Boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda matnning ahamiyati



Yüklə 19,63 Kb.
tarix03.05.2023
ölçüsü19,63 Kb.
#108137
vatanparlik hissi


Boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda matnning ahamiyati
22 июн 2012, 17:36
Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir. Bu vazifa eng avvalo pedagog va tarbiyachilar zimmasiga ma'lum bir mas'uliyat yuklaydi. Davlatimiz ramzlari, uning bugungi kundagi ravnaqi hamda xalqimizning tinch va osuda hayotini tarannum etuvchi vositalar matn orqali o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantiradi. Har bir o'quvchini Vatanga sodiq farzandlik mas'uliyatini sezib yashashga, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an'analarimizga munosib bo'lishga o'rgatib borish vazifasini o'qituvchilar sidqidildan bajarib kelmoqda. Har bir darsda o'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyalarini singdirish orqali yoshlarni vatanparvar, elini, yurtini sevuvchi, barkamol shaxs qilib tarbiyalash kabi maqsadga erishiladi. 

O'quvchilarni matn tuzishga o'rgatish orqali ularning qalbi va ongiga milliy istiqlol g'oyalarini singdirib borish yaxshi samara berishi quyidagi hollarda o'z aksini topadi. 

O'quvchilarning so'z boyligi qanchalik ko'p bo'lsa, ularni erkin va ijodiy fikrlashga o'rgatish ham shunchalik osonlashadi. Ona tili darslarining samaradorligini oshirish uchun o'quvchilarni to'g'ri va aniq fikrlashga, matn tuzishda so'zlarni to'g'ri qo'llay olishga o'rgatish lozim. Ona tili darslarda hikoya, matn tuzish usuli ham o'quvchilarning lug'at boyligini oshirishda yaxshi natija beradi. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilarga milliy istiqlol g'oyalarini aks etuvchi so'z va iboralardan foydalanib matn, hikoya tuzdirish maqsadga muvofiqdir. Bunda biz bir yo'la ikki maqsadga erishishimiz mumkin — o'quvchilar matn tuzish bo'yicha malakaga ega bo'ladi hamda ular vatanparvarlik tuyg'usi shakllanadi. Misol uchun: 

O'quvchilarni uch guruhga bo'lib, guruhlarni nomlaymiz: «ISTIQLOL», «HUMO», «HURRIYaT».

Doska uch bo'lakka bo'linib, guruh nomlari yoziladi va har bir guruh uchun ajratilgan tomonlarga 10 tadan tayanch so'z va iboralar yoziladi.

I «ISTIQLOL»

1.Shior: «Vatanni sevmoq iymondandir».
2.Vatan
3.Odillik
4.Davlat tili
5.Tinchlik
6.Yaxshilik
7.Fidoyilik
8.Erkinlik
9.Qadriyat
10.Vatanga muhabbat

I «HUMO»

1.Shior: «Oila — Vatan timsoli».
2.Vatanparvarlik
3.Davlat
4.Komillik
5.Fuqaro
6.Xalq farovonligi
7.Vijdon erkinligi
8.Yurt tinchligi
9Ajdodlar merosi
10.Vatanga xizmat qilish
Asrlar davomida saqlanib va sayqallanib kelayotgan baxshichilik san’atining ona Vatanni madh etish, yoshlar ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni beqiyos.
Mamlakatimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida milliy qadriyatlarimizni tiklash, ajdodlarning ma’naviy merosini asrab-avaylash va boyitish yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Baxshichilik san’ati rivojiga hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida «Xalq baxshisi» unvoni joriy qilindi. Taniqli baxshilar, oqin va jirovlar ishtirokida “Baxshili el – yaxshili el” respublika ko‘rik-tanlovlari va festivallarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi.
Jizzax viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat xalq ijodiyoti madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy metodik markazi hamkorligida o‘tkazilgan festivalda birinchi o‘rinni Mirzacho‘l tumani vakili Komila Mametova egalladi. Ikkinchi o‘rin jizzaxlik Bahrom baxshi Orziyevga, uchinchi o‘rin zominlik Ashir baxshi Sarimovga nasib etdi.

III «HURRIYaT»

1.Shior: «O'zbekiston — Vatanim manim!».
2.Davlat ramzlari
3.Bunyodkorlik
4.Milliy g'urur
5.Xalq
6.Vatan ravnaqi
7.Madaniyat
8.Diyor
9.His-tuyg'u
10.Me'moriy obidalar

Har bir guruh o'zi alohida shiorlar ostida yuqoridagi so'zlar ishtirokida matn tuzadi. Matn tuzish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Berilgan vaqt tugagach, har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqib tuzgan matnini o'qib beradi. O'qituvchi doskadagi so'zlardan matnda ishtirok etganlarini belgilab boradi. Uchala guruh ham o'zlari tuzgan matnlarini o'qib eshittirgach, o'qituvchi umumiy balni e'lon qiladi. Berilgan so'zlarning har biri matnda ishtirok etgani uchun 1 balldan, gaplarni to'g'ri tuza olganligi uchun 5 ball-jami 15 ball. 

Shundan so'ng har bir o'quvchi daftariga doskadagi so'zlar ishtirokida 2 tadan gap tuzishiga topshiriq beriladi. Doskadagi barcha so'zlarni o'quvchilar daftarlariga ko'chirib yozib oladilar. Uyda mana shu so'zlar ishtirokida 5-6 ta gapdan iborat kichik matn tuzishga vazifa beriladi. Ushbu jarayon, ya'ni matn tuzish bilan bir qatorda o'rganilishi lozim bo'lgan mavzu, matn orqali o'quvchilarga tushuntirilib boriladi.

Tilimiz ko'rki bo'lgan so'zlar fikrimizni aniq, ravshan bayon qilish uchun zarurdir. So'zlar o'rni bilan ishlatilganda nutqimiz go'zal, ta'sirli chiqadi. Yuqorida ko'rsatilgan usulning afzalik tomonlari shundan iboratki, bunda:

— o'quvchilar lug'at boyligi yangi so'zlar bilan yanada boyiydi;

— o'quvchilarda bog'lanishli nutq malakalari shakllanadi, so'zlarni to'g'ri qo'llay olish, gaplarni bir-biriga bog'lay olish malakalari rivojlanadi;



— ona tili darsida o'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyalari singdiriladi, o'quvchilar vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadi;

— o'quvchilarda milliy g'urur, iftixor, millatparvarlik, vatanparvarlik, xalqsevarlik, Vatanga bo'lgan muhabbat, hurmat kabi axloqiy fazilatlar rivojlanadi.
Yüklə 19,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə