Burun qonashi sabablari va uni to‘xtatish usullari


Umumiy (sistemali) faktorlar



Yüklə 63,11 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü63,11 Kb.
#134716
1   2   3   4
Burun qonashi

Umumiy (sistemali) faktorlar


  • Arterial gipertenziya;

  • Allergiya;

  • Qon tomirlar kasalliklari;

  • Tug‘ma qon tomir patologiyalari;

  • Qon kasalliklari (leykemiya, gemoblastoz, anemiya va boshqalar);

  • Avitaminozlar, ayniqsa C va K vitamin yetishmovchiligida;

  • Alkogolli ichimliklar ichganda qon tomirlar kengayadi, shu bilan birga burun qon tomirlari ham;

  • Yurak kasalliklari, yurak yetishmovchiliklarida;

  • Biriktiruvchi to‘qima patologiyalarida;

  • Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni noto‘g‘ri qo‘llash yoki ularning nojo‘ya ta’siri natijasida;

  • Gemofiliya – qon ivish xususiyatining buzilishi;

  • Gemorragik diatezlar;

  • Buyraning og‘ir kasalliklari;

  • Jismoniy zo‘riqish;

  • Xavfli infeksion kasalliklar, OIV infeksiyasida;

  • Homilador ayollar organizmi gormonal qayta qurilishida.

Burun qonaganda birinchi yordam ( Shifokorgacha bo‘lgan )


Burundan qon ketganda boshni ortga tashlash mumkin emas! Aksincha, boshni va tanani biroz oldinga egish, burunni siqish kerak. Burun sohasiga muz bosish zarur.
HealthPrep.com
Burundan qon ketishi shifokor kelgunga qadar to‘xtatsa ham bo‘ladi, uning uchun quyidagi manipulyatsiyalarni qadamma qadam bajarish kerak:
Birinchi navbatda odamni o‘tqizish va boshini biroz oldinga egish kerak, shunda qon oqishini ta’minlaysiz. Agar bemor o‘tirishga holi bo‘lmasa, uni yotqizib boshini balandroq qilish va boshini yon tomonga qaratib qo‘yish zarur.
Xalq orasida keng tarqalgan usul boshni ortga tashlash qat’iyan man qilinadi. Uning oqibatida qon oshqozonga ketib qolishi va inson qayt qilishi mumkin, eng xavflisi qon nafas yo‘llariga ketib qolib aspiratsiyaga olib keladi.
Toza havo kirishini ta’minlash zarur (oynani ochish, yoqa tugmalarini bo‘shatish).
Burun sohasiga muz solingan haltachalar qo‘yish, agar qon ketishi to‘xtamasa, yengilgina muz bilan burunni siqish (5-10 daqiqa davomida) kerak. Burunni qoqish mumkin emas. Og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan qonni, shunchaki, tuflab tashlash lozim.
Agar yuqorida sanab o‘tilgan chora tadbirlar yordam bermasa paxta yoki steril bint bilan tomponada qilish mumkin. Bintni 1,5 % li vodorod peroksidi eritmasiga shimdirish yoki qon tomirni toraytiruvchi preparatlar Sanorinom, Naftizin, Tizin bilan ho‘llab, uni qon to‘xtagunga qadar burunga joylashtirib qo‘yish kerak.
Agar qon ketishi shilliq qavatlarning qurishi bilan kechayotgan bo‘lsa, tamponni vazilin bilan shimdirish kerak. Shilliq qavat yumshashi qon ketishini to‘xtatadi.

  • Agar burundan qon ketishi issiq urishi bilan boshlangan bo‘lsa, bemorni salqin xonaga, shamol aylanishi yaxshi bo‘lgan joyga o‘tqizib, peshona, yuz sohalariga namlangan sochiqchalar qo‘yish, burunga esa muz bosish zarur.

  • Burunning shikastlanishidan anatomik tuzilishi buzilishi natijasida ko‘p qon yo‘qotganda, o‘zingiz to‘xtatishga harakat qilishingizga qaramay qon oqishda davom etaversa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Burun sohasiga esa vaqtinchalik muz qo‘yish lozim.

  • Yüklə 63,11 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə