Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 HISOB ISHLARIDA IKKI YoQLAMA YoZUVNI PAYDO BO’LISHI VA



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/285
tarix16.02.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#100922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   285
 
3. HISOB ISHLARIDA IKKI YoQLAMA YoZUVNI PAYDO BO’LISHI VA 
RIVOJLANISHI 
Hisob ishlarida ikki yoqlama yozuv hisob yuritish ishining eng 
takomillashgan usuli sifatida 1494 yillarda frantsuz monaxi Luki Pachola 
tomonidan asoslangan bo’lib, shu davr ichida harakatda. Uning mohiyati shundaki, 
sodir bo’lgan iqtisodiy hodisalik ham tarkibi ham kelar manbayi bo’yicha bir xil 
summalarda aks ettiriladi. Ulug’ nemis shoiri Gyoto ikkilamchi buxgalteriyani 
“..insoniyat idrokining birdan bir eng ajoyib ixtirosidir” deb ataydi. Mashhur 
sotsiolog va iqtisodchi olim Verner Zombart ikki yoqlama yozuv “Galiley va 
Тошмаматов. Нeкоторыe тeоритичeскиe aспeкты мeтодa бухгалтерского учёта Мeждунaродный журнaл 
Тeоритичeскaя i прaктичeскaя нaукa №11, 2018 год,


14 
Ng’yuton sistemasi kabi ko’tarinkilik bilan hayotga kelgan”, deb hisoblaydi. SHu 
davrda u shaklan o’zgargan bo’lishi mumkin, lekin mazmunini saqlab qolgan.
Xo’jaligi hisobining buxgalteriya hisobiga xos bo’lgan ikki yoqlama yozuv 
tamoyilining asoschisi Luko Pacholo o’zining “Schyotlar haqida risola” nomli 
asarida buxgalteriyada bajariladigan ishlar tartibini yoritgan. Bu risolada buxgalteri 
hisobining xususiyati va tamoyillari nazariy jihatdan asoslab berilmagan. Luko 
Pachola va undan keyin yillar davomida iqtisodiy voqealiklar sodir bo’lish vaqtida 
og’zaki ko’rsatmalar asosida hisobga olingan.
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi adabiyotlarda ikki yoqlama yozuv 
mohiyatini xo’jalik operatsiyalari tahsirida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni 
schyotlar tizimi bilan o’zaro aloqador holda aks ettirish usuli, deb dogmalashtirilib 
izohlanadi. Bu masalada ilmiy izlanishlar deyarli yo’q. Schyotlarda ikki yoqlama 
yozuvni moddiy asosini yaxshi bilish schyotlar va ikki yoqlama yozuv tizimi 
mohiyatini osonroq tushunishga imkon beradi. 
Har qanday ilmiy asoslashda, hodisani o’zini yoki uning tashqi mohiyatini 
tushuntirish yoki ochish bilan cheklanmasdan, shu bilan birga shu hodisani paydo 
bo’lish sabablarini ko’rsatish va uning ichki aloqalar qonuniyatlarini bilish zarur. 
Bu esa, o’z navbatida, hodisaga nazariy asos berish kerakligini bildiradi. 
Ikki yoqlama yozuv tamoyilini qanday amalga oshirilishini nazariy jihatdan 
asoslashda va uning mazmunini yoritishda, sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyalarini 
bir schyotning debetiga va ikkinchi bir schyotning kreditiga yozishni moddiy asosi 
nimada ekanligiga va bu yozuvlarni teng summalarda amalga oshirish kerakligini 
qanday obektiv zaruriyat taqoza etganligi asos qilib olinadi. Bundan ko’rinib 
turibdiki, birinchidan, gap qiymatda hisobga olish va ikkinchidan, har qanday 
xo’jalik operatsiyasi pul ifodalarida teng summalarda qayd qilinishi to’g’risida 
bormoqda. Bu belgilar tovar ishlab chiqarish sharoitida buxgalteriya hisobini 
tashkil qilishni nazarda tutadi. 
Ma’lumki, tovar ikki xil xususiyatga ega, birinchidan isteomol qiymatiga, 
ya’ni odamlarni isteomolini buyum sifatida qondirish, ikkinchidan, almashuv 
qiymatiga, ya’ni boshqa tovarlar bilan teng almashtirish. Tovarlar isteomol qiymati 


15 
jihatidan turlicha, ammo qiymat jihatdan bir xil taqqoslanadi. CHunki tovar 
abstraktlashgan ijtimoiy-zaruriy mehnat xarajati sifatida namoyon bo’ladi. 
Tovarlarni bozorda ayriboshlash qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.
Ayriboshlashda doim ikkita mulkdor ishtirok etadi, birinchi, tovar egasi – 
sotuvchi, ikkinchi, puldor – sotib oluvchi. Tovar ishlab chiqaruvchi bozorda 
sotuvchi sifatida namoyon bo’lganda, uning xo’jaligidagi tovar pulga almashadi, 
qachonki u xaridor sifatida namoyon bo’lsa, uning xo’jaligidagi pul tovarga 
aylanadi. Bunday o’zgarish ayriboshlashning ekvivalent kuchiga teng qiymatlarda 
kechadi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi ayriboshlash jarayonini amalga oshirish 
uchun unda qancha, qanday tovarlar va qancha puli borligini doimo bilishi kerak. 
Axborotlar oqimining ko’pligi tufayli tovar va pullarda sodir bo’ladigan hamma 
o’zgarishlarni yodda saqlab bo’lmaydi. SHuning uchun tovarni pulga, pulni 
tovarga aylanishini bilgan har bir mulkdor pullar va tovarlar schyotini alohida – 
alohida olib boradi. SHu bilan birga har xil tovarlar schyotlarini ham alohida olib 
boradi, chunki bitta tovarni sotsa, ikkinchi bir tovarni sotib oladi.Har bir korxona 
bir holatda sotuvchi, yana bir holatda sotib oluvchi rolini bajaradi. Har ikkala 
holatda ham uning xo’jaligida tovarlar kamayib pullar ko’payadi, yoki teskarisi, 
pullar kamayib tovarlar ko’payadi. Pullarda va tovarlarda sodir bo’ladigan 
o’zgarishlarni qayd qilish ikkita o’lchovlarda, ko’payish yoki kamayish, sifatida 
qayd qilib borish bilan ifodalanadi. Binobarin, xo’jalik muomalalarining 
matematik ifodasi qarama-qarshi, ikki xil qiymat bo’yicha qayd qilinar ekan 
(plyus, minus), unda ularning yozuvini ham ketma-ket shu bilan birga birini 
ikkinchisidan alohidalangan holda olib borish zarur.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə