Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi reja: Buddaviylik (Buddizm)ning kelib chiqishi. Buddaviylik ta’limoti



Yüklə 4,01 Mb.
səhifə12/13
tarix17.05.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#110894
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
12-mavzu

Hozirgi paytda G’arbiy hamda Sharqiy cherkovlarning rahbarlari ko’p asrli ihtiloflarning ayanchli oqibatlarini bartaraf qilishga intilmoqdalar. Masalan, 1964 yili Rim Papasi Pavel VI va Konstantinopol patriarxi Afinagor ikkala cherkov vakillarining XI asrda aytgan o’zaro qasamyodlarini tarqoqligini bartaraf qilish uchun birinchi qadam qo’yildi.

O’rta Osiyo xalqlari tarixida xristian dini.

Bibliya.


Bibliya, yaxudiylik va xristianlik dinlari ta’limotiga ko’ra, u Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o’zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir.
Uning tarkibiga kirgan yaxudiy diniga talluqli kitoblar ‘Qadimiy axd” deb, xristian talimotiga tegishli kitoblar “Yangi axd” deb nomlanadi. Yaxudiy va Xristian bibliyalari bir-biriga mos kelmaydi. Yaxudiylarning muqaddas kitobi Qadimiy Isroil va Qadimiy Yaxudiylarning diniy ta’limot va urf-odatlari asosida eramizdan avvalgi XIII asrda yozilgan bo’lsa, Xristianlarning kitobi esa eramizning boshlarida vujudga keldi. Yaxudiylar xristianlarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan olmaydilar xristianlar esa yaxudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar.

Bibliya so’zining grekchadan tarjimasi bibliyakitob, o’ram ma’nolarini anglatadi. Xozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66 kitobdan iborat. Yaxudiylarning yana bir diniy mansabi Talmudning xabar berishicha Qadimiy ahdda 24 ta kitob bo’lishi kerak. Qadimiy yaxudiy tarixchisi Iosif Flaviyning aytishicha 22 ta kitob bo’lishi kerak. Protestantlar va yaxudiylar, Trident Soboridan keyin (1545-1563) katoliklar ham qadimiy ahd tarkibiga 45 ta kitob kirgizadilar. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son o’rtisadagi tafovutni keyinchalik ba’zi kitoblar bir necha mustaqil kitoblarga bo’linib ketganligi bilan izohlash mumkin. Maslan, “Musoning besh kitobi” avval bir butun bo’lib, keyinchalik beshta mustaqil kitobga ajratib yuborilgan, “kichik payg’ambarlar kitobi” 12 ta kitobga ajratib yuborilgan.


Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə