Bu avvalambor qat’iy, shu bilan birga, puxta o‘ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko‘rilgan samarali chora-tadbirlarimizning natijasidir deb ta’kidladi


Nega pulni to‘plash (yig‘ish, jamg‘arish) kerak?



Yüklə 26,54 Kb.
səhifə2/8
tarix29.11.2023
ölçüsü26,54 Kb.
#143212
1   2   3   4   5   6   7   8
13 pul

2.Nega pulni to‘plash (yig‘ish, jamg‘arish) kerak?
Bu savol javobini to‘g‘ri topishning nihoyatda muhimligini idrok etish uchun e'tiboringizga quyidagi hayotiy bir misolni keltiramiz. Aytaylik, qaysidir bir xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Xayriyat, uni tezda o‘chirishdi ham. Shukur, qurbonlik ham sodir bo‘lmadi. Lekin xonadonlardan birida yashovchi oila katta talofat ko‘rdi: ularning barcha mebellari yonib ketdi; xonadonni zudlik bilan ta'mirlash kerak. Yong‘indan zarar ko‘rgan oila yosh oila bo‘lib, ularda aytishga arzigulik miqdordagi jamg‘arilma hech qachon bo‘lmagan. Xonadonni ta'mirlash uchun pulni do‘stlardan qarz olishga to‘g‘ri keldi. Ta'mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni yong‘in sodir bo‘lgan xonalarni tozalashdan boshlashdi. Va to‘satdan, ular vannaning tagida o‘rab, yashirib qo‘yilgan pul va “Oila byudjeti” deb yozib qo‘yilgan daftarni topib olishdi. Ular bilan tanishilganidan so‘ng bu daftarda “bobo” o‘zining daromadlari va xarajatlarini aks ettirganligi hamda har bir oyning yakuniga ko‘ra u o‘z jamg‘arilmalarini hisob-kitob qilganligi ma'lum bo‘ldi. Kutilmagan “sovg‘a” ularning joniga oro kirdi. Ta'mirlashni o‘z kuchlari hisobidan uddalashdi. Do‘stlardan olingan qarz esa egalariga qaytarildi. So‘ng ular o‘yga toldilar: faqat birgina pensiya hisobiga yashab, bobolari qanday qilib buncha pulni jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi ekan?! Ular esa, yaxshigina maosh olishlariga qaramasdan, buning uddasidan chiqa olishmadi-ku!? Aytilganidek, ularning ehtiyojlari doim imkoniyatlaridan yuqori bo‘lib kelgan... Shunday qilib, quyidagi savolning kun tartibiga qo‘yilishi, tabiiy: pulni jamg‘arish (yig‘ish, to‘plash) kerakmi yoki yo‘qmi? Buning yakka-yu-yagona javobi bor: albatta, pulni jamg‘arish (yig‘ish, to‘plash) kerak. Faqat bundan keyin oldimizda avtomatik tarzda ko‘ndalang bo‘ladigan navbatdagi savolning ham javobini topishishimiz lozim: nega pulni jamg‘arish (yig‘ish, to‘plash)ishimiz kerak? Mana bu savolning javoblari:
Birinchidan, albatta pulni jamg‘arish (yig‘ish, to‘plash) kerak. Bu – zaruriyat. Zaruriyat bo‘lganda ham – o‘ziga xos zaruriyat. Zero, hayotda shunday narsalar borki (bo‘ladiki), ularni birdaniga sotib olishning iloji yo‘q. Bu bizning kambag‘alligimizdan emas, albatta. Pul qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik (hatto, undan ham) qimmatroq bo‘lgan xohish-istak va ehtiyojlar paydo bo‘laveradi. Shuning uchun ham pulni har doim jamg‘arib (yig‘ib, to‘plab) boraverish kerak. Agar ozgina o‘ylab qarasak, hayotda eng kamida uchta vaziyat mavjud bo‘lib, ularni pulni jamg‘armasdan (yig‘masdan), to‘plamasdan) aylanib o‘tishning iloji yo‘qligini birdaniga aytishimiz mumkin. Masalan: uylanish, uy-joy sotib olish va bolaning tug‘ilishi.
Ikkinchidan, bu – oqillik nishonasidir. Pul jamg‘arilmalaringiz bo‘lsa, “fors-major” vaziyatlar (yong‘in, baxtsiz hodisa, ishdan bo‘shatilganda va b.) sodir bo‘lganda Siz o‘zingizni ishonchli his etishingiz mumkin.
Uchinchidan, bu – yoqimli. Axir, jamg‘arib qo‘yilgan har bir so‘m Sizni ko‘zlagan maqsadingiz – moliyaviy mustaqillik – sari yetaklaydi-ya! Shunday ekan, nega u yoqimli bo‘lmasin!?

Yüklə 26,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə