Boymirzayev karimjon mirzaxmedovich


VI. YAKUNIY QOIDALAR VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI



Yüklə 51,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix26.10.2023
ölçüsü51,84 Kb.
#131062
1   2   3   4   5   6   7   8
document

VI. YAKUNIY QOIDALAR VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
6.1 Ushbu kontraktni bajarish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizo va ziddiyatlar tomonlar
o‘rtasida muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal etiladi.
6.2 Muzokaralar olib borish yo‘li bilan nizoni hal etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, tomonlar
nizolarni hal etish uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq iqtisodiy sudga murojaat etishlari mumkin.
6.3 “Universitet” axborotlar va xabarnomalarni internetdagi veb-saytida, axborot tizimida yoki e’lonlar
taxtasida e’lon joylashtirish orqali xabar berishi mumkin.
6.4 Kontrakt 2 (ikki) nusxada, tomonlarning har biri uchun bir nusxadan tuzildi va ikkala nusxa ham bir
hil huquqiy kuchga ega.
6.5 Ushbu kontraktga qo‘shimcha bitim kiritilgan taqdirda ushbu barcha kiritilgan qo‘shimcha bitimlar
kontraktning ajralmas qismi hisoblanadi.
 VII. FORS-MAJOR
7.1 Tomon shartlari yuzaga kelganda, tomonlar mazkur shartnoma bo'yicha majburiyatlarni qisman yoki
to'liq bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
7.2 Tomonlar shartnomani bajarmaslik yoki kechiktirmaslik yoki bajarmaslik oqibatlari yoki ushbu
shartnoma bajarilishining kechikishi uchun, agar bu Shartnoma ishtirokchilariga bog’liq bo’lmagan hollarda
sodir bo’lgan har qanday voqea, shu jumladan, faqat davlat organi yoki ma'muriyati tomonidan qabul
qilingan tabiiy ofat, urush yoki favqulodda holat bilan cheklanmagan holda, ular taraflar tomonidan ushbu
shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishga imkon bermagan hollarda boshqa shaxs oldida javobgar
bo'lmaydilar.
7.3 Shartnoma tomonlardan qaysi biri uchun majburiyatlarni yengib bo’lmaydigan kuchlar (fors-major)
holatlar ma’lum bo’lsa, darhol ikkinchi tomonni 10 ish kuni ichida ogohlantirishi lozim. Ushbu holatda OTM
masofaviy uslubda ta’lim berish imkonini yo’lga qo’yish huquqiga ega va Talaba bu uslubda ta’lim olishga
roziligini bildiradi. Ushbu holatda OTM Talabaga 10 ish kuni ichida masofaviy ta’lim shaklini taklif qiladi.
Talaba ushbu taklifga 10 ish kuni ichida yozma tarzda javob qaytarishi lozim bo’ladi, aks holda ushbu
shartnoma bekor qilingan deb hisoblanadi. Agar Talaba masofaviy shaklda o’qishni davom ettirishga
norozilik bildirsa shartnoma shartlari bajarilmagan deb hisoblanadi va shartnoma bekor qilinadi, to’lov
qaytarilmaydi. Agar Talaba ungacha bo'lgan muddatda ushbu shartnomada belgilangan (1-semestr to’lovi
miqdorida; agar shartnoma 2-semestr davrida bekor qilinsa – 1-yillik to’lov miqdorida) to’lovni amalga
oshirmagan bo’lgan taqdirda Talaba ushbu qarzdorlikni to’lasni o’z majburiyatiga oladi.

Yüklə 51,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə