Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 BUXGALTERIYA HISOBINI MAKTABLARI HAQIDA



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/285
tarix16.02.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#100922
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   285
7. BUXGALTERIYA HISOBINI MAKTABLARI HAQIDA 
Buxgalteriya hisobini tadrijiy rivojlanishi jarayonida uning maktablari ham 
shakillanib bordi. Olimlarning E’tirof etishlaricha
29
buxgalteriya hisobini tashkil 
qilish va takomillashtirish borasida italg’yan, frantsuz, nemis va angliya - amerika 
maktablari mavjuddir. Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu 
maktablarning qarashlari bir-biriga o’xshamaydi. Ularning ta’limotlarida 
buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, italyan 
maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va huquq, frantsuz 
maktabi vakillari aniq siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari matematika, 
28
. Anor suvi birinchidan, inson badaniga tez singib qonga aylanib quvvat bo’ladi, ikkinchidan, badanga rohat baxsh 
etib, asablarni tinchlantiradi 
29
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991. 263-265 betlar. 


22 
angliya-amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. SHu sababli 
buxgalteriya hisobi fanining vazifasi, predmeti, obhekti, usul va uslubiyoti, 
tamoyillari va tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari ham turlicha. Buyuk 
Britaniya buxgalterlar maktabining namoyondalari Angliya iqtisodiyotida faoliyat 
ko’rsatayotgan firma va kompaniyalarida tashkil qilingan buxgalteriya hisobi 
usullari rahbarning feol-atvoriga hamda dunyo qarashiga bog’liqligini ko’rsatib 
o’tadilar. SHu sababdan ham angliya - amerika buxgalteriya hisobi maktablarida 
yagona uslubiyotga amal qilinmaydi. Ular Angliya iqtisodiyotida faoliyat 
ko’rsatayotgan firma va kompaniyalarda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ikki xil 
mazmunga ega bo’lishi va biri tadbirkor uchun, ikkinchisi xukumat tashkilotlari 
uchun hizmat qilishini aytadilar. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlarida muhimlik 
va aniqlikni yo’qligi tufayli Angliya firma va kompaniyalari tez-tez bankrotga 
uchraydi. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlarida muhimlik va aniqlik tamoyilini 
amal qilmasligi sababli bu davlatda audit va uning rivojlanishiga alohida ehtibor 
beriladi. 
Mustaqillik davrida Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik – texnologik jihatdan 
qayta jihozlashni amalga oshirish tufayli alohida yo’nalishga ega bo’lgan hisob 
tizimi tarkib topa boshladi. Bunday hisob tizimining asosiy bo’g’ini hisoblangan 
buxgalteriya hisobi ham milliy iqtisodiyotimizning o’ziga xos xususiyatlari va 
xalqaro standartlarga mos holda rivojlanib bormoqda. Mulkiy munosabatlarning 
erkinlashuvi tufayli iqtisodiyotimizda faoliyat ko’rsatayotgan barcha xo’jalik 
yurituvchi subhektlar mustaqil o’z-o’zini boshqarish tamoyiliga o’tdi. Erkin 
iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishining muhim hamda ajralmas qismi 
hisoblangan xo’jalik yurituvchi subhektlarda ishlab chiqarishni boshqarishda 
ularning mablag’lari va tashkil topish manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar katta 
ahamiyatga egadir. Bunday ma’lumotlar xo’jalik yurituvchi subhektlarda tashkil 
qilingan buxgalteriya hisobi tizimi orqali yetkazib beriladi. 
Ma’lumotlarning qay darajada aniq, haqqoniy va xolisona bo’lishi tashkil 
qilingan buxgalteriya hisobi tarkibiy tuzilishining sifatiga bog’liqdir. Boshqa fanlar 


23 
kabi buxgalteriya hisobi ham jamiyatdagi o’zgarish va rivojlanishlarga mos holda 
takomillashib boradi. 
O’zbek milliy maktabining shakllana boshlaganiga hali ko’p bo’lgani yo’q. 
Bu qisqa davr ichida respublikamizda buxgalteriya hisobi tizimining shakllanib 
borishida xukumatimiz, olimlarimiz, mutaxassislarimiz tomonidan ko’plab 
uslubiy, ilmiy, nazariy, amaliy ishlar amalga oshirildi. Masalan, 1996 yil 30 
avgustda buxgalteriya hisobi tizimining huquqiy asosi hisoblangan O’zbekiston 
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi Qonuni, Vazirlar 
Mahkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan “Mahsulot 
(ish,xizmat)ni ishlab chiqarish va uni sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida” Nizom qabul qilindi
Buxgalteriya hisobi Milliy andozasining 24 ta standarti ishlab chiqildi va 
amaliyotga joriy qilindi. O’zbekistonda buxgalteriya hisobining Toshkent 
(namoyondalari: professor S. Qodirxonov, professor S .Valiev, professor S. 
Sotiboldiev, professor S. Yuldashev, professor I. Karimov, professor R. Xolbekov, 
professor A. Tuychiev va boshqalar), Samarqand (professor R. Abdullaev, 
professor K. O’rozov, professor M. Pardaev), Farg’ona (professor D. Qudbiev, 
professor I. Ismanov, professor A. Abdullaev) milliy maktablarini ajratib ko’rsatish 
mumkin.
O’zbek buxgalteriya hisobi maktabining shakllanishida professor Saidkarim 
Boboxonovich Qodirxonovning qo’shgan hissasi juda kattadir. Domla 
birinchilardan bo’lib, 1970 yilda “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” nomli darslikni 
rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qildi, 1976 yilda “Sanoatda korxonalarida 
buxgalteriya hisobi” nomli darsligi o’zbek tilida bosmadan chiqdi. Jamiyatdagi 
iqtisodiy islohotlarni hisobga olgan holda 1993 yilda bu darslik qayta nashr qilindi. 
Hozirda bu o’quv-uslubiy qo’llanmalar O’zbekistonda buxgalter kadrlarni 
tayyorlashda asosiy manba bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Professor Saidkarim 
Boboxonovich Qodirxonov jonkuyar ustoz sifatida ko’plab shogirdlar tayyorladi. 
Ular O’zbukiston iqtisodiyotini turli sohalarida samarali faoliyat yuritib 
kelishmoqda. Xususan: pensioner Galina Petrovna Grankina, O’zbekiston 


24 
qahramoni, iqtisod fanlari nomzodi SHukurjon Mamatqulov, TDIU “Buxgalteriya 
hisobi va audit kafedrasi” mudiri, , iqtisod fanlari doktori, professor Rasuljon 
Xolbekov, Farg’ona filoyati, Farg’ona tumani hokimi, iqtisod fanlari doktori 
Ilhomjon Nosirov, Farg’ona politexnika instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” 
kafedra dotsenti Najmiddin Toshmamatov va boshqa kuplab ilim ahillari. 
Professor Saidkarim Boboxonovich Qodirxonovning bevosita tashabusi 
bilan 1992 yili “O’zbekiston Buxgalterlar Assotsiatsiyasi” tashkil qilinda. 
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobini rivojlantirshda va milliy hisobchilikni barpo 
etishda kuplab yutuqlarga erishdi Hozirgava assotsitsiya tashabusi bilan 
buxgalteriya hisobining 24 andazasi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etildi. 
Natijada milliy hisobchilik tizimi halqaro andazalar asosida modernizatsiya qilindi. 
Professor Saidkarim Boboxonovich Qodirxonov bir nechta Respublika va Butun 
Ittifoq ilmiy anjumanlarini tashkilotchisidir. 

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə