Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish fakulteti boshlang’ich ta’lim kafedrasi


Tuzuvchi: М. Джураев - “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi ўқитувчиси Т.Тошболтаева -



Yüklə 228 Kb.
səhifə33/36
tarix26.05.2022
ölçüsü228 Kb.
#88089
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
IFODALI O\'QISH MAJMUA 2021-2022

Tuzuvchi:
М. Джураев - “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi ўқитувчиси
Т.Тошболтаева - “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi катта ўқитувчиси


Taqrizchilar:

М.Сиддиқов - “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari


nomzodi, dotsent.
O’zbek tili va adabiyoti
fakulteti dekani :
2020-yil “_____ “ _______________________ __________Z.Qobilova
(imzo)

O‘zbek adabiyoti


kafedrasi mudiri:
2020-yil “___”______________________________ Д.Зоҳидова
(imzo)

1.O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Mamlakatimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi ona tilimizni yanada takomillashtirishga, ayniqsa, nutq madaniyatiga bo‘lgan e’tiborning yanada kuchayishiga har tomonlama omil bo‘ldi. Nutq madaniyatini yuksak darajaga ko‘tarish, uni rivojlatirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun magistraturaning barcha ta’lim yo‘nalishlarida “Nutq madaniyati” fanining o‘qitilishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa nutq madaniyati insoning ma’naviy hayotida, uning ma’naviy tafakkurini ko‘tarishda, ilmiy va ma’naviy dunyoqarashni kengaytirishda, shu bilan birga, muomala madaniyatini yuksaltirishda nihoyatda muhim hisoblanadi. SHu bois ertanggi kunimiz bo‘lgan yoshlarni yuqori ma’naviy-madaniy salohiyatga ega, har tomonlama etuk, bilimdon, o‘z mustaqil fikriga ega barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda mazkur fanning ham amaliy, ham nazariy ahamiyati kattadir.
Nutq madaniyati sohasining o‘rganish ob’ekti ortologiyadir. Ortologiya termini grekcha “orto”- “to‘g‘ri”, “logos” – “so‘z”, “ta’limot” degan ma’nolarni anglatadi. Bu fanning vazifasi talabalarning nutq madaniyatini o‘stirishga, ularning notiqlik sirlarini o‘rganishlariga, to‘g‘ri yozishlariga, tilning leksik va grammatik birliklaridan o‘rinli hamda maqsadga muvofiq holda foydalana olishga yordam berishdan iborat. Bularni amalga oshirish uchun talabalarga:
-o‘zbekcha muomala madaniyatini o‘rgatish;
-og‘zaki nutqdagi uslubiy xatolarni kamaytirshga ko‘maklashish;
-notiqlik sirlari va mahoratlarini to‘la egallashlari uchun nimalarga e’tibor berish lozimligini tushuntirish;
-nutqning sofligi, ravonliligiga erishishning nazariy omillarini izohlab berish;
-erkin muloqot sirlarini egallashlariga ko‘maklashish;
-bugungi kun matbuotiga nisbatan o‘z fikrini erkin ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish zarur va b.
“Mutolaa маданияти ва ифодали ўқиш” fani ilmiy-nazariy muammolarni o‘rtaga qo‘yuvchi ma’ruzalar va bahs-munozaralardan, talabalarning savodxonlik darajasi va notiqlik mahoratini erkin namish qilishga qaratilgan amaliy hamda seminar mashg‘ulotlari asosida tashkil etiladi. SHuningdek, maxsus ajratilgan badiiiy asarlarni, ilmiy, pudlitsistik maqolalarni uslubiy tahlil qilish, rasmiy uslubdagi hujjatlar turlarini to‘g‘ri yozish va rasmiylashtirish bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlarini tashkil qilish asosida olib boriladi.
Oliy ta’lim tizimida talabalarning bilimlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va ushbu Qonun asosida yuzaga kelgan “Davlat ta’lim standartlari” mezonlari asosida belgilab beriladi. Mazkur talablarga ko‘ra talabalar:
-“O‘qituvchi nutqi madaniyati” fanining asosiy vazifalarini to‘liq bilishlari;
-nutq madaniyatini egallashlari uchun tilning uslubiy me’yorlarini egallashlari;
-kishilarda madaniy nutq malakasini shakllantirish uchun nimalarga e’tibor berishlari lozimligi;
-yaxshi nutqni baholay olishlari va unga erishishga yordam beradigan nazariy bilimlarga ega bo‘lishlari;
-o‘zbek tilida to‘g‘ri va ravon so‘zlay olishlari;
-savodxonlik darajasini yuksaltirib, notiqlik sirlari mahoratini o‘rganib olishlari kerak.
“Mutolaa маданияти ва ифодали ўқиш” fanini o‘qitish jarayonida talabalarni erkin fikrlashga va erkin muloqotga o‘rgatish, o‘zga hamda o‘z nutqini chetdan kuzatib, tinglab tahlil qilish, baho berish, uslubiy xatolarni aniqlash va ularni bartaraf qilish uchun turli xil texnik vositalardan, masalan, kompyuter, magnitofon, diktofon, radio, televizor kabi texnikalardan foydalangan holda mashg‘ulotlar olib borish zarurdir. SHuningdek, turli zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi natijalar beradi, turli nutq uslublaridagi qiziqarli matnlarni texnik vositalar orqali talabalarga eshittirish, ularning fikr-mulohazalarini bilib, baholab borish ham o‘z o‘rnida samarali natijalar berishi mumkin. Ayniqsa, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida turli vaziyatli, situatsion o‘yinlar tashkil etish, bahs-munozara, o‘z-o‘zini baholash kabi turli zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutiladi.SHuning uchun amaliy va seminar mashg‘ulotlari hamda mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzularda uslubiy tahlilga ko‘proq e’tibor qaratiladi, notiqlik mahorati sinovlari tashkil etiladi.

O‘QUV YUKLAMALARINING HAJMI





Semestr

ma’ruza

amaliy

Seminar

Mustaqil ta’lim

8

6

10

-






Yüklə 228 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə