Bu avvalambor qat’iy, shu bilan birga, puxta o‘ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko‘rilgan samarali chora-tadbirlarimizning natijasidir deb ta’kidladi



Yüklə 26,54 Kb.
səhifə5/8
tarix29.11.2023
ölçüsü26,54 Kb.
#143212
1   2   3   4   5   6   7   8
13 pul

5.Inflyatsiya tarixidan
Baholarning o‘sishi va pulning qadrsizlanishi, qadimgi Rim va Xitoydan tortib, o‘rta asrlardagi Yevropa ko‘plab mamlakatlari tarixida tez-tez uchraydigan hodisavoqelikdir. Biroq, “inflyatsiya” atamasining (inflation – pufak, havo bilan to‘ldirilgan) o‘zi Shimoliy Amerikada, 1861-1865yillardagi Fuqarolar urushi davrida paydo bo‘lgan. U bilan muomaladagi pul miqdorining oshishi (o‘sishi)ni belgilashgan. Itisodiy muomala (aylanma)da bu so‘z ancha keyin, 1918 yilda tugagan I Jahon urushidan so‘ng, mustahkam o‘rin olgan. Urush oqibatlaridan qutilish maqsadida ko‘plab mamlakatlarning hukumatlari o‘z xarajatlarini qog‘oz pullarni intensiv ravishda muomalaga chiqarish hisobidan moliyalashtirishgan. Urushda mag‘lub bo‘lgan Germaniya g‘olib mamlakatlarga xorijiy valyutada katta reparatsiya to‘lashga majbur bo‘lgan. Bu mamlakat uchun haqiqiy moliyaviy falokat edi. Nemis hokimiyati valyuta sotib olish uchun yap-yangi zarb qilingan banknotalardan foydalangan. Dastlab, qog‘oz pullar miqdoriga nisbatan baholar pastroq suratlarda o‘sib borgan. So‘ng esa, baholarning “bo‘roniy” (“to‘foniy”) o‘sishi boshlangan. Krizis (inqiroz) o‘zining eng yuqori nuqtasiga chiqqan 1923 yilning noyabrida oziq-ovqat mahsulotlarining bahosi 30 000%ga o‘sgan. Baholarni ko‘rsatuvchi yorliqlarda endi milliard va trillionlarni ifodalovchi raqamlar o‘z aksini topgan edi. Nollar sonining ko‘pligidan odamlar adashib ketadigan bo‘lib qolishgan. Do‘konlardan sotib olish uchun odamlar pullarni jomadon, yo‘l xaltalari va hatto materialga o‘rab ham olib kelishgan. Pullar shunday katta tezlikda qadrsizlanganki, sotuvchilar baholarni ko‘rsatuvchi yorliqlarni, kun davomida, bir necha martaga almashtirishgan. 1923 yilning oxirida o‘tkazilgan pul islohoti inflyatsiya bilan biroz kurashgan bo‘lsa-da, biroq mamlakatdagi iqtisodiy krizis (inqiroz) va aholining qashshoqlashuvi, oxiroqibatda, Germaniyada Gitler hokimiyat tepasiga kelishining sabablaridan biriga aylangan. Bir oyda baholarning o‘sishi 10,0% (50,0%)dan yuqoriligi bilan xarakterlanadigan giperinflyatsiyaga xos bo‘lgan holatlar, XX asr davomida, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bir necha martadan sodir bo‘lgan. Inflyatsiyaning darajasiga ko‘ra “chempion-mamlakat”lar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Vengriya (1946 yil), Argentina (1981 yil), Meksika (1982 yil), Braziliya (1994 yil), Yugoslaviya (1994 yil). 2008 yilda 79 milliard foizli oylik giperinflyatsiya Zimbabveda qayd etilgan. Giperinflyatsiya Rossiyani ham aylanib o‘tmadi. 1990yillarning boshida bu mamlakat iqtisodi og‘ir krizis (inqiroz)ga duchor bo‘ldi. Tovarlar va xizmatlar bahosidan tortib, to ish haqi darajasi va ishlab chiqarish hajmini ham qamrab olgan davlat nazoratiga asoslangan rejali xo‘jalik yuritishning Sho‘roviy modeli amal qilolmay qoldi. Iqtisodni bozoriy printsiplar asosiga o‘tkazish uchun ko‘lamiy islohotlarni amalga oshirish taqozo etildi. Ulardan biri baholarni tartibga solishdan voz kechish (baholarni liberalizatsiyalash) bo‘ldi: 1991 yilning oxirida davlat ko‘plab tovarlar bahosini nazorat qilishni bekor qildi.
Buning natijasida 1992 yilning yanvaridayoq baholar 249%ga, shu yilning yakuni bo‘yicha esa – 26 martaga oshgan. Bu Sho‘rolar davrida jamg‘arilmalarning qadrsizlanishi va aholi turmush sharoitini keskin pasayishiga olib keldi. Biroq, oxiroqibatda, bu va boshqa islohotlar mamlakat iqtisodini bozoriy tus olishiga sabab bo‘ldi. Hozir esa Rossiya Bankining asosiy maqsadi baholar barqarorligini ta'minlash va inflyatsiyaning yillik darajasini 4,0%lik daraja doirasida hamda uni o‘rta muddatli istiqbolda shu darajada bo‘lib turishini ta'minlashdan iboratdir. O‘zbekiston uchun 2003-2018 yillar davomida inflyatsiya darajasi yillar kesimida quyidagi darajalar bilan xarakterlangan: 2003 yilda – 3,8%; 2004 yilda – 3,7%; 2005 yilda – 7,8%; 2006 yilda – 6,8%; 2007 yilda – 6,8%; 2008 yilda – 7,8%; 2009 yilda – 7,4%; 2010 – yilda – 7,3%; 2011 – yilda – 7,6%; 2012 yilda – 7,0%; 2013 – 6,8%; 2014 yilda – 6,1%; 2015 yilda 5,6%; 2016 yilda – 5,7%; 2017 yilda – 14,4%; 2018 yilda – 14,3%.

Yüklə 26,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə