Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


II - bosqich - g‘oya yaratish



Yüklə 88,17 Kb.
səhifə4/15
tarix30.05.2023
ölçüsü88,17 Kb.
#114384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
4. Boshqaruvda qarorlarni qabul qilish

II - bosqich - g‘oya yaratish. Masala yechimiga oid g‘oyani yaratishning turli usullari bo‘lib, ular ichida eng samaralisi «aqliy hujum» uslubidir. Bu uslubning asosiy tamoyillari quyidagilar:

  • turli kasbga mansub 5-10 ta mutaxassislardan iborat guruh ishlaydi;

  • ushbu guruh a’zolari iloji boricha ruhiy va jismoniy jihatdan o‘zlarini erkin sezishlari lozim;

  • yechimga oid taklif etilayotgan g‘oyalarni tanqid qilish ta’qiqlanadi. Boshqalar berayotgan g‘oyani faqatgina rivojlantirish, maqtash mumkin yoki uning o‘rniga o‘z g‘oyasini taklif etish lozim;

  • har qaysi g‘oya, garchand u g‘aroyib va ma’qul kelmasligiga qaramay «aqliy hujum»ning boshlang‘ich davrida unga baho berilmaydi va hamma fikrlar yozib boriladi;

  • g‘oya muallifi ko‘rsatilmaydi;

  • ish tugagandan so‘ng hamma taklif etilgan g‘oyalar mantiqiy tarzda tartibga keltiriladi va ekspertlardan iborat guruhda muhokama etiladi.

III – bosqich: yig‘ilgan g‘oyalarni baholash, maqbul fikrlarni saralash. Avvaliga har bir g‘oyaning ijobiy tomonini baholab chiqish, so‘ngra uning samaradorligini, amalga oshirish imkoniyatini, xarajatli tomonlari va boshqa o‘lchamlarini aniqlab olish zarur. Shu bilan birga, ushbu g‘oyaning tanlanishi oqibatida yuz beradigan xavf baholanar ekan, afsuski ko‘pchilik rahbarlar uchun ayni mezon yetakchi o‘ringa chiqib qoladi. Bunda taklif etilayotgan g‘oya chetda qolib, boshqa yo‘nalish tanlansa, masala yechimi tamoman boshqa tus oladi va guruh boshi berk ko‘chaga kirib qoladi.
IV – bosqich: yangi qarorni rejalashtirish va amalga oshirishdan iboratdir. Bunda qaysi ish, qanday muddatda va kimning ishtirokida bajarilishi kerak, degan savollarga javob olinadi. Qarorni amalga oshirishga jalb etiluvchi ishchi guruhi, umumiy rejani va unga oid amaliy harakatlarni aniq tasavvur eta olishi lozim.
V – bosqich quyidagi amaliy tadbirlarni o‘z ichiga oladi: 1) qabul qilingan qarorni, reja va harakatni amalga oshirish; 2) amalga oshirilgan harakat va natijalarni yanada yaxshilash maqsadida nazorat etish; 3) zarur bo‘lgan taqdirda qarorni takomillashtirish, ya’ni «muammoni o‘rganish» bosqichiga yoki g‘oya yaratish va boshqa oraliq bosqichga qaytish.

Yüklə 88,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə