Boshqaruv psixologiyasi


Qanday qilib lider bo‘lish mumkin



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə33/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Qanday qilib lider bo‘lish mumkin.
a) Jamoani barpo etilishi va guruh faoliyat malakasini o‘stirish.
Garchi ko‘pchiligimiz otasi, onasi va bitta yoki ikkita ukasi va singlisi bo‘lgan oilada o‘sgan bo‘lsakda, bitta ota-onasi bo‘lgan yoki ulardan biri ko‘p uyda bo‘lmagan oilada tarbiyalangan kishilar ham bor. Oila-bu bola tushib qoladigan birinchi ijtimoiy guruhdir. SHuning uchun ham ayni shu oila insonning kelgusidagi hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘z oilaniz haqida o‘ylab ko‘ring. Unda siz qanaday mavqeni egallaysiz? Oila boshi kim edi? Kim liderga qarshi yurardi va qanday qilib? Kim murosasozlik qiladi-yu, kim engilardi? Endi o‘zingizning hozirgi mavqenigiznio‘ylab ko‘ring. Siz atrofdagilar bilan gaplashasizmi yoki jim turishni afzal ko‘rasizmi? Siz yangi g‘oyalarni ilgari surasizmi? Boshqlarni qo‘llab –quvvatlaysizmi? va h.k.
Bu savollarga javob berib, siz ijtimoiy guruhning a’zosi sifatida o‘z hulq atvoringiz modelini ko‘rishingiz mumkin.
Xuddi Sizga o‘xshab, Sizning qo‘l ositngizdagilar ham ma’lum hulq atvor modeliga amal qiladilar. O‘z jamoangizni kuzatib ko‘ring, kim liderlik qilyapti? Kim lidergaergashyapti? Ular buni bajonidil qilyaptilarmi? YOki istar istamas qilyaptilarmi? Guruhda nazoratni amalga oshirish musobaqasi bormi? Odamlar o‘z fikrlarini aytishga, qarshi turishga, takliflar berishga qo‘rqadilarmi?
Bu savollarga javob izlash jarayonida Siz jamoangizning o‘sishi dinamikasini kuzatishingiz va atrofingizdagi kishilarni yaxshitutunibborishingiz mumkin. Bu Sizga guruh majlisini yanada samarali o‘tkazishingizga yordam beradi.
Majlislar
Siz yangi lavozimga o‘tib shuni aniqlab olishingiz lozimki, qo‘l ostingizdagilar qanaqa majlislarga ko‘nikishgan, ular qanday yo‘sinda o‘tkazildai qancha vaqt davom etadi, kim ularni chaqiradi, kun tartibini kim belgilaydi, unga qo‘l ostingizdagilar qanday munosabatda bo‘ladilar. Odamlar majlislarni xamkasblar bilan muloqotda bo‘lishning yaxshi imkoniyati deb hisoblashlari mumkin, ba’zan esa bu ortiqcha yuk va vaqtni behuda o‘tkazish deb o‘ylashlari ham mumkin. Hatto Sizning tashkilotnigiz odatda majlis o‘tkazmasa ham, Siz shunday odat o‘rnatishingiz lozim, chunki majlis jamoada zarur bo‘lgan muhitni saqlab turadigan va qo‘l ositngizdagilarning muloqot qilishga imkoniyat beradigan uslublaridan biridir.
CHunki odamlar shunday ijtimoiy zotki, ularga bir-birlari bilan uchrashish va niyatlarini bilish yoqadi. O‘tkaziladigan tadqiqiotlar shuni ko‘rstaadiki, odamlar bir-birlaribilan muloqotda bo‘lishi imkoniyatiga ega bo‘lgan chog‘larida, ularning faliyati yanada samarli bo‘ladi.
Odamlarning yig‘ish, ular bir sohada ishlaydilarmi yoki turli sohalarda ishaydilarmi, bunday qat’iy nazar ijobiy ta’sir qiladi, chunki uchrashuv chog‘ida turli masalalarni va istiqboldagi takliflarni muhokama qilinadi. Ba’zi rahbarlar kompaniyaning maqsadi haqida yana bir bor gaplashib olish va odamlar shu umumiy komandaning bir qismi ekanliklari his qilishlari uchungina majlis o‘tkazadilar. Bu etarli darajadagi jiddiy sabab hisoblanadi. Ammo agar Siz xuddi shunday xolatga duch kelgan bo‘lsangiz majlislarni qisqa qiling va ularni tez-tez o‘tkazmang. Tadqiqiotlar ko‘rsatadiki, odamlar bilan xamkasblar bilan aloqa qilish imkoniyati berilsa ular yana ham unumli ishlaydilar.
Biirnchi majlisni qo‘l ostidagilardan ularning rejalari haqida so‘rash va o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan narsaga nisbatan ularning o‘z takliflarini aytib berishni iltimos qilishdan boshlash yaxshi usul hisoblanadi, bu birinchi majlisni o‘tkazish uchun to‘la qonli maniqli sabab bo‘ladi. Faqat Siz ehtiyotkor bo‘lishingiz va o‘z fikringzni aytishga, taklif qilishga yoki talabalar qo‘yishga juda shoshilmasligingiz kerak. Kuzatib turishga va qo‘l ostingizdagilarning fikrini eshitishga vaqt bering.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə