Bug’latish Texnologik qism


Temperatura depressiyasi -



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə3/14
tarix21.05.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#111824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Natriy nitrat bug\'latish apparati NNN1[2][1]

Temperatura depressiyasi - . Eritma Te va erituvchilar T qaynash temperaturalari o`rtasidagi farqdir, ya’ni t = Te –T temperatura depressiyasi deb nomlanadi. Eritmalar nazariyasidan ma’lumki, bir xil T temperaturada toza erituvchi ustidagi bug`larining bosimi r, eritma ustidagi bug`larning bosimi re dan har doim ko`p bo`ladi. Yoki bir xil bosimda toza erituvchining qaynash temperaturasi eritmaning qaynash temperaturasidan past bo`ladi.
Eritmalarning temperatura depressiyasi erituvchi va erigan moddalar xossalariga bog`liqdir. Bosim va konstentrastiya ortishi bilan temperatura depressiyasi oshadi. Ko`pincha ushbu ko`rsatkich tajribaviy yo`l bilan aniqlanadi.
Ma’lumki, bug`latkichlarda issiqlik yo`qotilishi oqibatida temperaturalarning pasayish hodisasi yuz beradi. Natijada temperaturalar farqi kamayadi va jarayon intensivligi susayadi. Temperaturalar yo`qotilishi , temperatura depressiyasi , gidrostatik va gidravlik depressiya lar yig`indisiga teng, ya’ni: = + + .
Agar, eritmaning atmosfera bosimdagi temperatura depressiyasi atm ma’lum bo`lsa, istalgan boshqa bosimlardagi depressiya Tishenko formulasidagi tahminan hisoblab aniqlanish mumkin:
(1) [2]

bu erda T - ma’lum bosimdagi toza erituvchining qaynash temperaturasi, K; r - ma’lumki bosimdagi toza erituvchining bug`latish issiqligi, kJ/kg; atm - atmosfera bosimidagi temperatura depressiyasi, oC.


Agar, atm kattaligi bo`yicha tajribaviy ma’lumotlar yo`q bo`lsa, uni bir nechta usul bilan tahminan hisoblab topish mumkin. Biror bosimda eritmaning bitta qaynash temperaturasi ma’lum bo`lsa - Babo, ikkita temperaturasi ma’lum bo`lganda esa - Dyuring yoki Kireev qoidasiga binoan aniqlash imkoni bor.
Babo qoidasiga binoan, biror konstentrastiyali eritma ustidagi bug` bosimining pasayishi (r1 -r2)/r1 yoki r2/r1 temperaturaga bog`liq emas va o`zgarmas qiymatga tengdir:
(2)

bu erda r1 va r2 - erituvchi va eritma bug`larining bosimlari.





Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə