Boshqaruv psixologiyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə20/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

3. Komandada ishlash - agar bu inson tez-tez komanda a’zosi ko‘nikmalarin tarbiyalash bo‘lib ishlasa,unda boshqa a’zolar bilan hamkorlikda ishlash xohishi mavjud bo‘ladi vabuning uddasidan chiqadi; agar u komanda lideri bo‘lsa, bu holda u guruhni birgalikda ishlashga o‘rgatish orqali o‘zining qiziqish, ko‘nikma va muvaffaqiyatini namoyish etadi. Komanda a’zosining hulq-atvori.Komanda a’zosi:(a) komandaning boshqa a’zolari g‘oyalarini eshita oladi; (b)komandaning boshqa a’zolari taklif va g‘oyalarini qo‘llab – quvvatlaydi; (v)komandaning boshqa a’zolari bilan o‘z muammolarini ochiq oydin bo‘lishadi;(g) o‘z noroziligini konstruktiv ravishda ifoda etadi;(d) komandaning boshqa a’zolari yutuqlarini qo‘llab – quvvatlaydi;(e) komandaning boshqa a’zolari bilan o‘z fikrlarini adolatli va konstruktiv bo‘lishadi;(j) komandaning barcha a’zolari qo‘llab – quvvatlaydigan qarorlar uchun astoydil kurashadi;(z) kasbiy bilim va tajribalarini komandaning boshqa a’zolari bilan bo‘lishadi;(i) bilim va tajribaga ega bo‘lish maqsadida guruh tarkibida ishlash imkoniyatlarini qidiradi;(y) komandaning boshqa a’zolari bilan munosabatlarini o‘rnatish va mustahkamlash maqsadida ularga yordam hamda zarur ma’lumotlarni taklif qiladi.
Komanda liderining hulq – atvori. Komanda lideri: (a) xodimlarga komandada ishlash imkoniyatlarini yaratib beradi;(b) har bir xodimni faol ishtirok etishga chaqiradi;(v) boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikni tashkil etadi;(g) komandaning har bir a’zosi bir-biri bilan adolatli muomilada bo‘lishayotganini nazorat qilib boradi;(d) hamkorlikda ishlashni muvofiqlashtiruvchi xulq-atvorni tan oladi va uni rivojlantiradi.
4. Xodimlarga vakolatlarni taqsimlash- ishchilarga qiyin masalalarni hal etish, munozarali savollarni echish va maqsadlar yo‘lida muvaffaqiyatga erishishlari uchun tanlov erkinligini berish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) xodimlarga o‘z faoliyati doirasida qarorlar qabul qilishda keng imkoniyat yaratib beradi;(b) boshqalarning qaror qabul qilishlari va ma’suliyatini o‘z bo‘yniga olishlariga yo‘l qo‘yib beradi;(v) alohida xodim yoki xodimlar guruhiga kompaniya missiyasiga mos keladigan o‘z maqsadlarini o‘rnatishlarini qo‘llab quvvatlaydi; (g) ishchilarning muvaffaqiyatga erishishga qodirliklariga ishonch bildiradi;(d) muammolarni guruhning o‘zi mustaqil hal qilishini va bir qarorga kelishini rivojlantiradi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə