Boshqaruv psixologiyasi


Natijani mo‘ljalga olish -



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə27/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

25. Natijani mo‘ljalga olish - o‘zi yoki komandasi ishidan kutilayotgan natijaga butun e’tiborini qaratish, murakkab, lekin erishsa bo‘ladigan maqsadlarni oldiga qo‘yish, butun kuchini shunga sarflash, maqsadga va xatto undan ortig‘iga erishish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) qiyin, ammo erishsa bo‘ladigan maqsadlarni oldiga qo‘yadi;(b) konferensiya va loyixalar uchun maqsadni aniq ishlab chiqadi; (v) har qanday qiyinchilikda ham ishonchni yo‘qotmaydi;(g) erishilganlarni tahlil qilish hamda o‘lchash uchun usullar qidiradi va topadi;(d) maqsadga erishish uchun uzluksiz va izchil chora-tadbirlarni taklif etadi;(e) ishni tugallash va muammoni xal etish uchun tish-tirnog‘i bilan xarakat qiladi.
26.Vijdonlilik. -o‘zining va o‘zganing ishi to‘liq bajarilgani, ma’lumotla esa tekshirilganligiga ishonch hosil qilish, taqdimot (prezentatsiya) va konferensiyalarga qattiq tayyorgarlik ko‘rish, boshqa hamkasblar bilan birgalikda shartnomalar hamda majburiyatlar to‘liq bajarilayotganini kuzatib borish.Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) bajarilgan ish sifatini tekshirishning biror usulini topadi;(b) ish sifatini kuzatib boradi;(v) ma’lumotlarni tekshirib boradi;(g) o‘zi va o‘zgalarning ishiga aniqlik kiritish maqsadida kuzatib boradi;(d) tashkilotning ishdagi o‘sishni yoki ma’lumotlarni tekshirish tizimini ishlab chiqadi va tadbiq etadi;(e) boshqa foydalanuvchilar uchun uchun zarur materiallar yoki ma’lumotlarni yig‘adi va tashkil etadi;(j) ishchilarning, ma’lumot markazi boshqaruvchisining va boshqa hamkasblarining xisobotlaridagi ma’lumotlarning aniqligini sinchiklab tekshiradi va ko‘rib chiqadi.
27. Qat’iyatlilik- murakkab qarorlarni tezlikda qabul qila oladi.
Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) vaqt chegaralangan, murakkab yoki noma’lum vaziyatlarda qaror qabul qilishga tayyor turadi;(b) boshi berk ko‘chaga kirib qolgan muammoni xal etish, vaziyatdan chiqib ketish uchun qilingan qarorning kafolatini va guruhga boshchilik qilishni o‘z zimmasiga oladi;(v) murakkab qarorlar qabul qiladi (bo‘limni tugatish, ish o‘rinlarini qisqartirish, tavakkalchilikka asoslangan bitimlardan voz kechish).
28. O‘ziga ishonch- o‘z g‘oyalari va muvoffaqiyat qozonish imkoniyatlariga ishonch hamda qarama-qarshi mavqei (pozitsiya)dagi shaxs oldida mustaqil lavozimni egallashga tayyor bo‘lish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) maqsadlarga erishishdagi o‘z imkoniyatlariga ishonadi;(b) zarur paytda adolat mezonlari asosida, haq bo‘lgan shaxs yoki guruhni qo‘llab-quvvatlay biladi;(v) murakkab masalalarga o‘z kuchiga to‘la ishonch bilan yondashadi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə