Boshqaruv psixologiyasi


Mexnat sifatini boshqarish-



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə22/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

7.Mexnat sifatini boshqarish- o‘zi va qo‘l ostidagilarning butun faoliyati ma’suliyatini o‘z zimmasiga ola bilish, aniq maqsadlar va istiqbollarni belgilash.Oddiy ishchining xulq-atvori. Oddiy ishchi:(o‘z menejeri bilan birgalikda konkret, haqqoniy, ammo murakkab maqsadlarni oldiga qo‘yadi va unga erishish reja(grafigi)ni ishlab chiqadi; (b) menejeri bilan birgalikda undan nima kutilayotganini va bunga qanday erishish mumkinligini aniqlashtirib oladi;(v) ishni samarali bajarish uchun kerak bo‘ladigan ta’lim, axborot va resurslar doir yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishda o‘z menejerining yordamiga tayanadi;(g) ishni samarali bajarish uchun kerak bo‘ladigan ta’lim, axborot va resurslar kabi ma’lumotlar bilan menejerini o‘z vaqtida ta’minlab boradi;(d) ish jarayonida birga ishlaydigan hamkasblaridan ham, menejeridan ham bir xildagi munosabatni kutadi;(e) aniq maqsadlar va ularga erishish muddatlarini o‘z ichiga olgan kasbiy o‘sish(karerogramma)ning shaxsiy rejasini tuzib chiqadi;(j) ayni paytdagi yoki kelajakdagi ishning samarali bajarilishi uchun zaruriy kasbiy sifat (ZKS)lar darajasini sezilarli oshirishni yo‘lga qo‘yadi.
8. Muloqotga - kerakli xodimlarning ma’lumotlar bilan e’tibor ta’minlanish jarayonini nazorat qilib bora olish. Ushbu kompetensiyaga ega raxbar:(a) loyihaning har bir qatnashchisini kelgusi rejalari va faoliyatiga doirsodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalardan kuzatib boradi;(b) boshliqning o‘z rejelarini hamkasblari va boshqa aloqador xodimlar bilan o‘rtoqlashishini kuzatib boradi;(v) muhim xabarlarni etkazishda barcha turdagi aloqa vositalar (ish yuzasidan xat, yig‘ilish, elektron pochta)dan unumli foydalanadi;(g) kutilmagan ko‘ngilsizliklardan qochish maqsadida ishning borishi va uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar haqida boshqaruvchini doimiy xabardor qilib boradi;(d) ma’lumotlar almashish o‘zaro kelishilgan holda va doimiy ravishda amalga oshishini kuzatib boradi.
9. Og‘zaki-birgalikda faoliyat yuritayotganda va suhbat muloqot paytida o‘z fikrlarini aniq ifoda eta olish. Ushbu kompetensiyaga ega raxbar:
(a) uni oson tushuna olishlari uchun barcha tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qiladi;(b) gapni tuzishda auditoriyaning bilim darajasi va tajribasini hisobga oladi;(v) og‘zaki nutqda grammatik to‘g‘ri so‘zlar va konstruksiyalardan foydalanadi;(g) mantiqan to‘g‘ri gapiradi;(d) g‘oyalarini qisqa va lo‘nda qilib ifodalaydi;(e) auditoriyaga qarab gapiradi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə