarorlar qabul qilish. Respublikamiz bozor munosabatlariga o’tish sharoitida turli mulkchilik
shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ko’paytirish, jumladan, mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, kichik biznesni rivojlantirish
bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanib qoldi. Mustaqillik qo’lga kiritilgandan
so’ng markazlashgan investitsiyalarning investitsion loyihalarga safarbar etilishi
mamlakat iqtisodiyoti va ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirish davlatimiz
investitsion siyosatining asosiy yo’nalishlariga aylandi. Hukumatimiz buning uchun
qulay investitsion muhitni yaratgan va zarur chora-tadbirlar amalda qo’llanilmoqda.
Har bir korxona o’z taraqqiyoti uchun va joriy rejalarini amalga oshirish
faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag’ manbalariga ehtiyoj sezadi. Kapital,
korxona ihtiyoridagi aktiv mablag’lar manbasidir. Ularni qisqa va uzoq muddati
aktivlarga bo’lish mumkin. Moliyalashtirishning u yoki bu manbasini jalb qilish
kapitalning ma’lum xarajatlari bilan bog’liq: aktsionerlar uchun dividendlar,
banklardan olgan ssudalari uchun, investorlar qilingan investitsiyalari uchun
foizlardir. Ma’lum hajmdagi moliyaviy resurslarni qo’llaganligi uchun to’lash kerak
bo’lgan mablag’larni umumiy summasi foizda umumiy hajmga nisbatan yaratilgan
boylikning kapital bahosi deyiladi. Qoida bo’yicha joriy aktivlar qisqa muddatli, uzoq
muddatda foydalanishi esa uzoq muddatli mablag’lar manbasi hisobiga
moliyalashtiriladi. Buning natijasida sarf qilinishiga ketadigan xarajatlar umumiy
summasi shakllanadi.
Kapital bahosi konsepsiyasi kapital nazariyasida asosiy konsepsiyalardan
biridir. U investitsiya qilingan kapitalning rentabellik darajasini xarakterlaydi.
Rentabellik darajasi, korxonaning bozor qiymatining kamayib ketmasligi uchun
ta’minlanib turishi kerak.
109
«Mazkur kompaniya kapital bahosi» va «Kapitalni baholash» tushunchalarini
ajrata bilish kerak.