Boymirzayev karimjon mirzaxmedovich


Talaba quyidagilarni o'z zimmasiga oladi



Yüklə 51,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix26.10.2023
ölçüsü51,84 Kb.
#131062
1   2   3   4   5   6   7   8
document

4.3 Talaba quyidagilarni o'z zimmasiga oladi:
4.3.1 O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oliy o'quv yurtlari talabalariga qo'yiladigan
talablarga muvofiq, shuningdek Universitet o'quv jarayoni va faoliyatini tartibga soluvchi Universitetning
normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq tahsil olish.
4.3.2 Universitetning nizomlarida ko'rsatilgan talablarga, shuningdek, Talabaning Universitet hududida
va undan tashqarida bo'lgan xatti-harakatlarini tartibga soluvchi boshqa qoidalar va normativ hujjatlar bilan
mustaqil ravishda tanishib chiqish va ularga rioya qilish.
4.3.3 Universitetning texnik va boshqa vositalariga, jihozlariga va boshqa mol-mulkiga ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo'lish, agar ziyon yetgan taqdirda Universitet mol-mulkini to'liq qoplash.
Boshlang'ich ta'lim (Bakalavriat)
/ Sirtqi ta'lim / 3-kurs 1-semestr


4.3.4 Shaxsiy talaba profilini Universitet ichki nazorat bazasi orqali rasmiy veb-saytda zarur shaxsiy
ma'lumotlar bilan o'z vaqtida to'ldirish va yangilab borish.
4.3.5 Universitetning ichki nizomida ko'rsatilgan keyingi o'quv yili uchun ro'yxatdan o'tish bo'yicha
yo'riqnomalarni, shuningdek uning akademik xodimlar tomonidan taqdim etilgan yo'riqnomalarni o'z vaqtida
bajarish.
4.3.6 Universitetning ma'muriy va o'qituvchilik tarkibiga hurmat bilan munosabatda bo'lish, shuningdek,
Universitetning nizomlarida bayon etilgan boshqa xulq-atvor qoidalariga rioya qilish.
4.3.7 Barcha akademik va intizomiy masalalar bo'yicha ustavlarga, shuningdek Universitetning ichki
tartib qoidalari va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qarorlar qabul qilish yakka tartibda
(Talaba faqatgina o’zi) amalga oshiradi va javobgar hisoblanadi.
4.3.8 Universitetda o'qish uchun talab qilingan to'lovni o’z muddatida va ushbu shartnomaga muvofiq
to'liq to'lanishini ta'minlash.
4.3.9 Universitet Buxgalteriya bo'limiga o'qish uchun to'lov to'langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim
etish.
4.3.10 Tijorat banki (yoki boshqa To'lovchi) bilan ta'lim olish uchun kredit shartnomasi tuzilgan taqdirda,
u barcha tomonlar tomonidan rasmiylashtirilgandan so'ng mazkur shartnomaning haqiqiy nusxasini
Universitet yuridik bo’limiga taqdim etish.
4.3.11 O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan siyosiy, diniy va boshqa tashkilotlarda yoki
harakatlarda ishtirok etmaslik.
4.3.12 O'zbekiston Respublikasi hukumat komissiyasi (yoki Universitet) tomonidan karantin izolyatsiyasi
e'lon qilinganida va boshqa cheklovli holatlarda, onlayn / masofadan o'qish uchun sharoitlarni mustaqil
tashkil etish (barqaror Internet aloqasi, uskunalar va boshqalar).
4.3.13 Tomonlarning kelishuvi bo'yicha boshqa shartlar va kafolatlarni bajarish.

Yüklə 51,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə