Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish fakulteti boshlang’ich ta’lim kafedrasi


ORALIQ NAZORAT UCHUN TEST SAVOLLARI



Yüklə 228 Kb.
səhifə31/36
tarix26.05.2022
ölçüsü228 Kb.
#88089
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
IFODALI O\'QISH MAJMUA 2021-2022

ORALIQ NAZORAT UCHUN TEST SAVOLLARI

1. Til madaniyati bu-


A) tildagi ifoda vositalari sayqal topganligi
B) muayyan davrning til xususiyatlari
C) chiroyli so‘zlash va savodli yozish
D) nutq madaniyati
2. Ilmiy matnning eng muhim funksiyasi –
A) yangi bilim berish
B) estetik zavq bag‘ishlash
C) ma’lumot berish
D) kishi ongiga ta’sir o‘tkazish
3.Tilning funksiyasi nimalardan iborat?
A) barcha javoblar to‘g‘ri.
B) fikr almashuv quroli ekanligi
C) voqelik haqida xabar berish
D) ma’lumotlarni avloddan avlodga yetkazish
4. Adabiy til haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) adabiy til sheva va lahjalarning birliklarini ham o‘z ichiga oladi
B) adabiy til – umumxalq tilining qoidalashtirilgan, sayqallangan shakli
C) adabiy til – me’yoriy til
D) adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari bor
5. Nutq madaniyatining past darajada bo‘lishiga nima sabab bo‘ladi?
A) til madaniyatining pastligi
B) til tizimining murakkabligi
C) chegaralangan leksikaning mavjudligi
D) iboralardan keng foydalanish
6. Til birliklarini ajrating
1) so‘z; 2) gap; 3) so‘z birikmasi; 4) ibora; 5) qo‘shma so‘z; 6) matn;
A) 1,4,5
B) 1,3,4,6
C) 1,2,3,4
D) ,3,6.
7. Nutq birliklarini ajrating
1) so‘z; 2) gap; 3) so‘z birikmasi; 4) ibora; 5) qo‘shma so‘z; 6) matn;
A) 2,3,6.
B) 1,3,4,6
C) 1,2,3
D) 1,4,5
8. Til birliklaridan foydalanish jarayonida nima hosil bo‘ladi?
A) nutq va matn
B) nutq
C) matn
D) til tizimi
9. Nutqning talaffuz me’yorlari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) orfoepiyada
B) morfologiyada
C) orfografiyada
D) etimologiyada
10. Nutqda turli-tuman ifoda vositalarining haddan ziyod ko‘p qo‘llanishi
A) nutqni bachkanalashtiradi
B) nutqning boyligini ko‘rsatadi
C) nutqni ta’sirchan qiladi
B) notiklik mahoratidan dalolat beradi
11. Madaniy nutq deb qanday nutqqa aytiladi?
A) adabiy til me’yorlariga amal qilingan nutq
B) boy nutq
C) ifoda vositalaridan keng foydanilgan nutq
D) madaniyatli kishilar nutqi
12. Nutq madaniyatining yuqori darajasini ko‘rsatuvchi omillar qaysilar?
A) nutqning qisqaligi, mantiqliligi, ta’sirchanligi
B) nutqda chegaralangan leksikadan keng foydalanish
C) nutqning vaziyatga mos kelishi
D) nutqning hayajonli, ko‘tarinki ruhda bo‘lishi
13. Nutq madaniyatining notiqlik san’atidan farq nimada?
A) nutq madaniyati ommaviylik xususiyatiga ega, notiqlik san’ati xususiydir
B) notiqlik san’ati umumiy, nutq madaniyati ommaviy hodisa
C) madaniy nutq notiqlik san’atining bir qismi
D) nutq madaniyati savodxonlik bilan bog‘liq
14. Alisher Navoiyning «Ma’ni adosinda alfoz tilga kelur va ul alfozdin ma’ni
fahm bo‘lur» degan fikri nima haqida?
A) shakl va mazmun haqida
B) ma’noli nutq to‘g‘risida
C) ma’noni tushunish ahamiyati haqida
D) shakldosh so‘zlar ma’nosi haqida
15.Nutq odobi haqida fikr bildirilgan asarlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
A) Navoiy «Mahbubul qulub», Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig»
B) Navoiy «Mezon ul avzon», Bobur Muxtasar»
C) Bobur «Boburnoma», Kaykovus «Qobusnoma»
D) Cho‘lpon «Adabiyot nadur?», Fitrat «Tilimiz»
16.Reglamentatsiya adabiy me’yorning qaysi xususiyatlarini ta’minlaydi?
A) turg‘unlik, standartlilik, universallik
B) qoidalashtirish, xususiylik, tushunarlilik
C) ommaviylik,standartlilik, o‘zgarmaslik
D) doimiylik, qoliplashganlik, davriylik
17. Reglamentatsiya qaysi shaklga xos?
A) adabiy tilning og‘zaki va yozma shakliga
B) adabiy tilning og‘zaki shaklga
C) adabiy tilning yozma shakliga
D) faqat grammatik sathga
18. Adabiy me’yorning xususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) konservativlik va barqarorlik
B) davriylik va xususiylik
C) zamonaviylik va umumiylik
D) barcha javoblar to‘g‘ri
19. Me’yor (norma) tushunchalarining mohiyatan to‘g‘ri tartibini belgilang.
A) til normasi - adabiy norma - nutqiy norma
B) nutqiy norma - adabiy norma - xususiy norma
C) adabiy norma - til normasi - nutqiy norma
D) adabiy norma - nutqiy norma -talaffuz normasi
20. Ko‘plik qo‘shimchasining hurmat ma’nosini ifodalashdagi zarur sharti
A) egalik qo‘shimchasining undan avval kelishi
B) uning birlik sondagi otga qo‘shilishi
C) kelishik qo‘shimchalaridan oldin qo‘shilishi
D) 2-shaxs kishilik olmoshiga qo‘shilish
21. Sharq notiqlari keltirilgan qatorni toping.
A) Kaykovus, Suqrot, Bahovuddin Balad
B) Grakx, Ploton, Brut, Aristotel
C) A.Navoiy, Kaykovus, Koshifiy
D) A.Navoiy, Suqrot, Koshifiy
22. G‘arb notiqlari keltirilgan qatorni toping
A) Aristotel, Katon, Isey
B) Aristotel, Suqrot, H.Voiz
C) H.Voiz, Isey, Katon
D) Katon, Koshifiy, Isey
23. Til, nutq bu –
A) til - vosita, nutq – faoliyat
B) til – tovushlar birligi, nutq – kechim
C) til – jarayon, nutq - vosita
D) barcha javoblar to‘g‘ri
24. Nutq ko‘rinishlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping
A) Monologik nutq, diniy notiqlik
B) Monologik nutq, dialogik nutq
C) Grammatik nutq, badiiy nutq
D) Logografik nutq, akademik nutq
25. Notiqlik turlari keltirilgan qatorni aniqlang
A) Vo‘izlik, dobirlik, xatiblik, muzakkirlik
B) Siyosiy-ijtimoiy, akademik, sud, ijnimoiy-maishiy, diniy
C) Siyosiy-ijtimoiy, sud, xatiblik, akademik
D) Monologik, dialogik, diniy, ijtimoiy-maishiy
26.Iboralardan nima maqsadda foydalaniladi?
A) nutqning jonli va ta’sirchan bo‘lishi uchun
B) nutqning to‘g‘riligini ta’minlash uchun
C) nutqning ifodali bo‘lishi uchun
D) fikrning aniq bo‘lishi uchun
27. Ikki xil ko‘rinishga ega bo‘lgan uslub to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
A) rasmiy uslub
B) ilmiy uslub
C) so‘zlashuv uslubi
D) badiiy uslub
28. Tilning boyligi nimalarda ko‘rinadi?
A) so‘z va iboralarning ko‘pligida
B) nutqning madaniyligida
C) savodxonlikning yuqori darajasida
D) tasviriy vositalar mavjudligida
29. To‘g‘ri nutq bu -
A) adabiy til me’yorlariga amal qilingan nutq
B) til vositalaridan unumli foydalanilgan nutq
C) tushunarli, ta’sirchan nutq
D) adabiy tilga begona bo‘lgan, o‘zlashmagan so‘zlardan foydalanilmagan nutq
30. Sof nutq bu-
A) adabiy tilga begona bo‘lgan, o‘zlashmagan so‘zlar, gap qurilishida o‘rin olmagan nutq
B) adabiy til me’yorlariga amal qilingan nutq
C) vaziyatga mos kelgan jo‘yali nutq
D) faqatgina o‘z qatlamga oid so‘zlardan foydalanilgan nutq
31. Obrazli nutq -
A) ma’lum tasavvurlarni hosil qiluvchi nutq
B) ifodali, boy nutq
C) tushunarli, ta’sirchan nutq
D) so‘zlovchiga har tomonlama tushunarli nutq
32. Agar nutq tinglovchi ongining ko‘p tomonlarini egallab olib, uni so‘zlovchiga
maxliyo, tobe qilib qo‘ysa, bunday nutq -
A) ta’sirchan nutqdir
B) jo‘yali nutqdir
C) mantiqli nutqdir
D) boy nutqsir
33. Nutqning ifodali bo‘lishidagi asosiy shartlar:
A) so‘zlarni to‘g‘ri tanlash, his-hayajon bag‘ishlash, diqqatn tortish, intonatsion va psixologik pauza
B) his-hayajon, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash, psixologik pauza
C) mantiqiy urg‘uga e’tibor berish, ta’sirli so‘zlash, boy tasavvurga ega bo‘lish
D) tinglovchi dunyoqarashi, saviyasini e’tiborga olish, adabiy tilni yaxshi bilish.
34. Nutqning ta’sirchan bo‘lishiga yordam beruvchi vositalar qaysilar?
A) ibora, tasviriy vositalar, maqollar
B) so‘zlar, so‘z birikmalari, pauza
C) hikmatli so‘zlar, modal so‘zlar, so‘z urg‘usi
D) she’riy parchalar, sintagma
35.Qadimda rimliklar va gresiyaliklar stilga nisbatan qanday munosabatga bo‘lishgan?
A) kishilarni ishontirish vositasi deb hisoblashgan
B) nutqni bezash vositasi deb qarashgan
C) o‘z ichki xususiyatlariga ega alohida soha deb hisoblashgan
D) nutqning funksional uslubi deb baholashgan
36. Qadimda hindistonliklar stilga nisbatan qanday munosabatga bo‘lishgan?
A) nutqni bezash vositasi deb qarashgan
B) kishilarni ishontirish vositasi deb hisoblashgan
C) o‘z ichki xususiyatlariga ega alohida soha deb hisoblashgan
D) nutqning funksional uslubi deb baholashgan
37.Nutq uslubi va nutq madaniyati haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?
A) nutq uslubi xususiy, nutq madaniyati umumiy hodisa
B) nutq madaniyati xususiy, nutq uslubi umumiy hodisa
C) nutq uslubi yozma, nutq madaniyati og‘zaki nutqqa xos
D) ular orasida jiddiy farq yo‘q
38.Nutqning vazifaviy uslublaridan qaysi birlari nutq madaniyati bilan aloqador?
A) har bir uslub o‘ziga xos tarzda nutq madaniyati bilan aloqador
B) ularning aloqadorligi yo‘q
C) so‘zlashuv uslubi va badiiy uslub
D) ommabop va rasmiy uslubgina nutq madaniyati bilan aloqador.
39.Nutq madaniyatining aniqlik, qisqalik, tushunarlilik xususiyatlari ko‘proq qaysi uslubda namoyon bo‘ladi?
A) rasmiy uslub
B)ilmiy uslub
C) badiy uslub
D) ommabop uslub
40. Badiiy usulbni vujudga keltiruvchi muhim vositalar qaysilar?
A) tasvir vositalari, iboralar, sinonimlar
B) iboralar, istioralar, mantiqiy urg‘u
C) qoliplashgan so‘z birikmalari, ko‘chma ma’noli so‘zlar
D) ko‘p ma’noli so‘zlar, ellipsis
41. Qanday so‘zlar nutqning qisqaligani ta’minlovchi ishora so‘zlar hisoblanadi?
A) olmoshlar
B) sinonimlar
C) qisqartmalar
D) iboralar
42.Matnda tovush orttirish, bo‘g‘inlarni qisqartirish yoki inversiya hodisalari qaysi uslubga xos?
A) badiiy uslub
B) so‘zlashuv uslubi
C) rasmiy uslub
D) ilmiy uslub
43. Grammatika va grammatik stilistika haqidagi kaysi hukm to‘g‘ri?
A) grammatik stilistika birliklarning ekspressiv ma’nolari va vazifalarini o‘rganadi, grammatika til qurilishini tekshiradi
B) grammatika so‘zlarning leksik va grammatik ma’nolarini o‘rganadi, grammatik stilistika uslubiyatning bir turi
C) grammatika so‘zlar, so‘z shakllari, ularning morfologik xususiyatlari, sintaktik vazifalarini o‘rganadi, grammatik stilistika nutq uslublarini tadqiq etadi
D) grammatik stilistika qo‘shimchalarning vazifaviy turlarini o‘rganadi,
grammatika gap tuzilishini o‘rganadi
44.Boshlarim og‘ribketdi, tillaridan bol tomadi gaplaridagi ko‘plik qo‘shimchasi qanday ma’no ifodalaydi?
A) uslubiy ma’no
B) leksik ma’no
C) asosiy (bosh) ma’no
D) ko‘chma ma’no
45.Qaysi birliklarni qo‘llashdagi xatolik nutqning mantiqan buzilishga ta’sir qiladi?
A) paronimlar
B) omonimlar
C) ko‘p ma’noli so‘z
D) antonimlar
46. Badiiy matnda -lar qo‘shimchasi qanday ma’nolarni ifodalashi mumkin?
A) barcha javoblar to‘g‘ri.
B) ko‘plik, jamlash, taxmin
C) hurmat, kuchaytirish, ko‘plik
D) mabolag‘a, chama, kinoya
47.Qanday birliklar nutqning boy va ta’sirchan bo‘lishini ta’minla
A) sinonimlar
B)omonimlar
C)paronimlar
D) undov sozlar
48.Yozma nutq madaniyatining yuqori darajasiga erishish uchun qaysi qoidalarni to‘liq va mukammal bilish zarur?
A) orfografik va grammatik qoidalarni
B) orfoepik va orfografik qoidalar
C) uslubiy va fonetik koidalarni
D) fonetik va grammatik qoidalarni
49. So‘roq gaplardan qaysi uslubda deyarli foydalanilmaydi?
A) rasmiy uslubda
B) badiiy uslubda
C) ilmiy uslubda
D) ommabop uslubda
50. She’riy matnda -gin (-gil), -mi (-mu), -ar (-ur) qo‘shimchalarning turli variantlarda qo‘llanilishi qaysi yozuv qoidasiga muvofiq yoziladi?
A) tarixiy-an’anaviy prinsip
B) fonetik prinsip
C) morfologik prinsip
D) shakliy yozuv qidasi
51.Atov gaplardan qaysi uslubda foydalaniladi?
A) badiiy uslub
B) so‘zlashuv uslubi
C) rasmiy uslub
D) ilmiy uslub
52. So‘zlarning lug‘aviy ma’nosini farqlashga xizmat qiluvchi vositalarqaysilar?
A) leksik urg‘u, tutuq belgisining ishlatilishi
B) inversiya, mantiqiy urg‘u
C) sinonimiya, so‘z birikmasi tarkibi
D) gapda so‘z tartibi
53. Badiiy tasvirda portret yaratish uchun kaysi vositalar muhim sanaladi?
A) sifatning turli ma’oviy guruhlariga oid so‘zlar
B) ot, olmosh va iboralar
C) so‘z birikmalari va iboralar
D) mubolag‘a, metafora va tazod
54. Nutqning boyligini ta’minlovchi sinonimiya hodisasi qaysi birliklar doirasida kuzatiladi?
A) so‘zlar, iboralardo‘shimchalar
B) so‘z birikmalari, nutq tovushlari
C) so‘z-gaplar, qo‘shimchalar
D) so‘z qo‘shilmalari va iboralar
55.Nutqning maqsadga muvofiqligi nimalarga bog‘liq?
A) fikrning ijtimoiy asoslari, adresat va auditoriya
B) intonasion va psixologik pauza
C) ifodali nutq, nutqiy vaziyat
D) mantiqiy urg‘u.
YAKUNIY NAZORAT UCHUN SAVOL VARIANTLARI

1 – VARIANT


1. Nutq madaniyati va uslubiyatni sharhlang.
2. Sharq notiqlari haqida ma’lumot bering.
3. Nutqning aniqligi deganda nima tushuniladi?

2 – VARIANT


1. Nutqning vazifaviy uslublari haqida ma’lumot bering.
2. G‘arb va sharq notiqlik maktablarini farqlang.
3. Nutqning kommunikativ sifatlari haqida nimalar bilasiz?

3 – VARIANT


1. Adabiy me’yor nima?
2. A.Navoiyning notiqlik mahorati haqida ma’lumot bering.
3. Nutqning sofligi va to‘g‘riligi deganda nima tushuniladi?

4 – VARIANT


1. Madaniy nutqning asosiy sifatlari
2. Kaykovus va uning “Qobusnoma” asarida nutq odobi haqida
3. Ommaviy axborot vositalari tili va uslubining o‘ziga xosligini sharhlang.
5– VARIANT
1. G‘arb notiqlik maktablari haqida ma’lumot bering.
2. Nutq madaniyati va notiqlik tushunchalarini sharhlang.
3. O‘qituvchi nutq ifodaliligi va texnikasi deganda nimalar tushuniladi?

6 – VARIANT


1. Ta’lim jarayoni va nutq madaniyati.
2. Nutq madaniyati – ko‘p qirrali tushuncha.
3. Notiqlik turlari va ko‘rinishlari.
7 – VARIANT
1.Nutq madaniyati va boshqa fanlarning aloqadorligi
2.Nutqning sofligi va boyligi
3.Ommaviy chiqishlarda nutq madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari

8 – VARIANT


1. Notiqlik san’ati va nutq madaniyatining aloqadorligi.
2. Nutqning ta’sirchanligi va ifodaliligi
3. Tantanali nutq va uning ko‘rinishlari

9 – VARIANT


1. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati tushunchalarining farqli jihatlari.
2. Nutqning boyligi, sofligi va aniqligi
3. Nutq madaniyatini egallash yo‘llari

10 - VARIANT


1. Notiqlikning muhim shartlari nimalardan iborat?
2. Nutqning mantiqiyligi va maqsadga muvofiqligi
3. O‘rta Osiyo notiqligi haqida yozing.

11 - VARIANT


1. Akademik notiqlik va uning nutq ko‘rinishlari.
2. Nutq madaniyatining falsafa, mantiq fanlari bilan aloqadorligi.
3. Madaniy nutq mezonlari.

12 - VARIANT


1. Nutq madaniyatining pedagogika va psixologiya bilan aloqadorligi.
2. Notiqlikning muhim shartlari.
3. Yozma nutq shakllari va ularning nutq madaniyati bilan aloqadorligi


Yüklə 228 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə