Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodlari



Yüklə 387,93 Kb.
səhifə3/4
tarix31.07.2023
ölçüsü387,93 Kb.
#120167
1   2   3   4
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodlari

2. Kuzatish metodi.

  • 2. Kuzatish metodi.
  • Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. Kuzatish metodidan o‘quv-tarbiya ishining u yoki bu sohasidagi ishning qanday borayotganini o‘rganish uchun foydalaniladi. Bu metod o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik material to‘plash imkonini beradi.
  • Kuzatish vaqtida tadqiqotchi o‘quv jarayonining odatdagi borishiga aralashmaydi. Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlangan reja asosida uzoq yoki yaqin vaqt oralig‘ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlar, sodir bo‘layotgan voqealar, jihozlar kuzatish kundaligiga qayd qilinib boriladi.

3. Tajriba

  • 3. Tajriba
  • Tajriba - bu ham kuzatish bo‘lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‘zgartirib turiladigan sharoitda o‘tkaziladi. Pedagogik Tajriba o‘qitishning va tarbiyalashning u yoki bu usulining, ko‘rsatma – qo‘llanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda qo‘llaniladi.

4. Maktab hujjatlarini o‘rganish.

  • 4. Maktab hujjatlarini o‘rganish.
  • Pedagogik tadqiqotlarning keng tarqalgan metodlaridan biri o‘quvchilar ishlari va hujjatlarini o‘rganishdan iborat. O‘quvchilarning ishlari ularni dasturning ayrim bo‘limlari bo‘yicha tayyorgarlik darajasini aniqlash, o‘qitishning ma’lum davri davomida o‘sishi va rivojlanishlarini kuzatish imkonini beradi.

5. Suhbat metodi.

  • 5. Suhbat metodi.
  • Pedagogik tadqiqotlarda suhbat metodidan ham foydalaniladi. Bu metoddan foydalanish kuzatishdan olingan ma’lumotlarni to‘ldiruvchi va aniqlovchi materiallar olish, topshirishlar bajarish imkonini beradi. Bu metod muvaffaqiyatining asosi bolalar bilan aloqa o‘rnatilishi, ular bilan bemalol erkin muloqotda bo‘lish imkoniyatidan iborat

Yüklə 387,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə