Boyitish usullari Minerallarning xossalari va boyitish usullari


Gravitatsiya usulida boyitish



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə2/6
tarix23.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#112212
1   2   3   4   5   6
Gravitatsiya usulida boyitish

Gravitatsiya usulida boyitish foydali qazilmalarni boyitishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri. Bu usul o‘zining soddaligi, yuqori samaradorligi, arzonligi tufayli boshqa usullarga nisbatan ko‘proq ishlatiladi. Gravitatsiya usulida boyitish mineral zarralarning og‘irlik kuchi yoki muhitning arshilik kuchi ta’sirida tushish tezligidagi farqqa asoslangan.


Mineral zarralarning ajralishini amalga oshiruvchi muhit sifatida suv, havo, og‘ir suspenziyalar va og‘ir suyuqliklar ishlatilishi mumkin.Barcha gravitatsiya jarayonlarini bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki kategoriyaga bo‘lish mumkin: gidrostatik va gidrodinamik.
Gidrostatik jarayon turli zichlikka ega mineral zarralarni og‘irlashtirgich qo‘shib og‘irlashtirilgan suv, tuzlar eritmasi va og‘ir suyuqliklarda qalqib chiqishi va cho‘kishiga asoslangan.
Gidrodinamik jarayon esa turli zichlikka ega mineral zarralarning vertikal harakatlanuvchi suv oqimi yordamida ajralishiga asoslangan.Gravitatsiya usulida boyitishga quyidagilar kiradi:
1. Cho‘ktirish mashinalarida boyitish.
2. Konsentratsion stolda boyitish.
3. Vintli va konusli separatorlarda boyitish.
4. Shlyuzlarda boyitish.
5. Og‘ir muhitli apparatlarda boyitish.


Cho‘ktirish mashinalarida boyitish

Cho‘ktirish deb, mineral zarralarning vertikal suv oqimida harakatlanish tezligidagi farqqa qarab boyitish usuliga aytiladi.Cho‘ktirishda qo‘llaniladigan apparatlar cho‘ktirish mashinalari deyiladi. Cho‘ktirishning mohiyati shundan iboratki, ajratilishi lozim bo‘lgan mahsulot cho‘ktirish mashinasining panjarasiga beriladi va bu panjara orqali goh ko‘tarilib, goh pasayuvchi suv oqimi harakatlanadi.Bunday suv oqimlarining muntazam harakati tufayli mahsulot turli zichlikdagi qatlamlarga ajraladi. Pastki qatlamda katta zichlikka ega,yuqori qatlamlarda esa kichik zichlikka ega mahsulot yig‘iladi. Cho‘ktirish mashinalarining porshenli, diafragmali, porshensiz va harakatlanuvchi panjarali turlari mavjud.




2.3-chizmada cho‘ktirish mashinalarning asosiy turlari ko‘r-


satilgan.


2.3-chizma. Cho‘ktirish mashinalarining asosiy turlari:
a – porshenli; b – diafragmali; d – porshensiz;
e – qo‘zg‘aluvchi panjarali.
1 – panjara; 2 – porshen; 3 – ekstsentirk val; 4 – kamera;
5 – to‘sik; 6 – rezinali diafragma.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə