Boshqaruv psixologiyasi


Motivlashtirish va extiyoj. M



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə44/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Motivlashtirish va extiyoj. Motivatsiya – psixologik lugatda biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan motivlar, dalillar baholar, vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog‘liqdir. SHu nuqtai nazardan: Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish – bu kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan maqsadga muvofiq yo‘naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo‘ladi. Inson tirik jon sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o‘z kuchini tiklash, o‘zini issiq – sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya’ni kiyim – kechak, oziq – ovqat, turar – joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga sotsial – ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish malaka, mahoratga ega bo‘lish va sog‘lom hayot kechirib, uzoq umr ko‘rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo‘lmagan har xil xizmatlar ko‘rsatish orqali qondiriladi. Umuman: Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo‘zg‘atuchi mativdir. Ehtiyoj qat’iyan tabaqalashgan bo‘ladi. YA’ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga, yoshi va jinsiga, oilaviy ahvoli va millatiga, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog‘liq. Masalan, maktab o‘quvchisi bilan odamning, yosh yigit bilan pensioner cholning, dehqon bilan shatiyorning ehtiyoji bir xil emas. Hatto kishilarning jismoniy tuzilishi ham ehtiyojlarda faqrlarni hosil qiladi. Aytaylik, gavdasi yirik, devqomat kishining ehtiyoji bilan jussasi kichik kishining ehtiyoji bir emas. Eng muhimi xilma – xil ehtiyojni qondirish uchun xilma – xil faoliyat va uni muvofiqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadi. Ehtiyoj orqali motivlashtirish jarayonini quyidagi chizmada ifodalash mumkin. Ko‘rinib turibdiki motivatsiya jarayoni qandaydir (bilib yoki bilmay orzu qilinayotgan) ehtiyojga bo‘lgan etishmovchilikdan yoki qoniqishning etarli, yoxud umuman yo‘qligidan boshlanadi. So‘ngra shu qoniqishga erishish uchun maqsad sari harakat qilinadi. Ehtiyojning qondirilish darajasi kishini kelajak sari intilishini belgilab beradi. Agar u muayyan narsadan qoniqish hosil qilsa, u holda keyingi motiv uni boshqa yuqoriroq ehtiyojga rag‘batlantiradi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə