Bu avvalambor qat’iy, shu bilan birga, puxta o‘ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko‘rilgan samarali chora-tadbirlarimizning natijasidir deb ta’kidladi



Yüklə 26,54 Kb.
səhifə1/8
tarix29.11.2023
ölçüsü26,54 Kb.
#143212
  1   2   3   4   5   6   7   8
13 pul


KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning dastlabki davrlaridan boshlab, hukumat pul-kredit munosabatlariga katta e'tibor berib kelmoqda, chunki biror davlat pul sohasidagi munosabatlarni yo'lga qokymasdan iqtisodiyotni to‘laqonli rivojlantira olmaydi. Tashqi iqtisodiy munosabatlar va ichki aloqalarning Respublikamiz tanlagan bozor iqtisodiyoti yo‘liga mos ravishda rivojlanishining pul munosabatlarining rivojlanish darajasiga bog‘liqligini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Shu sababli Prezidentimiz I.A. Karimov ushbu masalaning dolzarbiigiga alohida e’tibor berib: «Bugun dunyo iqtisodiyotidagi ahvolni tahlil qilar ekanmiz, jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi hali-beri nihoyasiga yetgani yo‘q, deb aytishga barcha asosla- rimiz bor. Bugungi kunda bozorni pul resurslari bilan zo‘r berib to‘ldirish davom etayotgani fond va xomashyo bozorlarida sun’iy ravishda oshirib borilgan spekulativ narxlarning yanada ko‘tarilib ketishiga, ta’bir joiz bo‘lsa, moliyaviy ko‘piklarning battar avj olishiga, inflatsiyaning jilovlab bo’lmas daragada o'sish xavfining ko‘payishiga olib kelmoqda. Jahon miqyosida konvertatsiya qilinadigan asosiy valutalarning beqarorligi jiddiy xavotir uyg‘otmasdan qolmaydi. Bu, birinchi navbatda, rivojlanayotgan davlatlarning ushbu valutalarga boigan ishonchiga jiddiy putur yetkazmoqda. Biz bugun 2010-yil yakunlarini baholar ekanmiz, awalo, m am lakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror o'sish sur’atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi saqlanib qolayotganini qayd etishimiz zarur. Iqtisodiyotimizda 2010-yili yuqori o'sish sur’atlari ta’minlanib, aho- lining real daromadlari 123,5 foizga oshdi, o‘tgan yilda inflatsiya darajasi 2009-yildagi 7,4 foiz o‘rniga 7,3 foizni tashkil etdi.
Bu avvalambor qat’iy, shu bilan birga, puxta o‘ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko‘rilgan samarali chora-tadbirlarimizning natijasidir»deb ta’kidladi. Pul sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ularto‘g‘risidagi turli nazariyalami o'rganish, umumlashtirish va ulardan O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotga erishishini ta’minlash yo‘lida foydalanish zarurdir. Shu bilan birga Respublikada pul munosabatlarining ilmiy asosda rivojlanishi Iqtisodiy tashkilotlar va Xalqaro moliya institutlari bilan o‘matiladigan munosabatlarning keng qamrovliligini belgilashda katta ahamiyatga egadir. «Zamonaviy ikki pog‘onali bank tizimini yaratish orqali mustaqil pul-kredit siyosatni yuritish, budjet va pul siyosatining mas’uliyat doirasini aniq belgilab qo‘yish, ularning o‘zaro samarali munosabatini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Buning natijasida iqtisodiyotimiz manfaatlarini barqaror va ishonchli tarzda qondirib borishga erishildi». Pul sohasidagi munosabatlarning shakllanishi hamda moliya bozorining rivojlanishi respublika tijorat banklari tomonidan o‘tkazilayotgan pul operatsiyalari ko‘lami va turlarining ko‘payishiga hamda iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo'jalik subyektlari uchun respublikamizdan tashqaridagi hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirishga zamin yaratadi.


Yüklə 26,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə