Boshqaruv psixologiyasi


(6) Kommunikativ kompetensiya



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə19/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

(6) Kommunikativ kompetensiya – bu boshqaruvchining turli tildagi og‘zaki va yozma muomala texnologiyalarini o‘zlashtirganligi hamda kompyuterda dasturlash va internet orqali munosabatga kirisha olish qobiliyati. Ayrim mu21taxassislar tomonidan ijtimoiy-psixologik kompetensiya tushunchasi ko‘pincha OAVda “kommunikativ kompetensiya” tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi. Bevosita kommunikativ kompetensiyani aniqlash uchun “Muloqotga kirishuvchanlik darajasi”,“Fikrni bayon eta olish” kabi qator metodikalar hamda o‘zini qanchalik nazorat qila olishini bilishda M.Snayderning maxsus testi qo‘llaniladi.
(7) Kognitiv kompetensiya – bu rahbarning ma’lumot darajasini oshirishga tayyorligi, o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini faollashtirishga extiyojmandligini, yangi malaka va bilimlarni mustaqil ravishda yaratish hamda o‘zini-o‘zi rivojlantirish qobiliyati demakdir.
(8) Maxsus kompetensiya – bu boshqaruvchining professional xatti-harakatlarni mustaqil tarzda bajarishga tayyorlanish va o‘z mehnati natijalarini baholay olish qobiliyati.
(9) Madaniy kompetensiya – bu menejerning tashkilot normalari va qadriyatlari orqali xulq-atvorini boshqarishga tayyorlik qobiliyatiga egaligi.SHuningdek, munosib bo‘lmagan vaziyatlardagi xatti-harakatlarda maqsadga erishish uchun standart vaziyatlarni saqlab qolish va zarur bo‘lganda ularni yangilari bilan almashtira olish savodxonligi.
Professional faoliyat shaxsdan juda ko‘p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab etgan shaxs (motivlar muammosi), endi o‘z faoliyati va qobilyatlarini boshqara bilishi va o‘z ustidamuttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional kompetensiya shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatning shunday yo‘nalishiki, unga faqat kasbiga taaluqli bo‘lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo‘lish yo‘llari va malakalarining takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqazo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari, ularning mohiyati va kechishini anglash demakdir. Quyida ilmiy tadqiqotlar orqali qo‘lga kiritilgan natijalarga asoslanuvchi hamda professionalizmning shakllanishiga xizmat qiluvchi boshqaruvchilar bilan bog‘liq 31 xildagi kompetensiyaning ijtimoiy-psixologik tasnifi bayonini keltiramiz:•Maqsadning - tashkilotning biznes maqsadlariga mos keluvchi qo‘yilishi vazifalarini ishlab chiqa olish va uni boshqalarga etkazib bera olish.Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) o‘z bilimi maqsadlari bilan butuntashkilot strategiyasi muvofiqligini ta’minlash maqsadida faoliyat yuritadi; (b) bo‘limidagi xodimlarni o‘z ishlarining biznes maqsad bilan aloqadorligini tushunishlarini nazorat qilib boradi;(v) har bir xodim bo‘lim maqsadlarini anglab va o‘zini bunga moslashtirib borishini nazorat qiladi;(g) tashkilot maqsadiga erishish uchun har bir bo‘limning o‘z rejasini ishlab chiqishi ustida monitoring yuritadi.
2. Motivatsion - xodimlarning o‘z ishiga sadoqatini qo‘llab – quvvatlash mustaxkamlay olish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) xodimlarning yutuqlarini tan oladi va ularni taqdirlaydi;(b) xodimlarga bajargan ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi;(v) xodimlar o‘z yutuqlaridan qoniqish xosil qilishi uchun guruh bilan fahrlanishini ochiqdan ochiq aytadi;(g) xodimlarning ishdan xursand bo‘lishlari uchun turli ijodiy usullarni o‘ylab topadi;(d) barcha muhim tadbirlarda shaxsan o‘zi qatnashadi;(e) ziddiyatli vazifalarni tez hal etadi va yo‘qotadi;(j) xodimlar faoliyatini jonlantirish uchun suhbatlar va prezentatsiya(taqdimot)lar o‘tkazadi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə