Boshlang’ich sinflarini nutqini o’stirishga oid turlarni ishlab chiqish



Yüklə 52,32 Kb.
səhifə2/5
tarix30.12.2023
ölçüsü52,32 Kb.
#164068
1   2   3   4   5
Boshlang’ich sinf darsliklarida fe’lga oid mashqlarni tasnif qil-fayllar.org

Boshlang’ich ta’lim bosqichi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta‘lim standarti asosida boshlang’ich sinf o’quvchilaridan standartda belgilab qo’yilgan ko’rsatkichiga erishishni talab qiladi va o’z navbatida bu ko’rsatkichlarga erishish ko’rsatilgan.

Boshlang’ich ta’lim standarti mazkur ta’lim bosqichining har bir ta’lim sohasi uchun belgilangan standart parametrlari, mazkur ta’lim sohasining modernizatsiyalashtirishni, shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta’lim jarayonining vosita va metodlari hamda umumpedagogik, psixologik, texnologik tizimi va darajasini belgilab berishga xizmat qiladi. Bunda butun e’tibor boshlang’ich ta’lim berishning maqsadi yuzasidan butunlik va to’laqonlilikni saqlab qolishga qaratilgan.

Boshlang’ich ta’lim tayanch o’quv rejasi doirasiga ona tili, matematika, tabiat hamda inson va jamiyat ta’limi sohalari kiritilgan.

Boshlang’ich ta’lim standarti ta’lim sohalariga qo’yilgan standart ko’rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarini ta’lim sohalarida belgilab qo’yilgan ta’lim standartining ko’rsatkichni tashkil etadi. Ta’lim sohasi ta’lim natijasining sifati mana shu ko’rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi.

Boshlang`ich ta`lim bosqichida o`quvchilarning ona tili ta`lim sohasi bo`yicha tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametrli standart o`lchovi orqali aks ettirildi. O`qish texnikasi, o`zgalar fikri va matn mazmunini anglash hamda fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi.

Boshlang`ich ta`lim Davlat standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari iborasi aynan qo`llanilgan bo`lsada, ko`rsatigan uch parametrli statdart talabini bajarish o`quvchilarda ma`lum darajada mustaqil o`qish ko`nikmalini talab qiladi.

Davlat ta`lim standarti asosida o`quv dasturlari va darsliklar yaratiladi.

Boshlang`ich sinflar ona tili dasturi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi. 1.Savod o`rgatish, sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.


Yüklə 52,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə