Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integrasiya fanidan 2020-yil 3- kurslar 2- semestr uchun majmua


MAVZU. MUSTAQIL TA’LIM OLISH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə12/16
tarix28.03.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#84819
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integrasiya fan

10.MAVZU. MUSTAQIL TA’LIM OLISH TEXNOLOGIYASI

  1. Pedagogik jarayonda shaxsga yo’naltirilganlikning mohiyati.

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning diqqat markazida turli obrazli hayotiy vaziyatlarda ongli tanlashga qobiliyatli, yangi tajribalarni idrok etishga tayyor, o‘z imkoniyatlarni o‘zi amalga oshirishga ishtiyoqmand noyob yaxlit inson turadi. Bunday shaxsning muvafaqkiyati an’anaviy texnologiyadagi bilim va ijtimoiy me’yorlarni tarbiyalanuvchilarga formal uzatishdan farqli ravishda, erkin fikrli shaxsni shakllantirish ekanligini bildiradi.

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya har bir bolaning individual o‘ziga xosligi bilan bog‘liqlikda ta’lim va tarbiyaning metod va vositalarini izlab topishga harakat qiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya an’naviy texnologiyadagi bolaga avtoritar, mustaqilligini e’tirof etmagan xolda qarashga qarama-qarshi qo‘yiladi. Sevish, g‘amxo‘rlik, hamkorlik asosida shaxs ijodiyligi va o‘zini-o‘zi rivojlantirishi uchun sharoit yaratadi.

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning asosiy tamoyillari



  • individ doimiy o‘zgaruvchan dunyoning markazida joylashadi: har bir kishi uchun borliqni idrok etishda shaxsiy dunyosi muhim ahamiyatga ega. Bu ichki dunyoni hech kim tashqaridan oxirigacha bila olishi mumkin emas;

  • inson borliqni shaxsiy munosabati va tushunishi asosida idrok eta-di;

  • individ o‘zini-o‘zi bilish va o‘zini-o‘zi realizatsiyalashga harakat qiladi, u o‘zini-o‘zi takomillashtirishda ichki imkoniyatlarga ega bo‘ladi;

  • muloqot natijasida erishish mumkin bo‘lgan rivojlanish uchun zarur o‘zaro bir-birini tushunish;

  • o‘zini-o‘zi takomillashtirish, rivojlanish muhit, boshqa odamlar bilan o‘zaro harakat asosida kelib chiqadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yashirin aloqalar natijasida erishiladigan tashqi baho inson, uning o‘zini-o‘zi bilishi uchun juda muhim.

ShAXSGA YO‘NALTIRILGAN TEXNOLOGIYaNING YeTAKChI G‘OYaLARI

  • shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning maqsadi: o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, bolaning individuallligini yuqori darajada kashf eta olish;

  • bilim bo‘yicha berilgan me’yor sifatida ta’lim, jarayon sifatida o‘qitishga alohida urg‘u beradi;

  • o‘qitish deganda, ta’lim jarayonida berilganlarini ijtimoiy-ahami-yatli namunalarga aylantirishga yo‘naltirilgan har bir bolaning alohida individul faoliyati tushuniladi;

  • o‘quvchi sub’ektivligiga ta’limiy ta’sir natijasida kelib chiquvchi sifatida emas, boshidanoq unga o‘ziga xosligi sifatida qaraydi;

  • ta’lim jarayonini tashkil etish va amalga oshirishda har bir o‘kuvchi-ning shaxsiy tajribasi va uning ijtimoiylashuvini aniqlash bo‘yicha ish o‘tkazilishi kerak;

  • bilimlarni egallash maqsadi o‘kuvchi rivojlanishi uning imkoniyatlari va individual-ahamiyatli qadriyatlarni hisobga olish vositasiga aylanadi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə