Boymirzayev karimjon mirzaxmedovich


Boshlang'ich ta'lim (Bakalavriat)



Yüklə 51,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix26.10.2023
ölçüsü51,84 Kb.
#131062
1   2   3   4   5   6   7   8
document

Boshlang'ich ta'lim (Bakalavriat)
/ Sirtqi ta'lim / 3-kurs 1-semestr


 2.13 Xizmat ko'rsatish joyi Universitet hududi hisoblanadi. Ba'zi hollarda Universitet masofaviy/onlayn
ta'lim shakliga o'zgartirish huquqiga ega. Ushbu o'zgarish shartnoma to’lov miqdoriga ta'sir qilmaydi;
 III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Universitetning majburiyatlari:
O‘qitish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirgandan so‘ng, “Talaba”ni buyruq asosida
talabalikka qabul qilish.
Talabaga o‘qishi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Universitet”
Ustavida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarga muvofiq sharoitlarni yaratib berish.
Talabaning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari hamda ta’lim muassasasi Ustaviga muvofiq
professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlarining funksional vazifalarini to‘laqonli bajarishini ta’minlash.
Talabani tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv rejasi va
dasturlariga muvofiq davlat ta’lim standarti talablari darajasida tayyorlash.
O‘quv yili boshlanishida Talabani yangi o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov miqdori to‘g‘risida o‘quv
jarayoni boshlanishidan oldin xabardor qilish.
Universitetda to'lov shartnoma miqdori o'zgarishi natijasida, o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdori
o‘zgargan taqdirda Talabaga ta’limning qolgan muddati uchun to‘lov miqdori haqida xabar berish.
3.2. Talabaning majburiyatlari:
Kontraktning 2.2. bandida belgilangan to‘lov summasini shu bandda ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lab
borish;
Respublikada belgilangan Bazaviy hisoblash miqdori yoki tariflar o‘zgarishi natijasida o‘qitish uchun
belgilangan to‘lov miqdori o‘zgargan taqdirda, o‘qishning qolgan muddati uchun ta’lim muassasasiga
haq to‘lash bo‘yicha bir oy muddat ichida kontraktga qo‘shimcha bitim rasmiylashtirish va to‘lov
farqini to‘lash;
Talaba o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdorini to‘laganlik to‘g‘risidagi bank tasdiqnomasi va
kontraktning bir nusxasini o‘z vaqtida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ta’lim muassasasiga
topshirish;
Tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishining (mutaxassisligining) tegishli malaka tavsifnomasiga muvofiq
kelajakda mustaqil faoliyat yuritishga zarur bo‘lgan barcha bilimlarni egallash, dars va mashg‘ulotlarga
to‘liq qatnashish;
Ushbu shartnomaning 4.3.10-bandini buzgan taqdirda, talaba qonun hujjatlariga muvofiq, uchinchi
shaxslarga berilgan majburiyatlar bo'yicha shaxsan javobgar bo'ladi;
Professor o‘qituvchilar va xodimlarga hurmat bilan qarash, “Universitet” obro‘siga putur yetkazadigan
harakatlar qilmaslik, moddiy bazasini asrash, ziyon keltirmaslik, ziyon keltirganda o‘rnini qoplash.
3.2.1 2.2-bandga muvofiq to'lovni o'z vaqtida to'lamagan taqdirda, Talabaga Universitetga kirish
cheklanadi, har qanday xizmat ko'rsatish to'xtatiladi, ma'lumotnomalar/ma'lumotlar beriladi, shuningdek,
talabaning Universitet hududiga kirishi ta’qiqlanadi.
3.2.2 To'lov kechiktirilgan taqdirda, talaba kechiktirilgan har bir kalendar kuni uchun to'lanmagan
qismning 0,5% miqdorida, qarzning 10% dan ko'p bo'lmagan miqdorda jarima (penya) to'lashga majbur
bo'ladi;
3.2.3 O'qish uchun to'lovi 15 kalendar kundan ortiq kechiktirilgan taqdirda, Universitet Talabani
o'qishdan chetlashtirish to'g'risida qaror qabul qilish huquqiga ega;
3.2.4 Talabani Universitetda o'qishdan chetlashtirish, yoki ro’yhatdan chiqarilishi, Talabaga taqdim
etilgan ta'lim xizmatlari uchun haq to'lash bo'yicha moliyaviy majburiyatlardan ozod qilmaydi;

Yüklə 51,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə