Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 362,89 Kb.
səhifə2/190
tarix06.06.2023
ölçüsü362,89 Kb.
#115722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Oshirish instituti

Tuzuvchilar:

N. T. Vaxabova

Toshkent soliq texnikumi “Axborotlashtirish va texnik vositalar” kafedrasi bosh oʻqituvchisi















D.F.Mullaboyeva

Toshkent soliq texnikumi “Axborotlashtirish va texnik vositalar” kafedrasi oʻqituvchisi





































Taqrizchilar:

Sh. Oʻroqov

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal instituti "Matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri






















1. Oʻquv dasturi umumiy talablari

Dastur nomi

Amaliy matematika



Ajratilgan soat

100

Oʻqituvchining mashgʻulotida qatnashib oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan mavzular soni

23

Dasturning maqsadi

Mazkur oʻquv dasturida oʻquvchilarga amaldagi ta’lim standartlari doirasida chuqur bilim berish, oʻqitishning interaktiv uslublari, yangi avlod axborot kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuterlashtirilgan dasturlarni qoʻllagan holda mashgʻulotlarni nazariy, amaliy darslar koʻrinishida tashkil etilib chuqur nazariy bilimlar koʻnikmalar berish maqsad qilib qoʻyilgan.
Matematik ta’limni zamonaviy iqtisodchi, bank ishi mutaxassisi fundamental tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi sifatida qarash lozim. Bozor konyunkturasini tahlil qilish yoʻllari va usullari, turli iqtisodiy matematik modellar yordamida tahlil qilishni oʻrganish orqali talabalarda iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat.

Oʻzlashtirish (oʻqitish) natijalari

Oʻquvchilarning tabiat, jamiyat, iqtisodiyot haqidagi bilimlarini matematika yordamida tizimga solishni, tabiat va jamiyatdagi real jarayonlarni matematik modellar yordamida oʻrganishni oʻrgatishdan iborat. Talabalarni chiziqli algebra, chiziqli va chiziqsiz programmalashtirish, differentsial va integral hisob, differentsial va chekli ayirmali tenglamalarning hamda analitik geometriya asoslari; oʻzgaruvchi miqdorni, birinchi navbatda funktsiyani tekshirishning fundamental usullari (tabiat qonunlari, texnika va iqtisodiyotning turli jarayonlari funktsiya orqali ifodalanadi); funktsiyani tekshirishning asosini tashkil etuvchi va cheksiz kichik miqdorlar tahliliga tayangan differentsial va integral hisob; tabiat qonunlarini, texnika va iqtisodiyot jarayonlari matematik modelini tuzishda nazariy fundamental ahamiyatga ega boʻlgan differentsial tenglamalar nazariyasining boshlangʻich tushunchalari bilan tanishtirish.
Matematik bilim va koʻnikmalarni mustaqil ravishda egallashi, undan amaliy faoliyatda foydalanishi hamda oʻzini oʻzi rivojlantirish.

Bilimlar



- matematikani iqtisodiyotdagi roli;
- chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasi va matematik statistikalarga oid sodda masalalarni yecha olishni bilish;
- masala turiga qarab unga mos bo‘lgan matematik usullarni qo‘llay olishni bilish;
- mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;
iqtisodiy masalalarning matematik modelini yaratishga o‘rgatish;
- ko‘p tarmoqli iqtisod masalalarida matritsaviy tahlil qila olish;
- katta hajmdagi malumotlar ombori (Big data) ni tahlil qilishda chiziqli algebra elementlaridan foydalana olishni bilish;
- iqtisodiy masalalarning matematik modelini yaratishga o‘rgatish;

Koʻnikmalar



- matematikani iqtisodiyotdagi rolini tasniflash;‎
- chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasi va matematik statistikalarga oid sodda masalalarni yecha olish;
- masala turiga qarab unga mos bo‘lgan matematik usullarni qo‘llash;
- mantiqiy fikrlash;
- iqtisodiy masalalarning matematik modelini yaratish;‎
- ko‘p tarmoqli iqtisod masalalarida matrisaviy tahlil qila olish;‎
- katta hajmdagi ma’lumotlar ombori (Big data) ni tahlil qilishda chiziqli algebra elementlaridan foydalana olish;‎

  • - iqtisodiy masalalarning matematik modelini yarata olish.


Yüklə 362,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə