Budjet hisobi



Yüklə 5,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/329
tarix30.12.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#165300
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   329
Budjet hisobi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
5.
 
 Moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh hisobchisining 
majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi 
Bosh hisobchi boshchilik qiladigan moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy 
bo’linmalari buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo’linma hisoblanadi. 
Moliya organlari, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarining bosh buxgalterlari 
o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetini ijro etish qoidalarini 
tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar. 
Bosh hisobchi buxgalteriya hodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir hodim uchun 
alohida belgilaydi. Buxgalteriyada hizmat vazifalari funktsional belgilarga qarab 
taqsimlanadi, ya’ni hodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga 
qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi. 
Moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh hisobchisi lavozimga 
tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan tartibda moliya organi rahbarining 
buyrug’iga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilish – topshirish kunida hisob, 
hisobot va arxiv hujjatlarining holatini ko’rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish–
topshirish to’g’risidagi dalolatnoma tuziladi.
Hududiy moliya organlari, G’aznachilik bo’linmalarida ishlarni topshirish va qabul 
qilish yuqori moliya organi, G’aznachilikning bosh buxgalteri ishtirokida amalga oshiriladi.
Quyida misol tariqasida buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to’g’risidagi 
dalolatnomani namunaviy ko’rinishini keltiramiz: 


17 
Moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterining asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
- buxgalteriya hisobini budjet hisobiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan 
holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot 
texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish; 
- buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga 
oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish; 
Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni tuzish masalalari yuzasidan ko’rsatmalar berish 
hamda ular ustidan nazoratni amalga oshirish; 
- budjet mablag’larini, shuningdek, jamg’armalar mablag’lari, budjetdan tashqari 
mablag’larni xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, 
shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat 
qilish; 
- budjet ijrosi jarayonida vujudga keladigan budjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar, 
budjet ssudalari bo’yicha hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish; 
- budjet ijrosi jarayoniga oid moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va 
topshirish; 
- buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova 
hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash; 
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash. 
Moliya organi bosh hisobchisi yuqoridagi vazifa va majburiyatlardan kelib chiqqan 
holda quyidagi huquqlarga ega:
- buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to’g’ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan 
tegishli chora-tadbirlar ko’rishni rahbardan talab qilish; 
- barcha bo’linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar 
va ma’lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish; 
- qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish. 
Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi: 
- buxgalteriya hisobi noto’g’ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va budjet 
ijrosiga oid moliyaviy hisobotlar buzilganda (noto’g’ri tuzilganda); 
- budjet ijrosi jarayoni yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar 
bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda; 
- buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari 
buzilganda. 
Bosh buxgalterga uning hisob va hisobot bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri vazifalarini 
bajarish bilan bog’liq bo’lmagan (taalluqli bo’lmagan) topshiriqlarni berish mumkin emas 
(berilmaydi). Bosh buxgalterga pul mablag’lari va moddiy qiymatliklar uchun bevosita 
moddiy javobgarlik bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni yuklash mumkin emas. Agarda 
buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning belgilangan tartibiga yoki amaldagi 
qonunchilikka zid bo’lgan farmoyish olgan holatda, bu haqda bosh buxgalter yuqori moliya 
organining rahbariga ma’lum qilishi shart. 
Bosh buxgalterga yuklatilgan vazifalarni (majburiyatlarni) amalga oshirish uchun unga 
buxgalteriya hisobi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlar: 
budjetning daromadlari va xarajatlarining choraklar bo’yicha taqsimlangan yillik yoyilmasi 
yoki undan ko’chirma, moliyalashtirish rejalari, buyruqlar, farmoyishlar, moliyalashtirish 
hajmlarining o’zgarganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma-bildirishnomalar va ma’lumotnoma-
xabarnomalar, mahalliy budjet va Jamg’arma budjetining ijro etilishi bilan bog’liq bo’lgan 
boshqa materiallar va hujjatlar o’z vaqtida berib turilishi kerak.
Bosh buxgalterning buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi bo’yicha beradigan 
farmoyishlari moliya organining barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi. 


18 

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   329




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə