Boshqaruv psixologiyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə30/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Ichki shaxsiy nizo bir kishiga rahbar tomonidan bir-biriga zid topshiriqlar berilishi va natijada, rahbarning pirovard talabi bir-biriga mos kelmasligi, bunday holda bajaruvchi nima qilishini bilmay xunob bo‘lgan xollarda vujudga keladi. Tadqiqotlar va kuzatishlar bunday vaziyatlar: ishchining o‘z ishidan qoniqmaganlik, o‘ziga va korxonaga ishonchsizlik, shuningdek, xodimda asab buzilishi xolatlarining tez-tez sodir bo‘lib turishi natijasida vujudga kelishini ko‘rsatadi.
SHaxslararo nizo hayotda eng ko‘p tarqalgan nizolardir. Bun­day nizolar, masalan:
oilada:
• er bilan xotin o‘rtasida;
• ota bilan farzand o‘rtasida;
• ona bilan farzand o‘rtasida;
• farzand bilan farzand o‘rtasida va hokazo.
ishlab chiqarishda:
• xodim bilan xodim o‘rtasida;
• xodim bilan rahbar o‘rtasida;
• rahbar bilan rahbar va hokazolar
o‘rtasida bo‘lishi mumkin.
SHaxslar o‘rtasidagi nizo ko‘p xollarda ularning u yoki bu masalaga bo‘lgan nuqtai nazarlarining mos tushmasligi, rahbarlar o‘rtasida resurslarni taqsimlash, xodimlar bilan rahbar o‘rtasida esa ish sharoitini qoniqarsizligi kabilar yuzasidan vujudga kelishi mumkin. Bir lavozimga ikki nomzod qo‘yilganda ham shu turdagi nizolar kelib chiqish hollari bo‘ladi.
SHaxslar to‘qnashuvi ham shaxslararo nizo tufayli bo‘lishi mumkin. Zero, har xil toifa, fe’ldagi odamlar hamma vaqt ham bir-birlarini tushunavermaydilar. Garchi bir ko‘rinishda bizga shundoq tuyulsada, shaxslararo nizolarning 75—80 foizi moddiy manfaatdorlik zamirida sodir bo‘ladi.
SHaxs bilan guruh o‘rtasidagi nizolar, odatda ayrim shaxsning u yoki bu narsaga nisbatan bo‘lgan fikrining yoki manfaatining guruh fikriga yoki manfaatiga mos tushmaslik oqibatida vujudga keladi. Aytaylik, biror oliygoh dotsenti o‘zining asosiy ish joyidan tashkari pul topish maqsadida boshqa 2—3 joyda, shu jumladan, firmada ishlayotgani umumkafedra manfaatiga zid keladi. CHunki kafedra jamoasi uning shuncha joyda ishlab asosiy ish joyidagi ishni qotira olmay, o‘lda-jo‘lda ishlashidan manfaatdor emas. Bunday qarama-qarshi holat ular o‘rtasida nizoning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday holat rahbarning biror-bir bo‘lim xodimlariga nisbatan qo‘llagan noo‘rin jazosi rahbar bilan guruh o‘rtasi­dagi to‘qnashuvga olib kelishi mumkin. 
Bu erda bir guruh xodimlarning fikri alohida xodimning fikriga mos tushmayapti. Bunday holat ham nizo kelib chikishi uchun sabab bo‘ladi.
Har bir ishlab chiqarish jamoasida xodimlarning o‘zaro munosabati ikki tarkibiy:
• formal (yoki rasmiy) va
• noformal (yoki norasmiy) doirada amalga oshadi.
Formal guruh xodimlarning ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatidagi ma’muriy jihatdan mustahkamlangan rasmiy aloqalarini ko‘rsatib beradi. Formal guruh kishilarning lavozim burchlaridan kelib chiquvchi o‘zaro munosabatlariga ko‘ra belgilanadi.
Noformal guruh shaxsiy simpatiya va antipatiyalar asosidagi norasmiy munosabatlarni, manfaatlarning umumiyligini, xarakterlarning o‘xshashligini, o‘zaro bir-birini tushunishni ifodalaydi.
Har ikkala guruh doimo bir-biriga ta’sir qilib turadi va shu jarayonda nizoli holatlar ham vujudga kelib turadi.
Guruhlararo nizolarga:
• bo‘limlar bilan bo‘limlar o‘rtasidagi;
• ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o‘rtasidagi;
• bo‘limlar bilan ma’muriyat o‘rtasidagi;
• bo‘limlar bilan kasaba uyushmasi o‘rtasidagi nizolar misol bo‘la oladi.
Bu turdagi nizolar ayniqsa bir yo‘nalishdagi boshqaruv guruhlari bilan shtabli boshqaruv guruhlari o‘rtasida sodir buladigan nizoli vaziyatlarda yaqqolroq ko‘rinadi.
Guruhlararo nizolar o‘z tabiatiga ko‘ra aralash nizolardir, chunki ularning vujudga kelishi barcha yuqoridagi nizo turlarining ta’siri ostida bo‘ladi.
Mavxumligiga qarab, nizolar ochiq yoki yopiq ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Ochiq nizolar odatda qarama-qarshi tomonlarning ko‘z oldida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri vujudga keladi. Ular to‘qnashish sodir bo‘lgunga qadar to‘liq etilgan bo‘ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida turganligi sababli korxona uchun unchalik xavf tug‘dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi.
YOpiq nizolar o‘ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan fursatda portlaydigan minaga o‘xshatsa bo‘ladi. Agar nizo hali "etilmagan" yoki ularni odamlar nigoxidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo kishilar "ichida "bo‘lsa, bilingki, bu nixoyat xavfli va uni boshqarish juda qiyin.
YOpiq nizolar ko‘pincha fitna, ig‘vo, hiyla-nayrang, fisq-fa­sod shaklida rivojlanish oqibatida vujudga keladi. Ular oraga nifoq solish, buzg‘unchilikka qaratilgan bo‘lib, yolg‘on-yashiq, uydirma, bo‘hton gaplar muxoliflar uchun asosiy qurol vazifasini bajaradi.
Ochiq nizolar ko‘pincha nido, chaqiriq shaklida rivojlanishi oqibatida vujudga keladi. Ular ochikdan-ochiq chaqiriq, tovush chiqarish, da’vat etishda o‘z ifodasini topadi. Bunda bir guruh xodimlar o‘zlariga qarama-qarshi bo‘lgan rasmiy yoxud norasmiy guruhlarning manfaatini o‘zining manfaati tomon burishga harakat qiladi.
Xarakteriga karab nizolar ob’ektiv yoki sub’ektiv nizolarga bo‘linadi.
Ob’ektiv nizolarga korxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog‘liq nizo­lar kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, rahbarlik uslubini takomillashtirish, korxonada normal "ruhiy iqlim " ni yaratish uchun xizmat kiladi.
Sub’ektiv nizolarga kishilarning u yoki bu voqealikka bulgan shaxsiy fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar tabiati bo‘yicha his-tuyg‘uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga chiqadi. Odatda, bunday nizolar bir-birini ruhan ko‘ra olmaydigan yoki bir-birini tushunmaydigan, yoxud tushunishni hohlamaydigan kishilar­ning qarama-qarshi fikrlari oqibatida vujudga keladi.
Mutaxassislar kishilar o‘rtasida ortiqcha nizolarni tarqatishga sababchi bo‘luvchi bir necha toifadagi "nizoli" shaxslarni ajratishadi:

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə