Boshqaruv psixologiyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə34/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Majlis olib borish
Majlislar oldindan belgilangan vaqtda muntazam o‘tkazilib turishga qaramasdan odamlarga majlis o‘tkazilishi to‘g‘risida habar berib ularga yana bir marta eslatib turish muhimdir. Agar kun tartibi belgilangan bo‘lsa uni majlis ishtrokchilariga majlis o‘tkazilgunga qadar tarqatilgan bo‘lishi lozim. Agar odamlar majlisga qo‘yiladigan masalani o‘ylab oladigan bo‘lsalar, ular masalani muhokama qilishga yaxshi tayyorlangan bo‘ladilar. Majlisni hatto bir necha ishtrokchilar yo‘q bo‘lsa ham vaqtida boshlash Siz uchun juda muhimdir, bu Siz bilan Siz belgilagan tadbirlarni aniq bajarish uchun sharoit yarata olasiz. SHuningdek majlisning tugash vaqtini odamlarga aytish va shu muddatda uni tamomlash ham muhimdir. Tanaffus paytida kofe va alkogolsiz ichimliklarni taklif qilish ham foydalidir.
Agar Siz majlis bayonnomasini olib borishniistamasangiz uni birortaga topshirishingiz mumkin yoki eng qiziqarli axborotlarni o‘zingiz yozib boring. Siz majlisni olib borishning qator qoidalarini belgilashingiz mumkin. CHunochi aytishingiz mumkin: “agar biz muhokama qilayotgan masaladan chetga chiqib ketganimizni ko‘rsam men majlisni unga qaytirishga xaqqim bor” yoki Siz aytishingiz mumkin: “agar men kun tartibidagi biror bandni muhokama qilishga belgilangan vaqtdan ko‘proq sarf qilinganini sezsam men muzokarachilarni to‘xtishiga xaqqim bor”. SHuningdek Siz ochiq munozara foydali ekanligi va yangi g‘oyalar tug‘ilishiga imkoniyat yaratishi haqida gapirishingiz mumkin. Ammo adovat ruxida muhokama qilish mahsuldor hisoblanmaydi, bunday payitda Siz bunday muhokamani to‘xtatib boshqa masalaga o‘tishingiz lozim. Sizning xodimlaringiz qanday masalalarni jamoada hal bo‘lishini, qanday qarorlar faqat boshliqlar tomonidan qabul qilinishini aniq bilishlari zarur. Bu ko‘pgina tushunmovchiliklardan xoli bo‘lishiga yordam beradi.
Siz qanday jamoaga rahbarlik qilasiz?
Har bir jamoa o‘ziga xos. Shuning uchun Siz keyin pushaymon qilib yurishga to‘g‘ri keladigan xatolarga va keraksiz ziddiyatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘zingiz birga ishlayotgan odamlaringizga diqqat bilan razm solib yuring keyngi savollarning javoblari Siz rahbarlik qilayotgan jamoaning yanada mukmmal tavsifnomasini tuzishda Sizgayordam beradi.
Qo‘l ostinigizdagi odamlar o‘zaro ahilmi?
Ularning har biri guruh faoliyatida ishtrok etadimi?
Qo‘l ostinigizdagilar vazifalarini tushunadilarmi?
Sizning fikringizga qo‘shilmagan kishilar o‘zini erkin tutdimi yoki Sizdan qo‘rqadimi?
Ular fikr va takliflarni tanqid qilishga qodirmi yoki tarafkashlikka moyil va bir-birini tanqid qiladimi?
Hissiyotlarni oshkora ifodalayodilarmi?
Siz yagona lider hisoblanasizmi yoki liderlik jamoaviymi?
Guruh topshiriqlarini bajarishga qaratilganmi?
Guruh majlisini o‘tkazish chog‘ida unitlmaslik lozim bo‘lgan eng muhim narsalardan biri qabul qilingan qarorni bajarish zarurligi hisoblandi, “ha, bu yaxshi fikr, kelinglar shunday qilaylik” degan so‘zlar bilan tamom qilinadigan yig‘ilish hech qanday natija bermaydi.
Agar majlislarda jamoa a’zolari galma gal qtnashadigan bo‘lsa aynibir masalani qaty qaytamuhokama qilib, qopqonga tushib qolishi mumkin.
Siz topshiriq berayotib madaniy tafovvutlarni hisobga olishingz lozim. Guruhning ayrim a’zolridan obro‘ni hurmati shunchalik kuchli bo‘lishi mumkinki, ular boshqalar qabul qilayotgan har qanday qarorga rozi bo‘ladilar, ayniqsa bu qabul qilingan qaror rahbarning fikriga mos tushib qolsa boshqalar esa aksincha guruh ustidan nazorat qilshishga urinishlari mumkin. Ularning g‘oyalari qo‘llab quvvailanmagan payitda esa ular darg‘azab bo‘lishlari o‘z hamkasblarini ezishlari mumkin. Guruh rahbari va lideri sifatida Siz bunday buzg‘unchiliklarni oldindan ko‘ra bilishinngiz va guruhning indamas a’zolarini o‘z fikralarini aytishni qattiq turib iltimos qilgan va qarshilik qilgan tomonlarini ularning nazoratiga erishish uchun kurashi foyda keltirmasligiga ishontirgan xolda unga qarshi turishingiz lozim.
Siz shuningdek liderlikka da’vogar bo‘lgan xodim bilan shaxsan gaplashib olishingiz va uning noto‘g‘ri xatti-xarakati vazifalarni bajarishga xalaqit berayotganini isbotlashingiz mumkin. Ammo siz xushmuomila bo‘ling, u sizning raqibingiz emas, ittfoqdoshingiz bo‘lib qolishiga xarakat qiling.
YAxshi ishchan jamoa ijodiy yondashishga hazil – mutoyibaga va g‘ayratga to‘la bo‘ladi. Axil, ishchan jamoani barpo qilishingiz uchun siz raxbar sifatida mutlaqo turlicha odamlarni birlashtirishingiz lozim. SHu bilan birga ular shunchaki yashamasdan bir –birlari bilan ochiq oydin bo‘lishlari lozim. Jamoada ijodiy muxid yaratish uchun unga jinsi, irqi, madaniyati yoshi va bilim darajasi turlicha bo‘lgan odamlar kirgan bo‘lishi muximdir. Odamlar o‘z-o‘zlari bilan o‘ralashib qolmasliklari uchun hamma narsani qiling, hodimlar o‘rtasidagi aloqani: uchrashuvlar, suhbatlar, muxokamalarni rag‘batlantirining. Har qanday yangi fikr mulohazaning tinglang o‘zingiz yangi yo‘llarni izlang. Xodimlarning kelishib qilgan xatti-xarakatlarini, bir-birlari bilan fikr almashishlarini o‘zaro yordamlarini va zarur bo‘lganda bir-birlari bilan o‘zaro almashishilarini rag‘batlantirish Siz uchun juda muhim.
Bunday hamkorlik ruhiy ko‘nillik ish sharoitini tug‘diradi. Agar xodimlar faqat o‘z ishlarinigina bajaradigan bo‘lsalar va boshqa hech kimga e’tibor bermasalar, jamoada g‘arazli, loqayd, sovuq muhit hukm suradi. Siz rahbar sifatida xodimlaringizning kayfiyatini ko‘tarishingiz, qo‘l ostingizdagilarning yolg‘iz bir biridan ajralib qolgan kishilar deb emas balki o‘zni haqaiqiy komanda deb him qilishlarga yordam berishingiz mumkin. Agar qo‘l ostingizdagilarning bir birlari bilan birgalikda ishlashlari uchun hech qanday mo‘ljallari bo‘lmasa ular bir-birlarini yaxshi bilib olishlari uchun ishdan bo‘sh vaqtlarida biror tadbir uyushtirishni taklif qiling.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə