Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini o‘tish texnologiyasi



Yüklə 282 Kb.
səhifə20/20
tarix19.12.2023
ölçüsü282 Kb.
#153228
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Boshlang‘ich sin

Yuqori daraja. Musiqa madaniyati darslarida o`zbek xalq cholg`u asboblari nomlari, o`zbek xalq cholg`u asboblari guruhlari, o`zbek xalq cholg`u asboblari tarixi haqida xabardor.
O‘rta daraja. Yuqorida bayon qilingan mavzularda to‘liq xabardor bo‘lmasada, ma’lum tushunchalarga ega bo‘lgan o‘quvchilar.
Past daraja. o`zbek xalq cholg`u asboblari haqida deyarli ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘quvchilar.
Berilgan savollariga olingan javoblarning qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida tajriba sinf va nazorat sinfi o‘quvchilarining bergan javoblarini quyidagi jadval asosida aniqladik.
1-jadval



Sinflar
yo`nalishi

O`quvchilar soni

Javob darajalari

Savol javoblari

1

2

3

1

Tajriba sinf

30

Yuqori

15

16

14










O`rtacha

10

9

10










Past

5

5

6










Jami

30

30

30

2

Nazorat sinf

30

Yuqori

7

8

9










O`rtacha

10

10

11










Past

13

12

10










jami

30

30

30

Mazkur jadvaldan ko‘rinib turibdiki, biz ish olib borgan tajriba-sinov sinfda o‘quvchilarning o`zbek xalq cholg`u asboblari haqidagi bilim, tushuncha va ko‘nikmalari nazorat sinfiga nisbatan anchagina yuqori.


Xususan, yuqori darajada javob berganlarni bir-birlariga solishtirib ko‘rganimizda, bu ikki sinf o‘quvchilari orasidagi tafovvut yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Dars jarayonida o‘quvchilar fikrini o`zbek xalq cholg`u asboblari mavzu yo‘nalishiga qaratish va turli shakl va uslublardan foydalanish yaxshi natija beradi.

2-jadval



Sinflar_yo`nalishi___O`quvchilar_soni___Javob_darajalari'>Sinflar yo`nalishi

O`quvchilar soni

Javob darajalari

Savol javoblari

1

2

3

1

Tajriba sinf

30

Yuqori

15

16

14

2

Nazorat sinf

40

Yuqori

7

8

9

3

Oradagi farq

40

Yuqori

8

8

5

Tajriba-sinov sinfda yuqori darajada javob bergan o‘quvchilar soni 14 tadan 16 tagacha bo‘lgani holda, nazorat sinfidagi bu ko‘rsatkich 7 tadan 9 tagacha bo‘lgan. Taqqoslash natijasida tajriba sinfda yuqori darajadagi o‘quvchilar soni 5 tadan 8 tagacha farq qilishi aniqlandi. Shundan kelib chiqqan holda olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarimiz nazorat sinfiga nisbatan unumliroq bo‘ldi.


Darslar jarayonida o‘quvchilar fikrini ma’lum mavzu yo‘nalishga qaratish va turli shakl va usullardan foydalanish yaxshi natija beradi.
Tadqiqot nihoyasida tajriba guruhi o‘quvchilari bilan nazorat savollari bo‘yicha anketa o‘tkazilganda, ularning dunyoqarashlari, o`zbek xalq cholg`u asboblari haqidagi qarashlari ijobiy tomonga o‘zgarganligiga guvohi bo‘ldik. Mahsus dars o‘tish metodikasi va uning mazmunidan kelib chiqib, tajriba –sinov ishlarida qatnashgan o‘quvchilarning dasturdagi o`zbek xalq cholg`u asboblaridan foydalanish ko‘nikmasi, ijro uslubi va mahorati, hamda shular vositasida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishi orqali ularning estetik tarbiyalanganlik darajalarini asoslovchi tajriba jarayonida ular tomonidan qayd qilingan ko‘rsatkichlarga nisbatan ijobiy o‘sish ro‘y berganligi aniqlandi. Bu boradagi holat tadqiqot nihoyasida tajriba – sinov ishlarining muvofiqiyatli kechganligi tadqiqot ishining pedagogik va ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligi va samarali bo‘lganligidan dalolat beradi.
Pedagogik tajriba – sinov natijalarini tahlil etishda o‘quvchilarni o`zbek xalq cholg`u asboblarini o`rganish estetik sifatlarini o‘sish dinamikasi va pedagogik texnalogiyalarni tadbiq etilgan natijalarini bilish uchun matematik – statistika metodi qo‘llanildi. O‘quvchilarni tajribadan keyingi o‘zlashtirishlari quyidagi jadvalda aks etgan.
3-jadval
O‘quvchilarning tajribadan keyingi o‘zlashtirish darajalari.

Sinflar

O`quvchilar soni

O`zlashtirish darajalari

Yuqori

O`rta

Past

Tajriba

30

15

10

5

Nazorat

30

7

10

13

Olingan natijalardan o‘qitish samaradorligiini baholash mezonida tajriba guruhining, nazorat guruhining o‘zlashtirish darajasidan yuqoriligini ko‘rish mumkin. Bundan ma’lumki tajriba sinfidagi o‘zlashtirish nazorat sinfidagi o‘zlashtirishdan yuqori ekan. Demak, umumiy o‘rta ta’lim maktablari 3-sinf o‘quvchilarining o`zbek xalq cholg`u asboblarini o`rganishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba – sinov ishlarining samaradorligi aniqlandi.



X u l o s a
Boshlang‘ich sinflarda musiqa madainyati darslarini o‘tish texnologiyasi mavzusida madaniyati darslarini kuzatish, tajribali o`qituvchilarni ish uslublarini o`rganish, boshlang`ich sinf o`quv materiallarini tahlil qilish va musiqa madaniyati darslarini tashkil etishga doir adabiyotlar bilan tanishish borasida quyidagi xulosaga keldik.
1. Boshlang‘ich sinflarda musiqa madainyati darslarini o‘tish texnologiyasiga doir uslubiy tavsiyalar berishning asosiy maqsadi hozirgi kunda davlatimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama komil inson qilib, tarbiyalashdan biridir. Endilikda yoshlarni Vatanga sevgi-muxabbat, milliy qadriyatimizga sadoqat ruhida tarbiyalash o‘qituvchi tarbiyachilar oldida turgan kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardandir.
2. Musiqa madaniyati darslarini dastur asosida rejalashtirishda musiqaviy faoliyatlar qo`llash musiqa o‘qituvchilarning musiqa madaniyati fani tuzilishi va prinsiplari asosida darslarni tashkil etishdagi kasbiy tayyorgarliklari bilan bog`liqdir. Maktab o‘quvchilarining ruhiy dunyosini shaklantirishda, ularning kelajakdagi rivojlantirishda musiqa o‘qituvchisining xizmati ham kattadir.
3. Maktabda musiqa ta’limining asosiy maqsadini amalga oshirishda yangi dasturda o‘quv materialarning talqin etilishi nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Chunki barcha fanlar qatori musiqa ta’limi jarayonida ham bugungi kunda yangi dasturlar, qo‘llanmalar tezkorlik bilan joriy qilinmoqda.
4. Musiqa fani o‘qituvchisi o‘z fanini musiqani sevish, unga ishtiyoq bilan yondoshishi o‘qituvchilarni yaxshi kurishi, musiqa san’ati vositalari bilan o‘qitish va taribiyalashga qiziqish lozim.
5. Musiqa madainyati darsini o‘tish musiqa o‘qituvchisining o‘quv materiallarini tug‘ri qo‘lash orqali musiqa darslarini tashkil etishda o‘ziga xos pedagogik va amaliy jihatdan tayyorgarligini talab etadi.
6. Musiqa madaniyati darslarini o‘qitshga doir metodik tavsiyalar birinchidan, o‘qituvchidan yetarli pedagogik yo‘nalishni ifodalaydi, ikkinchidan o‘qituvchidagi muayyan, zarur musiqiy bilim, ko‘nima malakalar hajmi va uning darajasi bilan belgilanadi.
7. Musiqa madaniyati darslarining yil, chorak, dars mavzulari hamda musiqiy faoliyatlar asosida tashkil etilishining asosiy maqsadi va mazmuni birinchidan, o‘quv materiallaridan to‘g‘ri foydalanishdagi pedagogik vazifalarni yechishga: bunda o‘quv materialalrning bolalar bilim va malakalariga yoshlik xususiyatlariga mosligi va bularni mustahkamlash tamoyillariga amal qilishga, ikkinchidan esa dars mazmunini takomilashtirish va musiqiy rivojlantirishga yo‘naltirilgandir.
8. Musiqa madaniyati darslarini o‘tishda musiqiy faoliyat turlarini qo`llash uslublari doir bilimlar asosida ushbu malakaviy biitruv ishida umumiy o‘rta ta’lim maktablari 3-sinf o‘quvchilarining o`zbek xalq cholg`u asboblarini o`rganishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba – sinov ishlarining samaradorligi aniqlandi.


A d a b i yo t l a r
1 . O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. Barkamol avlod orzusi. –Toshkent: O‘zbekiston, 1998. –20-29 b.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998.- 31-61 b.
3. Karimov I. A. “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” Toshkent: 2008-y 176 b
4. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. –Toshkent: O‘zbekiston, 1995.
5. Karimov. I.A. Barkamol avlod orzusi Toshkent “O‘qituvchi” nashrityoti 1999
6. Асафьев Б.В.Музыкальная форма как процесс. Л.:Госуд.муз. изд.,1973г.,
7. Akbarov A.I. Musiqa lug‘ati. Toshkent 2000 yil.
8. Begmatov S, Mamirov Q, Mansurov A, Karimova D, Ro‘ziyev I. 6-sinf uchun dasrlik G‘. G‘ulom nomidagi “Adabiyot va San’at” nashriyoti. Toshkent 2001 yil.
9.Nurmatov X. Norxo`jayev N, MirrahimovA.Musiqa 3-sinf darslik T., 2002 yil.
10. Nurmatov X. Musiqa 2-sinf darslik Toshkent 2001 yil
11. Omonullayev D.«O’zbek maktablarida musiqa ta’limi mazmuniga bo’lgan zamonaviy talablar» nomli ilmiy ishi T., 1990 y.
12. Omonullayev D. «Umumiy ta’lim maktablarida musiqa dasturlari» T.,1992 y.
13. Ochilov M.“Muallim qalb me’mori” Saylanma.Toshkent. O‘qituvchi 2000 yil.
14. Omonullayeva D. Darsda xalq merosi o‘rganish. Boshlang‘ich ta’lim 1993
15.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.-T.,O‘zbekiston, 2000 y,
16.Umumiy o‘rta ta’limning DTS va o‘quv dasturi 6 maxsus soni. T., 1999 yil.
17. Mansurov A., Karimova D.. Musiqa 5-sinf uchun dasrlik .Toshkent-2001 yil.
17. Ibrohimov O., Sadirov J. 7-sinf uchun darslik T., 2001 yil.
18. Rajabov S.R. «Tarbiya va o’qitish haqida klassik ta’limot» «Fan» T.,197I.
19. Soipova D. Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent. 2009.
20. Internet ma’lumotlari
-WWW.Ziyonet.
-Pedagog.uz.

1 Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.-T., O‘zbekiston, 2000 y, 51-52 betlar.

2 Asafyev B. V. Muzikanaya forma kak protsess. L.: Gosud. muz. izd., 1973g., -24str

3 I.Karimov “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” Toshkent: 2008-y 142-b

4 E.Umarov. Estetika T.: “O‘zbekiston”, 1995y., -210–bet



5 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008, 141 bet.



6 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008, 141 bet.





Yüklə 282 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə