Boshqaruv psixologiyasi


Fikrlash - tizimli, ketma-ket yondashuvlardan foydalangan hodda muammoni hal eta olish



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə25/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

17. Fikrlash - tizimli, ketma-ket yondashuvlardan foydalangan hodda muammoni hal eta olish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) ikki yoki undan ortiq muqobil variantlarni tizimli taqqoslaydi;(b) ma’lumotning ketma-ket emasligi va qarama-qarshi ekanligini sezadi;(v)vaziyatni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishda xisobga olinishi kerak bo‘lgan tomonlar, parametrlar va omillarni belgilab oladi;(g) murakkab topshiriqlarni echishda, ularni tarkibiy qismlarga ajratadi va har birini alohida ravishda tahlil qiladi;(d) qaror qabul qilishda muvofaqqiyatga erishish uchun xarajat, foyda, imkoniyat va tavakkalchilikdan foydalanadi;(e) ustuvor yo‘nalishlarni izchillik balan aniqlaydi.
18. Istiqbolli fikrlash- vaziyatning natijasi, ochilmagan qirralarini topa olish va shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatga tayyor turishi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘rish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘zdan qochirmaydi va ularni echish bo‘yicha bir necha rejalarni tuzib chiqadi;(b) bozordagi va sanoatdagi tendensiyani hisobga olgan holda, rejalarni shunday tuzadiki, uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar va imkoniyatlarning hech birini e’tibordan qochirmaydi;(v) vaziyatning natijasini oldindan sezadi va tegishli rejalar tuzib boradi;(g) alohida shaxslar yoki guruhlarning vaziyat yoki axborotga bo‘lgan javob reaksiyasini nazarda tutadi va tegishli rejalar ishlab chiqadi.
19. Tushunturuvchi - yaxlit, mavhum va nazariyfikrlash yordamida fikrlash samarali echimini topa bilish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) bir-biriga aloqador bo‘lmagan, mutlaqo turlicha vaziyatlar o‘rtasida bog‘liqlikni topa oladi;(b) murakkab vaziyatda asosiy muammolar ajratib oladi;(v) vaziyatning tizimli ko‘rinishini aks ettiradigan diagrammi va grafiklarni tuzadi;(g) vaziyatni tushuntirib berishda qiyos va kinoyalardan foydalaniladi;(d) konkret vaziyatni tushuntirishda kerakli nazariyalarni o‘z vaqtida qo‘llaydi.
20. Strategik -bozor va sanoatda tendensiya, mavjud va fikrlash kutilayotgan (ichki va tashqi) xaridorlar, shuningdek, tashkilotning raqobatchilar bilan solishtirganda kuchli va ojiz tomonlarini ko‘rib chiqqan holda korxona raqobatbardoshligini taxlil qila olish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) tashkilotning raqobatchilar bilan solishtirganda kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘ra oladi;(b) tashkilotning raqobatdoshligiga ta’sir ko‘rsatadigan sanoat va bozor tendensiyasini tushunadi;(v) qanday tovar va xizmatlar bozorda raqobatbardosh bo‘lishini chuqur fahmlay oladi;(g) bozor va ishlab chiqarish tahliliga asoslangan, shuningdek, raqobatchilarga nisbatan salohiyat imkoniyatlari ko‘proq, uzoq muddatli(3-5 yillik) strategiyani yaratadi va uni boshqaradi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə