Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


Innovatsion, ya’ni yangiliklarni joriy etish bilan bog‘liq qarorlar



Yüklə 88,17 Kb.
səhifə3/15
tarix30.05.2023
ölçüsü88,17 Kb.
#114384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
4. Boshqaruvda qarorlarni qabul qilish

Innovatsion, ya’ni yangiliklarni joriy etish bilan bog‘liq qarorlar ancha murakkab hisoblanadi. Noaniq vaziyatda rahbarning yangicha yondoshuv uslublaridan, boshqa mutaxassislarning ijodiy g‘oyalaridan foylana olishi talab etiladi.
Rahbar muammoli vaziyat bilan to‘qnash kelib, ma’lum qarorni qabul qilishi zaruratida bo‘lar ekan, avvalambor, ushbu vaziyat va undan kutilayotgan yechimni yuqorida sanab o‘tilgan qarorlar guruhiga taqqoslashi va taxminan bo‘lsa ham, qaysi toifaga kirishini aniqlab olishi lozim. Bunday harakat rahbarga ayni muammo yechimi nimada ifodalanishini, qay shaklda namoyon bo‘lishini qisman bo‘lsa ham oldindan tasavvur etish imkonini beradi. Bu esa tanlangan yo‘l qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqidagi ma’lumot bilan birga, zarur bo‘lgan taqdirda harakat uslubini o‘zgartirishga asos yaratadi. Harqalay, qarorning o‘ylab qabul qilinganligi uni biron-bir toifaga kiritishdan, va natijani qisman bo‘lsa ham oldindan tasavvur etgan holda talabdagi namuna bilan taqqoslashdan iboratdir.
Qaror qabul qilish bosqichlari. Umuman olganda, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni aniq bir doira ichida o‘tishi qiyin. Har bir rahbar o‘z psixologik xususiyatidan kelib chiqqan holda muammo yechimiga turli uslub va moyillikni namoyon etadi. Mana shu omillar mavjud muammo yechimiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi.
Qaror yaratilishi davomida rahbar o‘z ichki dunyosida sodir bo‘layotgan jarayonlarni bilishi, ushbu holatni maqsadga muvofiq ravishda boshqarish imkonini beradi. Shu bois qaror qabul qilish amallarini bosqichma-bosqich tahlil etish lozim, deb topiladi. Quyida mana shu bosqichlarning asosiy tavsiflari beriladi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘pqirrali va murakkab jarayon bo‘lib, unda asosiy beshta bosqichni sharhlab o‘tish mumkin: 1 – muammoni o‘rganish; 2 – g‘oyalar ishlab chiqish; 3 – ma’qul keluvchi g‘oyalarni ajratib olish; 4 – yangilikni joriy etishni rejalashtirish; 5 – qayta aloqa va tahlil. Endi sanab o‘tilgan har bir bosqichni ko‘rib chiqsak.
Qaror qabul qilishning birinchi «Muammoni o‘rganish» bosqichida ham quyidagi ketma-ket vazifalar belgilanadi:
1 – vazifa: «Muammoni qo‘yish» deb atalib, unda ushbu masala bo‘yicha qanday qiyinchiliklar borligi aniqlanadi va muammoning mazmuni tushuniladi. Agar hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo noto‘g‘ri tushunilsa, hamma bo‘lajak harakatlar va moliyaviy xarajatlar zoe ketadi, shuning uchun ham muammoni aniq tasavvur etib olish boshlang‘ich bosqichning asosiy vazifasidir. Ko‘p hollarda masalani noto‘g‘ri aks ettirishga malakasizlik, kasbiy bilimning kamligi, shuningdek, mazkur toifadagi masalalarni hal eta olishga tayyor emaslik, hamda ba’zi bir muammo va yechimlarning «yuqoridan tushirilganligi» sabab bo‘lishi mumkin. Muammoni qo‘yish quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Muammo tabiatini, undagi qiyinchilikni anglash.

  2. Muammo yechimi orqali qanday maqsadga erishish lozimligini aniqlash.

  3. Maqsadga erishilgan taqdirda qanday belgilar, ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lishini aniqlab olish.

Oxirgi natija nimadan iborat bo‘lishi kerak, degan savolga javob olinishi lozim.
2 – vazifa: majburiyatlarni taqsimlash. Rahbar doimo hamma muammolarni o‘zi hal eta olmaydi, shuning uchun ham bu bosqichda u ba’zi-bir majburiyatlarni malakali mutaxassis ixtiyoriga topshirgani ma’qul. Mutaxassis, bu bosqichda, mazkur muammo yuzasidan barcha ma’lumotlarni yig‘ish va masalani har tomonlama o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
3 – vazifa: ma’lumotlar yig‘ish, muammoli vaziyatning informatsion modelini yaratish. Bunda nafaqat «o‘zining» ma’lumotlari, balki, muxoliflar, raqobatdosh tomonlarning ham ma’lumotini hisobga olish lozim. Ba’zi bir paytda muxoliflar, ular bergan ma’lumot kamsitiladi, inkor etiladi va unga e’tibor berilmaydi. Bu esa mutlaqo xatodir. Ma’lumot yig‘ishda unga mas’ul shaxs, ushbu muammo yuzasidan chuqur bilimga ega ekspertlar fikrini o‘rganishi o‘ta muhimdir.
4 – vazifa: muammoli vaziyatning konseptual modelini yaratish, mazkur muammoni bir butun, yaxlit tarzda tushunish. Muammo bu tarzda aks ettirilganda, uning avvalgi muammolardan farqi, uning yangi jihatlari va yechimga yangicha yondoshish zarurati anglanadi.

Yüklə 88,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə