Boshqaruv psixologiyasi


Stresslarni boshqarish-bosim o‘tkazilganda va ziddiyatli vaziyatlarda o‘zini qo‘lga ola biladi.Ushbu kompetensiyaga ega rahbar



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə28/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

29. Stresslarni boshqarish-bosim o‘tkazilganda va ziddiyatli vaziyatlarda o‘zini qo‘lga ola biladi.Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) stressli vaziyatlarda tinch turadi;(b) bir vaqtning o‘zida bir necha muammo va masalalarni samarali hal etadi;(v) tanqid, tuxmat va shu kabilarga uchraganda o‘zini nazorat qila oladi;(g) qiyin vaziyatlarda ham o‘zining yumor kayfiyatini saqlaydi;(d) stresslarni kamaytirish yoki yo‘qotsh o‘z xulq-atvorini boshqara oladi.
30.Ishonchli bo‘lish- o‘zini mas’uliyatli, ishonchga arziydigan shaxs ekanligini ko‘rsata olish Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) boshlangan ishni oxiriga etkazish;(b) ishonchli ma’lumot va xavf-xatarlarga e’tibor(xurmat) bilan qaraydi;(v) boshqalar bilan samimiy va to‘g‘riso‘z munosabatda bo‘ladi;(g) o‘z xatolari uchun boshqalarni ayblamaydi, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi;(d) o‘z ishini vijdonan bajaradi; (e) zarur dalillar, ma’lumotlar va bilimini o‘z hamkasblari bilan bo‘lishadi.
31.Moslashuvchan, qayishqoq bo‘lish- ishning yangicha usullariga moslashuvchanlik, o‘zining sevimli ishlash uslubini zamonaviylashtirishga tayyorturish.Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) nafaqat o‘z ishiga, balki o‘zga hamkasblari ishiga ham munosib bo‘ladi;(b) tashkilotning yangi tuzilma, usul va texnologiyalarga xayrixoxligini bildiradi;(v) dastlabki strategiya muvoffaqiyatsiz chiqsa, boshqasini tanlay oladi;(g) qarama-qarshi holat to‘g‘ri ekanligiga dalillar etarli bo‘lsa, oldingi holatdan osonlikcha voz kecha oladi.

Nazorat uchun savollar:
1.Kasbiy kompitentlik nima?
2.Kompitensiyalarning rahbar faoliyatidagi ahamiyatli jihatlari?
3. Boshqaruvchiga xos bilimdonlik?
KAR’ERA TURLARI VA BOSQICHLARI.
Reja:
1.Kar’era va kar’era turlari.Kar’eraning bosqichlari, kar’eraning ta’lim tizimiga xos ko‘rinishlari,kar’eragramma.
2. Ta’lim menejeri.Akmealogik motivatsiya va kompitensiya.
Tayanch tushunchalar: Kar’era, motivatsiya, muloqot jarayoni,distruktiv nizo, konstruktiv nizo.
Har bir shaxs farovonlikda va yaxshi ta’minlangan sharoitda yashashni istaydi. SHu sababli ham insonlar farovon turmushni ta’minlashga xizmat qiluvchi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga intiladilar va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishga imkon yaratuvchi kasb-hunar sohalari va mutaxassisliklarni egallashga harakat qiladilar. Ba’zi holatlarda ma’lum bir kasbni tanlash va uni egallashda shaxsning imkoniyati etarli bo‘lmaydi. Insonning qiziqishlariga va psixologik imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan kasbning tanlanishi, tabiiyki, uning shaxs sifatida kamol topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu nuqtai nazardan shaxsning ichki intilish va imkoniyatlariga u tanlagan kasbi bilan shaxsi orasidagi munosabati o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Biz quyida shu masala bo‘yicha psixolog olimlarning qarashlarini, o‘tkazgan tadqiqotlarini tahlil qilamiz.Ma’lumki, shaxsning kasbiy shakllanishi to‘rt asosiy bosqichdan iborat bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: a) kasbiy intilishlarning shakllanishi; b) kasbiy ta’lim; v) kasbiy moslashish; g) shaxsning kasbiy faoliyatda qisman va to‘liq o‘zini-o‘zi bag‘ishlashi. Mazkur bosqichlarga mos holda kasbiy o‘zini o‘zi aniqlash jaraѐni ham sodir bo‘ladi. Kasbiy o‘zini o‘zi aniqlash jaraѐni psixologik adabiѐtlarda etarli darajada chuqur ѐritilgan bo‘lib, ayniqsa, psixologlar kasbiy intilishning shakllanishi va kasb tanlash bosqichlariga alohida e’tibor qaratganlar. 
Kasb-hunar ta’limi jaraѐnida professiogramma quyidagi tuzilishga ega bo‘lishi lozim.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə