Boshqaruv psixologiyasi


Qanday qilib jamoa rivojlanadi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə35/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Qanday qilib jamoa rivojlanadi.
Taraqqiyotning qonuniy bosqichlarini bosib o‘tadi.
Birinchi bosqichda odamlar bir-birlari bilan tanishadilar, bir-birlarini kuzatadilar, shu jarayonda ularda dastlabki taassurotlar hosil bo‘ladi. Bu bosqichni gurux taraqqiyotining qaramlik bosqichi deb atash mumkin.
Odamlar o‘z atrofida ularni jipslashtirish lozim bo‘lgan liderga bog‘liq bo‘ladilar. Ikkinchi masala kim guruxning ishtirokchisi bo‘lib qoladi, kim undan chiqariladi. Siz birinchi bosqichda raxbar sifatida jamoaning lideri bo‘lib qolasiz. Sizning xodimlaringiz qo‘yilgan vazifalarni bajarishda xuddi sizning buyrug‘ingizni qanday maqsadni ilgari surishingizni, qanday usullarni ishlab chiqishinigzni kutadilar. Siz o‘zinigzni jamoa uchun namuna, hatti-harakat modelisifatida namoyon qilishingiz lozim.
Ikkinchi bosqichda gurux o‘zaro ziddiyatlar, qarama-qarshiliklarni boshidan kechiradi. Uning ayrim a’zolari yo ochiqdan-ochiq liderga qarshi chiqadilar, yoki uning qarorlariga zimdan qarshilik ko‘rsatib jamoa ustidan nazorat o‘rnatish uchun kurasha boshlaydilar. Bunday hatti-harakatni fojea yoki sizni hushlamaslik deb o‘zingizga olmang. Deyarli barcha shakllanayotgan jamoalar u yoki bu ko‘rinishdagi qarama-qarshilikni boshdan kechiradilar. Agar siz qat’iyatli bo‘lsangiz o‘z xodimlaringizga etarli mustaqillik bersangiz, biroq shu bilan birga o‘zinigzning raxbarlik-liderlik mavqeyingizni saqlab qolsangiz sizning guruxingiz beozorgina keyingi bosqichga o‘tadi.
Uchinchi bosqichda gurux mustaqillikka erishadi. Bu degan so‘z zarur bo‘lgan hatti-harakat normalari belgilanib, ko‘pchilik xodimlar tomonidan qabul qilingan gurux ham samarali ishlay oladi. Jamoa rivojlanishini bu bosqichida siz raxbar sifatida guruxning har bir a’zosi umumiy faoliyatda ishtirok etishini hech kim chetda qolmasligini kuzatib borishingiz zarur.
Va nihoyat so‘ngi to‘rtinchi bosqich – bu o‘zaro bir-biriga bog‘liqlik bo‘lib odamlar ishini sifatli qilib bajaradilar va bir-birlariga hamxo‘rlik ko‘rsatadilar, ularda umumiy maqsad va qiziqishlar bo‘ladi. Bunday jamoa a’zosi bo‘lish yoqimli bo‘ladi, hamda sizning qo‘l ostingizdagilar unga aloqador bo‘lishdek oddiy narsaning o‘zidan lazzatlanadilar.
b) Hukmronlik siyosati.
Siz endi odamlar bilan suhbat o‘tkazishni, ularni o‘rgatishni, vakolatingizni berishni, vaqtni rejalashtirishni, og‘ir ruxiy hoatdan chiqish yo‘llarini, majlis o‘tkazish va qaror qabul qilish usullarini bilasiz. SHuningdek siz jinsiy muammolar, milliy tafovvut nima ekanligini ham bilasiz. Siz yana nimani bilishingiz shart? Siz yana hokimiyat nima?, liderlik nima? va uning ta’siri nima ekanligini bilishingiz kerak. CHunki siz kompaniyangizda har kuni o‘ynalayotgan o‘yinda ishtirok etasiz.
Har bir odamning pinhona yashirib yuradigan ichki bir ishonchi va umidi, yoqtiradigan va yoqtirmaydigan narsasi, kuchli va zaif tomonlari bor. Siz hamkasbingizni kuzatib yurishingiz va uning hatti-harakatini tahlil qilishiingiz kerak. SHuningdek tashkilotingizdagi turli bo‘linmalarning ehtiyojlarini hamda boshliqlaringizning extiyojlarini bilib turish sizga kerak bo‘ladi. Agar siz o‘z martabangizdan yana bir qadam ilgari siljishini istasangiz o‘z xo‘jayingizni o‘rnini egallash imkoniti borligini ko‘rasiz.
Mulohaza qilib ko‘ring agar u ham o‘z xo‘jaynini yoqtimasa, bu tuyg‘u o‘zaro aloqador deb o‘ylash mumkin: u o‘z vakolatini berishga moyil ekanligi tufayli siz uning ko‘p vazifalarini o‘z zimmangizga olishingiz mumkin u bundan mamnun bo‘ladi, chunki u ish yoqmas. Kim haqiqatda ham xokimyat soxibi ekanligini va kim unga rostdan ham ta’sir qla olishini tushuna boshlaysiz. Bu katta bir xonani va dabdabali bir lavozimni egallab turgan odam bo‘lmasligi ham mumkin. Siz uchun muhimi o‘z tashkilotingizda kim hukumron ekanligini aniq bilish, chunki huddi shu odamlar sizga kerakli axbortlarni olishga yordam bera oladi hamda martabangizni oshishini qo‘llab quvvatlaydi.
Sizning ustingizdan kim hukumronlik qiladi?
Xo‘jaynigiz sizga bevosita xukumronlik qiladi. Boshqa odamlar chunonchi kompaniyaning prezidenti, sizning xo‘jaynigizning xo‘jayni –esa sizga xukumronlik qiladilar. Ularning qarorlari sizning hayotngizga ta’sir qiladi, biroq shaxs sifatida qaratilmagan. Sizga tegishli qaror qabul qilsa shaxsan siz kompaniya rahbariyatining siyosatini o‘zgartira olmaysiz.
Sizning saviyangizdagi hamkasblaringiz yoki boshqa rahbarlar sizning ustingizdan bevosita yoki bil vosita hukumronlik qila olmaydi. Ammo ular siz bilan hamkorlik qiladimi yoki sizga qarshi janjal chiqaradimi, shunga qarab sizning hayotingizni murakkablashtirib qo‘yishi mumkin. Sizning bo‘limingiz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan boshqa bo‘limlar ham sizning bo‘limlaringiz ishiga shunday ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Siz bu odamlar bilan mustaqil munosabatga kirishasiz. Boshqa bo‘limlar sizning bo‘limingizdagi hamkasblaringiz yoki boshqa odamlar sizning qo‘l ostingizdagilar o‘zidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukumronsiz, chunki siz ularning hayotiga ta’sir qiladigan qarorlar qabul qilasiz.
1. Siz qo‘l ostingizdagilardan ishning bajarilishini talab qilasiz.
2. Hamkasblaringiz bilan hamkorlik qilishni istaysiz.
3. Sizga xo‘jaynigizdan ma’lumotlar va mustaqillik kerak.
4. O‘z qo‘l ostingizdagilarga siz yaxshi malaka berasiz, ularni ishga yo‘llaysiz va ularga adolatli munosabatda bo‘lasiz.
5. Xo‘jaynigiz uchun talab qilingan ishning bajarilishini ta’minlaysiz.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə