Boymirzayev karimjon mirzaxmedovich


II. TA’LIM XIZMATINI KO‘RSATISH NARXI, TO‘LASH MUDDATI VA TARTIBI



Yüklə 51,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix26.10.2023
ölçüsü51,84 Kb.
#131062
1   2   3   4   5   6   7   8
document

 II. TA’LIM XIZMATINI KO‘RSATISH NARXI, TO‘LASH MUDDATI VA TARTIBI
2.1. “Ta’lim muassasasi”da o‘qish davrida ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxi Respublikada belgilangan
Bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobariga bog‘liq holda hisoblanadi. O‘qitishning sirtqi ta’lim shaklida
ta’lim xizmati ko‘rsatish narxining “stipendiyasiz” shakli mavjud bo‘lib, ta’lim olish davrida talabaga
universitet tomonidan stipendiya to'lanmaydi.
2.2. Ushbu kontrakt bo‘yicha ta’lim xizmatlari uchun to‘lov 9 900 000.00 (To'qqiz million to'qqiz yuz
ming so'm 00 tiyin) so’mni tashkil etadi va quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: Choraklarga bo‘lib
to‘langanda quyidagi muddatlarda:
belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25.00 foizini talabalikka tavsiya etilgan kundan boshlab 15 (o'n
besh) ish kuni mobaynida;
belgilangan to‘lov miqdorining qolgan 25.00 foizini 20.10.2023 gacha;
qolgan 25.00 foizini 01.02.2024 gacha;
qoldiq 25.00 foizini 01.04.2024 gacha amalga oshirish shart.
Namangan shahri
30-09-2023-yil-yil
Boshlang'ich ta'lim (Bakalavriat)
/ Sirtqi ta'lim / 3-kurs 1-semestr


 2.2.1 Talabani darsga qo'yish buyrug'i shartnoma to'lovining 50.00 foizi talaba tomonidan to'liq amalga
oshirilganda rasmiylashtiriladi.
2.3 Ushbu kontraktning 2.2-bandida ko‘zda tutilgan to‘lov muddatlarini o‘zgartirish, universitet
kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.
2.4 Agar shartnoma uchun to'lov Talaba tomonidan shartnoma tuzilgandan (imzolanganidan) keyin 15
(o’n besh) ish kunidan kechiktirilsa, yoki o'qish uchun ro'yxatdan o'tish muddati tugagandan so'ng qilinsa, bu
Universitetga kirish kafolatini bermaydi. To'lov muddati tugagandan so'ng, Talaba Universitetga qabul qilish
uchun ariza berishga majburdir, ammo Talabani qabul qilish huquqi/qarori faqat Universitet zimmasida bo'lib
qoladi.
2.5 Agar to'lovning oxirgi kuni ushbu shartnomaning 2.2-bandiga muvofiq dam olish kuniga to'g'ri
keladigan bo'lsa, to'lovning oxirgi kuni keyingi ish kuni hisoblanadi.
2.6 O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, shuningdek boshqa tegishli qonun hujjatlariga sezilarli
tarkibiy o'zgartirishlar kiritilgan taqdirda, akademik yil uchun o'qitish narxi Universitet tomonidan bir
tomonlama tartibda o'zgartirilishi mumkin. Bunday holda, Universitet talabani kamida 15 kalendar kun oldin
o'zgarish haqida xabardor qilish majburiyatini oladi.
2.7 Agar Talabaning qoniqarsiz o’zlashtirshi tufayli kursni yoki bir nechta fan qayta o’qitilsa, ushbu
shartnomaning 2.2-bandiga muvofiq o'rganilayotgan (qayta o'qitiladigan) akademik kreditlar miqdori
bo'yicha to'liq ta'lim xarajatlari Talaba tomonidan to'lanadi.
2.8 Talabani kursdan kursga o'tkazish to'g'risidagi buyruq Universitet tomonidan faqat to'lov shartnoma
summasini to'liq amalga oshirganidan va oldingi o'quv yilini muvaffaqiyatli tugatganidan so'ng amalga
oshiriladi.
2.9 Buyruq kuchga kirgandan so'ng, ushbu shartnomaning 2.8-bandiga muvofiq va o'qish davri
boshlangandan so'ng, oldindan to'langan pul miqdori to'liq miqdorda qaytarilmaydi. Shartnoma miqdorini
qaytarish tartibi ushbu shartnomaning 2.10-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
2.10 Shartnoma ushbu shartnomaning 4.1-bandiga muvofiq bekor qilinganda, shartnoma summasini
qaytarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
2.10.1 Talabalarga - akademik o’quv kreditlar uchun to’langan va hali boshlanmagan mashg’ulotlar
(semestr) uchun pulni qaytarish arizasini bergan payt, hali boshlanmagan semestr to’lovini qaytarishi
mumkin. Buning uchun talaba keyingi o'quv davri (semestr) boshlanishidan kamida 10 kalendar kuni oldin
shartnoma summasini qaytarish to'g'risida yozma so'rov yuborishga majburdir. Bunda shartnoma summasi 30
kalendar kuni ichida to'lovning umumiy miqdoridan 10% chegirib qaytariladi;
2.10.2 O'qish davri (semestr) mashg'ulotlar boshlanishidan 10 kalendar kun oldin boshlangan
hisoblanadi;
2.10.3 Agar talaba keyingi o'quv davri (semestr) boshlanishidan 10 kalendar kun oldin shartnoma
miqdorini qaytarish to'g'risida so'rov yubormagan holatda, bu muddat uchun to'langan summa qaytarilmaydi;
2.11 Talabaning mazkur shartnomaning 5.3-bandiga muvofiq shartnoma o'z xohishiga ko'ra bekor
qilingan taqdirda, talaba mazkur shartnoma bo'yicha o'qish uchun haq to'lash bo'yicha moliyaviy
majburiyatlardan ozod etilmaydi;
2.12 Talabaning va shaxsning (to'lovchi, bank, homiy va h. k.) ta'limini to'lagan shaxsning yuridik va
moliyaviy majburiyatlari ikki tomonning alohida shartnomalari bilan tartibga solinadi, uning bajarilishi
uchun Universitet hech qanday majburiyatlarga ega emas;

Yüklə 51,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə