Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish


Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsad va vazifalari



Yüklə 29,57 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü29,57 Kb.
#163061
1   2   3   4   5
BOZOR IQTISODI SHAROITIDA REJALASHTIRISH

2. Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsad va vazifalari
Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsadli funktsiyasi bu– zarur hisobkitoblar, bashorat va dalillar asosida korxona faoliyatining qisqa va uzoq muddatli
strategiyasini belgilashdir. To‘g‘ri, bu xodimlar soni 5-10 kishidan 100 kishigacha
bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalarga qaraganda ko‘proq yirik korxonalar uchun
muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq har bir holatda rejalashtirish belgilangan pirovard
natijaga erishi uchun yo‘naltirilgan resurslar (moddiy va moliyaviy) hamda odamlar
mehnatini bosqichma-bosqich qamrab oladi.
Rejalashtirish odatda detalli hisob-kitoblar va ko‘rsatmalarga asosan amalga
oshiriladi. U bir tomondan barcha xodimlar uchun vazifalarni (har bir xodim qachon va
nima qilishi kerak), ikkinchi tomondan rahbariyat uchun ko‘rsatmalarni (korxona
belgilangan maqsadga erishishi uchun qanday boshqaruv qarorlari qabul qilish lozim)
belgilab beradi.
Ishlab chiqilgan reja birinchidan, ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog‘langan
bo‘lsa, ikkinchidan, undagi xato va kamchiliklar minimal bo‘lsa, uchinchidan esa, ishlab
chiqarish rejalashtirilgan mahsulot iste‘mol talabiga ega bo‘lsa, bu holda rejalashtirishni
samarali deb hisoblash mumkin bo‘ladi. Korxona rahbariyati tasdiqlagan reja buyruq
maqomiga ega bo‘lib, barcha bajaruvchilar uchun majburiy xarakterga ega bo‘ladi.
Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funktsiyalari va tarkibini quyidagi
sxema yordamida aks ettirish mumkin
Korxona rеjasi
Bajarish muddati
Rеjalashtirish prеdmеti
Rеjani bajaruvchilar
Rеsurslar
Tayyor mahsulot
. Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funktsiyalari va
tarkibi.
Biznes qanchalik yirik, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, bajarilayotgan ish va ishlab
chiqarilayotgan mahsulot hajmi qanchalik keng bo‘lsa, korxona hajmi va yo‘nalishiga
mos ravishda rejalashtirish jarayonida hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar doirasi
shunchalik kengayadi. Biroq har qanday holatda ham rejalashtirish quyidagi
savollarga javob bera olishi lozim:
 birinchidan, nimani, qachon va qancha miqdorda ishlab chiqarish;
 ikkinchidan, tanlangan muqobillikni aniqlangan hisob-kitoblar asosida
amalga oshirish lozim;
 uchinchidan, mahsulot sifati, uning raqobatbardoshligi qanday va u
iste‘molchilik talabiga ega bo‘ladimi;
 to‘rtinchidan, mahsulot chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish
xarajatlari va boshqa sarf-xarajatlar qoplanadimi;
 beshinchidan, kutilayotgan rentabellik darajasi, foyda hajmi va boshqa pul
tushumlari ta‘minlanadimi.
Ushbu savollarga javob topa olmasa rejalashtirish oddiy rasmiyatchilikka
aylanib, asoslanmagan xarakterga ega bo‘ladi, ishlab chiqarishning kelgusi
rivojlanishi izdan chiqib, korxonaning o‘zi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi va
iqtisodiy barqarorlikni yo‘qotadi. Shuning uchun ham rejalashtirish yoki rejani ishlab
chiqishga kirishishdan oldin iqtisodiy tahlil o‘tkazish muhim bo‘lib, uning asosiy
vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
 rejani bajarish, ishlab chiqarish dinamikasi va mahsulotni sotish darajasi;
 ushbu ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga omillarning ta‘sirini aniqlash;
 mahsulot chiqarish va sotishni ko‘paytirish uchun ichki ishlab chiqarish
zaxiralarini aniqlash;
 aniqlangan zaxiralardan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Rejalashtirish va zaxiralar yoki foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash bilan
odatda korxonaning iqtisodiy xizmatlari (reja bo‘limi, ishlab chiqarish bo‘limi, mehnat
bo‘limi, ish haqi bo‘limi va hokazo) shug‘ullanadigan bo‘lsa, ishlab chiqarish
zaxiralaridan foydalanishga texnik, texnologik va boshqa bo‘lim va xizmatlar jalb
qilinishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda korxonaning samarali faoliyat ko‘rsatishi va
uning iqtisodiy barqarorligini ta‘minlash butun korxona jamoasining vazifasidir.
Mazkur yondashuv ayniqsa hozirgi kunda, ko‘plab korxonalar xususiylashtirish va
davlat tasarrufidan chiqarish natijasida aktsiyadorlik shakliga o‘tayotgan sharoitlarda
muhim ahamiyat kasb etadi. Afsuski, amaliyotda xodimlar orasida ko‘pincha «rahbariyat
hamma narsani ko‘proq biladi» tamoyili keng tarqalgan bo‘lib, buning natijasida
korxona rivojlanishiga oid bir qator masalalar, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini
izlab topish va ulardan foydalanish vazifasi korxona rahbariyati zimmasiga yuklab
qo‘yiladi. Ishga bu qadar yondashiladigan bo‘lsa, jiddiy va uzoq muddatli
muvaffaqiyatdan umid qilish mumkin emas.
To‘g‘ri, jamoa korxona hayotida, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish
va ulardan foydalanishda ishtirok etishi uchun korxona rahbarining o‘zi va bo‘lim
boshliqlari demokratik bo‘lishi, byurokratiya va avtoritarizm xislatlaridan xoli bo‘lishi,
qabul qilinayotgan qarorlarda oshkorlaikni namoyon qilishi hamda oddiy xodimlarning
talab va takliflariga etarlicha e‘tibor bilan qarashlari lozim. Boshqaruvning aynan shu
usuli bugungi kunda xorijdagi ko‘plab korxona va firmalarda keng qo‘llanmoqda.
Rejalashtirish doimo kelajakka yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu holat uni ma‘lum bir
darajada bashorat qilishga o‘xshash qilib qo‘yadi. Biroq rejalashtirishdan farqli ravishda
bashorat qilish jarayonida belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlari aniqlanadi.
Bashorat ehtimoliy xarakterga ega bo’ladi. Unda odatda kelgusida turli hattiharakatlar va tashqi (tabiiy, iqlim, iqtisodiy, ilmiy-texnik va hokazo) omillar ta‘siri
ostida u yoki bu maqsadlardan chetga chiqish ehtimoli darajasi baholanadi.
Reja va bashorat korxona rivojlanishi istiqbollarini aniqlashga yo‘naltirilgan
ikkita muqobil yondashuv emas, balki xo‘jalik strategiyasini ishlab chiqishning birbirini to‘ldirib turuvchi bosqichlari bo‘lib, bunda reja korxona boshqaruvining asosiy
vositasi hisoblanadi. Shu sababli har bir holatda bashorat qilingan ko‘rsatkichlardan
rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga o‘tish ta‘minlanishi lozim bo‘ladi.
Amaliyotda bashoratning ilmiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va boshqa
turlari ajratib ko‘rsatiladi. Ko‘pincha kompleks bashorat – ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy,
texnik-iqtisodiy va hokazolardan foydalaniladi. Bashorat har qanday holatda ham
obyektiv jarayonlar talablariga maksimal darajada mos kelishi kerak.
Rejalashtirish tizimining dastlabki bo‘g‘ini sifatida bashorat qilish korxonaning
ichki faoliyatidan tashqari keng masalalar doirasini qamrab olishi zarur. Masalan, unga
hal qilib bo‘lingan, biroq amaliyotda qo‘llanilmagan texnik, iqtisodiy, investitsion
muammolar; istiqbolda yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan materiallar,
texnologik jarayonlar, asbob-uskuna va qurilmalar; ishlab chiqarish modernizatsiyasi
tufayli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashni kiritish mumkin. Bashorat qilishda
shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, o‘tkazilayotgan
tadqiqotlarni baholash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxonaning kelajakda t - yildan so‘nggi holatini bir maqsadli bashorat qilishni
uning faoliyati o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlarida yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan qiymatlar
modelini navbatma-navbat ifodalash sifatida aks ettirish mumkin (V):
B = [F x(t), y(t), z(t), t],
Bunda:
x – bashorat qilinayotgan ko‘rsatkich o‘zgaruvchilari (investitsiyalar, korxona
personali, taqsimlanmagan foyda va hokazo);
y – shart-sharoitlar sifatida ko‘rib chiqiluvchi o‘zgaruvchan ko‘rsatkichla
(bozor holati, soliqlar, tabiiy-iqlim sharoitlari va hokazo);
z –asos qilib olingan korxona faoliyatining bashorat qilinayotgan
ko‘rsatkichlari boshlang‘ich qiymati.
Korxonaning asosiy va aylanma kapital, ayrim mahsulot turlarini chiqarish va
ularning tannarxi, foyda, mehnat mahsuldorligi kabi muhim ko‘rsatkichlarini
navbatma-navbat ifodalash natijasida bashorat qilinayotgan t - yildan so‘ng yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan korxona holatining to‘liq bashoratini olish mumkin.
Bashoratning ishonchliligini ko‘p jihatdan korxonalar ma‘lumotlar to‘plamida
saqlashi va sistemalashtirishi lozim bo‘lgan axborotlarning to‘liq va ishonchlilik
darajasi belgilab beradi. noaniq yoki noto‘g‘ri axborot bashorat qilishda xatoliklarga
olib kelishi mumkin.

Yüklə 29,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə