Bu avvalambor qat’iy, shu bilan birga, puxta o‘ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko‘rilgan samarali chora-tadbirlarimizning natijasidir deb ta’kidladi


Pulni qanday to‘plash (yig‘ish, jamg‘arish) lozim?



Yüklə 26,54 Kb.
səhifə3/8
tarix29.11.2023
ölçüsü26,54 Kb.
#143212
1   2   3   4   5   6   7   8
13 pul

3.Pulni qanday to‘plash (yig‘ish, jamg‘arish) lozim?
Pulni naqdina (naqd pulli) va naqdsiz shaklda to‘plash (yig‘ish, jamg‘arish)ning juda ko‘p usullari bor. Ularning har biri o‘z afzallik (yaxshi yoki ijobiy tomon)lari va kamchilik (nuqson, yomon yoki salbiy) tomonlariga ham ega. Pulni to‘plash (yig‘ish, jamg‘arish)ning eng oddiy usuli – uni uyda naqdina (naqd pul) shakli (ko‘rinishi)da saqlashdir. Go‘yo eng oddiy, sodda va qulay ko‘ringanligi uchun mamlakatimizdagi insonlarning aksariyati aynan shunday tarzda ish tutadilar: naql pullarni, odatda, yonmaydigan “seyf”, sandiq yoki boshqa xilvat joyda saqlashadi. Bu – juda qulay. Zero, pullaringiz doimo oldingizda, qo‘l ostingizda. Ularni, plastik kartalarni qabul qiluvchi terminal bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga bog‘liq bo‘lmagan holda, har qanday magazin qabul qilaveradi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, pullarni bunday shaklda va usulda saqlash – riskli risklashgan hisoblanadi. Nima uchun? Chunki bu pullar o‘g‘irlanishi, yong‘inda yonib ketishi, sichqonlarga yem bo‘lishi mumkin. Buning ustiga, uyda pullar yashiriladigan hamma joylar oldindan o‘g‘rilarga ma'lum. Ular o‘g‘rilar bilmaydigan maxsus yoki o‘ziga xos bo‘lgan “original” joyda yashiriladigan (saqlanadigan) bo‘lsa, bunda esdan chiqish ehtimoli (xavfi) mavjud. Lekin eng muhimi – bu pullar, istalgan paytda, jamg‘arilmasdan (to‘planmasdan, yig‘ilmasdan) sarflanib ketishi mumkin. Sirtdan qaralganda, buning sira iloji yo‘qdek ko‘rinsa-da, aslida bu “qopqon”ga osongina tushib qolish mumkin. Pulni to‘plash (yig‘ish, jamg‘arish)ning boshqa usuli ham bor. Bu ularni to‘plash (yig‘ish, jamg‘arish)ni naqd pulsiz (naqdinasiz) shaklda amalga oshirishdir. Buning uchun bank xizmatilaridan foydalanish kerak, ya'ni o‘z pul mablag‘larini saqlash uchun bankka omonat ko‘rinida berishga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra 14 yoshga to‘lgan har bir fuqaro depozit (omonat) shartnomasini tuzishi (imzolashi) mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi”ning 27-moddasiga asosan 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan fuqarolarga o‘zlari ishlab topgan pullari, stipendiyalari va boshqa daromadlaridan mustaqil ravishda, ota-onalar ruxsatisiz foydalanish, shuningdek, banklarga depozit (omonat)ga qo‘yish huquqiga egadirlar. Shunday qilib, depozit (omonat) hisob varag‘i(raqami)ni ochishi uchun fuqaro: a) 14 yoshga to‘lgan; b) yoshni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lgan (uni bankka taqdim etishga to‘g‘ri keladi); v) omonat (depozit)ga qo‘yish uchun pul mablag‘i mavjud bo‘lgan holda istalgan bank filialiga murojaat qilishi mumkin. Navbatdagi bo‘limda biz bank depozit (omonat)larining turli ko‘rinishlari batafsil ko‘rib chiqamiz.
Lekin hatto bu bilimlarsiz ham pulni bankda saqlashning afzalligi, shubhasizdir. Bu ayniqsa, o‘g‘rilar, yong‘inlar, tushayotgan meteoritlar va boshqa har qanday tabiiy kataklizmlardan qo‘rqmaydiganlar uchun alohida ahamiyatga ega. O‘z jamg‘arilmalarining o‘zlari tomonidan safrlanib ketilmasliga ishonmaydigan va bu yo‘nalishda “irodasi sust bo‘lgan”larga nisbatan ham bu – unchalik yomon variant emas. Bankda ko‘ngilning birinchi istagiga ko‘ra pulni olish foydali bo‘lmagan variantni tanlash mumkin. Shunday bo‘lsa-da, lekin bu usul ham – takomillashmagan. Zero, bankdagi pullarni olishga imkon bo‘lishiga qaramasdan, ma'lum bir kechiktirishlar (masalan, navbatga turish kerak) sodir bo‘lishi mumkin. Bank kasodga uchraganda esa, eng jiddiy tarzda kutishga to‘g‘ri keladi. Bunda sug‘urta qoplamalari to‘lovlarini kutishdan o‘zga chora qolmaydi (omonatlarni sug‘urtalash to‘g‘risida 3.4-ga qarang). Pulni to‘plash (yig‘ish, jamg‘arish)ning har ikkala usuli ham ma'qul bo‘lgan shaxs, odatda, quyidagicha fikr yuritadi: o‘zimga to‘g‘ri keladigan bankni tanlashim kerak; uyga qo‘riqlash tizimini o‘rnatish lozim; o‘z xohish-istagimni nazorat qilishim zarur. Mana, bo‘ldi – pulni to‘plash (yig‘ish, jamg‘arish)ning muvaffaqiyatli yo‘li – shu. Haqiqatdan ham, yuzaki qaraganda – xuddi shunday. Biroq, jamg‘arilmalarimizning yana bir dushmani bor. Hech bir qo‘riqlash tizimi bizni undan qutqarib qololmaydi. Bu – inflyatsiyadir.
Inflyatsiya. Nima u?
Tovarlar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshish (o‘sish) jarayoni inflyatsiya deyiladi. Inflyatsiya natijasida bir xil miqdordagi pulga vaqti kelib kamroq bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin. Shuning uchun ham tez-tez “Inflyatsiya pulni yeb qo‘ydi”, - deyishadi. E'tibor bering: pullarning miqdori o‘zgargani yo‘q, lekin bu pullarning egasi kambag‘alroq bo‘lib qoldi.
Baholarning o‘sishini turlicha aniqlash (o‘lchash) mumkin. Shaxsiy moliyada inflyatsiya, odatda, iste'mol baholari indeksining foizli o‘sishi tarzida o‘lchanadi (ifodalanadi). Iste'mol baholari indeksi (IBI). Nima u? Iste'mol baholari indeksi (IBI) davriy tarzda iste'mol savatchasi (o‘rtacha uy xo‘jaligi tomonidan iste'mol qilinadigan tovarlar va xizmatlarning ma'lum bir to‘plami) qiymatining o‘zgarishini o‘zida aks ettiradi. Bu savatchaga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, oyoq kiyim, dori-darmonlar, aloqa, transport, sog‘liqni saqlash va ko‘plab boshqa narsalar kiritiladi. Agar yil davomida bu savatcha 10,0%ga qimmatlashgan bo‘lsa, biz 10,0%li darajadagi inflyatsiya va pulning sotib olish qobiliyatini shunchaga pasayganligini to‘g‘risida gapirgan bo‘lamiz. Bu bir xil miqdordagi pulga yilning oxiriga kelib, yilning boshiga nisbatan 10,0% kam miqdordagi tovarlar va xizmatlar sotib olish mumkin, degani demakdir.



Yüklə 26,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə