Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish



Yüklə 29,57 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü29,57 Kb.
#163061
  1   2   3   4   5
BOZOR IQTISODI SHAROITIDA REJALASHTIRISH




BOZOR IQTISODI SHAROITIDA REJALASHTIRISH VA
BASHORAT QILISH

Reja

  1. Bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati

2. Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsad va vazifalari
2. Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsad va vazifalari


1. Bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning
obyektiv zarurati
Bozor munosabatlariga o‘tish kadrlarga, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishdagi mutaxassislarga, ularni tayyorlash va ulardan amaliyotda foydalanishga bo‘lgan talablarning o‘zgarishiga olib keldi. Gap bu erda notanish atama, tushuncha va toifalarning paydo bo‘lishida emas, balki iqtisodiyotni boshqarishning barcha miqyoslarida yangicha iqtisodiy fikrlash mafkurasini shakllantirish haqida ham boradi. Biz istaymizmi, yo‘qmi, lekin olgan bilimlarimiz (oliy o‘quv yurtlari, texnikumlar, malaka oshirish tizimlarida) va amaliy faoliyatimiz bugungi kunda tubdan yangilashni talab qilishini tan olishga majburmiz. Bu birinchi navbatda texnika va texnologiyalarga emas, balki ishlab chiqarishning iqtisodiy asoslari, biznes va tadbirkorlik, ya‘ni butun ishlab chiqarish munosabatlari majmuiga taalluqlidir. Ko‘pchilik bundan noto‘g‘ri xulosa chiqaradi, ya‘ni ularning fikricha, bozor
munosabatlariga faqat iqtisodchilar va moliyachilar hamda boshqa iqtisodiy soha
mutaxassislarigina qayta o‘rganishi va moslashishi zarur bo‘ladi. Amalda esa
mulkchilik shaklining o‘zgarishi, bozor munosabatlari, raqobat, korxona va
tashkilotlarning iqtisodiy mustaqilligi ko‘p jihatdan barcha boshqaruv tuzilmalari va
xizmatlarining (texnik, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy) yangi iqtisodiy talablar va
xo‘jalik yuritish qoidalariga rioya qilishini talab qiladi. Shu sababli bozor
munosabatlari sharoitlarida yaxshi muxandis, texnolog yoki energetik bo‘lishning
o‘zigina etarli emas bo‘lib, bu haqda avvalgi bobda ham to‘xtalib o‘tilgan.
/arb mamlakatlaridagi ko‘plab firmalar «Firma unga foyda keltirmaydigan
mutaxassislarni ushlab turmaydi» degan shiorga amal qiladi. Firmaga foyda keltirish
uchun bozor kon‘yunkturasida to‘g‘ri yo‘nalishni tanlash, bozordagi o‘z o‘rnini
to‘g‘ri va aniq belgilay olish, darhol olinadigan foydani emas, balki uzoq istiqboldagi
rivojlanishni ko‘ra bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu va shu kabi vazifalar
zaminida bashorat qilish va uning yakunlovchi qismi bo‘lgan rejalashtirish yotadi.
U korxona maqsadlarini shakllantirish, unga erishishning vosita va usullarini aniqlash
jarayonidan iboratdir. Rejalashtirishning natijasi - reja, hatti harakatlarning
motivlashtirilgan modeli bo‘lib, u iqtisodiy muhit va qo‘yilgan maqsadlarni bashorat
qilish asosida yaratiladi.
Bashorat qilish – korxona, tarmoq va sohalar miqyosida hamda butun
mamlakat miqyosida iqtisodiyot holatini ilmiy asosagan holda oldindan ko‘ra
bilishdir. Bashorat qilish shuningdek, iqtisodiyotning u yoki bu holatiga erishishning
muqobil yo‘llari, usullari va muddatlarini tanlash yoki muhokama qilishni ham
anglatadi.
Bozor munosabatlariga o‘tishda rejalashtirish deyarli esdan chiqib qolay dedi.
Ayrim olim va mutaxassislar, ayniqsa, bozor va bozor munosabatlari tarafdorlari
rejalashtirishni bozor mexanizmiga umuman to‘g‘ri kelmaydi va bozorning o‘zi
hamma narsani joy-joyiga qo‘yadi deb hisoblaydilar. Yana boshqa bir motiv
iqtisodiyotni o‘ta markazlashgan tarzda rejalashtirish va boshqarish natijasida sovet
iqtisodiyotining yirik muammo va inqirozlaridir.
Darhaqiqat, sovet davridagi butun davlat va siyosat hukumatini o‘z qo‘liga
olgan va qotib qolgan qoidalardan bir qadam ham chetga chiqmagan partiya
hukumatining aqidaparastligini tan olish kerak. Aynan shu sababli bir paytlar
ko‘ngildagidek ishlagan rejali tizim chok-chokidan so‘kildi va yaroqsiz holga kelib
qoldi. Bundan tashqari, mintaqa va tarmoqlar, korxona va tashkilotlar, barcha xo‘jalik
subyektlarining erkinligini cheklab qo‘yuvchi turli xil markazlashgan buyruq va
ko‘rsatmalar, nazorat raqamlari va limitlar ham xalaqit bergan.
Shu bilan bir paytda korxona uchun uning faoliyatini qaysi organ - reja bo‘limi
yoki boshqa iqtisodiy bo‘lim va xizmatning rejalashtirishi va bashorat qilishining
ahamiyati yo‘q. Rejalashtirish sifati va mezonlar muhim bo‘lib, ularga ko‘ra korxona
faoliyati baholanadi va bozor sharoitlarida uning barqarorligi ta‘minlanadi. Shu
sababli bozor rejalashtirishni umuman tan olmaydi deyish noto‘g‘ri bo‘lar edi.
Aksincha, raqobatli kurash sharoitlarida ishlab chiqaruvchilar va ta‘minotchilar o‘z
faoliyatini sinchiklab rejalashtirishlari zarur. Bozor mexanizmi subyektiv omillar
asosiy rolni o‘ynovchi resurslarni markazlashgan tarzda taqsimlashga qaraganda
qattiq va jiddiyroq hisoblanadi. Bozor sharoitlarida rejalashtirishga qarshi
bo‘lganlarni «tog‘ora bilan birga chaqaloqni ham tashlab yuboradi» deyish mumkin.
Shu sababli avvalgi paytlarda turli xil buyruqlar, nazorat raqamlari va limitlarga
asoslangan rejalashtirishni, samarali va oqilona faoliyat ko‘rsatishning majburiy
vositasi bo‘lgan rejalashtirish bilan adashtirmaslik kerak. U xorijda ham to‘liq bekor
qilinmagan. Masalan, Italiyaning «Fiat» kontserni 1970 yildan boshlab tasdiqlangan 3
yillik rejalar bo‘yicha, 1988 yildan esa 5 yillik rejalar bo‘yicha ishlamoqda.
Kontsernning besh yillik rejalari joriy va tezkor-ishlab chiqarish rejalari bilan bog‘liq
bo‘lib, besh yillik rejaning har bir yili yakunidan so‘ng o‘tgan yil davomida
erishilgan amaliy natijalarni hisobga olgan holda unga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Chet el tajribalarining hammasidan ham mamlakatimizda foydalanish lozim
bo‘lmasada, biroq rejalashtirishning roli muhimligi aslohida isbot talab qilmaydi.
Aynan rejalashtiirsh va bashorat qilish nimani, qancha, qachon va kim uchun
ishlab chiqarish kerak degan savollarga javob topadi. Xususan, ko‘plab korxona
yaratilishi va faoliyati rejalashtirishdan boshlanadi. Rejalashtirish mavjud ishlab
chiqarish quvvatlari, raqobatli afzalliklardan maksimal foydalanish, turli xato va
kamchiliklarning oldini olish, iqtisodiyotdagi yangi tendentsiyalarni kuzatish va
ulardan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish, korxona faoliyatining kuchsiz
tomonlarini aniqlash va bartaraf qilish hamda asoslanmagan tavakkalchiliklarning
oldini olishga imkon beradi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham bashorat qilishni ham
inkor etmaydi. Ularning ikkalasi ham korxona, birlashma va boshqa ishlab chiqarish
tuzilmalarining o‘z kuchi bilan yoki buning uchun maxsus jalb qilingan ilmiy
tashkilotlar, oliy o‘quv yurti mutaxassislari hamda ayrim olim va mutaxassislar
yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda zamonaviy tendentsiyalarning
kelgusida ekstrapolyatsiyasi (unchalik ishonchli bo‘lmagan mexanik usul, noto‘g‘ri
xulosalarga olib kelishi mumkin), mantiqiy tahlil, turli xildagi iqtisodiy-matematik
usullar (masalan, ishlab chiqarish funktsiyalari usuli), ekspert baholash usuli va
vaziyat tahlili kabi bir qator usullar qo‘llanishi mumkin. U yoki bu usuldan
foydalanish bashorat qilinayotgan obyektning o‘ziga xosliklari, uning rivojlanishiga
doir ishonchli ma‘lumotlarning mavjudligi va tahlilchilarning malakasiga bog‘liq
bo‘ladi.
Rejalashtirishda ham, bashorat qilishda ham iqtisodiy jarayon va vaziyatlarning
o‘zaro aloqalari korrelyatsiya usulida o‘rganiladi. Korrelyatsiya tahlilining asosiy
vazifalari bu natijaviy belgilarning omillar belgilariga tahliliy bog‘liqlik shaklini
aniqlash va aks ettirish hamda korrelyatsion aloqani o‘lchash hisoblanadi. Aloqa
qanchalik kuchli bo‘lsa, bashoratning asoslanganligi va uning aniqligi shunchalik
yuqori bo‘ladi.
Hozirgi kunda bashorat hisob-kitoblari bir qator etakchi tarmoqlar tomonidan
strategik dastur va rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, tajribakonstruktorlik ishlarini amalga oshirishda foydalanilmoqda. Reja va bashoratlar
iqtisodiyotning quyi bosqichlari – korxona, firma va ishlab chiqarish birlashmalarida
ham menejmentning muhim elementi hisoblanadi.

Yüklə 29,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə