Bu avvalambor qat’iy, shu bilan birga, puxta o‘ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko‘rilgan samarali chora-tadbirlarimizning natijasidir deb ta’kidladi


Inflyatsiyaning sabablari nimada?



Yüklə 26,54 Kb.
səhifə4/8
tarix29.11.2023
ölçüsü26,54 Kb.
#143212
1   2   3   4   5   6   7   8
13 pul

4.Inflyatsiyaning sabablari nimada?
Shunday qilib, inflyatsiya – bu pulning qadrsizlanish jarayonidir. Bu pul uchun faqat miqdor emas, balki vaqt ham undan kam bo‘lgan tavsifga ega ekanligini anglatadi. 1000 so‘mning bugungi qadri (qimmati, qiymati) uning 5 yil oldingi qadridan farq qiladi. Inflyatsiya tufayli pulning qadri (qimmati, qiymati) uzluksiz pasayib boradi. Bunda ba'zi davrlarda inflyatsiya tezlashishi (kuchayishi), ya'ni baholar tez o‘sib (ortib) borishi va aksincha, boshqa bir davrlarda esa sekinlashishi (pasayishi), ya'ni baholar sekin o‘sib (ortib) borishi mumkin. Nega bu sodir bo‘ladi? Buning sababi shundaki, inflyatsiya darajasiga ko‘plab omillar ta'sir ko‘rsatadi. Aholi daromadlarining o‘sishi, kredit hajmining o‘sishi, ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi, importga cheklovlar va hatto hosildorlik ham ana shunday omillarga kiradi. Bir tasavvur qiling: masalan, dukkakli ekinlar dalasini chigirtka bosdi. Bu hosil bir qismining yo‘qotilishi, ichki bozorda donning kamroq sotilishi va bahosining o‘sishiga olib keladi. Natijada non, makaron, go‘sht va sutning (yirik shoxli hayvonlarni boqish uchun don va uni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlardan foydalaniladi) bahosi ham oshadi. Inflyatsiyaga iste'molchi (xaridor)larning xattiharakati ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Agar qandaydir bir tovarni sanoat tezda ishlab chiqarishga qodir bo‘lmasa, o‘sha tovarga nisbatan bo‘lgan ajiotaj talab ham uning qimmatlashuviga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, inflyatsiyaga kelgusida bahoning qanday o‘sishiga nisbatan ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarning kutuvlari ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Agar hamma yuqori inflyatsiyaning sodir bo‘lishini kutayotgan bo‘lsa, u holda odamlar u yoki bu mahsulot va xizmatlar bahosi oshmasdan (qimmatlashmasdan) turib, ularni sotib olishga harakat qiladilar va ko‘proq pul sarflaydilar. Kompaniyalar esa, o‘z navbatida, hozirning o‘zidayoq o‘z tovarlari va xizmatlariga bahoni oshirishga harakat qiladilar. Buning natijasida, haqiqatdan ham, inflyatsiya tezlashadi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yuqori inflyatsiya ular iqtisodining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi o‘tkir muammo hisoblanadi. Daromadlarning qadrsizlanishi aholining turmush darajasini pasaytiradi va jamg‘arilmalarga bo‘lgan stimul7ni yo‘qqa chiqaradi. Kelgusidagi baholarning darajasiga nisbatan noaniqlilik biznes uchun uzoq muddatli qarorlar qabul qilishni murakkablashtiradi. Shuning uchun ham taraqqiy etgan mamlakatlar baholar barqarorligini ta'minlashga harakat qiladilar. Bu mamlakatlarda inflyatsiya past, odatda, yiliga 3%dan yuqori emas. Agar inflyatsiya yuqori bo‘lmasa va uni, ma'lum darajada, oldindan aytib berishning iloji bo‘lsa, u holda odamlar va kompaniyalarga kelajak uchun o‘z daromad va xarajatlarini rejalashtirish, istiqbol uchun jamg‘arilmalar va investitsiyalarni shakllantirish yengilroq bo‘ladi. Banklar esa, o‘z navbatida, pastroq stavkalarda biznes va aholiga kreditlar taqdim etishga tayyor bo‘lishlari mumkin. Bularning barchasi milliy iqtisodning barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Mutaxassis bo‘lmaganlarning inflyatsion jarayonlarni idrok etishlari, biroz bo‘lsa-da, murakkab kechadi. Biroq, o‘z moliyasini savodli va malakali boshqarishni istaydigan har bir kishi8 o‘z qarorlarida inflyatsiyani hisobga olishi va o‘zi uchun uni hisoblashni bilishi kerak. Inflyatsiyaning sabab va oqibatlari to‘g‘risida to‘liqroq ma'lumotlarni olishni istovchilar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy internet sahifasidagi (www.cbu.uz) “Pul-kredit siyosati – Inflyatsiya to‘g‘risida”, - deb nomlanuvchi bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Yüklə 26,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə