Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish


Rejalashtirish va bashorat qilishning normativ asoslari



Yüklə 29,57 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü29,57 Kb.
#163061
1   2   3   4   5
BOZOR IQTISODI SHAROITIDA REJALASHTIRISH

3. Rejalashtirish va bashorat qilishning normativ asoslari
Erkin iqtisodiy faoliyat va tijorat rivojlanib borayotgan, biz avvalgi zavod va
fabrikalarga qaraganda ko‘proq zamonaviy biznes va tadbirkorlik haqida gapirayotgan
bir sharoitlarda matematika tili bilan aytganda norma va normativlar (normativ asoslar)
«bozor» tushunchasi bilan bog‘lanishi qiyin bo‘ladi. Bugungi kunda ularning roli va
maqomi biroz susaygan, chunki ular tadbirkorlar fikriga ko‘ra bozorga qaraganda
ko‘proq rejali iqtisodiyot tomon yaqinroq turganday bo‘ladi.
Aslida esa bunday emas, albatta. Norma va normativlar doimo rejalashtirish va
xo‘jalik boshqaruvining muhim elementi bo‘lib kelgan. Har bir biznesmen va tadbirkor,
aytaylik, do‘kon, restoran, mehmonxona yoki mebel ishlab chiqaruvchi tsex qurmoqchi
bo‘lsa, albatta qurilish xarajatlari va talab qilinuvchi resurslarni hisob-kitob qiladi. Ya‘ni
u rejalashtirish bilan, to‘g‘rirog‘i xarajatlar va resurslar talabini ularning har bir turi
bo‘yicha normalashtirish bilan shug‘ullanadi. Biznesmen ham, davlat korxonasi direktori
ham xarajatlar minimal bo‘lgan holda ko‘proq foyda va daromad olishga intilishi tabiiy.
Xo‘jalik amaliyotida normalashtirish bu mahsulot ishlab chiqarish va sotish
jarayonlarining normal kechishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va boshqa resurslar
zahiralari va sarflanishining eng yuqori va eng quyi normalarini ishlab chiqish va
belgilash usulidir. Normalashtirish elementlari sifatida norma va normativlarni ko‘rsatib
o‘tish mumkin.
Norma bu – belgilangan sifatli (masalan, standartli bir buxanka non chiqarish
uchun sarflanuvchi un normasi, belgilangan hajmli metall konstruktsiyasini kavsharlash
uchun sarflanuvchi elektrodlar soni va hokazolar) mahsulot (ish, xizmat) birligini
tayorlash uchun xom-ashyo, material, yoqilg‘i, energiya va hokazolarning mutlaq
(absolyut) sarflash mumkin bo‘lgan maksimal kattaligidir.
Shu tariqa natural, qiymat va mehnat o‘lchamlari bilan belgilangan norma
yordamida mahsulot, bizning holatda palto ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha
xarajatlar tartibga solib boriladi. Agar mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarni
jami chiqarilgan mahsulotlar soniga ko‘paytirsak, korxonaning mazkur turdagi mahsulot
ishlab chiqarish bilan bog‘liq umumiy xarajatlarini aniqlashimiz mumkin bo‘ladi.
Normativ bu nisbiy ko‘rsatkich bo‘lib, mutlaq (absolyut) kattalikni emas, balki
ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning belgilangan o‘lchamini, mahsulot
tavsifnomasi yoki tashkiliy-iqtisodiy hatti-harakatlarni aks ettiradi.
Normativlar odatda foiz yoki koeffitsientlarda belgilanadi va aks ettiriladi
Ko`rsatkichlar
Norma va normativlar shakli
(modеli)
Rеjalashtirish
Nazorat
Norma va
normativlar
Xo`jalik
boshqaruvi
mеxanizmi
(masalan, asbob-uskunalarni yuklash koeffitsienti, avtomobil shinasi bosib o‘tgan yo‘l
koeffitsienti, sutning yog‘lilik foizi va hokazo). Normativlar shuningdek, zarur xomashyo va materiallar, aylanma mablag‘lar hajmi, talab qilinuvchi xodimlar sonini
aniqlashda ham qo‘llanadi.
Xo‘jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o‘rni va roli quyidagicha aks
ettirilishi mumkin (2.2-rasm):
. Xo‘jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o‘rni va roli
Norma va normativlar o‘lchash va limitlash funktsiyalaridan (xarajatlarning yuqori
yoki quyi chegarasi, qo‘llash, iste‘mol) tashqari hisobga olish, nazorat qilish va
rag‘batlantirish funktsiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va
tartibga solish, xarajatlarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, dastlabki mas‘uliyat
chegaralarini belgilash va uni faoliyat natijalar bo‘yicha o‘zgartirish, erishilgan
natijalarni obyektiv baholash uchun asos hisoblanadi.
Norma va normativlar amaliyotda quyidagi asosiy guruhlar bo‘yicha ishlab
chiqiladi:
 mehnat sarfi normasi;
 moddiy xarajatlar normasi;
 vaqt normasi (asosiy, qo‘shimcha va hokazo);
 mashina, asbob-uskuna va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish normasi;
 ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish normativlari;
 atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari;
 kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar) samaradorligi normasi;
 loyihadagi quvvatlarni o‘zlashtirish normasi;
 aylanma vositalar (mablag‘lar), ishlab chiqarish zahiralar normasi va
hokazolar.
Norma va normativlar asosida odatda rejadagi davr uchun faoliyatning texnikiqtisodiy va tashkiliy sharoitlari yotadi. Vaqt o‘tishi yoki sharoitlarning o‘zgarishi bilan,
shuningdek, fan-texnika taraqiyoti ta‘siri ostida mavjud norma va normativlar qayta
ko‘rib chiqilishi mumkin. Ularni qayta ko‘rib chiqishda ilg‘or ishlab chiqarish tajribalari
va yutuqlar hisobga olinishi lozim.
Norma va normativlar qo‘llanish miqyosi va normalashtirish obyektlariga ko‘ra
farqlanadi. Normativ asoslari qo’llanish miqyosiga ko’ra quyidagilarga taqsimlanadi:
 davlat va tarmoq standartlari va talablari asosida belgilangan normativlar;
 umumkorxona normativlari, ya‘ni korxonaning o‘zida ishlab chiqilgan va
qo‘llanuvchi normativlar;
tsex normativlari;
 predmetli, detalli va operatsion normativlar.
Normalashtirish obyektlariga ko’ra normativ asoslari mehnat, moddiy, texnik va
moliyaviy resurslarga taqsimlanadi.
Normativ asoslari ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish uchun
boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini va
chiqarilayotgan har bir mahsulot tannarxini aniq va bexato belgilashga imkon beradi.
Umuman olganda norma va normativlar birinchidan, resurslarning ortiqcha
sarflanishi oldini olish, ikkinchidan, korxonaning belgilangan ish tartibini ta‘minlash,
uchinchidan chiqarilayotgan mahsulotning belgilangan tavsifnomalardan chetga
chiqishining oldini olish, to’rtinchidan atrof-muhitni muhofaza qilish va normal
mehnat sharoitlariga rioya qilish, beshinchidan esa korxona faoliyatini rejalashtirish
va bashorat qilish uchun ma‘lumotlar to‘plamini yaratish maqsadida ishlab chiqiladi
va belgilanadi.
Normativ asoslarini yaratish bo‘yicha ishlar uni ishlab chiqish joyi va qaysi
idora yoki bo‘lim tomonidan ishlab chiqilishidan qat‘iy nazar, ishlab chiqarish
iqtisodiyoti, texnika va texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo‘lgan mutaxassislar,
professional (malakali) normativ guruhlari zimmasiga yuklatilishi lozim. Malakali va
asoslangan tarzda ishlab chiqilgan norma va normativlar hayot davri uzoq bo‘lib, ular
o‘zgarishlarga kamdan-kam uchraydi. Shunday bo‘lsada, yuqorida aytib o‘tilganidek,
eng yaxshi norma va normativlar ham vaqt o‘tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti va
ilg‘or ishlab chiqarish tajribalari ta‘siri ostida qayta ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 29,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə