Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 KITOBDA HISOB YURITISHNI PAYDO BO’LISHI VA



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/285
tarix16.02.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#100922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285
2. KITOBDA HISOB YURITISHNI PAYDO BO’LISHI VA 
RIVOJLANISHI 
“Buxgalter” so’zi nemischa “
Bux-kitob va Halter–ushlovchi”
so’zlarining 
birikmasidan olingan bo’lib, kitob yurituvchi mahnosini anglatadi. SHunga ko’ra 
buxgalteriya so’zidan kitob yurgizadigan joy, buxgalter so’zidan esa, kitob 
yurituvchi shaxs mahnosida foydalanib kelinmoqda. Bu ibora (buxgalter atamasi) 
13
Paryzinski zdzislaw. Prekursozi zawodu ksiegowego. Rachunkowosc/ 1970.-№1, с. 12. 
14
Paryzinski zdzislaw. Prekursotzizawodu ksiegowego. Rachunkowosc/ 1970.-№1, 12 б.
15
Melis. Storia Della Ragioneria. – Bologna. 1950. 312 б.
16
Betriebswirtschaft. 1982. - №2.54-55 б. 
17
Tessier Andre. Documents komptables de la France antique. Revue 1964/ -№53. Галаган А.М. Общее 
счетоведение. Вып. 1. – Москва, 1930 год. 
18
Guo Daoyang. The Historical Contributions of Chinese Accounting. Accounting Historiahs Hotebjok.1989, №2 


11 
X1 asrda paydo bo’lgan. Ammo buxgalteriya hisobining kelib chiqishi va 
rivojlanishi uzoq tarixga borib taqaladi. 
Kitob yuritish haqidagi ta’limot Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga
bundan yaqin 1500 yil muqaddam Ollohdan vaxiy kelgan. “Baqara” surasining 
282 oyatida Olloh shunday marhamat qiladi

“Ey mo’minlar, bir-biringiz bilan qarz 
muomilasini qilsangiz, yozib qo’yinglar! Oralaringizdan bir kotib adolat bilan 
yozsin! Parvardigori bo’lmish Ollohdan qo’rqsin va u qarzdan biror narsa 
kamaytirib yozmasin! Zimmasida qarzi bo’lgan kishi yozdirsin! Hech bir kotib 
Alloh bildirgan yozishdan bosh tortmasin, albatta yozsin!” Ushbu oyatning 
mahnosidan ko’rinib turibdiki, yozuv kitob yoki daftarga qilinadi, chunki alohida 
varaqqa qilingan yozuvlarni saqlash qiyin va yo’qotish oson bo’ladi.
Tarixiy manbaolarda E’tirof etilishicha Xitoyda hisob ishlarini tashkil 
qilishning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari aniqlangan. Eramizning 7-13 asrlariga
kelib Xitoyda moddiy qiymatliklarni hisobga olishning rivojlangan tizimi yuzaga 
kelgan. Hisob xodimlarining faoliyati qiymatliklarning kirimi, chiqimi va qoldig’i 
aks ettiriladigan uchta bo’limga muvofiqlashtirilgan. Birinchi va ikkinchi bo’limda 
faoliyat olib borgan xodimlar moddiy qiymatliklarning harakatini hisobga olish 
bilan shug’ullanishgan, uchinchi bo’limdagilar esa, inventarizatsiya utkazgan, 
moddiy qiymatliklarning naturadagi miqdorlarini aniqlashgan. Lekin ularning 
hisob ma’lumotlarini bilishmagan. Haqiqiy holatdan faqat yuqori administratsiya 
xabardor bo’lgan.
Xitoyda moddiy qiymatliklarni hisobga olishda turt ustunli nomi bilan 
atalgan tizimidan foydalanilgan:
K– CH ═ Qb - Qo, 
Qaerda:
Q – kirim; 
CH – chiqim; 
Qb – boshlang’ich qoldiq; 
Qo - keyingi qoldiq. 
Buxgalteriya hisobi bo’yicha Xitoyning hozirgi olimlari bu formulada ikki 


12 
yoqlama yozuvning asoslari mavjudligini E’tirof etishgan.
Gretsiya va Rimda hisob registrlarining ancha rivojlangan va takomillashgan
- kitob shakli uchraydi. SHarara - Russo
19
greklar hisob yuritishda ikkita 
registrdan, jurnaldan va kitobdan, rimliklar esa, shu tajribadan foydalanishgan deb 
taxmin qilgan.
Buxgalterlik lavozimi imperator Maksimilianning 1498 yil 13 fevralda 
chiqargan buyrug’iga binoan birinchi bo’lib, Insburk schyotlar palatasininng ish 
yurituvchisi Xristofor SHtexerga berilgan. Buyruq Vena davlat muzeyida 
saqlanmoqda. 1498 yildan boshlab “buxgalter”, “buxgalteriya” degan terminlar 
eski nomlarini asta-sekin siqib chiqarib, hamma joyga tarqala boshladi. Bu 
terminlar Rossiyada 1732 yildan qo’llana boshladi. 1732 yil 11 sentabrda 
Kommers – Kollegiyaning buyrug’i bilan Peterburg bojxonasida birinchi buxgalter 
etib Gollandiyalik savdogar Timmerman tayinlangan. Hozirgi vaqtda buxgalter 
ma’lum huquq, burch va majburiyatlarga ega bo’lgan boshqaruv xodimi 
hisoblanadi. Bajarayotgan ishlari va egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter va 
bosh buxgalter bo’lishi mumkin. Katta buxgalter - buxgalteriyaning 
bo’limi(guruh)ni boshqaradi. Bosh buxgalter buxgalteriyani barcha bo’limlarini 
boshqaradi. Buxgalterdan nafaqat buxgalteriya hisobini bilishlik, balki ishlab 
chiqarishning biznes-rejalarini tuzishni, moliyaviy va boshqaruv faoliyatni tahlil 
qilishni, korxona faoliyatining barcha sohalarni chuqur bilishlik va boshqaruv 
qarorlarini qabul qilishida faol qatnashish talab qilinadi.
Buxgalteriya hisobi har qanday korxonaning iqtisodiy siyosatini 
shakllantirishning yagona mexanizmi bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobini 
paydo bo’lish va rivojlanish tarixi haqida iqtisodiy adabiyotlarda turli xil qarashlar 
mavjud
20
.
19
Charara-Rousseau J. Levoolution de la comptabilite a partie double. Revue Francaise de comptabilite. 1963, № 47. 
20
Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991. Paryzinski zdzislaw. 
Prekursozi zawodu ksiegowego. Rachunkowosc/ 1970.-№1, Melis. Storia Della Ragioneria. – Bologna. 1950, 
Betriebswirtschaft. 1982. - №2, Tessier Andre. Documentskomptables de la France antique. Revue 1964. №53, Guo 
Daoyang. The Historical Contributions of Chinese Accounting. Accounting Historiahs Hotebjok.1989, №2, Guo 
Daoyang. The Historical Contributions of Chinese Accounting. Accounting Historiahs Hotebjok.1989, №2, 
Charara-Rousseau J. Levoolution de la comptabilite a partie double. Revue Francaise de comptabilite. 1963, № 47, 
Bedford N., Bolduene B. A communication theori approachto accoutanci. The accouting Review. -1962- V. 37. - № 
4. 133., Nажмиддин Toshmamatov Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik. “Navruz”. 2017 yil 380 bet., Н. 


13 
O’zbekistonda oliy ma’lumotli buxgalterlar Toshkent, Samarqand va 
Farg’ona maktablarida, o’rta maxsus ma’lumotli buxgalterlar Respublikaning 
barcha viloyatlarida ko’plab tashkil etilgan kollejlarda va texnikumlarda 
tayyorlanadi.
Buxgalteriya hisobi hisob ishlarining yuqori darajadagi shakli bo’lib, tarix 
asirlar davomida uning oldiga usha davr bilan bog’liq bo’lgan turli mazmundagi 
masalalarni qo’ydi va qo’yib kelmoqda. Buxgalteriya hisobi ilmiy kategoriya 
majmuasi va schyot yuritish tizimi sifatida korxonalarda tashkil qilinadigan 
buxgalteriya va uning apparati bajaridigan ishlar doirasini belgilab beradi.
Hisbchilik insoniyatni ongli rivojlanishi jarayonining mahsuli sifatida uning 
o’ziga xizmat qiladi. SHuning uchun hisobchilikning paydo bo’lishi va tarixiy 
rivojlanishi olamni va insoniyatni paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan chambarchas 
bog’liq deb hisoblaymiz.
Buyuk 
Ovrupalik 
iqtisodchi 
olim 
B. 
Solazano 
tahkidlaganidek: 
“Buxgalteriya hisobi barcha fanlar va sanahtlardan yuqori turadi, chunki hamma 
unga muhtojdir u esa hech kimga muhtoj emas. Buxgalteriya hisobisiz dunyoni va 
jamiyatni boshqarish mumkin emas, usiz odamlar bir-birini tushuna olmaydi”. 

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə