Boshqaruv psixologiyasi


Boshkaruv madaniyati va uning tashkilotchilik xamda boshkarish kobiliyatlarini rivojlantirishdagi urni



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə42/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Boshkaruv madaniyati va uning tashkilotchilik xamda boshkarish kobiliyatlarini rivojlantirishdagi urni. Boshqaruv tizimi deyilganda boshqaruv apparati va ular o‘rtasidagi bog‘lanish tushuniladi. Boshqaruv tizimining tarkibini bir-biri bilan bog‘langan teng huquqli birliklar va bo‘g‘inlar tashkil qiladi. Har bir bo‘linma o‘z vazifasiga ega bo‘lib, bo‘linma Boshqaradigan vazifalar doirasini, uning faoliyat chegaralarini, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi. Boshqaruv tizimi a’zolari rasmiy va norasmiy aloqalarda bo‘ladi. Rasmiy aloqalar bu eng avvolo rahbarlar bilan bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi aloqalardir (vertikal aloqalar). Ular rahbarlikning va bo‘ysunuvchilrning turiga qarab farq qiladi. Agar rahbarlik to‘laqonli bo‘lib kuyi bo‘linmalar faoliyatiga doir barcha masalalarga daxldor ba, bu xildagi aloqa muntazam aloqa deb aytiladi. Rahbarlik cheklangay bo‘lsa, u holda aloqa funksional bo‘ladi. Bo‘linmalar o‘rtasida, vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo‘lib, ular muvofiqlashtirishni va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir. Boshqaruv tizimida asosiy o‘rinni rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhim, ahamiyatga egaligini unutmaslik kerak.Bugungi kunda boshqaruvning ilmiy asoslangan va tajribada sinab ko‘rilgan qoidalariga tayanmay turib, xalq xo‘jaligini hamda korxonalarni samarali rivojlantirib va boshqarib bo‘lmaydi. Ushbu qoidalar jamoalarni boshqarish va unga rahbarlik qilishni belgilab beradi. Hozirgi sharoitda jamoani boshqarish shakllari va usullarini belgilovchi asosiy qoidalar kuyidagilardan iborat:

1. Boshqarishning ilmiylik qoidasi. Bu qoidani amalga oshirish ijtimoiy tarakkiyot qonunlarini tobora to‘laroq bilib borishini va ulardan kundalik yuritish amaliyotida borgan sari to‘laroq foydalanishni taqazo etadi.

2. Siyosiy va xo‘jalik rahbarlarining birligi qoidasi. Bu qoida Boshqaruvga siyosat bilan chambarchas bog‘liq holda qarashga asoslanadi va o‘z ichiga kuyidagilarni oladi:
a) umumiy xo‘jalik vazifalari bilan iqtisodiy vazifalarni hal etishga siyosiy yondashuv;
b) Boshqaruv faoliyatini yaxshilash uchun jamoaning barcha a’zolarini jalb qilish;
v)Boshqarishni umumdavlat maqsadlariga yo‘naltirish.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə