Boshlang‚ich-1-fayl p65



Yüklə 454,19 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü454,19 Kb.
#153514
ona tili-1



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
G‘oyibnazar ERNAZAROV
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA
ONA TILI O‘QITISH
METODIKASI
Pedagogika kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
4-nashri
Toshkent — «ILM ZIYO» — 2013


2
Oliy va î‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
UO‘Ê 373.31(075)
811.512.133
KBÊ 74.268. IO‘zb.ya722
E67
Mazkur uslubiy qo‘llanma pedagogik yo‘nalishdagi kollejlarning
o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Mavzularni rejalashtirish «Boshlang‘ich sinflarda
ta’lim-tarbiya ishlari» yo‘riqnomasi talablariga muvofiq tuzilgan bo‘lib, uni
yoritish Sharq va G‘arb mutafakkirlarining fikrlari hamda ilg‘or pedagogik-
metodik qarashlar ko‘magida amalga oshirildi.
Metodikaga doir nazariy bilimlarning amaliy tarzda asoslanishi
boshlang‘ich ta’limning «O‘qish kitobi» va «Ona tili» darsliklariga tayangan
holda ochib berildi.
Qo‘llanma tuzilishi, tarkibi, mazmun va mohiyatiga ko‘ra, uslubiy
darslarning o‘qitilishida amaliy ahamiyatga egaligini ta’kidlash maqsadga
muvofiqdir.
T. NIYOZMETOVA —
filologiya fanlari nomzodi;
R. INOG‘OMOVA — 
pedagogika fanlari nomzodi;
R. ABDULAHATOVA — 
filologiya fanlari nomzodi;
N. HUSAINOVA — 
Bekobod pedagogika kolleji-
ning oliy toifali o‘qituvchisi.
T a q r i z c h i l a r :
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2005-y.
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2013-y.
ISBN 978-9943-16-042-2


3
KIRISH
ONA ÒILI O‘QIÒISH MEÒODIKASI FANINING
MAQSAD VA VAZIFALARI, UNING ÒARKIBIY QISMI
HAMDA BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
R E J A :
1. Ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti va maqsadi.
2. Fanning o‘z oldiga qo‘ygan vazifasi.
3. Ona tili o‘qitish metodikasining tarkibiy qismlari va boshqa
fanlar bilan aloqasi.
Ona tili o‘qitish metodikasi (yunoncha 
method— 
yo‘l-yo‘riq,
usul) til nazariyasiga asoslangan holda talabalarga o‘zbek tilidan
bilim va malaka berish usulining amaliy vazifalarini o‘rgatadi. Bu
fan, bir jihatdan, o‘z tekshirish manbayiga ega bo‘lgan mustaqil
fan sifatida ayrim xususiyatlari bilan ajralib turadi. Buni ixcham-
lashtirgan holda quyidagicha izohlash mumkin:
1. Nutqni sayqallashni o‘rgatish.
2. Yozuv sifatiga e’tiborni qaratish.
3. Namunali o‘qish me’yorini egallash ko‘nikmasiga diqqatni
tortish.
4. Ona tilini o‘rgatish vositalari hamda shart-sharoitlari, shu-
ningdek, leksikani o‘zlashtirishning soddadan murakkabga o‘tadigan
qoidalari haqida bahs yuritish.
Òa’lim jarayonida faoliyat yuritadigan o‘quvchilar amalda nutq
madaniyatini egallab, xatosiz yoza olishsa, adabiy til normalarini
puxta o‘zlashtirib, ona tilidan olgan bilimlari mustahkam bo‘ladi.
Biroq maktab tajribasidan kelib chiqib aytish kerakki, o‘quvchilarda
materialni mustaqil egallashga intilish sust bo‘lib, ular mavzulararo
manbalarni solishtirishmaydi, natijada nazariy bilimlar mohiyati
ochilmaydi va aksariyat o‘quvchilar berilayotgan materialni shun-
chaki yodlab olishadi. Deylik, o‘quvchi otlardagi olti kelishikni
yoddan biladi, lekin yozma nutqda qaratqich va tushum kelishiklarni
farqlamaydi. Ba’zilar esa so‘z turkumlarini ayta oladi-yu, grammatik
tahlilda u yoki bu so‘z turini chegaralay olmaydi. Bayon yoki insho
kabi mustaqil fikrlashga tayanadigan yozma ishlarda esa imlo qoida-
lariga bo‘ysunmaydigan shevachilikka o‘tib ketiladi. Bunday hol


4
ona tili o‘qitishda nazariya va amaliyot o‘rtasida sezilarli farq
mavjudligidan kelib chiqadi. Shuning uchun «Umumiy o‘rta ta’lim-
ning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi»da o‘quvchilar egallashi
lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal darajasi
belgilab berilgan. Bular boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish
darajasidan:
a) o‘qish texnikasi bo‘yicha;
b) matn mazmuni va o‘zgalar fikrini anglash malakasi bo‘yicha;
d) diktant yozish malakasi bo‘yicha;
e) fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo‘yicha olib
boriladi.
Ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti ona tili va o‘qish
darslari hisoblanadi. Mazkur darslarning subyekti, xususan, asosiy
maqsadi o‘quvchilarga milliy odob-axloq tarbiyasini singdirish, ilmga
qiziqishni, shuningdek, ularda g‘oyaviy ishonchni, ezgu niyatlarni
amalga oshirishda qat’iylik, intizomlilik, vatanparvarlik, baynalmilal-
lik kabi faxrli sifatlarni kamol toptirishdan iboratdir. Birgina axloqiy
tarbiyaga chuqurroq nazar tashlasak, pedagogikada uni shartli
ravishda uch qismga bo‘linganligini ko‘ramiz:
1. Axloqiy onglilik.
2. Axloqiy qadriyatlar.
3. Axloqiy his-tuyg‘ular.
Axloqiy onglilik
— bu mavjudlikning inson ruhiyatida aks eti-
shidir. 
Axloqiy qadriyatlar
esa ajdodlarimizdan meros bo‘lib, asrlar
davomida to‘planib kelingan yaxshilik va yomonlik haqidagi tushun-
chalardir. «Òarix xotirasi, deb uqtiradi yurtboshimiz I.A. Karimov,
xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqo-
niy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa,
milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin
tutadi».
Axloqiy his-tuyg‘ularga
shaxsning ichki kechinmalarini kiritish
mumkin. Bularning hammasi barcha qirralari bilan ona tili va o‘qish
darslariga daxldor bo‘lgan hayotiy tamoyillar sanaladi. Ona tili
o‘qitish uslubiyoti fani xuddi mana shunday muhim masalalarga
yondashib, uni hal qilish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Bu vazifani mohir uslubiyotchilar quyidagicha tasnif qilishadi:
1. Òa’limning har bir bosqichida ona tili predmetining hajmi,
mazmuni, maqsadi, mavzulararo bog‘lanish va materiallarning
sinflar bo‘yicha taqsimotini aniqlash.


5
2. Bilimni egallash samaradorligini oshirish maqsadida o‘qitish-
ning eng qulay usullarini, zamon bilan hamnafas bo‘lgan noan’-
anaviy yo‘l-yo‘riqlarni tavsiya etish.
3. Ona tili dasturida belgilangan bilimlar tizimini muayyan
tartibda o‘zlashtirib, shu asosda, o‘quvchilarning muntazam malaka
va ko‘nikma hosil qilishlari uchun manzur bo‘ladigan shart-sharoit-
larga bog‘liq masalalarni hal etish.
4. Nimani o‘rgatish? Qancha o‘rgatish? O‘qitishning qanaqa
turlarini qo‘llash? Qaysi dars metodi afzal? Nima uchun afzal?
kabi savollarga javob berish.
Shu yo‘sinda ona tili o‘qitish uslubiyoti fani ta’limning turli
bosqichlarida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini o‘rganadi,
o‘qitishning yutuq, nuqsonlarini tekshiradi, nutqiy, imloviy va
boshqa tiðik xatolarni yo‘qotish yo‘llarini izlaydi.
Boshlang‘ich ta’limga mo‘ljallangan bu kursning tarkibini
iqtidorli metodist-olima K. Qosimova haqli ravishda ixchamlashtirib,
quyidagi qismlarga bo‘ladi:
1. Savod o‘rgatish metodikasi.
2. O‘qish metodikasi.
3. Grammatika va imlo metodikasi.
4. O‘quvchilar nutqini o‘stirish metodikasi.
Ona tili o‘qitish metodikasi o‘z zimmasiga olgan maqsad va
vazifalarini hal etishda maxsus imkoniyatlarga tayangan holda boshqa
fanlar bilan aloqaga kirishuvi tabiiydir. U eng avval tilshunoslik,
adabiyot, pedagogika va psixologiyaga suyanib ish ko‘radi. Bilim
dargohidagi ilg‘or o‘qituvchilar tajribasi bu fanning amaliy asosi
hisoblanadi. Metodika fani bo‘lajak tarbiyachining pedagogik
dunyoqarashini va ona tili o‘qitishga bo‘lgan ijodiy rag‘batini shakl-
lantiradi, o‘z kasbini e’zozlashga o‘rgatadi.
1. Ona tili o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari qaysilar?
2. Fanning maqsadini qanday tushunasiz?
3. Metodika o‘z oldiga qanday vazifalarni qo‘yadi?
4. Davlat ta’lim standartida ona tili va o‘qish darslarining minimal darajasi
qanday belgilangan?
5. Davlat ta’lim standartida ona tili va o‘qishdan 1—4-sinflar bo‘yicha miqdoriy
ko‘rsatkich va talablar yuzasidan ma’lumot tayyorlang hamda konspekt-
lashtiring.
6. Noan’anaviy usullardan o‘zingizga ma’qulini tanlang va uni darsga joriy
qilishni ishlab chiqing.
Darsni mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar


6
1 - q i s m
I. SAVOD O‘RGAÒISH METODIKASI
BOSHLANG‘ICH ÒA’LIMNING SAVOD O‘RGAÒISH
BOSQICHIDA ANALIZ-SINÒEZ ÒOVUSH MEÒODI
R E J A :
1. Analitik-sintetik tovush metodi haqida.
2. Bu metodning an’anaviy tarmoqlari.
3. Yangi tovush va harfni o‘rganishda analiz (yoyish)dan
foydalanish.
4. Yangi tovush va harfni o‘rgatishda sintez (yig‘ish) usulini
qo‘llash.
Endigina maktabga qadam qo‘ygan bolaga savod o‘rgatish juda
nozik ish bo‘lib, uning qulay usullarini topishga intilish ta’lim
jarayonida uzoq tarixga borib taqaladi. Bu haqda Sharq qo‘lyozmalari,
jumladan, «Donishnoma», «Qobusnoma» kabi nodir kitoblarda
qimmatli fikrlar bitilgan. So‘nggi paytlarda pedagogik tajriba yangi
metodlarni maktablarga olib kirmoqda. Aslida, pedagogik tadqiqotlar
ijodkori K. D. Ushinskiy savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush
metodini kashf etib, «Osonroq narsalarni o‘rganishdan qiyinroq
narsalarni o‘rganishga qarab borish» (Y.A. Komenskiy) tizimiga
yo‘l ochdi. Mazkur usul hozirgi davrgacha ancha takomillashib,
o‘zining an’anaviy tamoyilini yaratdi. Bu metodning afzallik jihati
shundaki, unga savod o‘rgatish jarayonida so‘zning eng kichik
bo‘lagi, ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So‘zda ma’no
o‘zgartiruvchi tovushlarning harfiy ifodasi ishlanib, o‘qish va yozish
parallel tarzda o‘rgatib boriladi. Keyinroq atoqli metodist S. R. Reda-
zubov va A.I. Voskresenskayalar tovush metodida xat-savod
chiqarishni takomillashtirib, uni 
analitik-sintetik tovush metodi
deb atadilar.
O‘tgan asrning boshlarida tashkil etilgan, rus-tuzem maktablari-
ning o‘zbekcha sinflarida tovush metodidan foydalanish boshlanib,
tatarcha alifbe o‘rgatildi, biroq kitobning tili va mazmuni sinfga
mos kelmas edi. 1902-yilda peshqadam pedagoglardan Saidrasul
Saidazizov analitik-sintetik tovush metodi talablariga muvofiq
keladigan alifbeni tuzdi va «Ustodi avval» nomi bilan nashr ettirdi.
Bu qo‘llanma, asosan, uch qismdan iborat edi:


7
1. 
ALIFBE DAVRI
. Bunda arab harflarining so‘z tarkibida ikki
xildan to‘rt xilgacha bo‘lgan ko‘rinishlari o‘quvchilarga tanishtirilib,
«Qor», «Uyqu», «G‘or», «Òog‘» kabi o‘zbekcha so‘zlar misol
tariqasida keltirildi.
2. 
ALIFBEDAN KEYINGI DAVR.
Bunda bilim olish xususiyatiga
va tarbiyaviy mazmunga ega bo‘lgan 50 ta maqola hamda hikoya
berildi.
3. 
ALIFBOYI QUR’ONIY
. Bu qismda muallif bolalarni «Qur’oni
karim»ni qiroat bilan o‘qishga o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ydi.
«Ustodi avval» O‘rta Osiyo hududida hijo metodining o‘rniga
tovush metodi tarqalishidagi dastlabki qo‘llanma bo‘lib qoldi.
Bugungi kunda ham yozuvimizning to‘rt marta o‘zgartirilganiga
qaramay (arab, lotin, kirill, lotin), analitik-sintetik tovush metodi
savod o‘rgatishda takomillashgan usulga aylanib qoldi. Endilikda analiz
va sintez (yoyish va yig‘ish) savod o‘rgatishning hamma bosqich-
lariga uyg‘unlashtirilib, bir-biriga bog‘liq holda olib boriladi. So‘z
tarkibidan tovushlarni ajratish va uni to‘g‘ri talaffuz qilish mashqida,
o‘quvchilarga yangi tovush hamda uning yozuvdagi belgisini o‘rga-
tishda, mustahkamlash mashqlarida, albatta, analiz-sintez meto-
didan foydalaniladi. Chunki bu usul o‘quvchilarning o‘qish va
yozish malakalarini ongli ravishda o‘zlashtirishga imkon beradi,
ularda harflab o‘qishdan bo‘g‘inlab o‘qishga o‘tish malakasini oson-
lashtiradi.
Buning uchun o‘qituvchining mahorati, sinfning ruhiy holatini
chuqur anglashi, bo‘g‘in, so‘z va gapga doir ko‘rgazmalarni o‘rinli
qo‘llay olishi, darsda didaktik mashg‘ulotga keng o‘rin berishi asosiy
rol o‘ynaydi. Shunda Davlat ta’lim standartidagi «harflarni to‘g‘ri
talaffuz etish», «So‘zlarni to‘g‘ri o‘qish», «So‘z urg‘ulariga rioya
qilish», «Gap ohangiga amal qilgan holda ravon va obrazli o‘qish»
talablari yuzaga chiqadi. Pedagogik tajribalarga tayangan holda yangi
tovush va harflarni analiz-sintez metodi asosida o‘rgatish quyidagi
tartibda olib borilishi maqsadga muvofiq sanaladi.
ANALIZ UCHUN
1. Nutq tarkibidan gapni ajratish.
2. Gapdan so‘zlarni ajratish va so‘zlarning bosh shaklini topish.
3. So‘z ichidagi yangi tovushni aniqlash va uning bo‘g‘indagi
o‘rnini belgilash.


8
4. Bo‘g‘in tarkibidagi yangi tovushlarning talaffuzini orfoepik
me’yorda o‘rganish.
5. Bosma harfda o‘rgatilgan yangi tovushning yozma shaklini
tanishtirish.
SINÒEZ UCHUN
1. Kesma harflardan foydalanib, so‘z tuzish va bo‘g‘inga ajratish.
2. Yangi o‘qitiladigan matn so‘zlarining bosh shaklini aniqlash
va kesma harflardan foydalanib o‘sha so‘zlarni bo‘g‘inlash.
3. Berilgan so‘zlardan gap tuzish.
4. Berilgan kichik-kichik gaplardan matn yaratish.
5. Uch-to‘rt so‘zli sodda gaplardan nutq hosil qilish.
«Alifbe» ruhiy-lisoniy nuqtayi nazardan tovush va harfni
o‘rgatishning tartibini o‘zida mujassam etgan darslik bo‘lib, analiz-
sintez metodiga shaklan va mazmunan moslanganki, shu jihatdan
biz uni savod o‘rgatishning manbayi, deb tan olamiz. Shu manba
orqali o‘quvchilar axloqiy, g‘oyaviy-ma’naviy milliy-an’anaviy,
tabiatni sevish, qadriyatlarni anglash, mehnat va nafosat tarbiyasini
olish, kelajakka yangi nigoh bilan qarash sharafiga muyassar
bo‘lishadi.
1. Òovush metodiga kim asos soldi va uning afzalligi nimada?
2. O‘zbek maktablarida analitik-sintetik tovush metodi qachondan boshlab
o‘rgatiladi?
3. Analizda nimaga ahamiyat beriladi?
4. Sintez qanday amalga oshiriladi?
5. «Analiz-sintez metodi — savod o‘rgatishning asosi», degan fikrni
kengaytirib, ma’lumot to‘plang va konspektlashtiring.
O‘ZBEK ÒILIDA ÒOVUSHNI O‘RGAÒISH.
YOZUVNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYAÒLARI
R E J A :
1. O‘zbek tilining tovush tili ekanligi.
2. Savod o‘rgatishda tovushlar tizimidan so‘z hosil qilish.
3. So‘z va bo‘g‘indan tovushni ajratish.
4. Òovushning yozuvdagi ifodasi — harf.
5. Yozuvning o‘ziga xos xususiyatlari.
Darsni mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar


9
Òilshunoslikdan ma’lumki, nutq tovushlari til (leksika) uchun
moddiy ashyo sanaladi. Inson tovushlar kompleksidan so‘z hosil
qiladi. Òildagi iboralar, gaplar, tasviriy ifodalar, umuman, nutq
ana shu tovushlar vositasida shakllanadi. Demak, o‘zbek tili tovush
tilidir.
Òovush nima? Akustik (aytilish) jihatdan biror jismning boshqa
bir jism ta’sirida tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishi
t o v u s h deyiladi. Jismdagi tebranish havoni to‘lqinlantirganda
tovush yuzaga keladi. Nutq tovushlari esa tovush paychalarining
tebranishidan hosil bo‘luvchi ovozdan va nutq organlarida paydo
bo‘ladigan shovqindan iboratdir. Bu jarayon murakkab bo‘lganligi
uchun boshlang‘ich ta’limda tovushga ta’rif berilmaydi. Lekin
o‘quvchi tovush haqida to‘g‘ri ilmiy tasavvur hosil qilishi uchun
amaliy mashqlar o‘tkaziladi. Savod o‘rgatish davridayoq so‘zning
tovush tarkibi ustida ishlanadi. O‘quvchilar ketma-ket o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlardan keyin aytilgan yoki eshitilgan so‘z tovushlardan
tuzilganligini anglay boshlaydilar, lekin yetti yoshli bola uchun
tovush nimaligini aniq-tiniq tushunish so‘z va bo‘g‘inni tushu-
nishga nisbatan qiyinroq kechadi.
Maktab tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarni dastlab tovush
bilan tanishtirishda ularga yaqin va tushunarli bo‘lgan so‘zni tanlab,
shu so‘z tarkibidagi tovushlarni ajratish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, 
o-t-a, o-n-a, s-u-v, n-o-n
kabi. Bu xil ish «Kesma
alifbo» bilan amaliy tarzda bajarilsa, yaxshi natija beradi yoki
bo‘g‘inlar jadvalidan ham foydalanish mumkin. «Savod o‘rgatish
metodikasi» (
Q. Abdullayeva, 1966
)da bo‘g‘in jadvali bilan ishlash
tartibi quyidagicha ko‘rsatilgan:
— o‘qituvchi ko‘rsatgan bo‘g‘inlarni o‘quvchilar o‘qiydilar;
— o‘qituvchi bo‘g‘inni aytadi, xattaxtaga chiqqan o‘quvchi
jadvaldan topib ko‘rsatadi;
— o‘qituvchi jadvaldan ikkita bo‘g‘inni ko‘rsatadi, o‘quvchi
ularni bir so‘z qilib o‘qiydi;
— o‘qituvchi so‘z kartochkasidan ikki bo‘g‘inli so‘zni
ko‘rsatadi, o‘quvchi jadvaldan o‘sha bo‘g‘inlarni topadi;
— o‘qituvchi biror bo‘g‘inni ko‘rsatadi, o‘quvchi so‘z yasash
mumkin bo‘lgan unga mos bo‘g‘inni aniqlaydi;
— so‘z yasash mumkin bo‘lgan ikki bo‘g‘inni jadvaldan
ko‘rsatish o‘quvchilarning o‘ziga topshiriladi.


10
Savod o‘rgatishda so‘z va bo‘g‘inlarni analiz-sintez qilishni
interaktiv (faol o‘qitish usuli) texnologiya asosida tashkil etish
o‘qituvchi faoliyatidagi ijodiy jarayon bo‘lib, o‘quvchilar bilan
o‘zaro hamkorlikda tashkil etiladi. Bunday paytda o‘qituvchi o‘zini
birgina bilim beruvchi shaxs emas, balki o‘quvchilarning faolligini
pedagogik va psixologik jihatdan tashkil etuvchi hamkor, murabbiy
sifatida his qilmog‘i zarur bo‘ladi. Shundagina o‘quvchi o‘zini
o‘qituvchiga yaqin tutadi, barcha hadik va qimtinishlardan forig‘
bo‘lib, tez toliqmaydi, ayni damda, erkin fikrlaydi. Bolaning
tovushlardan so‘z yasash, so‘zdan bo‘g‘in va tovushlarni ajratish
malakasiga erishishi ancha osonlashadi. Òovush va harf o‘rganish
ilmi bolalarni o‘ziga jalb etadi. Ular o‘rganish zarur bo‘lgan narsaga
(yangi harf, yangi tovush, yangi matnga) diqqat bilan yondasha-
dilar. Zotan, ilm o‘rganuvchilardan, Y.A. Komenskiyning fikricha,
to‘rt narsa talab etiladi:
— sof aqlga ega bo‘lish;
— o‘rganish zarur bo‘lgan narsani ko‘rish;
— diqqatni to‘plab olish;
— kuzatilishi lozim bo‘lgan narsalarni ma’lum tartibda ketma-
ket ko‘rish.
O‘quvchilarda bunday xislatlarni tarkib toptirish o‘zlashtirish
sifatini yuqori darajaga ko‘taradi. Darvoqe, 1-sinfning ikkinchi yarim
yilligida «Ona tili» darsligiga amal qilib, undagi 2-dars «Òovush va
harf»larni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Birinchi mashqdayoq so‘zlarni
to‘g‘ri o‘qib, tovushlar sonini aniqlash talab etiladi: 
aka-uka,
ota-ona, bola-xola, buva-buvi
kabi.
«So‘zlar qaysi tovush bilan farq qilyapti?» degan savolga
o‘quvchilar farqlovchi tovushlarni aniqlab, «Òovushlarni talaffuz
qilamiz va eshitamiz», degan qoidani keltirib o‘tadilar.
Savod o‘rgatish davrida tovush bilan harf parallel ravishda
o‘zlashtiriladi. Òovushning ma’lum bir yozuv belgisini olishi h a r f
deyiladi. Bunda «Harfni ko‘ramiz, o‘qiymiz va yozamiz», deb javob
beradi o‘quvchilar. Yozuv bilan shug‘ullanish «Alifbe» davridayoq
boshlanadi va muntazam sur’atda davom etadi.
Òovush metodi tamoyiliga muvofiq, o‘qish va yozish birligi
saqlanadi. O‘qishga o‘rgatishdagi tartib harflar yozuviga ham asos
bo‘ladi. O‘qish darsida o‘quvchilar harfni o‘zlashtiradilar, matnni
o‘qiydilar, yozuv darsida esa shu harfni va shu harfli so‘zni yozishadi.
Yozuvga o‘rgatishda genetik tamoyil buziladi, ya’ni oson harfni


11
yozishdan asta-sekin qiyin harfni yozishga o‘tilmaydi. (Masalan,
«Alifbe»dagi 1-yoziladigan «A» harfi «O»ga nisbatan oson emas.)
Yozuvga o‘rgatish, asosan, grafik malaka hosil qilishdir. Shundan
kelib chiqib, yozuvning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular:
1. Harflarning ikki ko‘rinishda: bosh va kichik shaklda yozilishi.
2. Yangilangan fikrning bosh harf bilan boshlanishi.
3. Harflarni o‘ng tomonga 65—70° qiyalikda yozish.
4. Qo‘lni uzmasdan harflarni bog‘lab yozish.
5. Yozuvda hoshiyaga amal qilish.
Boshlang‘ich sinflarda yozuv malakasini egallash uchun ikki
chiziqli daftar tavsiya etiladi. Savod o‘rgatish davrining so‘ngida,
kuzatishlarga ko‘ra, 30 daqiqa yozuv bilan shug‘ullangan o‘quvchi
20 tagacha so‘z yoza oladi.
Yozuvga o‘rgatishni mo‘tadil yo‘lga qo‘yish yozma nutq
malakasini egallashda ishonchli omildir.
1. Òovush nima?
2. Savod o‘rgatish davrida so‘zning tovush tarkibi qanday o‘rganiladi?
3. Bo‘g‘in jadvali bilan ishlash tarkibiga nimalar kiradi?
4. Harf nima?
5. Yozuvning o‘ziga xos xususiyatlarini bayon eting.
6. O‘qish va yozish malakasi haqida ma’lumot to‘plang va konspektlashtiring.
SAVOD O‘RGAÒISH MASHQLARI.
DIKSIYA — IFODALI NUÒQ ASOSI
R E J A :
1. So‘z va bo‘g‘inlarni tovush tomonidan analiz qilish.
2. Savod o‘rgatishda sintez mashqlari.
3. Sintezda noan’anaviy «BU — BIZNIKI» o‘yin-mashqini
o‘tkazish.
4. Diksiya — ravon va burro talaffuz qilish.
5. Diksiya — ifodali nutq asosi.
Òovush va harflarga doir asosiy bilim o‘quvchilarning savod
o‘rgatish davrida olgan amaliy bilimlariga asoslangan holda 1—2-
sinflarda berilib, shular yuzasidan malaka va ko‘nikmalar hosil
qilinadi. Ular so‘z va bo‘g‘inlarni tovush tomonidan analiz-sintez
Darsni mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar


12
qilish, tovushlarning artikulatsiyasini (hosil bo‘lish o‘rnini)
o‘rganadilar hamda diksiya (burrolik)ni mashq qilishadi. Òovush
ustida ishlash harf ustida ishlash bilan, ayniqsa, kesma harflar
yordamida sintez o‘tkazish bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
So‘z va bo‘g‘inni tovush tomonidan analiz va sintez qilish
usullarini K. Qosimova va Q. Abdullayeva o‘zining metodik
qo‘llanmalarida aniq bayon qilishgan. Boshlang‘ich ta’lim murab-
biylari an’anaviy darslarda bu usullardan samarali foydala-
nishmoqda. Shu manbalarga suyangan holda so‘z va bo‘g‘indan
tovushlarni ajratishda, ya’ni tahlil qilishda quyidagi usullarni
qo‘llash mumkin:
1. O‘quvchilarni unlilar bilan tanishtirish uchun ikki bo‘g‘inli
so‘zning birinchi bo‘g‘inini tashkil etgan unli tovush ajratiladi:
o-ta, i-liq, a-nor, o‘-tin, e-lak
kabi.
2. Undosh tovushlarni ajratishda so‘z yoki bo‘g‘inning oxirida
keladigan undosh ajratiladi.
«Alifbe» ning 18—20-betlarida cho‘zib aytish mumkin bo‘lgan
tovushlar berilgan. Masalan, «L» undoshini ajratib olishda so‘z
oxiridagi «l» tovushi cho‘zib «oll» tarzida, ikki bo‘g‘inli so‘zning
birinchi bo‘g‘inida kelsa, «Uss-mon» tarzida talaffuz etiladi.
3. Portlovchi undoshlarning o‘zini sof holda unli aralashtir-
masdan aytish qiyin. «Ò» bilan «D»ni, «R» bilan «Y»ni 1-sinf
o‘quvchilari almashtirib talaffuz etadilar. Shuning uchun o‘sha
tovushlar qatnashgan so‘zlarni taqqoslab, 
dil-til, oldi-olti
tarzida
o‘rgatish lozim. Yoki «i» egalik qo‘shimchasini qo‘shib, aniq aytishga
o‘rgatish mumkin: 
kitob(p)-kitobi, sa-vod(t)-savodi
kabi.
4. So‘zdagi tovushlarni tartib bilan aytish, sonini aniqlash va
bo‘g‘inga ajratish: 
bilim—bi-lim -b -i -l -i -m
. Beshta tovush, ikkita
unli, uchta undosh, ikki bo‘g‘in...
Savod o‘rgatishda analiz sintezdan avval o‘tkazilsa-da, ular
bir-birlariga bog‘liq bo‘lib, analiz o‘qish malakasini egallashga zamin
yaratsa, sintez uni shakllantirishga yordam beradi. Sintezda ham
turli usullar mavjud. Bulardan:
1. O‘rganilgan unli yoki undosh tovush ishtirokida bo‘g‘in jadvali
tuzish: 
ba, bo, bi; la, lo, li; na, no, ni
kabi.
2. O‘quvchilar ishtirokida unli yoki bir undosh almashganda ma’nosi
o‘zgaradigan so‘zlarni topish: 
ona-ana, qor-bor, bildi-tildi
kabi.
3. So‘z o‘rtasida bir tovush orttirish bilan yangi so‘z hosil
qilish: 
kurak
— 
kurmak, zirak 
—
ziyrak, to‘la 
— 
to‘pla 
kabi.


13
4. So‘z boshiga yo oxiriga bir tovush qo‘shish bilan yangi ma’noli
so‘z yasash: 
ola-lola, o‘ra-so‘ra, sava-savat, olti-oltin, ela-elak
kabi.
5. So‘z tarkibidagi tovush yoki bo‘g‘inni tushirib qoldirib yangi
ma’noli so‘z yasash: 
anor-nor, gulzor-gul, tilak-tila
kabi.
6. Qo‘sh undoshlardan birini tushirib qoldirish asosida ma’nosi
o‘zgargan so‘z yaratish: 
qattiq-qatiq, cho‘qqi-cho‘qi, kurra-kura
kabi.
7. So‘z tarkibida ketma-ket kelgan undoshlardan birini qo‘llamay
yangi ma’noli so‘z hosil qilish: 
inson-inon, erkin-ekin, osmon-
oson
kabi va boshqalar.
Sintez ishlarining bu usullari tovush ustida ishlashni harf ustida
ishlash bilan birgalikda namoyon qiladi. Bu usul qiziqarli bo‘lib,
o‘quvchida motivatsiyani (undash, o‘qishga bo‘lgan qiziqish,
nimagadir ehtiyoj hosil qilish) uyg‘otadi. Natijada, yangi pedagogik
texnologiyaga xos bo‘lgan o‘yin-mashqlar o‘tkazishga imkon tug‘i-
ladi. Shu o‘rinda, «BU — BIZNIKI» o‘yin-mashqini (Sh. Yusu-
povaning «O‘qituvchi kitobi»da tavsiya etilgan pedagogik o‘yin)
tashkil etishga e’tiborni tortaylik.
Dastlab, o‘quvchilarning darsdagi ruhiy erkinligiga sharoit
yaratiladi. Ularga bajariladigan mustaqil ishning mazmun-mohiyati
tushuntiriladi. Keyin o‘qituvchi sinfni uch guruhga bo‘ladi. 1-guruh—
«ÒOPQIRLAR» (analiz usulidagi «t» eshitilsa ham «d» yoziladigan,
«p» eshitilsa ham «b» yoziladigan so‘zlar), 2-guruh—«SEZGIR-
LAR» (bir unli yoki bir undosh almashganda ma’nosi o‘zgaradigan,
so‘z o‘rtasida bir tovush ortib yangi ma’no hosil qiladigan so‘zlar),
3-guruh—«ZUKKOLAR» (qo‘sh undoshlardan birini tushirib
yoki so‘z tarkibida ketma-ket kelgan undoshlardan birini qo‘llamay
yangi ma’no bildiradigan so‘zlar).
Guruhlarning e’tibori qo‘shimcha doskaga qaratiladi. Unda quyi-
dagi so‘zlar aralash tarzda yozilgan bo‘ladi: 
aslo, hisob, taxta, ikki,
qanot, zavod, erkin, inon, savod, sot, zehn, sezgi, bor, zirak, qattiq,
oson, tilla, ip, kitob, to‘la, kurak, kel, talab, cho‘qqi, mehr, Asad, did,
ona, tarqoq, birov, olib, dard, zarra, tikla, darra, qalqon, oy, sirg‘a
.
1-guruh o‘quvchilari— «ÒOPQIRLAR» quyidagi so‘zlarni,
ya’ni «t» eshitilsa ham «d» yoziladigan, «p» eshitilsa ham «b»
yoziladigan so‘zlarni ajratib, «o‘ziniki» qiladilar va yozadila
r: hisob,
zavod, kitob, savod, talab, olib, dard, did, Asad
.
«ÒOPQIRLAR» berilgan so‘zlardan 
qanot, sot, ip, qalqon,
kel, oy
so‘zlarini yozmaydilar, chunki bu so‘zlarning aytilishi va
yozilishida farq yo‘q.


14
2-guruh o‘quvchilari — «SEZGIRLAR» doskadagi so‘zlardan
o‘z shartlariga muvofiq keladigan so‘zlarni terib yozadilar. Ma’nosi
o‘zgargan so‘zni qavs ichida ko‘rsatadilar: 
taxta (paxta, to‘xta),
ikki (ukki), inon (inson), zirak (ziyrak), oson (osmon), to‘la (to‘pla),
kurak (kurtak), birov (qirov), zarra (barra), mehr (muhr)
.
3-guruh o‘quvchilari — «ZUKKOLAR» berilgan so‘zlardan
qo‘sh undoshlar yoki ketma-ket kelgan undoshlardan birini
qo‘llamay yangi ma’no anglatadigan so‘zlarni ajratib, qavs ichiga
isbot bo‘luvchi so‘zni yozadilar: 
aslo (aso), erkin (ekin), qattiq
(qatiq), tilla (tila), cho‘qqi (cho‘qi), darra (dara), sirg‘a (sira).
O‘yin-mashq o‘tkazilgandan keyin mavzuga doir ayrim qoidalar
eslanadi, o‘yinda yo‘l qo‘yilgan xatolar aniqlanadi va izohlanadi.
Faol ishtirokchilar rag‘batlantiriladi.
Analiz-sintez ishlari tizimida tovushning o‘zini tahlil qilish
o‘quvchilar nutqini tartibga keltiradi, talaffuz me’yorini aniqlash-
tiradi. Bu me’yor diksiya orqali amalga oshadi. Diksiya ustida ishlash
o‘quvchilar nutqining tushunarli, sof, tiniq va jarangdor bo‘lishiga
erishish demakdir. Òalaffuz yorqinligi uchun o‘tkaziladigan mashq-
larni diksion mashqlar deyiladi.
1. Unli tovushlar mashqi
a) unlilarni aniq-tiniq talaffuz qilish;
A, O, I, U, E, O‘
.
b) har bir unlini urg‘u bilan navbatma-navbat aytish:
I-E/-A-O-O‘-U-I;
I-E-A/-O-O‘-U-I;
I-E-A-O/-O‘-U-I;
I-E-A-O-O‘/-U-I;
I-E-A-O-O‘-U/-I...
d) unlilarni kombinatsion talaffuz etish:
I-E, I-A, I-O, I-O‘, I-U;
E-I, E-A, E-O, E-O‘, E-U
...
e) unli tovushlar ko‘p uchraydigan tez aytish va turli matnlarni
o‘qish. Masalan, 
Olim Ominaning olmasini oldimi, Omina Olimning
olmasini oldimi? G‘ayrat g‘ildirakni g‘izillatib g‘ildiratdi.
2. Undosh tovushlar mashqi:
a) jufti bor undoshlarni talaffuz etish mashqi:
P-B, K-G, Ò-D, S-Z, J-Ch
kabi.
b) unliga undosh qo‘shib bo‘g‘in hosil qilish:
RI-RE-RA-RO-RO‘-RU-RI
;
BI-BE-BA-BO-BO‘-BU-BI
.


15
d) qo‘shaloq undoshli bo‘g‘inlarni talaffuz qilish:
PIBBI-PEBBE-PABBA-POBBO
...
BIPPI-BEPPE-BAPPA-BOPPO
...
e) takrorlanuvchi murakkab kombinatsiya mashqi:
PI-BI-BI-BI-BIPP
;
PE-BE-BE-BE-BEPP
...
f) she’riy matnlar mashqi:
Bizning bo‘ston qayda bor,
Shohimardon qayda bor,
So‘lim Surxon qayda bor,
Samarqandnon qayda bor-a,
O‘zbekiston qayda bor?!
(Muhammad Yusuf)
Diksiya nutq texnikasi hisoblanib, ifodali o‘qish san’atining
muhim komponentidir. Shuning uchun uni ifodali nutqning asosi
deb yuritiladi.
1. So‘z va bo‘g‘inlarni tovush tomonidan qanday analiz qilinadi?
2. Analiz qilishning qaysi usullaridan foydalanish mumkin?
3. Savod o‘rgatishda sintez mashqining qaysi usullari mavjud?
4. «BU—BIZNIKI» o‘yin-mashqini qanday tashkil etish mumkin?
5. Diksiya — ifodali o‘qishning asosi, deganda nimani tushunasiz?
6. Diksiya mashqlarini she’riy matnlarda ifodalash to‘g‘risida ma’lumot
to‘plang va konspektlashtiring.
7. Fonetikani mustahkamlashga doir biror noan’anaviy o‘yin-mashqni
mustaqil ravishda o‘rganing va sinfda tashkil eting.
SAVOD O‘RGAÒISH JARAYONI.
SAVOD O‘RGAÒISHGACHA BO‘LGAN DAVR
VA UNING VAZIFALARI
R E J A :
1. Savod o‘rgatish jarayoni haqida.
2. Savod o‘rgatishga tayyorgarlik davri.
3. Òayyorlov davrida bolalar faoliyatiga murabbiylik qilish.
4. Alifbegacha bo‘lgan davrning asosiy vazifalari.
Davlat ta’lim standartining ona tili o‘qitish dasturida savod
o‘rgatish jarayoni oddiy sinflarda 21-martgacha, iqtidorli sinflarda
yanvar oyigacha davom etadi, deb ko‘rsatilgan. Ammo oddiy va
Darsni mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar


16
iqtidorli sinflarda o‘quvchilarga beriladigan ta’lim, tarbiya va talab
bir xil bo‘lib, ular muddat jihatidangina farq qiladi. Oddiy va iqtidorli
sinflarning har birida alohida o‘quv rejasi tuziladi. Qizg‘in, nozik
hamda jiddiy bu jarayonni mohir metodistlar uch davrga bo‘lishadi:
1. Alifbegacha bo‘lgan davr (bir hafta).
2. Alifbe davri (uch oy-u bir haftadan olti oygacha).
3. Alifbedan so‘nggi davr (ikki hafta).
Alifbegacha bo‘lgan davr tavsifiga o‘tishdan avval boshlang‘ich
ta’lim o‘qituvchisi 6—7 yoshli bolalarni fiziologik va ruhiy holatini
pedagogik-psixologik nuqtayi nazardan mo‘tadil o‘rgangan bo‘lishi
kerakligiga e’tibor beraylik. Endigina maktabga qadam qo‘ygan bola
uzoq davom etadigan mashg‘ulotlarga ko‘nikishi qiyin. Òez toliqadi.
Chunki u kechagina o‘yin bolasi edi. O‘qituvchi buni hisobga olib,
mashg‘ulotlar shakli va usullarini o‘zgartirib turishi va ayniqsa,
tayyorgarlik davridagi mashg‘ulotlarni ixcham va jozibali tarzda
tashkil etishi lozim. Chunki bolalar birdaniga o‘yindan voz kechib,
aqliy faoliyatga kirishib ketolmaydi. Shunday ekan, o‘qituvchi
alifbegacha bo‘lgan davrning ish ko‘lamini puxta rejalashtirib olishi,
uning vazifalarini belgilab qo‘ygan bo‘lishi zarur. Zotan, o‘qituvchi
faoliyatining muhim bosqichi, bu—didaktik jarayon (yoki o‘quv-
bilish tuzilmasi)ni rejalash (loyihalash) hisoblanadi. Aynan shu
didaktik jarayon yangi pedagogik texnologiyaning asosini tashkil
qiladi.
Shu o‘rinda fikrimizga aniqlik kiritmoq ma’qul, ya’ni didaktik
jarayon mohiyati nima va uni loyihalashga qanday pedagogik talablar
qo‘yiladi? Bu savolga qisqacha javob berish uchun «Yangi pedagogik
texnologiyalar» kitobi muallifi Nurali Saidahmedov bilan uning
ustozi akademik V.P. Bespalko o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bir munozara
matniga murojaat qilsak:
«N.S.:
— Vladimir Pavlovich, siz nima uchun o‘qitish jarayonini
didaktik jarayon deb uqtirasiz, ular o‘rtasidagi farq nimadan iborat?
V. P
. : — O‘qitish jarayoni «klassik qoida»ga bo‘ysunadi. Ya’ni
o‘qituvchi sinf (auditoriya)ga kirib, dars mavzusini e’lon qiladi-
yu, darhol uning mazmunini bayon qilishga kirishib ketadi. Didaktik
jarayon esa har bir darsni boshlashdan oldin o‘quvchilar diqqatini
jalb qila oladigan faoliyat bosqichi — motivatsiyani vujudga
keltirishdan boshlanadi. Ana shu motivatsiya bosqichi o‘qish-bilish
faoliyatining kaliti hisoblanadi».


17
Ushbu ta’rifdan keyin olim yana qo‘shib qo‘yadi: «Afsuski, bu
kalitdan hanuzgacha o‘qituvchilar ta’limning sehrli sandig‘ini
ochish uchun foydalanishmaydi».
Òadqiqodchi yuqoridagi fikrlarni ixchamlashtirib, o‘qitish
jarayoni tuzilmasini ramziy tarzda quyidagi shartli formula bilan
ifodalaydi:
O‘J = O‘F + O‘qF,
bu yerda,
O‘J
— o‘quv jarayoni; 
O‘F
— o‘quvchining o‘quv
faoliyati; 
O‘qF
— o‘qituvchining o‘rgatuvchilik faoliyatini bildiradi.
O‘qituvchi har bir dars yoki mashg‘ulot maqsadi va mazmuniga
mos keladigan motivatsiya me’yorini aniqlashi lozim. Savod
o‘rgatishning alifbegacha bo‘lgan davrida maktabga endi qadam
qo‘yayotgan bolaning hafsalasini so‘ndirmaslik uchun o‘qituvchi
faoliyatida didaktik jarayonning nechog‘liq muhimligini tushunish
izoh talab qilmas haqiqatdir. Maktab o‘qituvchi faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan ma’naviyat maskani bo‘lib, bolaning ichki dunyosini
nurlantirmog‘i, axloqiy barkamolligini shakllantirmog‘i shartdir.
Òa’lim islohoti «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch
dasturini e’lon qilarkan, maktabga tayyorlov davri (6 yoshdan
7 yoshgacha)da bolalarni ma’nan rivojlantirishning quyidagi ta’lim
yo‘nalishiga e’tiborni qaratdi:
— bolalarda nafosat va orastalikni tarbiyalash;
— milliy odob-axloq me’yorlarini singdirish;
— jamoat joylarida, uyda tartib va ozodalikni saqlash;
— o‘zini kamtarona tutish;
— bolalarni «Keling, marhamat!», «Mumkinmi?», «Kechi-
rasiz», «Oq yo‘l», «Osh bo‘lsin», «Labbay», «Xo‘p bo‘ladi», «Xush
kelibsiz», «Rahmat», «Marhamat», «Xayrli tun» kabi so‘zlarni o‘z
o‘rnida qo‘llashga o‘rgatish;
— bolalarni go‘zallikni farqlashga, orasta va chiroyli kiyinishga
odatlantirish;
— bolalarning badiiy didini o‘stirish;
— bolalarni o‘zi bilgan hikoya, ertak, voqea-hodisalarni so‘zlab
berishga, mustaqil ravishda hikoya tuzishga o‘rgatish;
— bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini, mumtoz
adabiyot vakillari va hozirgi zamon ijodkorlari haqida dastlabki
tushunchalarni uyg‘otib, obrazli ifodani his etishga odatlantirish;
— bolalarning adabiy nutqini o‘stirish.


18
Biz alifbegacha bo‘lgan davrni bog‘cha, oila va maktab mush-
tarakligi asosida tahlil etishni nazarda tutdik. Bundan tashqari,
alifbegacha bo‘lgan davrning tashkiliy-tarbiyaviy vazifalari ham
mavjud. Bular:
1. O‘qituvchining bola xarakterini o‘rganishi.
2. Bolalarni maktab va uning ichki intizomi bilan tanishtirish.
3. O‘quv predmeti va o‘quv qurollaridan foydalanish tartibini
tushuntirish.
4. Qo‘lni yozuvga tayyorlovchi mashqlar o‘tkazish.
5. Nutq o‘stirish — so‘z talaffuzi, gap tuzish va hikoya qilishni
kuzatish.
6. Sodda matnlarni analiz va sintez qilish.
7. Bolalarning fonetik hushyorligini sinash (suhbat asosida).
Alifbegacha bo‘lgan tayyorlov davrida bolalar o‘quv ishlari bilan
mashg‘ul bo‘ladigan yangi faoliyat turiga o‘tishadi. Barqaror diqqat,
kuchli iroda talab qilinadigan bu aqliy mehnat bolalarning yangi
sharoitga ko‘nikishida ancha qiyinchilik tug‘diradi. Uni yengillash-
tirish uchun darsni aqliy mehnat bilan jismoniy mashqlar galma-
gal o‘tkaziladigan va «o‘n daqiqa» ish turini almashtirib turiladigan
yo‘sinda tashkil etish zarur. Unda dars 35 daqiqa davom etadi.
Mashg‘ulot yengil muammoli, bahsli, anjuman tarzida o‘tkazilsa,
murabbiyning pedagogik mahoratiga bog‘liq holda o‘quvchilarda hosil
bo‘ladigan motivlar kuchayadi. Ular topshiriqni to‘g‘ri bajarishga
o‘rganadi, o‘quvchilar mashg‘ulot qoidasiga bo‘ysunib, o‘rtoqlari
bilan savol-javob qilish odobiga rioya etadi va bir-birlarining xatolarini
aniqlashga odatlanadi. O‘quvchilarda ta’limga bo‘lgan mehr va
jamoatchilikka nisbatan hurmat uyg‘onadi, go‘zal axloqiy fazilatlar
tarkib topa boradi.
1. Savod o‘rgatish jarayonining muddati ta’lim standartida qancha deb
ko‘rsatilgan?
2. Savod o‘rgatish jarayoni necha davrga bo‘linadi?
3. Didaktik jarayon haqida nimalarni bilasiz?
4. Motivatsiya nima?
5. Òayyorlov davrining ta’lim yo‘nalishiga nimalar kiradi?
6. «Òayyorlov davrida bolalar faoliyatiga murabbiylik qilish» to‘g‘risida
ma’lumot to‘plang va konspektlashtiring.
7. Motivatsion bosqich haqidagi metodik bilimni mustaqil ravishda o‘rganing
va munozara mashg‘uloti tashkil qiling.
Darsni mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar


19
SAVOD O‘RGATISH DAVRI BOSQICHLARI
R E J A :
1. Alifbe davri — savod o‘rgatishning eng mas’uliyatli jarayoni.
2. Alifbe davrining bosqichlarga bo‘linishi:
— 1-bosqichda unlilar va aytilishi oson bo‘lgan undoshlarni
o‘rgatish;
— harflar yozuvini o‘rgatish;
— bo‘g‘in va so‘z hosil qilib o‘qish va ularning yozuvdagi
ifodasini o‘zlashtirish;
— ongli va ifodali o‘qish malakasini shakllantirish;
— 2-bosqichda tovush va harflarning analiz-sintezini takomil-
lashtirish, artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan tovushlarni o‘rganish;
— 3-bosqich mohiyatini belgilash.
3. Alifbe davrining so‘nggi bosqichida o‘quvchilar egallashi shart
bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar.
Mashhur pedagoglardan biri Y. A. Komenskiy shunday degan
edi: «Faylasuflar insonni mikrokosm (kichik olam) deyishadi...
Hamma narsani bilish inson tabiatiga juda xosdir. Agar yetti yoshli
boladan falsafaga oid hamma narsalar oqilona so‘ralsa, bola hamma
savollarga javob berishi mumkin, chunki aql-idrok barcha narsani
qamrab olishga qodir».
Ana shu yetti yoshli bola — jajji mikrokosm barcha donoliklar-
ning kaliti bo‘lgan bilimni egallashga sa’y-harakat qilsa, birinchi
qadamni savod o‘rganishdan boshlashi lozim. Unda birgina o‘qish
va yozishni o‘zlashtirishning o‘zi o‘tkir aql-idrok bilan hal
qilinadigan kashfiyotdir. Bu kashfiyot esa alifbe davrida hal etiladi.
Boshlang‘ich ta’limda alifbe davri eng uzoq davom etadigan
mas’uliyatli jarayon bo‘lib, unda tirishqoq o‘quvchilar o‘z ona
tilisidagi tovushlarni bilib oladilar, barcha harflarni tanib, o‘qish
va yozishga o‘rganadilar.
Bu davrni shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin:
1-bosqichda 
a, o, i, u, e, o‘
kabi unli tovushlar, 
n, m, t, l, b, k,
d, g
kabi undosh tovushlarning o‘qilishi va yozilishi o‘rgatiladi.
Bosqichning asosiy vazifasi quyidagicha belgilanadi:
— tovushlarning bosma va yozma shakllarini darslik talabi asosida
o‘rgatish;
— so‘z va bo‘g‘inni tovush tomonidan analiz qilish (
ana, a-na,
a-n-a
);


20
— rangli rasmlarda aks etgan predmet atamasi bo‘lgan so‘zni
bo‘g‘inlab, kitobda berilgan kubikchalarga joylash;
— bo‘g‘inlab o‘qish asosini yaratish (
ma, mi, mo; ma-na,
O-mi-na
);
— o‘rganilgan tovushlarning grafik ifodasi bo‘lgan bosh va kichik
harflarni yozish va so‘z yasash (
N,n; O, o; Non
);
— ayrim bo‘g‘indan bir necha so‘z hosil qilish (
o-na, o-la;
lo-la, bo-la, to-la, xo-la, no-la
);
— ikki-uch gapdan tuzilgan dialogni o‘qish va yozish:
— Shukriya, mana, kitob.
— Yaxshi, lekin bu kitob kimniki, Akmal?
— Kitob — Muhammad Aminniki.
— harflar tartibini o‘zgartirish bilan so‘zda yangi ma’no
yaratishga o‘rganish (
o b o d, o s m o n
);
— 
1 4 3 2, 2 1 3 4 5;
— matnlardagi katak o‘rniga so‘z topib qo‘yish, o‘qish va qayta
o‘z so‘zlari bilan aytish («Odobli bo‘l», «Bo‘ri bilan turna» kabi
matnlar).
Bu bosqichda bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, ifodalilikka,
so‘zlardagi ma’noni yo‘qotmaslikka, urg‘uli bo‘g‘inlarga e’tibor
berib, diksiyani rivojlantirishga diqqati jalb etiladi. O‘rganilgan so‘zlar
ko‘lami oz bo‘lgani uchun o‘quvchilar «Alifbe» sahifalaridagi so‘z
va matnlarni yodlab olishga erishadilar. Bundan tashqari, bolalarning
mustaqil fikrlash imkoniyatini, so‘zlardan to‘g‘ri foydalanib, adabiy
til normalariga amal qilgan holda gap tuzish malakalarini shakllan-
tirishga mo‘ljallangan mashqlar ham o‘tkaziladi. Masalan, «E» harfi
o‘rganilganda, ertak matni shunday boshlanadi:
«Karim ertak aytdi:
— Bir tulki bor ekan. Òulki bir kuni...»
Uzilgan matn ostiga ertakning davomini aks ettiruvchi ikki bo‘lak
rangli rasm chizilgan bo‘lib, o‘quvchilar shu rasmlarga qarab,
ertak davomini o‘z fantaziyalari asosida yaratadilar.
Alifbe davrining 1-bosqichida yana quyidagilarga e’tibor berish
muhim:
— o‘qish paytida qatordan adashmaslik, so‘z tartibini yo‘qotmaslik;
— o‘qishda yo‘l qo‘yilgan xatoni o‘rtoqlarcha to‘g‘rilashni talab
etish;
— ongli o‘qishni aniqlash uchun savol-javob o‘tkazish;
— kerakli o‘rinda muammoli vaziyat yaratish (so‘roq asosida);
— orfoepik o‘qish malakasini hosil qilish.


21
Alifbe davrining 2-bosqichida yuqorida qayd etilgan vazifalar o‘z
o‘rnida qolsa-da, ish sifati o‘zgaradi. Òovush va harflarning analiz va
sintezida avvalgi bosqichdagiga nisbatan artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan
(
q, x, h
) tovushlar hamda 
ng, sh, ch
kabi harf birikmalari o‘rganiladi.
Shuning uchun tovushlarning nutq organlari yordamida hosil bo‘lish
o‘rnini aniqlash ishlari biroz qiyinlashadi. Xususan, «
ng
» tovushi
o‘zbek tilida so‘z boshida kelmasligi, so‘z o‘zagi va qo‘shimcha tarkibida
kelganda ajratib bo‘g‘inlash mumkin emasligi aytiladi. Masalan, 
ko‘n-
gil emas ko‘-ngil, o‘zin-giz emas o‘zi-ngiz, sin-gil emas si-ngil
kabi.
Bu bosqichda bog‘lab o‘qish vazifasi murakkablashadi, ketma-
ket kelgan undoshli so‘zlar hamda ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga duch
kelinadi: 
to‘-kin-lik, meh-ri-bon, bod-ring, yo‘l-bars, stol
kabi.
«Sh» harf birikmasi o‘rganilganda, «Alifbe» darsligida beril-
magan bo‘lsa ham shu tovush tarkibidagi «s» va «h» harflari
«Is’hoq», «as’hob» kabi arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda ajratilishi
va yozuvda harflar o‘rtasiga tutuq belgisi qo‘yilishi aytilsa, maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Alifbe davrining 3-bosqichida avvalgi bosqichdagi amallar
rivojlantiriladi, shu bilan birga, bir harf bilan ifodalanadigan 
jaj-
ji, jay-ra, ja-so-rat
kabi so‘zlardagi portlovchi «
j
» tovushi, 
aj-
dar, jur-nal, Pa-rij, ji-ra-fa
kabi so‘zlardagi sirg‘aluvchi «
j
» tovushi
hamda tutuq belgisi (’) o‘rgatiladi. Bundan tashqari, tez aytishlar
va «
Bulbul chamanni sevar, odam
— 
Vatanni
», «
Sog‘ tanda sog‘lom
aql
», «
Do‘stsiz boshim
— 
tuzsiz oshim
» kabi xalq maqollari yodlatiladi.
3-bosqich oxirida o‘quvchilar quyidagi muhim ko‘nikmalarga
ega bo‘lishlari zarur:
1. Alfavitdagi barcha tovushlarni yakka holatda ham, so‘z ichida
ham aniq talaffuz qilish.
2. So‘z va bo‘g‘indagi tovushlar tartibini o‘z o‘rnida ishlatish,
urg‘uli bo‘g‘inni ko‘rsata olish, so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish.
3. Jarangli va jarangsiz undoshlarni farqlash hamda kesma
harflardan so‘z yasash.
4. Bo‘g‘inlab o‘qishdan sidirg‘a o‘qish ko‘nikmasiga erishish.
5. O‘qiganda to‘g‘ri talaffuz qoidasiga amal qilish.
6. Matnni o‘qiganda ohangga e’tibor berish va mantiqiy urg‘uni
o‘z o‘rniga qo‘yishga erishish.
7. Matn mazmunini qayta hikoya qilish, erkin fikrlash hamda
uni gap bilan ifoda eta olish.
Savod o‘rgatish davridagi bu bosqichlar o‘quvchilarning bilim
olish uchun intilishidagi asosiy omil hisoblanadi.


22
1. Nega alifbe davrini savod o‘rgatishning muhim jarayoni deymiz?
2. Alifbe davrining 1-bosqichidagi vazifalar nimalardan iborat?
3. Yozuvga o‘rgatish qay tartibda amalga oshiriladi?
4. 2-bosqichning vazifasini qanday tushunasiz?
5. 3-bosqichda o‘quvchilar egallashi shart bo‘lgan ko‘nikmalarni ayting.
6. «Alifbe» kitobidagi tutuq belgisiga doir mavzuni o‘quvchilarga o‘rgatish
usulini mustaqil ishlang.
7. Harf birikmalarini o‘rgatishga doir ma’lumot to‘plang va konspektlashtiring.
SAVOD O‘RGAÒISHDAN KEYINGI DAVRNING VAZIFASI
R E J A :
1. Alifbedan keyingi davrning asosiy vazifasi.
2. Bu davrda o‘qituvchi belgilagan ish turlari.
3. O‘quvchilarning nutqi va fikriy qobiliyatini o‘stirish.
4. Yozish malakasini mustahkamlash mashqlari.
5. Alifbedan keyingi davrda o‘quvchilarning og‘zaki nutqini
o‘stirishga bo‘lgan talab.
Alifbedan keyingi davrning asosiy vazifasi o‘quvchilarning
o‘quv va yozuv malakalarini takomillashtirish hamda «O‘qish
kitobi» va «O‘zbek tili» darsliklariga o‘tish uchun tayyorlab borishdan
iboratdir. Aniqrog‘i, bolalar ravon, ongli ravishda, matn gaplaridagi
tinish belgilariga rioya qilgan holda ifodali, harflamay sidirg‘a
o‘qishlariga e’tibor kuchaytiriladi. Avvalgilariga nisbatan kattaroq
hajmdagi she’riy, nasriy matnlarni o‘qitish va mazmunini tahlil
qilish, yod olish, rollarga bo‘lib o‘qish, she’riy matnni nasriy
matnga aylantirish singari suhbat usullari keng qo‘llaniladi. Òo‘g‘ri,
tez, ongli, ifodali o‘qish malakalari rivojlantiriladi. Bu davrda tinch
o‘qishga alohida e’tibor beriladi. Chunki tinch o‘qishda o‘quvchi
tez uqib, yaxshi tushunadi.
Bundan tashqari, bolalarning nutq va mustaqil fikrlash iqtido-
rini o‘stirish uchun «Alifbe»ning so‘nggi qismida berilgan she’riy
va nasriy matnlar o‘rganiladi. O‘qituvchi Usmon Qo‘chqorning
«Alifboni o‘rgandim» she’ri ustida ifodali o‘qishni tashkil etadi va
yodlashga beradi. Keyin «Alifbe bayrami» matniga doir «Siz alifbe
bayramiga qanday tayyorgarlik ko‘ryapsiz?» degan savolga bir necha
boladan javob oladi. «Òo‘g‘ri yo‘l» ertagini o‘rganilgandan so‘ng
Darsni mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar


23
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi savollar o‘rtaga
tashlanadi:
1. Otaning boyligini o‘g‘illar qanday sarf qilishadi?
2. O‘g‘illarning qilgan ishini nima uchun ota to‘g‘ri deb bildi?
Shunda bolalar ota taqsimlab bergan boylikka uch o‘g‘il binolar
qurdirganini, bog‘ barpo qilanini, kambag‘allarga tarqatganini
aytishadi.
O‘quvchilarning ifodali o‘qish ko‘nikmasini tahlil qilish
jarayonida o‘qituvchi bog‘lanishli nutqning quyidagi jihatlariga
e’tibor beradi:
— matn mazmuniga va ustoz savoliga amal qilgan holda ijodiy
fikrlash;
— matnni qismlarga bo‘lish va sarlavha topish («O‘rgimchak va
iðak qurti» masali, «Bo‘ri bilan echki» ertagi bo‘yicha);
— matn mazmuni asosida tuzilgan test savollarini aniqlash;
— topishmoqli va manzarali she’rlar (E. Vohidovning «Qara-
g‘ay», «Òerak», «O‘rik», D. Matjonning «Anor», «Qovun», «Yon-
g‘oq» she’rlari)ga tuzilgan muammoli vaziyat savollariga to‘g‘ri javob
berish.
Bu darsga xos bo‘lgan xususiyatlardan yana biri yozuv
malakasini mustahkamlash bo‘lib, quyidagi ishlar nazorat qilinadi:
— harflarning o‘zaro birikish unsurlarini o‘zgartirib borish;
— 
a, d, e, h, l, k
singari ostki qismidan ulanadigan harflar
yozuvini o‘rganish;
— 
b, f, g, r, q, g‘
kabi o‘rta qismidan qo‘shiladigan harflar
yozuvini mashq qildirish;
—
o, v, o‘
kabi ustki qismidan ulanadigan harflarni so‘z tarkibida
qo‘llanishiga e’tibor qaratish;
— tutuq belgisining yozuvdagi o‘rni va vazifasini tushuntirish;
— harflarni o‘ng tomonga 65—70° qiyalikda yozilishini munta-
zam kuzatish;
— harflar tekisligi va so‘zlar orasidagi masofaning bir xilligini
ta’minlashga o‘rgatish;
— kichik hajmdagi gapni eshittirib yoddan yozdirish;
— bosma matnni yozmaga o‘girib ko‘chirish;
— o‘quvchilarning bilim va malakalarini aniqlash uchun yozuv
qoidalariga amal qilgan holda tekshiruv diktanti o‘tkazish.
Alifbe davrining oxiridagi ishlardan yana biri o‘quvchilarning
og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘lib, Davlat ta’lim standarti o‘quv
dasturida bu haqda alohida ta’kidlangan. Unda og‘zaki nutq mada-


24
niyatini shakllantirish uchun o‘quvchi o‘zining va boshqalarning
nutqiga e’tiborli bo‘lishi, eshitish qobiliyati va nutq a’zolarini rivoj-
lantirishga qaratilgan mashqlar muntazam o‘tkazib turilishi tavsiya
etilgan. Shu bilan birga, ona tili lug‘atidagi so‘zlarni grammatik
jihatdan shakllangan holda to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilish,
nutqda adabiy normasi buzilgan so‘zlardan foydalanishga yo‘l
qo‘ymaslik, fikrni qiyoslash, misollar bilan boyitish talabi ilgari
surilgan. Bu talablar savod o‘rgatishning asl maqsadidir.
1. Alifbedan keyingi davrning asosiy vazifasi nimadan iborat?
2. Bu davrda o‘qituvchi qo‘llaydigan ish turlari qaysilar?
3. O‘quvchilarning nutq va fikriy qobiliyatini o‘stirishga qanday erishiladi?
4. Yozuv malakasini mustahkamlash mashqlariga nimalar kiradi?
5. Alifbedan keyingi davrda o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish uchun
Davlat ta’lim standarti o‘quv dasturida qayd etilgan talablarni o‘rganing
va konspektlashtiring.
HOZIRGI YOZUV. YOZUVGA O‘RGAÒISH VA
UNDAGI ORFOGRAFIK ELEMENÒLAR
R E J A :
1. O‘zbek tilining hozirgi yozuvi haqida.
2. Yozuvga o‘rgatishning vazifalari.
3. Grafik malakani shakllantirish bosqichlari.
4. Yozuvga o‘rgatishni tashkil etishdagi sharoit.
5. Yozuvga o‘rgatishda orfografik yo‘nalishlar.
6. Yozuvning ma’rifiy ahamiyati.
Yozuv hayot tarzi va aql kashfiyotidir. U qadimiydir. Atoqli
yozuvchi va olim Abdurauf Fitrat aytganidek, «Inson boshqa
vositalar bilan onglata olmag‘on fikri va muhokamalarini til ham
yozuv bilan keng sur’atda onglatadur».
O‘zbekiston mustaqilligi sharofatidan davlat tili sifatida o‘zbek
tiliga e’tibor kuchayib, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi.
Uning istiqboliga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, bir qancha qarorlar qabul
qilindi. Uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan yozuvimiz (so‘g‘d,
xorazmiy, runik, arab, lotin, kirill yozuvlari) xususida 1993-yil
2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asos-
langan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul
Darsni mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar


25
qilinishi Vatanimizning madaniy-ma’rifiy hayotida olamshumul
ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o‘zgarishlar asosida
«O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» ishlab chiqildi va O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995-yilning 24-av-
gust qarorida tasdiqlandi. Shundan buyon yangi yozuv savod
o‘rgatishda «Alifbe» kitobimizga asos qilib olindi. Mustaqillikning
yangi avlodi yangi yozuv bilan Vatan taraqqiyoti yo‘lida bilimlarini
boyitishga qadam qo‘ydi. Ma’lumki, jahondagi xalqlarning 30 foizi
bu yozuvdan foydalanadi. Uning o‘ziga xosliklarini quyidagicha
izohlash mumkin:
— juda ko‘p harflarning shakli sodda ko‘rinishga ega (
i, j, z, l, v
kabi);
— bosh harflar shakli kichik harflar qiyofasiga o‘xshatilgan
(
Zz, Vv, Xx, Kk, Ss, Jj
va boshq.);
— bu harflarni bir maromda, qo‘lni uzmasdan bog‘lab yozish
ancha qulay;
— o‘zbek kirill yozuvidagi yolashish (
e, yo, yu, ya
) muammosi
yo‘q;
— bu yozuvda kirilldagi 35 harf 29 taga qisqartirilgan.
Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich bosqichiga jalb etilgan
o‘quvchilar savod o‘rganish jarayonida o‘qish bilan bir paytda
lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini o‘rgana boshlaydilar.
Endilikda, o‘quv dasturi talablaridan kelib chiqib, o‘quvchilar
yozuv bo‘yicha quyidagi malakalarni egallashlari lozim:
1. Yozuv paytida gigiyenik malakalar (to‘g‘ri o‘tirish, yozuv
qurollaridan o‘rinli foydalanish)ni hosil qilish.
2. Ikki chiziqli daftarda husnixat qoidalariga rioya qilgan holda
yozish malakasini egallash.
3. Yordamchi ish daftari yoki alifbedagi yozuv saboqlari asosida
alifbodagi barcha katta va kichik harflarni yozish.
4. So‘z va kichik gaplarni ritmik yozish.
5. Og‘zaki nutqdan olingan gapni yozma ifodalash. Bosma matnni
yozma matnga aylantirish.
6. O‘quv yili davomida o‘rganilib, imlosi qiyin bo‘lgan
so‘zlarning aytilishi va yozilishini bilib olish: 
alifbo, vazifa, Vatan,
davlat, do‘st, yomg‘ir, lavlagi, minnatdor, piyola, sabzi, Samarqand,
sayr, sinf, xursand, qo‘ng‘iroq, hikoya, foydali, sa’va, sirk,
Òoshkent, fasl, shahar
kabilar (so‘zlar Davlat ta’lim standartining
1-sinflar uchun o‘quv dasturidan olindi).


26
Analitik-sintetik tovush usulidagi ko‘rsatmaga muvofiq o‘qish
va yozuv birligiga amal qilinadi, ya’ni o‘quvchilar o‘qish darsida
harf tanib matn o‘qishsa, yozuv mashg‘ulotida o‘sha harfning
bosh va kichik shaklini hamda o‘sha harf ishtirok etgan so‘zni
yozishadi. Bunda «osondan qiyinga» deyiladigan genetik tartib
buziladi, chunki «Alifbe»ning o‘zi ham oz harf o‘rganib, ko‘proq
so‘z hosil qilish qoidasi asosida alfavitga bo‘ysunmay ish tutadi,
ammo bu usul o‘rgatishni osonlashtiradi.
Yozuvga o‘rgatishni, hurmatli olima K. Qosimova, birinchi
navbatda, grafik malaka hosil qilishdir, deb tushuntiradi. Qo‘l
harakat malakasi grafik malakaga sayqal beradi, o‘rganilgan tovushni
«harfga tarjima qiladi, bu esa yozuvga ongli faoliyat tusini beradi».
Yozishdan birdan bir maqsad fikrni yozma ifodalash bo‘lib,
o‘quvchi uni qancha erta tushunsa, unda yozma nutq malakasi
shuncha erta shakllanadi. Biroq bu jarayon ancha qiyin kechadi.
Bolada o‘z fikrini yozma shaklda ifodalash malakasi biroz
barqarorlashsa, bu malaka nutqqa va fikrni ifodalash jarayoniga
ijobiy ta’sir qiladi. Grafik malakani ushbu tartibda ko‘rish mumkin:
1. Uzuq chiziqlardan shakl hosil qilish, to‘g‘ri tayoqchalar
chizish, yozuv qurolini to‘g‘ri tutish, xatning oraliq masofasini
to‘g‘ri chamalash.
2. Òeng o‘lchovga amal qilib, harf elementlarini yozish.
3. Bosh va kichik harflarni alohida-alohida yozish.
4. Bo‘g‘inlab yozish, harflarni tartib bilan qo‘llash malakasiga
ega bo‘lish uchun so‘zlar yozish.
Grafik malaka to‘liq shakllansagina, o‘quvchilar harflarni
elementlarga ajratmay, bir maromda so‘zlar tizimini qatorga to‘g‘ri
joylashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘lishadi.
Maktab sharoitida asosiy yozuv quroli sifatida binafsharang
sharikli ruchka va yumshoq qora qalamdan foydalaniladi. Doskaga
esa bo‘r bilan yoziladi. Yozuvga o‘rgatish uchun ikki chiziqli daftar
tutilib, quyidagi ko‘rsatmaga amal qilish darkor:
— sahifada hoshiya qoldirish;
— varaq chizig‘iga rioya qilib yozish;
— so‘z tarkibidagi harflarni bir xil hajmda yozish;
— xat boshidan (abzasdan) yozganda ichkariroqdan boshlashni
unutmaslik.
Yozuv daftari ikkita bo‘ladi: biri o‘sha kundagi mashg‘ulot
uchun, ikkinchisi o‘qituvchining tekshirishi uchun. Daftar betiga
o‘quv yilining birinchi yarimida «Yozuv daftari», ikkinchi yarimida


27
«Ona tili daftari» deb yozdiriladi. Daftar sahifalarini iflos qilmaslik
uchun yozuv mashqlari o‘tkazilayotganda kaft ostiga bosma qog‘oz
yoki biror toza qog‘oz to‘shalgani ma’quldir.
O‘quvchilar husnixati uchun daftar stol yoki parta ustiga
25° yonlanma qilib qo‘yiladi.
Òo‘g‘ri, xatosiz yozishda orfografiya (yunoncha to‘g‘ri yoza-
man)ga amal qilishning elementar xususiyatlari amaliy ravishda
o‘quvchilarga singdirib boriladi. Savod o‘rgatish davrida bolalarga
grafik malakani o‘rgatish bilan bir paytda imloga oid malakani ham
shakllantirib borish zarurdir.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar quyidagi malakalarni amaliy
tarzda o‘zlashtiradilar:
— talaffuzi va yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarda tovush bilan
harf mosligini bilish;
— so‘zda harflar birikuvini, so‘z esa alohida yozilishini anglash;
— satrga sig‘may qolgan so‘zni bo‘g‘in asosida keyingi qatorga
ko‘chirishni va bir unli bo‘g‘in hosil qilsa-da, satrdan satrga
ko‘chirib bo‘lmasligini tushunish;
— atoqli otlar hamisha bosh harf bilan yozilishini bilish.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar o‘z-o‘zini tekshirish
yuzasidan boshlang‘ich malakaga ega bo‘la boshlaydilar, ijodiy
yozuvga intilish iqtidori kuchayib, yozganlarini namunasi berilgan
matnga solishtiradigan bo‘lishadi. Asta-sekin ularda yuqori savod-
xonlik garovi bo‘lgan orfografik ziyraklik paydo bo‘ladi. Bu esa ularni
yuqori sinflarda imlo qoidalarini puxta o‘zlashtirishga tayyorlaydi.
Yozuvga o‘rgatish bosqichlarida orfografik savodxonlikka
erishish — ma’rifiy ahamiyat kasb etuvchi kamolot belgisidir.
1. Lotin yozuvi asosidagi yangi o‘zbek alifbosi joriy etilishini qanday
izohlaysiz?
2. Yangi o‘zbek alifbosida qanday qulayliklar mavjud?
3. Yozuvga o‘rgatishning vazifalari nimalardan iborat?
4. Grafik malakani shakllantirish bosqichlariga nimalar kiradi?
5. Maktab sharoitida yozuvga o‘rgatish uchun nimalarga e’tibor beriladi?
6. Yozuvga o‘rgatishning orfografik yo‘nalishlari va yozuvning ma’rifiy
ahamiyati haqida ma’lumot to‘plab, uni konspektlashtiring.
7. «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ni kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarga o‘rgatish usulini mustaqil ishlang va muhokama qiling.
Darsni mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar


28
KICHIK MAKÒAB YOSHIDAGI BOLALARGA HUSNIXAÒ
O‘RGAÒISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
R E J A :
1. Husnixat — savodxonlikka asos.
2. Husnixat o‘rgatishning maqsad va vazifalari.
3. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning husnixat malakalarini
o‘stirishga e’tibor.
4. Husnixat va savodxonlikning o‘zaro bog‘liqligi.
5. Husnixat o‘rganishning ta’limiy ahamiyati.
Husnixat savodxonlikning asosi, deyishlari bejiz emas. Chunki
husnixatni savodxonlik darajasi yuksak bo‘lgan bugungi xalqlardan
birining ixtirosi deyish noqulay. Dunyoda yozuv paydo bo‘lgan
zamonlardan buyon barcha ilm ahli o‘z ma’naviy merosini avlodlarga
qoldirishni istagan ekan, nafosati bilan ilm toliblarini o‘ziga jalb
etadigan husnixatga murojaat qilganligi tabiiydir. Uzoqqa bormay,
o‘zbek yozuvining yaqin tarixiga nazar tashlasak, yozuv ijtimoiy-
madaniy hayotda alohida ahamiyatga ega bo‘lganligini ko‘ramiz.
Buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy davridan XX asr boshlari-
gacha husnixat bilan shug‘ullanib, xattotlikda beqiyos iqtidorga ega
bo‘lgan ko‘plab ijodkorga duch kelamiz. Shoir Xo‘janazar Huvay-
doning nabirasi Salohiddin Sohib mohir xattot bo‘lgan. Bobosi
merosini mukammal devon holiga keltirib, qayta ko‘chirgan. Shoir
Shermuhammad Munis esa husnixat bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar beruvchi
«Savodi ta’lim» risolasini yozib qoldirdi. O‘zi yoshligidan husnixat
bilan jiddiy shug‘ullanib, xattotlik san’atida peshqadam bo‘ldi. Hazrat
Navoiyning «Mezonul-avzon», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher»
nomli ilmiy, tarixiy asarlarini go‘zal husnixat bilan ko‘chirdi. XIX
asr o‘zbek adabiyotining taniqli vakili, shoir, olim va tarjimon
Fazlulloh Almaiy husnixatning turli usullarini, jumladan, «nastaliq»
va «xatti noxuniy» san’atlarini mahorat bilan egallagan xattot edi.
Bulardan tashqari, o‘zbek ma’rifati darg‘alaridan Is’hoqxon
Ibrat «Jome’ ul-xutut» («Yozuvlar majmuasi»), Saidrasul Aziziy
«Ustodi avval», A. Fitrat «Arab alifbosining tarixi» asarlarida «xat
ilmi»ga ma’rifiy nuqtayi nazardan alohida mulohazalar bildirishgan.
Eski maktablarda esa yozish va husnixat mashqidan musobaqalar
o‘tkazilgan. Unda «Mufradot» («Sarxat») kitobidan asos qo‘llanma
sifatida foydalanilgan.
Òarixiy yozuv an’analarini davom ettirgan husnixatimiz bugun-
gi kunda ham o‘z nafosatini yo‘qotmagan holda yosh avlod


29
savodxonligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Umumiy o‘rta
ta’limning boshlang‘ich sinflaridayoq husnixat mashqiga e’tibor
qaratiladi. Davlat ta’lim standartining o‘quv dasturida 1—2-sinflar
uchun alohida-alohida husnixat talablari qayd etilgan. 2-sinf
dasturida husnixat uchun 32 soat ajratilgan bo‘lib, chiziqli daftarda
tez takrorlanadigan unsurli harflarni yozishga va ikki harfni bir-
biriga tutashtirishga doir tayyorgarlik mashqlari o‘tkazish, unsurli
harflarni guruhlash, ularni tutashtiruv unsurlariga ahamiyat berib,
ayrim yozuv qoidalariga amal qilish zarurligi uqdirilganki, uni
aynan keltirish maqsadga muvofiqdir:
1. Òo‘g‘ri, aniq va chiroyli yozuvni o‘rganish.
2. Daftarning past tomonidagi burchagini ko‘krak o‘rtasining
qarshisiga to‘g‘rilab qo‘yish.
3. Daftarni chap qo‘l bilan ushlab turib yozish.
4. Boshni salgina pastga egib, to‘g‘ri o‘tirish.
5. Oyoqni bo‘sh tutib yoki parta bandiga qo‘yib o‘tirish.
6. Qo‘lni to‘g‘ri tutish, ruchkani qattiqroq ushlash.
7. Daftarni toza tutish, iflos bo‘lmasligi uchun muqovasini
qog‘ozga o‘rash.
8. Har bir harfni to‘g‘ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo‘g‘in
va so‘zlarni aniq yozishga harakat qilish.
9. Shoshmasdan, chaplashtirmasdan yozish.
10. Har bir mashqni 3—4 marta takrorlab yozish.
Husnixat qoidalaridan keyin tez takrorlanuvchi unsurli harflarni
yozishga va ikki harfni o‘zaro tutashtirishga oid tayyorgarlik mashq-
lari ko‘rsatiladi:
Òayyorgarlik mashqlarining turli ko‘rinishlari M. G‘ulomovning
2-sinf uchun yozgan «Husnixat» qo‘llanmasida mukammallashtirilib
berilgan. Unda harflarni guruhlarga ajratib yozish mashqlari o‘quv
dasturiga mos keladi. O‘quv dasturida o‘xshash unsurli kichik
harflar quyidagi tartibda guruhlarga ajratiladi:
.


30
1-guruh:
2-guruh:
3-guruh:
4-guruh:
5-guruh:
O‘xshash unsurli bosh harflarning guruhlanishi esa quyi-
dagicha:
1-guruh:
2-guruh:
3-guruh:
4-guruh:
5-guruh:
6-guruh:
M. G‘ulomovning «Husnixat» qo‘llanmasida har bir harfning
yakka holda ko‘rinishi bir qatordan yozilib, keyin o‘sha harfning
so‘zda qo‘llanishiga misollar keltiriladi:
Bundan tashqari, o‘rganilgan bir guruh harflarning yakka
holdagi yozuvi ko‘rsatilib, gap mashqi bilan yakunlanadi:


31
Qo‘llanmada yozma alifbo tartibi berilib, tinish belgilari va
matematik raqamlar ham husnixat harflarida yozib ko‘rsatiladi:
Shundan so‘ng «Sidirg‘a xatlar» qismi boshlanib, unda husnixat
mashqi matnlari beriladi va bu matnlar bir necha ko‘rsatmani o‘z
ichiga oladi:
1. Sana va sarlavhalarni to‘g‘ri yozish.
2. Ko‘chirib yozish (bir qancha nasriy va she’riy matnlar
berilgan).
3. Rasmlar o‘rniga ularning nomlarini qo‘yib ko‘chirish.
4. Nuqtalar o‘rniga zarur so‘zlarni qo‘yib ko‘chirish.
5. Òabrik xatlarni yozishni o‘rganish.
6. Matematik belgi va raqamlarni to‘g‘ri yozish.
7. Shakllar yasashni o‘rganish (uchburchak, to‘rtburchak va
kub kabilar).
Husnixatni savodxonlikka bog‘liq ekanligi o‘quv darsida alohida
ko‘rsatilgan bo‘lib, 2-sinf o‘quvchilari yil davomida imlosi qiyin
bo‘lgan so‘zlarning talaffuzi va yozilishini bilish zarurati qayd etiladi.
Husnixatning ilm va savod bilan uzviyligi hamda uyg‘unligi uning
ma’rifiy ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.
1. Husnixatning tarixiyligi haqida nimalarni o‘rgandingiz?
2. XX asr boshlarida husnixat targ‘ibotiga doir qaysi asarlarda fikr yuritiladi?
3. 2-sinf o‘quv dasturida husnixat qoidalariga qanday talablar qo‘yilgan?
4. Chiroyli yozuvda harflar qaysi talablariga qarab guruhlanadi?
5. Husnixatning savodxonlikka aloqadorligini qanday izohlaysiz?
6. Husnixatning ma’rifiy ahamiyati haqida gapiring.
7. Mustaqil ravishda matn tanlang va uni husnixat qoidasiga amal qilgan
holda ko‘chiring.
8. She’riy matnlarning yozilishiga alohida diqqat qiling.
Darsni mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar


32
II. O‘QISHGA O‘RGAÒISH VA NUÒQ
O‘SÒIRISH METODIKASI
SINFDA O‘QISH DARSLARINING OLIB
BORILISHI VA UNING VAZIFALARI
R E J A :
1. Sinfda o‘qish darslarini tashkil etish va uning ta’limiy-tarbiya-
viy xarakteri.
2. O‘qishda g‘oyaviy, axloqiy tarbiyani shakllantirish.
3. O‘qilgan asarlar tahlili tufayli o‘quvchilarda hayotiy saboqning
boyishi.
4. Sinfda o‘qish darslarining vazifalari.
Bolaning toza ruhiyatiga maktab ko‘p narsalarni bitadi— ta’lim
jarayonida axloqiy fazilatlarni singdiradi, barkamol inson tarbiyasiga
oid milliy qadriyatlarni o‘rgatadi, Vatanni, ona-zaminni, insonni
qadrlash, mehnatni ulug‘lash, nafosatni his qilish kabi tayanch
xislatlarni kompleks tarzda hal qiladi. Bunday mas’uliyatli ishni
bajarishda o‘qish darsining o‘z o‘rni bor.
Boshlang‘ich ta’limning savod o‘rgatish bosqichi yakunlan-
gach, o‘qish darslari boshlanadi va 2—4-sinflarda izchil davom
ettiriladi. Bu dars o‘quvchilarning nutqini boyitish, adabiy-estetik
tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatishning
muhim omili sanaladi. «O‘qish kitobi» deb atalgan 2, 3, 4-sinf
darsliklari mavzusi rang-barangligi bilan yaxshilik va yomonlik
o‘rtasidagi abadiy kurashlar ustiga qurilgan hayotning turfa
manzaralarini, atrofimizdagi olam go‘zalligini badiiy tadqiq etadi
va tasavvurni kengaytirib, mustaqil fikrlash uchun ma’naviy oziqa
beradi. Unda o‘quvchilar tom ma’nodagi YAXSHILIKni anglagan
holda hazrat Navoiyning:
Har kim ayon etsa yaxshi qiliq,
Yetar yaxshiliqdin anga yaxshiliq,
degan hikmatlari barkamol insonning yashash mazmuni ekanligini
chuqurroq fahmlashga intiladi. Davlat ta’lim standarti o‘quv
dasturining tushuntirish xatida o‘qish mavzularini sharhlab


33
shunday deyiladi: «O‘qish dasturini tuzishda g‘oyaviy-estetik,
mavsumiy-tadrijiy asoslar hisobga olinadi. O‘quv materiallari
bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalashda muhim bo‘lgan borliq
haqidagi bilimlar va yuksak insoniy munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarni badiiy, ilmiy, ommabop asarlar bilan tanishtirish
orqali kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirish o‘qish dasturining
tub mohiyatini tashkil etadi».
Darhaqiqat, 1—4-sinf «O‘qish kitobi» darsliklari ta’lim stan-
darti talablariga mos tuzilgan bo‘lib, undan o‘rin olgan «Ona
yurtim—oltin beshigim» (2-sinf), «Ona bitta, Vatan yagona»
(3-sinf), «O‘zbekiston—Vatanim manim» (4-sinf) ruknlari ostidagi
she’riy, nasriy asarlar o‘quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-
siyosiy hayoti va mehnatsevar xalqning jangovar yumushi bilan
tanishtirishga yordam beradi. Shuningdek, Vatanga muhabbat
tuyg‘usini kuchaytiradi, zamin saxovati, diyor ko‘rki, ona tabiat-
dagi ulug‘vorlik uning qalbida iftixor uyg‘otadi, istiqlol tufayli
erishgan yutuqlarimiz, xususan, ozod Vatanimizning ramzlari
(bayrog‘i, tug‘rosi (gerbi), madhiyasi) haqidagi asarlar («O‘zbekis-
ton Respublikasining Davlat gerbi», «O‘zbekiston Respublikasining
Davlat bayrog‘i» mavzusidagi ma’lumotlar, «Vatanimiz gerbi—
tug‘ro haqida ertak» nomli E. Malikov asari (3-sinf), «Istiqlolim—
istiqbolim» ruknidagi «Asrga tatigulik kun» nomli S. Barnoyev
asari, «Iqboli buyuksan» nomli A.Oripov she’ri (4-sinf) milliy if-
tixor tuyg‘usini tarbiyalashga xizmat qiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich
ta’lim o‘qish kitoblarida komil inson tarbiyasi S. Nishonova
(«Komil inson tarbiyasi», Ò., 2003) tomonidan ilgari surilgan
(bolalarning yosh xususiyati hamda iqtidoriga mos keladigan janr,
til va uslubda). Bular:
— talabalarning milliy-ma’rifiy qadriyatlarni o‘rganishga
tayyorgarlik darajasini hisobga olish;
— uning ilmiyligi va milliyligiga erishish;
— milliy-ma’rifiy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlikda
o‘rganishga e’tiborni qaratish;
— milliy-ma’rifiy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga
erishishga xizmat qiladigan darslardir.
Berilgan ushbu talablarni ixchamlashtirib, «O‘qish kitobi»
darsliklaridan mavzular asosida ruknlar jadvali tuzishni ma’qul
topdik:


34
.
4
z
i
m
i
h
c
r
u
b
—
h
s
i
n
a
g
r
‘
o
i
n
h
s
i
m

O
.
5
h
s
i
q
h
s
u
m
u
K
.
6
i
r
a
l
n
o
b
s
o
p
n
a
t
a
V
.
7
r
a
l
h
s
o
d
g
n
e
T
.
8
k
il
li
q
o
—
q
o
m
n
a
g
r
‘
o
n
a
d
r
a

g
u
l
U
.
9
t
a
n
h
e
m
a
v
i
s
a
r
a
z
n
a
m
r
o
h
a
B
.
0
1
g
n
i
v
e
s
a
v
g
n
a
r
s
a
i
n
t
a
i
b
a
T
.
1
1
i
n
s
u
h
n
o
s
n
i
—
t
a
li
z
a
f
l
a
z
‘
o
G
.
2
1
t
a
n
h
e
m
a
v
i
s
a
r
a
z
n
a
m
z
o
Y
»
i
b
o
t
i
k
h
s
i
q
O
«
f
n
i
s
-
4
—
h
s
i
q
‘
o
a
d
f
n
i
S
(
)
t
a
o
s
2
5
1
.
1
m
il
o
b
q
it
s
i
—
m
il
o
l
q
it
s
I
.
2
m
i
n
a
m
m
i
n
a
t
a
V
—
n
o
t
s
i
k
e
b
z
‘
O
.
3
z
u
k
n
it
l
O
.
4
i
h
s
o
y
u
q
b
l
a
q
—
t
a
y
i
v
a
n
’
a
M
.
5
i
d
o
ji
i
k
a
z
‘
g
o
q
l
a
X
.
6
n
a
d
i
h
s
i
m

o
z
i
m
i
n
a
t
a
V
r
a
l
k
il
s
r
a
D
b
it
r
a
T
i
m
a
q
a
r
r
a
l
n
k
u
R
»
i
b
o
ti
k
h
s
i
q
‘
O
«
f
n
i
s
-
2
—
h
s
i
q
‘
o
a
d
f
n
i
S
(
)
t
a
o
s
0
2
1
.
1
m
i
g
i
h
s
e
b
n
it
l
o
—
m
it
r
u
y
a
n
O
.
2
z
u
y
g
n
il
i
s
o
h
—
z
u
k
n
it
l
O
.
3
,
m
i
n
o
k
a
m
‘
g
u
lt
u
q
—
m
i
b
a
t
k
a
M
m
i
b
o
tf
o
—
m
i
b
o
ti
K
.
4
r
a
r
it
l
e
k
t
x
a
b
t
a
n
h
e
M
.
5
h
s
u
q
q
o
il
o
s
i
m
—
h
s
i
q
h
s
u
m
u
K
.
6
r
a
h
c
o
g
n
il
i
d
i
r
h
a
b
r
o
h
a
b
d
a
r
m
u
Z
.
7
r
a
l
k
a
t
e
y
a
k
k
il
i
h
s
x
a
y
—
r
a
l
k
a
t
r
E
.
8
!
g
n
a
l
y
a
v
a
,
g
n
a
r
s
a
i
n
t
a
i
b
a
T
.
9
!
z
o
s
i
d
a

o
—
z
o
Y
»
i
b
o
ti
k
h
s
i
q
‘
O
«
f
n
i
s
-
3
—
h
s
i
q
‘
o
a
d
f
n
i
S
(
)
t
a
o
s
0
7
1
.
1
a
n
o
g
a
y
n
a
t
a
V
,
a
tt
i
b
a
n
O
.
2
i
d
o
ji
i
k
a
z
‘
g
o
q
l
a
X
.
3
t
a
n
h
e
m
a
v
i
s
a
r
a
z
n
a
m
z
u
K


35
Shunday qilib, ta’lim standartlari yo‘l-yo‘rig‘iga muvofiq har
bir sinf uchun mazmuni, til va kompozitsion tuzilishi jihatidan
murakkablashtirib borilgan o‘qish materiallari quyidagi izchillikda
o‘quvchilarga bilim beradi:
1. O‘quvchilar 1-sinfning o‘quv yili oxirida Vatan va uning
tabiati, insoniy qadriyatlar haqida kichik-kichik asarlarni o‘qiydi.
2. 2-sinfda o‘quvchilar shakl va mazmun jihatdan uncha
murakkab bo‘lmagan Vatan, ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti
va mehnati, buyuk ajdodlarimiz ma’rifati, axloqiy munosabatlar
haqidagi asarlar bilan tanishadilar.
3. 3- va 4-sinflarning o‘quv dasturida mavzular ko‘lami
kengayadi. Bu sinflarda o‘qish darslarining kattagina qismi (30—35
daqiqa) asarni o‘qish va matn ustida ishlashga qaratiladi. Dars
usullari mazmun bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, o‘quvchilarda his-
hayajon va qiziqish uyg‘otishi, asar g‘oyasini, mazmunini tushu-
nishga yordam berishi lozim.
O‘qituvchi uchun eng muhim narsa shuki, o‘quvchi o‘zi ola-
digan bilim, qalbida yetiladigan his-tuyg‘u hayotda ahamiyatli
ekanini anglab yetsin. Shunda o‘qishga o‘rgatishning muhim vazi-
falari hal bo‘ladi. Bu vazifalar quyidagilar:
1. Boshlang‘ich o‘qish malakalarini (to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali
o‘qish) takomillashtirish.
2. Bolalarni o‘qigan asarlarining adabiy-estetik xususiyatlarini
chuqur idrok etish, tasvirlangan voqea-hodisalar mag‘zini chaqish,
muayyan xulosalar chiqarishga tayyorlash.
3. Bolalarda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
4. O‘quvchilarni matn ustida ishlashga o‘rgatish.
5. O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish.
.
7
h
s
i
q
h
s
u
m
u
K
.
8
?
n
o
m
o
y
a
m
i
n
,
u
y
-
i
h
s
x
a
y
a
m
i
N
.
9
a
d
i
m
a
l
o
t
o
n
o
v
y
a
H
.
0
1
r
o
h
a
b
d
a
r
m
u
Z
.
1
1
!
k
il
t
s
‘
o
d
n
i
s
l
o
b
r
o
b
,
k
il
h
c
n
it
n
i
s
a
h
s
a
Y
.
2
1
z
i
m
i
r
x
a
f
—
z
i
m
i
r
a
l
d
o
d
j
A
.
3
1
it
o
y
i
b
a
d
a
r
a
l
a
l
o
b
n
o
h
a
J
.
4
1
z
o
s
i
d
a

o
—
z
o
Y


36
Bu vazifalar darsliklardagi badiiy, ilmiy-ommabop asarlar va
xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida amalga oshadi hamda
o‘quvchilarning dunyoqarashini o‘stiradi, bog‘lanishli nutq
malakalarini shakllantiradi, mushohada ko‘lamini kengaytiradi.
1. O‘qish darslarining muhim xususiyatlari nimada?
2. Òa’lim standartida o‘qish mavzulari qanday sharhlangan?
3. O‘qish darslarining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati nimadan iborat?
4. Komil inson tarbiyasiga qo‘yilgan talablarni qanday izohlaysiz?
5. «O‘qish kitobi» darsliklari o‘quvchilarga qaysi izchillik asosida bilim beradi?
6. O‘qishga o‘rgatishning muhim vazifalari nimalarni o‘z ichiga oladi?
7. Komil inson tarbiyasiga oid ma’lumotlarni to‘plang va konspektlashtiring.
8. Maxsus tayyorgarlik asosida milliy-axloqiy fazilatlarga doir ma’ruza
tayyorlang va uni tarbiyaviy soatlarda muhokama qiling.
NAMUNALI O‘QISH MALAKASINING SIFAÒI VA UNI
ÒAKOMILLASHÒIRISH USULI
R E J A :
1. Namunali o‘qish malakasining sifatlari haqida.
2. O‘qish malakasi uzoq vaqtli murakkab jarayon ekanligi.
3. Namunali o‘qish malakalarini takomillashtirish:
— to‘g‘ri o‘qish;
— tez o‘qish;
— ongli o‘qish;
— ifodali o‘qish.
4. Ifodali nutq asoslarini egallash shartlari.
5. Nutq odobiga erishishda namunali o‘qishning ahamiyati.
Ma’lumki, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ishonuvchan,
tashqi ta’sirga beriluvchan bo‘ladi. Fe’l-atvor ham ko‘proq hayotning
boshlang‘ich davrlarida tarkib topadi va o‘sha sifatlar mustahkam
o‘rnashib, shaxsning ikkinchi tabiatiga ko‘chadi. Insonning ana shu
tabiatida ijobiy fazilatlarni ko‘paytirish, yuqori axloq normalarini
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ulug‘ donishmand Abu Nasr Forobiyning: «Munosib inson
bo‘lish uchun odamda ikki imkoniyat — ta’lim va tarbiya olish
imkoniyati bor. Òa’lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi,
tarbiya esa, bu — kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni
Darsni mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar


37
va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo‘ldir», degan hikmatli
fikri avvalgi mulohazalarga uyg‘unlashar ekan, yana bilim manbayi
bo‘lgan o‘qishga murojaat qilmog‘imiz tayindir.
O‘sha jarayonning ishtirokchisi talaba ekanligini nazarda tutib,
uning faol bo‘lishini to‘suvchi omillarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Yangi
pedagogik texnologiya tahliliga kirishgan Sh. Yusupova bu to‘siqni
quyidagilarda ko‘radi:
1. Gapirishdan hayiqish hissi.
2. O‘quvchi bildirayotgan fikrga hurmatsizlik bilan qarash.
3. Berilgan materialni yodlashga yo‘l qo‘ymaslik.
4. Bilim oluvchining xotira va qobiliyatini hisobga olmaslik.
5. O‘qishga bo‘lgan qiziqish — motivatsiya hosil qilishga keng
yo‘l ochib bermaslik.
Nutq madaniyatini egallash, adabiy til nazokatini tushunish
uchun g‘oyat erkinlik va ichki qiziqish bilan to‘laqonli o‘qish
malakalariga erishish lozim. Bu malakaning esa o‘ziga xos sifatlari
mavjud:
— to‘g‘ri o‘qish;
— tez o‘qish;
— ongli o‘qish;
— ifodali o‘qish.
Yuqoridagi sifatlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda namunali
o‘qishni yuzaga keltiradi. Bunday o‘qish malakasini egallash
maktabda o‘rganiladigan barcha fanlarning o‘zlashtirilishini
ta’minlaydi. Ammo namunali o‘qish malakasi ko‘proq o‘qish darsiga
mas’uliyat yuklaydi. O‘quvchida bu malakani shakllantirish uzoq
vaqtga cho‘ziladi. U avtomatlashgunga qadar analitik-sintetik
bosqichlarni bosib o‘tadi. Boshlang‘ich ta’limning oxirgi bosqichida
o‘quvchilar namunali o‘qish ko‘nikmasiga ega bo‘la oladilar.
Shuning uchun bu murakkab jarayonni savod o‘rgatish
davridan boshlash va o‘qish darslarida uni rivojlantirib, matn ustida
ishlash usulini asar mazmunini tahlil etishga qaratgan holda
namunali o‘qish malakalarini takomillashtirish lozim bo‘ladi.
O‘qish sifatlaridan bo‘lgan ÒO‘G‘RI O‘QISH tushunchasiga
e’tibor bersak, avvalo, u yanglishmay, xatoga yo‘l qo‘ymay o‘qishni
anglatadi. Yanglishmaslik shartlari:
— tovushlarni aniq talaffuz qilish;
— so‘z tarkibini buzib o‘qimaslik;
— so‘zning grammatik shakllarini buzmaslik;
— o‘qiganda tovush o‘zgarishlariga, ya’ni tovushni tushirish,


38
tovush qo‘shish yoki tovushni almashtirish kabi ma’noga putur
yetkazadigan holatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
— so‘zning logik urg‘usini to‘g‘ri qo‘yish;
— obrazlilikni yuzaga keltiradigan ohangga mantiq bilan
yondashish.
Òo‘g‘ri o‘qish ko‘proq so‘zning o‘quvchiga qay darajada tanish
ekanligiga ham bog‘liq. O‘qituvchi matn ustida ishlaganda izohtalab
so‘zlarga to‘xtab, uning mazmunga daxldor ma’nosini tushuntirishi
lozim. Aks holda, morfemik tarkibi qiyin bo‘lgan so‘zni o‘qishda
xatoga yo‘l qo‘yiladi. Buning oldini olish usulini o‘qituvchi hal
qiladi:
— o‘quvchilarning lug‘at daftariga matndagi izohtalab so‘zni
yozdirish;
— qiyin so‘zni bo‘g‘inlab o‘qitish;
— matnni ichda o‘qitish va kimga qaysi so‘z notanishligini savol-
javob orqali aniqlash va izohlash;
— tizimlilik tamoyiliga amal qilib, qiyin so‘zning grammatik
xususiyatini anglatish;
— faollik tamoyili asosida bir o‘quvchi bilmagan so‘z ma’nosini
boshqalardan so‘rab bilishni tashkil etish;
— oddiy xatolarni qayta o‘qitish yo‘li bilan to‘g‘rilash va
boshqalar.
Namunali o‘qishning navbatdagi sifati ÒEZ O‘QISH bo‘lib,
u mo‘tadil tezlikda o‘qish demakdir. Bunga amal qilib o‘qish matn
mazmunini tushunishni, o‘qishning ongliligini, ifodaliligini
ta’minlaydi. Juda tez o‘qish ham, juda sekin o‘qish ham mazmun-
mohiyatini anglashda qiyinchilik tug‘diradi. O‘qish tezligi bir daqiqada
o‘qilgan so‘zlar soni bilan belgilanadi.
Hozirgi kunda Davlat ta’lim standarti o‘quv dasturi talabiga
asosan, o‘qish tezligi 1-sinf oxirida 25—30 so‘zdan, 2-sinfning
birinchi yarmida 30—35 so‘z, ikkinchi yarmida 40—50 so‘zdan,
3-sinfda o‘quv yilining birinchi yarmida 50—60 so‘z, ikkinchi
yarmida 60—70 so‘zdan, 4-sinfda esa adabiy til talaffuz qoidalariga
rioya qilgan holda ongli, to‘g‘ri va o‘rtacha tezlikda ovoz chiqarib
bir daqiqada 90—100 so‘z va ichda 110—130 so‘zni o‘qishdan
iborat bo‘lishi darkor.
O‘rtacha o‘qish tezligiga erishish uchun, avvalo, o‘quvchining
o‘qishga qiziqishi, motivatsiya hosil qilishi muhim o‘rin tutadi.
Buning uchun:
— dialog mashqlarni rollarga bo‘lib o‘qish;


39
— monologik matnni obrazga kirib o‘qish;
— she’rni ohang bilan ifodali o‘qish;
— cheklangan matnni musobaqa usulida (kim to‘g‘ri va tez
o‘qiydi) tashkil etish;
—matndan tanlangan materialning mazmunini qayta hikoyalash
kabi usullardan foydalanish yaxshi natija beradi.
ONGLI O‘QISH namunali o‘qishning asosiy sifati hisoblanadi.
U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— asar mazmunini to‘la-to‘kis anglashga o‘rgatish;
— asardagi g‘oyaviy yo‘nalishni belgilash, qo‘yilgan masalaga
o‘quvchining diqqatini jalb etish;
— asardagi timsollarning fe’l-atvorini tahlil qila bilish va qiyoslay
olish;
— asardagi badiiy vositalar rolini tushunish;
— asar voqealariga o‘zining mustaqil munosabatini ifodalay
olishga o‘rgatish.
Xulosa shuki, ongli o‘qishning asosiy vazifasi o‘quvchilarga
o‘rganilayotgan asarning kompozitsiyasi va g‘oyaviy mazmunini
tushunishlariga imkoniyat yaratib berishdan iboratdir.
Namunali o‘qishning keyingi sifati IFODALI O‘QISH bo‘lib,
u jozibali ohang yordamida asar mazmunini va g‘oyasini
yozuvchining niyatiga mos ravishda ifodalay oladi. Adabiyotshunos-
likda ohang so‘zini ko‘proq baynalmilal INÒONAÒSIYA (lotincha
intonare 
— baland tovush bilan o‘qish) atamasi bilan ifoda etiladi.
Intonatsiya — tovushning baland yo past ohangi, gapirish tarzi,
so‘zlarni talaffuz etish usullaridir. Adabiyotshunos olim Ò. Boboyev
«She’r ilmi va ta’limi» kitobida: «Intonatsiya (ohang) badiiy fikrni
tinglovchiga jozibali tarzda yetib borishiga xizmat qiladi. Badiiy asarda
ohang juda muhim ahamiyat kasb etadi», deydi va ohangning
mazmun bilan uzviy bog‘liqligini aytib, filolog L. I. Òimofeyevning
quyidagi fikrini keltiradi: «... intonatsiya jonli so‘z yashaydigan zamon
va makondir. So‘z faqat intonatsiya orqaligina yashaydi va real ma’noga
ega bo‘ladi».
Darhaqiqat, biz o‘qiydigan har bir so‘z matndagi o‘rniga qarab
xitob, kinoya, shama, gina, o‘pkalash, iltimos, hayratlanish,
shodlanish, g‘azab, g‘urur, murojaat, taajjub kabi ma’nolarni
anglatadi va shu ma’noga mos ohang bilan o‘qiladi, shunda ifodali
nutq yuzaga keladi.
O‘quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun quyidagi
shartlarni bilishlari lozim:


40
— nafasni taqsimlay bilish;
— har bir tovushning to‘g‘ri artikulatsiyasi va aniq diksiya
malakasini egallash;
— adabiy talaffuz normalarini o‘zlashtirish.
Ifodali o‘qishdagi asosiy vosita ovozdir. O‘qituvchi ovozdan to‘g‘ri
foydalanish jarayonida o‘quvchilarni pauza (yunoncha 
pausis 
—
to‘xtam) va mantiqiy urg‘u bilan ham tanishtiradi. Ifodali o‘qishga
tayyorlanishni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish
mumkin:
1. Asarning g‘oyaviy mazmunini teran tushunish va undagi
timsollarni hamda badiiy vositalarni sintezlay olish.
2. Mantiqiy urg‘uning o‘rnini, matnning qayerida pauza qilishni
belgilash.
3. Voqea-hodisa yoki his-tuyg‘u yo‘nalishiga qarab, o‘qish
sur’atini (nasriy matnda), o‘qish ritmini (she’riy matnda) tatbiq
qilish.
4. Muallif fikrini, uning voqea-hodisa va o‘z obrazlariga nisbatan
munosabatini ovoz bilan berish.
5. Dialogik matnlarda ishtirok etgan shaxsning nutqi va ruhiy
holatini o‘zgaruvchi ovoz va tovlanuvchi ohang asosida yoritib berish.
Shunday qilib, ifodali o‘qish malakalarini egallash namunali
o‘qishga erishishning asosiy omili sanaladi. O‘quvchilarda nutq
odobi hosil qilish uchun ular o‘qigan asarlariga real yondashishi
va mustaqil fikr bildira olishi zarur. Asardagi axloqiy, estetik va
tarbiyaviy ahamiyatni chuqur anglashda, uning ijobiy tomonini
o‘zlarining fe’l-atvoriga muvofiqlashtirishda namunali o‘qishning
ahamiyati beqiyosdir.
1. O‘quvchi tarbiyasiga namunali o‘qishning qanday ahamiyati bor?
2. Munosib inson bo‘lish haqida Forobiy nima degan?
3. O‘qishda o‘quvchi faolligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar qaysi?
4. Namunali o‘qish malakasining sifatlarini ayting.
5. Òo‘g‘ri o‘qish sifatini qanday izohlaysiz?
6. Òez o‘qishning dasturda ko‘rsatilgan normalarini bayon eting.
7. Ongli o‘qishni ifodali o‘qish asosi deyishimizga sabab nima?
8. Ifodali o‘qishga tayyorlashning qanday bosqichlari bor?
9. «She’riy matnni o‘qishda intonatsiyaning roli» mavzusini mustaqil o‘rganing
va konspektlashtiring.
10. Namunali o‘qish yuzasidan musobaqa mashg‘uloti uyushtiring.
Darsni mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar


41
O‘QISH DARSLARIDA O‘QUVCHILAR NUÒQIGA
QO‘YILADIGAN ÒALABLAR
R E J A :
1. Nutqning mazmundor va mantiqli bo‘lishi.
2. Nutq aniqligini ta’minlovchi omillar.
3. Nutqda til vositalaridan unumli foydalanish.
4. Nutqning tushunarli bo‘lishi va adabiy til normasiga mosligi.
5. Ifodali nutq — fikr ziynati.
«O‘qish mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida, deyiladi o‘quv
dasturida, o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy ko‘nikmalarini
hosil qilish, matn va kitob ustida ishlash, bog‘lanishli nutqni
o‘stirish, muhimi, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi».
Nutq — bu odamlar orasidagi muomala vositasi. Bu so‘z arabcha
bo‘lib, «gapirish» ma’nosini anglatadi. Ba’zan «til» so‘zi ham nutq
mazmunida qo‘llanadi. «Insonning tiligina uning ichki dunyosini,
ma’naviy go‘zalligini ko‘z-ko‘z etadi», deyilganda, «til» so‘zi
«nutq» ma’nosida kelganligi bilinib turadi. Mutafakkir olim Abu
Ali ibn Sino «Òadbiri manozil» asarida nutq hikmatini ulug‘lab
shunday deydi: «...Siz gaplashish, fikr olishda xayrxohlik talablariga
rioya qilgan holda ish ko‘rsangiz, yo‘ldan adashmaysiz va to‘siqlarga
duch kelmaysiz».
Demak, nutq — topib aytilgan gap, xalq ta’biri bilan aytganda,
jon ozig‘idir. Shuning uchun ta’lim standartida og‘zaki nutq ustida
ishlashga chuqur yondashilib, 1—4-sinflarda nutq madaniyatini
bosqichma-bosqich shakllantira borishning tamoyillari ko‘rsatib
berilgan. Shu tamoyillarga ko‘ra, o‘qish darsida o‘quvchilar nutqiga
qo‘yiladigan shartlarni mushohada qilib, bir qator talablarga
murojaat etaylik.
1. 
O‘QUVCHILAR NUÒQI MAZMUNDOR VA MANÒIQLI
BO‘LSIN
. Nutqning mazmundor bo‘lishini uning mantiqiyligidan
ajratib bo‘lmaydi: mazmundor nutq mantiqli, mantiqli nutq maz-
mundordir. Bu talabni bajarish uchun o‘quvchilar savod o‘rga-
nish davridan boshlab, nutq malakalarini egallaydilar.
1-sinf o‘quvchilarining nutqini takomillashtirish uchun uning
tilidagi kamchiliklarni o‘qish darslaridagina emas, boshqa predmetlar
yuzasidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ham, darsdan tashqari
uyushtiriladigan tadbirlar jarayonida ham tuzatib borish zarur.
Shunda o‘quvchilar berilgan savollarga to‘g‘ri va aniq javob qayta-


42
rishga o‘rganishadi. 2-sinfda sidirg‘a o‘qishga o‘tiladi. Bolalarning so‘z
boyligi ortadi. Ular o‘qituvchi ko‘magida o‘rganilgan asarning asosiy
mazmunini aniqlaydilar. Nutq sofligi va realligiga e’tibor kuchayadi
hamda leksikasi boyiydi. So‘zlarni to‘g‘ri qo‘llab, nutq sur’ati oshadi,
ovozni boshqarishga, ohangdor gapirishga o‘rganadi. 3-sinfda
so‘zlarni sidirg‘a o‘qish ko‘nikmasi to‘la shakllanadi. Shunda ular
ongli va ifodali o‘qishga, matn mazmunini o‘zlashtirish ustida mus-
taqil ishlashga, hikoyadagi voqea-hodisalarning izchilligini belgi-
lashga va matnning badiiy xususiyatlarini aniqlash imkoniyatiga ega
bo‘lishadi.
Bundan tashqari, ular o‘z nutqlarida xalq maqollaridan, ibo-
ralardan, hikmatli so‘zlardan foydalana boshlaydilar, gapning
adabiy til me’yori va sintaktik qurilishiga ahamiyatli bo‘lishadi.
4-sinf o‘quvchilari nutq mazmundorligi va mantiqiyligini ta’min-
lovchi til vositalariga ongli munosabatda bo‘lib, o‘qilgan matn
mazmunini to‘liq, qisqartirib yoki tanlab qayta hikoya qilgan holda,
matn yuzasidan sodda reja tuza olishadi. Ularda nutqning faollashuvi,
so‘zlashda grammatik shakllarni to‘g‘ri qo‘llash va ohangga bo‘lgan
e’tibor kuchayadi. Nutqning mazmundor va mantiqli bo‘lishi esa
xuddi ana shu tamoyillarni puxta o‘zlashtirishga, ko‘p o‘qib-
o‘rganishga, nutqiy usullarni muttasil egallashga bog‘liq.
2.
NUÒQ ANIQ VA ÒIL VOSIÒALARIGA BOY BO‘LSIN
.
Nutq aniqligi — fikr aniqligi. O‘quvchi o‘zi bilgan narsasi haqida
so‘zlaganda yoki o‘qigan matnini qayta gapirib berganda, nutqiy
bayonning aniq bo‘lishiga erishish uchun harakat qiladi. Buning
uchun fikrni eng maqbul til vositalaridan — so‘z, tasviriy ifoda,
ibora, maqol kabi chiroyli nutq tuzilmasidan foydalangan holda
ifodalashga o‘rganmog‘i lozim. Shunda u fikriy yorqinlikka erishadi,
o‘rinsiz so‘z takroridan, gapni to‘mtoq tuzib, talmovsirab qolishdan
qutuladi. Nutq aniq va til vositalariga boy bo‘lishi uchun o‘quvchilar
o‘qish darslarida muallim ko‘rsatmasi asosida quyidagilarni bajarishi
shart:
— fikrni ifodalovchi gap qurilmasini to‘g‘ri tuzishga odatlanish;
— so‘zni o‘rinsiz takrorlamaslik;
— ma’nosini anglamagan nutqiy birlikni gapda qo‘llamaslik;
— har bir mavzuni o‘rganganda, yangi so‘z va atamalarni
lug‘at daftariga yozib, imlosini o‘rganish;
— she’rlar, xalq maqollari, hikmatli so‘zlar, nasriy parchalar
va xalq og‘zaki ijodi namunalarini yod olish;


43
— so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
(shakldosh, ma’nodosh, zid ma’noli so‘zlar)dan unumli foyda-
lanish malakasiga erishish;
— so‘z boyligini oshirish va adabiy til qoidalariga og‘ishmay
amal qilish.
3.
NUÒQ IFODALI VA ÒINGLOVCHIGA ÒUSHUNARLI
BO‘LSIN
. Ixchamligi, so‘zlardan o‘rinli, oqilona foydalanishi jiha-
tidan jonli so‘zlashuv tiliga yaqin bo‘lgan, sheva va noo‘rin chet
so‘zlari aralashmagan, orfoepiya normalariga muvofiq tuzilgan nutq
tinglovchiga tushunarli bo‘lgan ifodali nutq sanaladi. Ifodali nutq
esa namunali o‘qish sifatlaridan biri ekanligi ilm tolibiga ma’lumdir.
4.
NUÒQNI ÒO‘G‘RI ÒUZISH UCHUN O‘QISH ÒEXNIKASI
MUKAMMAL BO‘LSIN
. Muomala munosabatini to‘g‘ri tashkil
etish uchun nutq adabiy til normalariga mos bo‘lishi zarur.
Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi uchun so‘z tanlash va mantiqqa tayanish
muhim ahamiyatga molik. Bunga erishish niyatida boshlang‘ich
ta’lim bosqichlaridayoq o‘qish texnikasini o‘zlashtirishga e’tibor
kuchayadi. Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta’limning
Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga ilova
tariqasida 1—4-sinflarning o‘qish texnikasi bo‘yicha quyidagi
ko‘rsatma va talablar berilganki, uni aynan keltirish o‘rinlidir:
A. 
O‘qish texnikasi bo‘yicha
:
Miqdoriy ko‘rsatkich: bir daqiqada 80—90 so‘zni o‘qiy olish.
Òalablar:
— harflarni to‘g‘ri talaffuz qilish;
— so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish;
— gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va obrazli o‘qish;
— gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks ettirish;
— sanash va ajratish ohanglaridan to‘g‘ri foydalanish;
— so‘z urg‘ulariga rioya qilish;
— ohangga rioya qilish;
— ilmiy atama va ramzlarni to‘g‘ri talaffuz etish.
B.
Matn mazmuni va o‘zgalar fikrini anglash malakasi bo‘yicha:
Miqdoriy ko‘rsatkich: 10 daqiqada 4—5 sahifali matnni o‘qib,
qayta so‘zlab bera olish.
Òalablar:
— og‘zaki nutqning to‘g‘ri, ravon, aniq, tushunarli va ta’sirchan
bo‘lishi;
— monologik nutqning ravon bo‘lishi;


44
— dialogik nutqda ta’sirchan, izchil, mantiqiy jihatning aniq
bo‘lishi.
Shunday qilib, o‘qish darslari o‘quvchilarga nutq odobini
o‘zlashtirishdagi asosiy omil bo‘lib, ularda ifodali, yoqimli,
ta’sirchan gapirish malakalarini shakllantiradi.
Ifodali nutq — fikr ziynatidir.
1. Òa’lim standartida nutqiy faoliyatga qanday qaraladi?
2. Nutqiy odobni qanday tushunasiz?
3. Nutqning mazmundor va mantiqli bo‘lishini izohlang.
4. Nutq aniqligini ta’minlovchi omillar qaysilar?
5. Òil vositalarining nutq aniqligiga qanday ta’siri bor?
6. Nutqning tushunarli bo‘lishi va adabiy til normalariga mos kelishi deganda
nimalarga ahamiyat berilishi lozim?
7. Ifodali nutq fikr ziynati ekanligiga doir manbani o‘rganing va konspekt-
lashtiring.
8. O‘qish darsida o‘quvchi nutqiga qo‘yilgan talablarni 3-sinf «O‘qish kitobi»
materiallari asosida aniqlashtiring.
BOSHLANG‘ICH ÒA’LIMDA BADIIY ASARNI
IDROK EÒISH VA ÒAHLIL QILISH
R E J A :
1. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok
etishdagi ruhiy holati.
2. Metodik qoidalar asosida badiiy asarni tahlil qilish.
3. Òahlil qilinayotgan asarning emotsional ta’sirini aniqlash.
4. Òahlil jarayonida o‘quvchi fikrini qo‘zg‘atish.
5. Òahlilda asarning badiiy nafosatiga, estetik qimmatiga alohida
e’tibor berish.
Bilish omillaridan biri bo‘lgan idrok kichik yoshdagi bolalarda
o‘z xususiyatiga ko‘ra aniqligi, tozaligi, ravonligi va o‘tkirligi bilan
boshqalardan keskin farqlanar ekan. Ular bir narsaga berilib,
sinchkovlik bilan o‘rganishga intilishlari bois idrokning muhim
jihatlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Demak, ularning
idroki maqsad uchun xizmat qiladigan istiqbolli faoliyat darajasiga
ko‘tariladi. Bunday paytda o‘qituvchi uni omilkorlik bilan boshqarib,
manbalarning muhim va nomuhim belgilarini ajratishni, diqqatni
jamlash va taqsimlashni, materiallarni rejali va tartibli tahlil qilishni
Darsni mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar


45
o‘rgatadi. Òa’lim jarayonida o‘quv materiallarini yaxlit anglash
uchun uni ongli ravishda idrok qilish, ya’ni:
— analiz va sintez;
— qiyoslash;
— umumlashtirish;
— xulosa chiqarish kabi fikriy mezonlardan samarali foydalanish
lozim bo‘ladi.
Agar shu mezonlarni badiiy asar tahliliga tatbiq etilsa, uslu-
biyotchilar tomonidan ishlangan yo‘riqnomalarga murojaat qilish
maqsadga muvofiqdir. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich ta’lim «O‘qish
kitobi»da o‘rganiladigan badiiy asarlar quyidagi metodik qoidalar
asosida tahlil qilinadi:
1. Asar mazmunini tahlil qilish jarayoni bilan namunali o‘qish
malakalarini shakllantirish ayni bir paytda olib boriladi. O‘qituvchi-
larning matn mazmunini tushunishga doir bergan topshirig‘i o‘qish
malakalarini takomillashtirishga ham daxldor bo‘ladi. Binobarin,
Alibek Rustamovning «Bayroq nima?» (3-sinf) asarini o‘rganishda
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ida nimalar mav-
judligini so‘zlab bering» topshirig‘i asar mazmunini yoritadigan
savollarga javob topishni talab etadi, ya’ni:
Savol:
Millat uchun eng muhimi qaysi bayroq?
Javob:
Davlat bayrog‘i.
Savol:
U nimani bildiradi?
Javob:
Xalqning mustaqilligini va xalqaro hurmatga ega ekanligini
bildiradi.
Savol:
Nima uchun Davlat bayrog‘i hurmat qilinadi?
Javob:
Davlat bayrog‘i muqaddas hisoblanadi. U e’zozlanib
asraladi va behurmat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Savol:
Bayroq nimadan tayyorlanadi?
Javob:
Bayroq gazmol parchasidan tayyorlanadi.
Savol-javobga tayyorlanish jarayonida o‘quvchilar matnni
to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish bilan tushuntiradilar.
2. Asarning g‘oyaviy mazmunini, uning timsollarini, sujeti va
kompozitsiyasini, badiiy-tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quv-
chi shaxsining kamol topishiga xizmat qiladi hamda uning bog‘la-
nishli nutqini o‘stiradi. Chunonchi, «Asotirlar va rivoyatlar» kitobi-
dan keltirilgan «Òil qudrati» mavzusini (3-sinf) tahlil qilib, asarda
til millatning asosiy boyligi, unda Vatan yashaydi, degan g‘oyani
o‘quvchilarga yetkazish uchun to‘rt timsol (oqil odamning qizi,
ikki farishta va donishmand) ishtirokidagi voqea bayoni ixcham


46
sujet asosida yoritiladi. Asar tuguni ikki oshiq farishtaga ma’shuqa
qizning ushbu aytgan gaplarida namoyon bo‘ladi: «Men yurt
farzandi bo‘ladigan o‘g‘ilga ona bo‘lishni istayman. Uni qanday
tarbiyalashga qodirliklaringni bilishim kerak. Ana shunga qarab sizlarga
qarorimni aytaman».
Shu yerda muammoli savol tug‘iladi: «Qizning istagi nima edi?»
Albatta, ma’naviyatning muhim tomonini o‘quvchiga anglatish,
ya’ni ikkinchi farishta niyati bilan asoslashki, buni matn o‘qiganda
his qilish oson kechadi: «Avloddan meros qoladigan asosiy boy-
lik — til. Ona tili bor ekan —Vatan bor! Men o‘g‘limni tilga xiyonat
qilmaslikka o‘rgataman»... Bu fikrni donishmand ma’qullaydi,
ikkinchi farishta otalikka loyiq, deb topiladi. Asar yechimi o‘quv-
chida mushohada uyg‘otadi, unga til qudratining yuksak mas’uliyatini
yuklaydi.
3. Asar mazmunini ongli idrok etish va tahlil qilishning zaruriy
sharti — o‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanishdir. Hayotiy
tajriba deyilganda ikki narsa tushuniladi:
1) shaxsning o‘zi ko‘rgan, bilgan, eshitgan narsalariga asosla-
nishi;
2) o‘qilgan manbadagi detalning hayotdagi muqobilini topa
bilish, mavhumiyatini aql bilan tanish.
Masalan, «Odamlar orasini buzadigan chaqimchilikdan
saqlaninglar» (3-sinf) deyilgan hadisning mazmunini anglashda,
chaqimchilik yomon xususiyat ekanligini idrok etish va uning zara-
rini o‘ziga yuqtirmaslik hissi o‘quvchilarda mavhumiyatni aql bilan
tanishdagi hayotiy tajribasidir.
4. Badiiy asar tahlilida o‘quvchilarning bilish istagini faollash-
tirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish zarurati inobatga olinadi. «O‘qish
kitobi» (3-sinf)dagi «Koinotga sayohat» nomli ikki qismli sargu-
zasht-ertakda (A. Umarov asari) Jahongir va Javlonning (aka-
uka) sayyoralar sir-asroriga qiziqib, Jasur va Javdat ismli do‘stlari
bilan birgalikda uchar ot — raketa yasab, uni «Istiqlol» deb
nomlashgani bayon qilinadi. Aka-uka koinotga parvoz qilib, Yerdagi
do‘stlariga qiziqarli xabarlar yo‘llashadi. Axborot oluvchi Javdat
Yerni sharga o‘xshatilganini eshitib, bobomiz Abu Rayhon
Beruniy to‘g‘risida kitobda o‘qiganlarini efirga jo‘natadi, ya’ni:
— bobomiz Yerning sharga o‘xshashligini birinchi bo‘lib o‘rgan-
ganlar;
— Yerning dastlabki modeli — globusni yaratganlar;


47
— Yerning yurtimizga qarama-qarshi tomonida ham quruqlik
borligini — Amerikani Kolumbdan besh yuz yil avval kashf
qilganlar.
Bundan tashqari, Jasurning: «Sizlar quyosh atrofida Yerdan
boshqa yana sakkiz sayyora aylanishini bilasizmi?» savoliga Javdat
javob beradi: «Ha, albatta. Bular — Merkuriy (Utorid), Venera
(Zuhra), Mars (Mirrix), Yupiter (Mushtariy), Saturn, Uran,
Neptun va Pluton sayyoralaridir».
Ko‘rinib turibdiki, bu ertak o‘quvchilarning atrof-muhit haqi-
dagi bilimlarini yuzaga chiqarish bilan birga, ularda ilmiy dunyo-
qarash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam bermoqda.
Asarni tahlil qilishda o‘qituvchining diqqat markazida turadigan
omillardan yana biri — o‘rganilayotgan matnning o‘quvchilarga
ko‘rsatadigan emotsional ta’siridir. Agar asar voqealar bayoni
hisobiga qiziq bo‘lsa-yu, undan muallifning ko‘targan hayotiy
masalaga nisbatan hayajoni sezilmasa, o‘quvchining axloqiy-
ma’naviy dunyosini boyitolmaydi. Aslida esa asar tahlilidan maqsad
o‘quvchida fikr qo‘zg‘atish, uning hayotiy tajribasi muallif qayd
etgan faktlarga yoki ichki tuyg‘ular aks ettirgan qalb manzaralariga
to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlashdan iboratdir.
Òahlil davomida asarning g‘oyaviy mazmunini yoritadigan
obrazlilikka, badiiy nafosatga, tarbiyaviy-estetik qimmatga ahamiyat
bermoqlik muhim. O‘qituvchi bola ruhiyatini to‘g‘ri anglagan
me’mor sifatida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning iqtidoriga
mos keladigan usul tanlab, interaktiv — o‘zaro hamkorlikdagi
pedagogik texnologiya asosida darsni tashkillashtirishi maqsadga
muvofiqdir.
1. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ruhiy holati va idrok etish
qobiliyatini qanday izohlaysiz?
2. Badiiy asarni tahlil qilishning qanday metodik qoidalari bor?
3. Asar tahlilida emotsional jarayonni qanday tushunasiz?
4. Asar tahlilida o‘quvchilarning mushohadasini yuzaga chiqaradigan qaysi
omillarni bilasiz?
5. O‘quvchi fikrini qo‘zg‘atish deganda nimani anglaysiz?
6. 3-sinf «O‘qish kitobi»dagi X. Sultonning «Zahiriddin Muhammad Bobur»
asarini tahlil qilish uchun mustaqil tayyorlaning. Darslikdagi matndan
foydalanib, asar badiiyligini tushuntiring.
7. Shu asarning g‘oyaviy mazmunini ochuvchi matn rejasini tuzing. Asardagi
har bir qismga sarlavha toping.
Darsni mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar


48
O‘QISH DARSLARIDA ADABIY NUÒQQA E’ÒIBOR BERISH
VA UNI ÒAKOMILLASHÒIRISH
R E J A :
1. Kichik maktab yoshidagi bolalarda adabiy nutq malakalarini
shakllantirish.
2. O‘qish darslarida o‘quvchi nutqidagi orfoepik normalarga
e’tibor berish.
3. Adabiy nutqning o‘zlashishida:
a) naqliy (hikoyaviy) nutqning roli;
b) she’riy nutqning roli.
4. O‘qish darslari vositasida o‘quvchilarga adabiy nutq milliy
madaniyatning asosiy ko‘rinishlaridan biri ekanligini o‘rgatib
borish, ularning nutqini shevachilik va o‘rinsiz qo‘llangan
chet so‘zlardan tozalash.
5. O‘quvchida adabiy nutq ko‘nikmasini takomillashtirish va
uning ahamiyati.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning nutqi murg‘ak bo‘ladi. Ular
kattalardan o‘zlashtirgan so‘zlarni ma’lum qoidalar asosida adabiy
til normalariga solib gap tuzish kerakligini hali tushunib yetishmaydi.
Bu borada adabiy nutqqa nisbatan o‘qituvchining e’tiborli bo‘lishi
katta ahamiyatga ega. Chunki boshlang‘ich ta’limda asosiy fanlardan
saboqni bir o‘qituvchi beradi. Sinf bilan muntazam muloqotda
bo‘ladi. Nutqiy aloqa uzilmaydi.
Shunday ekan, u qaysi o‘quvchida qanday nutqiy kamchilik
borligini yaxshi biladi. Agar o‘sha nuqsonlar o‘z vaqtida bartaraf
etilsa, nutq sayqallanadi, o‘quvchi murabbiy tergashlarini his qilib,
aytadigan gapida so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashga, fikrni oydin bayon
etishga harakat qiladi. Bunday mas’uliyat ko‘proq o‘qish darslarida
namoyon bo‘ladi. O‘quvchilar adabiy til qoidalarini nazariy jihatdan
o‘rganishmasa-da, turli janrdagi asarlarni o‘qish, tahlil qilish,
qayta hikoyalash, yoddan aytish kabi nutqiy jarayonlarga duch
keladi.
Matnlarda qayta-qayta uchragan so‘zlarga ko‘zi tushadi. Natijada,
ular o‘zlashtirgan lug‘atning katta qismi ana shu amaliy faoliyat
mahsuli hisoblanadi. Shunday ekan, adabiy nutq malakalarini hosil
qilishda o‘quvchilar o‘rganilayotgan asarni ongli tushunishi, uning
g‘oyaviy mazmunini ilg‘ab olishi uchun analiz-sintez, taqqoslash,
umumlashtirish kabi mantiqiy usullarni qo‘llash zaruriyati tug‘iladi.


49
b) «O‘zbek tili», M. Mirzayev, Òoshkent, 1978.
d) «Ona tili», 10—11-sinflar, G‘. Abdurahmonov, Òoshkent,
1995.
e) «Hozirgi o‘zbek adabiy tili», U. Òursunov, Òoshkent, 1975.
NUÒQ O‘SÒIRISH KO‘NIKMASI BO‘YICHA
ÒAHLIL
Bu dars har xil janrdagi asarlarni o‘rganish uchun boshlang‘ich
ta’limda keng o‘rin berilgan hikoya va ertak yuzasidan o‘tkaziladi.
Òalabalar 2—4-sinf «O‘qish kitobi»dan o‘zlariga manzur bo‘lgan
hikoya yoki ertakni tanlab, asarni tahlil qilish uslubini ishlab
chiqadilar. Nutq o‘stirish ko‘nikmasini hosil qilishda matn ustida
ishlashning quyidagi turlariga e’tibor berishlari lozim bo‘ladi:
1. Asarning g‘oyaviy mazmunini yoritadigan qismini topib,
unga sharh berish. Òanlab o‘qishni joriy etish.
2. Muhokama vositasida nutq o‘stirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish
uchun berilgan savolga o‘z so‘zi bilan javob berish usulidan
foydalanish.
3. O‘zaro savol-javob asosida nutq o‘stirishni yuzaga keltirish
usulini qo‘llash.
4. Matnni so‘z bilan tasvirlash va reja asosida qayta hikoya qilishni
amalga oshirish va boshqalar.
O‘QISH DARSLARIDA MUSÒAQIL ISH
Mavzu talabalarga topshirilganda, o‘qituvchi yo‘nalish beradi.
Bunda o‘qish darsliklaridagi (2—4-sinflar) mustaqil ishning
quyidagi jihatlariga e’tibor berish lozimligi uqtiriladi:
1. O‘qish darsliklaridan mustaqil ishning maqsad va vazifalarini
yoritish.
2. Asarni ichda o‘qishning boshlang‘ich sinflardagi miqdoriy
ko‘rsatkichi hamda uning ifodali nutqda tutgan o‘rnini aniqlash.
3. O‘qilgan matnga doir savollarga javob berishda bolalarning
diqqatini tushunib o‘qishga jalb etish.
4. O‘qilgan asar mazmunini to‘liq bilib olish uchun o‘qituvchi
bergan topshiriqni bajarish. Masalan, «Matndan Alisherning tashqi
ko‘rinishi tasvirlangan o‘rinni toping, ovoz chiqarib o‘qing va o‘z
so‘zlaringiz bilan qayta ifoda eting («Bola Alisher», Oybek, 3-sinf).
5. O‘qilgan matnning rejasini tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan
mustaqil ish:


50
— o‘qilgan asarga doir rasm chizish;
— chizilgan rasmga matn so‘zlari yoki o‘z so‘zi asosida sarlavha
qo‘yish;
— o‘qituvchining aralash bergan savollaridan foydalanib reja
tuzish;
— matnni mantiqiy qismlarga bo‘lish, har bir qismga mos
sarlavha topish va boshqalar.
UMUMLASHÒIRUVCHI O‘QISH DARSI
R E J A :
1. Dars qurilishining o‘ziga xosligi va odatdagi darslardan
farqi.
2. Darsda ilgari surilgan maqsad.
3. Dars uchun tanlanadigan ish usuli.
4. Darsni tashkil etishda o‘qituvchining pedagogik mahorati.
5. O‘quvchilar bilimini mustahkamlash, tafakkurini kengay-
tirish va xotirasini quvvatlantirishda darsning roli.
Boshlang‘ich ta’limda umumlashtiruvchi o‘qish darsini tashkil
etish o‘quvchilar bilimini sintezlashning asosiy omili hisobla-
nadi.Uni noan’anaviy dars usullari asosida qiziqarli, esda uzoq
vaqt saqlanadigan tarzda uyushtirish mumkin. Umumlashtiruvchi
o‘qish darsini har chorakda bir marta o‘tkazish imkoniyati mavjud.
Davlat ta’lim standartlari o‘quv dasturi talablariga ko‘ra, o‘qish
darslarida o‘zlashtirilayotgan har xil janr va mavzudagi asarlar
to‘g‘risida o‘quvchilar bilimi, fikrlashi hamda mulohazalari umum-
lashtirilishi lozim. Bu dars strukturasini noan’anaviy usulning qaysi
turida o‘tkazishni o‘qituvchi belgilaydi. Biroq u umumlashtiruvchi
darsdan ko‘zlangan maqsadni nazardan qochirmaydi. Bu maqsad
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— o‘quvchilarning bir necha darsdan olgan bilimlarini tizimga
solish;
— mavzularda tahlil etilgan asosiy g‘oyani umumlashtirish va
ularni hayot bilan bog‘lash;
— o‘rganilgan bilim mohiyatining o‘quvchi shaxsiga ta’sirini
aniqlash;
— o‘zlashtirilgan asarning tarbiyaviy xarakterini belgilash.


51
Bu darsda o‘qituvchi bolalar dunyoqarashini kengaytiradigan
va bilimini boyitadigan qo‘shimcha materiallardan foydalanishi
mumkin. U o‘tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash maq-
sadida «Javob bering, taqdirlayman», «Mantiqan o‘yla, top va
ijro et» kabi ta’limiy-didaktik o‘yinlarni tashkil qilishi, o‘quvchilar-
ning farqlanuvchi fikr va tushunchalarini bir g‘oyaviy mazmun
atrofida yig‘ishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday darsda o‘quv-
chilar kitobdan o‘qiganlari bilan chegaralanib qolmasdan o‘z
kuzatishlari natijasida bevosida idrok etgan hayotiy tajribalariga ham
tayanadilar. Darhaqiqat, oilaga, tengdoshlar hayotiga va tabiat
go‘zalliklariga bag‘ishlangan umumlashtiruvchi darslarning vazifasi
kitobda o‘rganilgan voqea-hodisalarni o‘quvchilarning kuzatishlari
va ekskursiyadan olgan taassurotlariga bog‘lashdir.
Bu darsning ish turi ham xilma-xil bo‘lib, uning qamroviga
o‘quvchilarning quyidagi faoliyatlari mujassam etilgan bo‘ladi:
— o‘qilgan asarlar mohiyatini ochishda hayotiy dalillar keltirish
yuzasidan suhbat;
— namoyish materiallari (ekologik yoki axloqiy videolar,
manzarali rasmlar)ni ko‘rsatish va muhokama qilish;
— o‘quvchilarnig she’riy qiroati yoki o‘ziga jozibali tuyulgan
nasriy asardan parcha o‘qishi;
— ekskursiya taassurotlari yoki ko‘rgan-kechirganlari haqida
o‘quvchilarning hikoyasi.
Umumlashtiruvchi darsdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning
dastur mavzusi yuzasidan o‘qigan, kuzatgan va eshitganlari haqida
o‘z mushohadalarini erkin, mustaqil fikr bilan bayon etishlarini
tashkil qilishdir. Shunda o‘quvchilar nutq madaniyati malakalariga
ega bo‘la boshlaydilar. Zotan, «Umumiy o‘rta ta’limning davlat
ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga kiritilgan
ilovada boshlang‘ich ta’limdagi mustaqil tafakkurni shakllantirishga
alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, matn mazmunini va o‘zgalar
fikrini anglash malakasi bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan. Unda:
«Miqdoriy ko‘rsatkich: 10 daqiqada 4—5 sahifali matnni o‘qib,
qayta so‘zlab bera olish.
Òalablar:
— og‘zaki nutqning to‘g‘ri, ravon, aniq, tushunarli va ta’sir-
chan bo‘lishi;
— monologik nutqning ravonligi;
— dialogik nutqda ta’sirchan, izchil, mantiqiy jihatning aniq
bo‘lishi» ko‘rsatib o‘tilgan.


52
Ana shu ko‘rsatma va talablar mazmunidan kelib chiqib,
darslikdagi biror bo‘limni yakunlab o‘tkaziladigan umumlash-
tiruvchi darsda o‘quvchilar o‘zlariga yoqqan asarni o‘qituvchi
yo‘llanmasi asosida tahlil qiladilar, obrazlarning xatti-harakati,
xulq-atvoriga munosabat bildiradilar, ularning qiyofasini so‘z bilan
tasvirlab beradilar. Masalan: 3-sinfda «O‘tmishni o‘rganish –
burchimiz», degan mavzuda umumlashtiruvchi dars tashkil etilsa,
o‘quvchilar «Òoshkent» (Erkin Malikov) nomli ikki qismdan iborat
matndan poytaxt-shaharning qadimiyligini, Òoshkent nomi
sayyohlarning «Òoshqal’a», «Òoshminor» deb atashlaridan kelib
chiqqanligini, «Jaloliddin Manguberdi» nomli matndan esa
Xorazmshoh o‘g‘li Jaloliddinning Chingizxon qo‘shinlariga qarshi
qahramonona kurashgan mard sarkarda bo‘lganligini, Chingizxon
o‘z raqibi Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolganligini, daryoning u
sohilida turib qasoskor musht o‘qtalganidan ta’sirlanib, mo‘g‘ul
lashkarboshilariga undan o‘rnak olishlarini uqtirganini , «Cho‘pon
yigit Shiroq» afsonasida esa shak qabilasidan bo‘lgan cho‘pon Shiroq
o‘z eli erki uchun Doro qo‘shinlarini halokatga uchratib, o‘zi
halok bo‘lganini bilib oladilar.
Yurt tarixi va ajdodlar hayoti haqidagi bunday bilimlar o‘quv-
chilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vositasi sanaladi. O‘qish
kitobida bo‘lim yuzasidan berilgan savol va topshiriqlar ham bolalarda
kuchli qiziqish uyg‘otadi. Ular o‘rganilgan mavzu yuzasidan to‘g‘ri
yakun va umumiy xulosa chiqara oladilar.
Umumlashtiruvchi darsning qay darajada muvaffaqiyatli chi-
qishi o‘qituvchining avvaldan uni puxta rejalashtirib olishiga, yangi
pedagogik texnologiyadan foydalanishiga, o‘quvchini jalb etadigan
mashg‘ulot usullarini qo‘llashiga bog‘liq. Bu darsda bir necha mate-
riallar yuzasidan yakuniy xulosalar chiqarishga o‘quvchini da’vat
etish ular fikrini chalkashtirib yuborishi, mulohazalarini xiralash-
tirishi mumkin. Natijada, diqqati chalg‘igan o‘quvchining fikrlash
faolligiga putur yetadi. Shuning uchun o‘qituvchi umumlashtiruvchi
darsni tashkillashtirishdan oldin maqsad va tadbir aniqligiga
erishmog‘i kerak:
1. Bu darsni kitobdagi yirik bir bo‘lim o‘rganilgandan keyin
o‘tkazish.
2. O‘quvchilar o‘zlashtirgan har xil janrdagi asarlarning g‘oya-
viy mazmunidagi o‘zaro aloqadorlik tizimini aniqlash.
3. O‘quvchilarda akmeologiya (rivojlanishning yuqori darajasi)
malakalarini shakllantirish, o‘z intellektini ishga solib «aqliy hujum»ga
shaylanish iqtidorini uyg‘otuvchi savol va topshiriqlar yaratish.


53
4. O‘quvchiga g‘oya berish va g‘oya olish borasida davra suhbati
tayyorlash.
5. Fikrlarni umumlashtirish, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy xulo-
salar chiqarish.
Xulosa qilib aytganda, umumlashtiruvchi dars o‘quvchilar
bilimini mustahkamlashda va hayotiy tasavvurlarini kengaytirishda
katta ahamiyatga ega.
BADIIY ASARNI O‘QISH VA ÒAHLIL QILISH
R E J A :
1. Badiiy asarni o‘qishda o‘qituvchining amaliy vazifasi.
2. Asarni o‘rganishning asosiy bosqichlari.
3. Badiiy asarning tahlili –ijodiy jarayon.
4. Asar muhokamasining tarbiyaviy ahamiyati.
Boshlang‘ich sinf o‘qish kitoblaridagi badiiy asarlar o‘quvchi-
ning idrok etish qobiliyatiga bog‘liq holda o‘qib o‘rganiladi va tahlil
qilinadi. Bunda o‘qituvchi asarning janr xususiyatiga, voqea-hodisa
va obrazlar xatti-harakatiga o‘quvchilarning ruhan tayyorligini
tekshiradi. Xususan, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar asar
timsoliga xos xususiyatni tasvirga muvofiq holat bilan belgilaydi.
Shuning uchun o‘qituvchi asar tahlilida badiiy komponentlarning
o‘zaro bog‘liqligini soddalashtirib tushuntirishi, matnni bosqich-
ma-bosqich o‘zlashtirishga imkon yaratishi lozim.
Dastlabki bosqichda matnni yaxlit idrok etish orqali asarning
umumiy mazmuni bilan tanishadi, muayyan sujet chizig‘i
o‘rganiladi, asarning emotsional ta’siri aniqlanadi. Keyingi bosqich
esa tahlil jarayonini boshlab beradi. Uning mazmuni quyidagi
talqinni o‘z ichiga oladi:
a) voqealar rivojidagi imkoniyat, sabab va natija orasidagi
bog‘lanishni belgilash;
b) asardagi timsollarning axloqiy fazilatlari va nuqsonlarini
aniqlash;
d) asar kompozitsiyasi (ekspozitsiya, voqealar rivoji, tugun,
kulminatsiya, yechim)ni ochish;
e) asarning g‘oyaviy mazmunini tasviriy vositalar ishtirokida
tahlil qilish va obrazlar xulq-atvorini baholash.
So‘nggi bosqich o‘quvchilarda erkin fikrlash, asardagi shaxslar-
ning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, ularni taqqoslash


54
va baho berish, asarning g‘oyaviy yo‘nalishini aniqlash, badiiy
bo‘yoqlarda hayotiy voqealarning suratlanishini anglash, ma’lum
muammolarni hal etish kabi tushunchalarni paydo qiladi.
O‘rganilayotgan badiiy asarni idrok etish uchun o‘qituvchi
matn ustidagi yakunlovchi ishlarni o‘quvchilarning hayotiy tajribasi
bilan bog‘laydi, ularning atrof-muhit haqidagi bilimlarini aniq-
laydi, fikr-mulohazalarini teranlashtiradigan usulga murojaat qiladi.
Chunonchi, o‘qituvchi Safar Barnoyevning «Bobonur» hikoyasini
(3-sinf) o‘qish-o‘rganishdan avval o‘quvchilar bilan qisqacha
suhbat o‘tkazadi va Vatan osoyishtaligi, askarlik burchi, rizq-
nasibaga doir milliy udumimiz haqida so‘zlab, Niginaning askar
akasidan kelgan xat va uning ichidagi rasmdan suyunganligi sababini
tushuntiradi. Hikoyadagi Sabriya bibining nasiba uzilmasligi, rizq
butun saqlanishi uchun patir yopib, yaxshi niyat bilan Bobonurga
tishlatgani, mamnun askar Samarqandga harbiy xizmat o‘tay-
man, deb ketganligi o‘quvchilarda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Kitob-
xon nima uchun Sabriyaning chehrasi yorishganini, bibi qishloq
yigitlariga yopgan patirini uzatib: «Mana, buni issiqligida tishla,
bolam, nasibang doimo butun bo‘lsin!» degan samimiy tilagini
aniq his qiladilar, yurtimiz mustaqilligi mustahkamlanib borishi
to‘g‘risidagi hikoya g‘oyasini teran anglashga muyassar bo‘ladilar.
O‘qish darslarida o‘rganilayotgan badiiy asar maqsadga muvofiq
tahlil qilinsa, o‘quvchilar faollashadi, madaniy-ma’rifiy saviyasi
rivojlanib, fikri boyiydi va:
a) badiiy asarda tasvirlangan faktlarni hayotiy kuzatishlari bilan
bog‘lay olishga o‘rganadi;
b) yozuvchining hayoti va ijodiga qiziqadi, boshqa asarlarini
topib o‘qishga intiladi;
d) asarning emotsional ta’sirini ilg‘ab oladigan bo‘ladi;
e) nutq odobi shakllanadi hamda so‘z qo‘llashda uning leksik
ma’nosiga ahamiyat berishi kuchayadi.
Darhaqiqat, o‘quvchi uchun badiiy asar tahlili ijodiy jarayondir.
Bu jarayon uning axloqiy sifatlarini mukammallashtiradi. Komil
tarbiyaga erishishda asosiy omillardan biri bo‘ladi.
O‘RGANILGAN SABOQLAR YUZASIDAN SINOVGA
ÒAYYORLANISH UCHUN ÒESÒ SAVOLLARI ÒUZISH
Òalabalar mustaqil o‘rganilgan mavzulardan tashqari fan
yuzasidan olgan saboqlari asosida test savollari tuzadilar. Ular
tuzgan savollarning ko‘lami keng bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar,


55
laboratoriya ishlari, seminarlar va nazariy darslar bilan bog‘liq
bo‘ladi. Namuna:
1.
1-sinfda tilning qaysi tomonini o‘rganishga ko‘proq e’tibor
beriladi?
a) leksika va so‘z yasashga;
b) fonetika va grafikaga;
d) so‘z va so‘z birikmasiga;
e) ibora va gapga.
2.
Ma’no anglatuvchi tovushlar yig‘indisi nima?
a) gap;
b) tovush;
d) so‘z;
e) qo‘shimcha.
3.
Dasturga ko‘ra o‘quvchilar qachon so‘zlarni bo‘g‘inlarga
bo‘lish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar?
a) savod o‘rganish davrida;
b) bog‘chada;
d) o‘qish davrida;
e) «Ona tili» darsida.
4.
O‘zbek tili yozuvi qanday yozuv hisoblanadi?
a) hijo yozuvi.
b) harf yozuvi.
d) tovush yozuvi.
e) grafik yozuv.
5.
Davlat ta’lim standarti tavsiyasiga ko‘ra matnni o‘qib, qayta
so‘zlash uchun miqdoriy ko‘rsatkich qaysi qatorda to‘g‘ri
berilgan?
a) 5 daqiqada 5 sahifa o‘qish;
b) 3 daqiqada 4 bet o‘qish va qayta so‘zlash;
d) 10 daqiqada 4—5 sahifali matnni o‘qib, qayta so‘zlay olish;
e) 10 daqiqada 2—3 sahifali matnni o‘qib, qayta so‘zlash.
Òest tuzish mustaqil ravishda davom ettiriladi.

Yüklə 454,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə