Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Hisobchilik insoniyatni paydo bo’lishi va rivojlanishi kabi o’zoq tarixga



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/285
tarix16.02.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#100922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285
Hisobchilik insoniyatni paydo bo’lishi va rivojlanishi kabi o’zoq tarixga 
ega bo’lib, iptidoy odamlarning so’z leksikonlarida “seniki” va “meniki” 
so’zlarining paydo bo’lishi va mehnat taqsimoti bilan bog’liq.
Arxeologlarning tasdiqlashlaricha eramizgacha bo’lgan 4-3 ming yilliklarda 
mehnat unumdorligini o’sishi va uning ixtisoslashuvi natijasida ishlab 
chiqaruvchilar bozorda ayriboshlash uchun ham mahsulot ishlab chiqara 
boshlashdi. Natijada jamoa va shaxsiy mulkchilikni o’rniga xususiy mulkchilik 
shakillana boshladi. Dastlab shaxsiy mulk bahzi bir oziq-ovqat mahsulotlari, 
hunarmadchilik buyumlari, xo’jalik anjomlari va qurol aslaha, chorvo bilan 
shug’ullanadigan xalqlarda esa, chorva hayvoni sifatida jamg’arilgan. Bu davrga 
kelib ayriboshlashni paydo bo’lishi va rivojlanishi jamg’armalarni natura 
shaklidagi isteomol qiymatda emas, balkim usha joylarda umum qabo’l qilingan
pul vazifasini bajaradigan qimmatbaho buyumlar ekvivalenti sifatida ham 
saqlashgan.
Hisob yuritish texnikasi, hisob registiri bilan farq qilgan. Asrlar davomida 
hisob registrlari hisobga olish texnikasini belgilab bergan va hisob haqidagi 
fikrlarga tahsir etgan. Qadimiy Yegipetdagi dafn qilinganlarga tegishli bo’lgan 
buyumlarda tugmasimon, turtburchak va tsilindrsimon
11
belgilar borligi 
aniqlangan.
Hisob yuritish kategoriya sifatida dast avval savdo bilan shug’ullanuvchi 
(savdogarlar) faoliyatida mavjud bo’lgan. Keyinchalik, kishilik jamiyatining 
iqtisodiy rivojlanishi jarayonida, ishbilarmon odamlar doirasda, muxandislar 
hamda korxonalarni boshqaruvchilar faoliyatiga kirib bordi.
Siniflarni paydo bo’lish davrida, malakali yoki past malakali savdogarlarni 
paydo bo’lishi, uchinchi yirik mehnat taqsimotini yuzaga keltirdi
12
. Masalan, 
eramizdan oldingi 4 minginchi yilda Old Osiyoning Fors qo’ltig’i hududidagi 
Yefrat va Yulbars daryolarini qo’yi oqimidagi vodiyda joylashgan SHumerda
3600 yil ilgari savdo bilan shug’ullanuvchi tabaqalar paydo bo’lgan va tez suratlar 
11
В. П. Алексеев ва А. И Першиц История первобытного общества. М., «Астрель», 2007 год, стр. 261-262. 
12
В. П. Алексеев ва А. И Першиц История первобытного общества. М., «Астрель», 2007 год, стр. 267. 


10 
bilan rivojlangan. Ular junatgan tovarlarini sifat va miqdorini hisobga olishda 
ichiga sharchalar solingan chiroyli qilib ishlanggan loy idishlardan foydalanilgan. 
Usha yerda eramizdan 3200 yil oldin loydan yasalgan jadvallarda yoki bambuk 
daraxtining pustlog’ida hisob yuritila boshlangan
13
.
Ovrupalik olimlar birinchi savdo muomilalari eramizdan avval 3600 yil 
muqqadam SHummerda toshlarda qayd etilganini yozishgan
14
. Keyinchalik 
eramizdan avval 3200 yillardan boshlab u yerda loydan va papiruslardan 
tayyorlangan jadvallarda hisob ishlari olib borilgan
15
. Bu jadvallar asosiy hisob 
registiri bo’lib hisoblangan. Hisob ma’lumotlarini tashuvchi boshqa vositalar ham 
mavjudligi topilgan, xususan, 1897 yili eramizdan 5000 yil avval schyotlarni olib 
borish uchun fil suyaklaridan yasalgan jadvallardan, temir va sopol idishlardan 
foydalanilganlk ham aniqlangan: misol, qadimiy Hindistonda birlamchi hujjat 
vazifasini bajaruvchi mayda toshchalarni krujkalarga solib hisob yuritishgan
16

Gretsiya va Rimda asalari mumi jadvallaridan, misdan tayyorlangan doskalardan
teridan, matodan, papirus va pergamentlardan, Galida - keramikadan tayyorlangan 
plitkalardan va kulolchilik qalamchalaridan foydalanishgan
17

Buxgalteriya hisobi bo’yicha bahzi bir tarixiy adabiyotlarda duniyoning 
SHarq mintaqasida hisob ishlarini tashkil qilish Ovrupa davlatlariga nisbatan ancha 
yillar oldin, eramizdan avvalgi 8000 yillarda, mavjud bo’lganligi ham bashorat 
qilingan
18
.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə