Boshqaruv psixologiyasi


Tarmoq va xududlar bo‘yicha boshqarishni bog‘lab olib borish koidasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə43/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

3. Tarmoq va xududlar bo‘yicha boshqarishni bog‘lab olib borish koidasi.
4. Boshqarishni demokratlashtirish qoidasi. Bu qoida ishlab chiqarishni boshqarish eng muhim qoidalari jumlasiga kiradi. Boshqarishni demokratlashtirish mexnatkashlar oilasini ishlab chiqarishni boshqarishga keng ko‘lamda jalb qilish uchun etarli imkoniyat yaratib beradi. Boshqaruv faoliyatida mexnatkashlarning bevosita qatnashishi aholi o‘rtasida ishonchni uyg‘otadi.

5. Reja asosida xalq xo‘jaligini rivojlantirish qoidasi. Bu rejalashtirish vazifasining muhimligini va o‘sha boshqarishning markaziy bo‘g‘iniga aylanishini belgilaydi.
6. Boshqarishning yakka hokimlik qoidasi. Bunda boshqaruv bir shaxs tomonidan amalga oshiriladi. YAkka xokimlik asosida boshqarish ba’zan yaxshi, ba’zan salbiy natijalar berishi mumkin. Bu boshqaruvchining layoqatiga, dunyoqarashi, tashkilotchiligiga, ma’naviy va axloqiy etukligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv usullari ishchi jamoalari oldiga qo‘yilgan vazifalarning o‘z vaqtida yuqori sifatli qilib, bajarilishini ta’minlash uchun ularga nisbatan ko‘riladigan zarur chora tadbirlarni va ta’sirchan usullarning qo‘llanilishini bildiradi. Jamoani boshqarishda qo‘llaniladigan barcha usullar o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bir-birligini bildiradi.
Boshqaruv usullari o‘zining tavsifiga ko‘ra : a)iqtisodiy boshqarish usuli, b)tashkiliy-ma’muriy, v)ijtimoiy-psixologik, g) siyosiy boshqarish, d) demokratik boshqarish, e) avtoritar boshqarish usullaridir. Ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va boshkarishda barcha imkoniyatlar tuplagan tajribalar, ishchi va mexnatkashlarning xamda raxbarlarimizning tafakkuri, ma’naviyati, milliy e’tikodi mamlakat boyligi xisoblanib, shular orkali boshkaruv tizimini olib borish yaxshi natija beradi. Ijtimoiy faoliyat jamiyatdagi, jamoadagi, oiladagi yurish-turish tamoyillari inson akl-zakovatining yoki boshkacha aytganda tabiiy intellektning talablarini kondirish raxbarlar, mutaxassislar, oddiy xodimlar bilan munosabatda bulish, bir tizim doirasida faoliyat kursatayotgan odamlar orasida xam ijtimoiy, xam iktisodiy, ruxiy tarbiyaviy munosabatlar urnatish kabi muxit bilan kurshovda bulishi kerak. YUkoridagilardan kelib chikkan xolda ijtimoiy faoliyatda axlok, xulk kabi umumiy tushunchalarni ajratib karash urinlidir. Xulk kishining jamiyatda yashab namoyon etadigan, shakllanadigan tushuncha bulib, u kishining yurish turishida, axlokida, munosabatida, xotirasida, tafakkurida namoyon buladigan ijtimoiy ongning bir kurinishidir. Axlok jamiyatdagi, jamoadagi, oiladagi, yurish-turish tomiyillari yigindisi. Axlok davlat deganlari kuvvatlab va kuzatib boradigan xukuk me’yorlaridan fark kiladi. Axlok jamiyatchilik fikriga va ta’siriga, e’tikod,, an’ana va odatga, urf-odatga, kishining uz xulk-atvorini boshkarishga tayyorligiga, mexribon va xushmuomalaligiga, ishda xamkasblari bilan madaniyatli muamalada bulishga, mexnat, ishlab chikarish, moliya intizomlarini saklashiga tayanadi. Axlok kishining ogir sharoitda uzini tuta bilishida, buysunuvchilariga topshirik berayotganda xushmuomala bulishda, kul ostidagilarga nisbatan e’tiborli bulishda, ular muvaffakkiyatini uz vaktida takdirlashida uz ifodasini topadi. O‘ZBekiston Respublikasining mustakilligi uning fukarolariga inson erkinligi xukuklaridan foydalanishga keng yul ochib berdi. Ayniksa, ijodkorlarga, ixtirochilarga, akliy mulk egalariga kulay sharoitlar yaratdi. Ular uz akl-zakovat mulkini: ixtirolari, ilmiy kashfiyotlari, texnologik yangiliklari, uslubiy ishlanmalarini tovar sifatida erkin sotish imkoniyatiga ega bulishdi. Bu, bir tomondan, xalkimiz ichidan yangi ixtirochilar, ijodkorlarning usib chikishiga xizmat kilsa, ikkinchi tomondan, ma’naviyat, ma’rifat, ilm-fan kabilarning usishiga imkoniyat yaratadi. Bugungi sharoitda boshkarish vazifasi kanchalik murakkabrok, tabakalashganrok bulgani sari, raxbarlik kilish oldida xar kanday vazifa ichida xam vazifalararo yunalishda xam boshkarishni takomillashtira olish vazifasi turadi. Natijada boshkarish vazifasidan asta-sekin boshkarishni takoimillashtirishning mustakil vazifasi ajralib chikadi- bu vazifa moyillikdir, ya’ni kishilar faoliyatini ruxiy yullar bilan maksadga muvafiklashtirishdir. Bunda xodimni boshkarishning maksadi samarali va maxsulida sxemalari uchun ularning kobilyatlarini kengaytirishdir. Demak, moyillik - kishi faoliyatini ma’lum zur berish yoki kuch bilan majbur etishga, ma’lum xarakat kilishi natijasida va ma’lum darajada kat’iyatlilik, xalollik bilan maksadlarga erishishga karatilgan kuchlarning xammasidir. Zamonaviy boshkarish ma’rifatli, uz kasbini keng va chukur egallagan, yukori axlok me’yorlariga amal kilishni talab etadi. Ma’rifat va axlok orkali kishilarning iktisodiy va ijtimoiy munosabatlarini, xulkini urganish va tashkilot faoliyatida kullash katta muvaffakiyatlarga olib keladi.
Tashkilot raxbarlari ajoyib rejalar va ustivorlikni ishlab chikishi eng maksadga muvofik tuzilmani topishi va samarali uzatish tizimini yaratishi va axborotlarga ishlov berishi tashkilotda eng zamonaviy jixozlar urnatishi va zamonaviy texnologiyalarni ishlatishi mumkin. Ammo, tashkilot a’zolari kerakli drajada ishlamasalar uz vazifasini boshkara olmasalar, jamoada uzlarini mos ravishda tuta bilmasalar, mexnatlari bilan tashkilot uz maksadlariga erishishiga va uning bosh vazifasini bajarilishiga xissa kushishiga intilmasa barcha imkoniyatlarni yukka chikaradi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə