Buxgalteriya xisobi va audit



Yüklə 313,78 Kb.
tarix27.04.2023
ölçüsü313,78 Kb.
#107195
#15 Javoblari Makroiqtisodiyot



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“BUXGALTERIYA XISOBI VA AUDIT” FAKULTETI


«IQTISODIY XAVFSIZLIK » KAFEDRASI
Fan: “MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT”
ORALIQ NAZORAT
Yozma Ish varianti-15

Bajardi:J.D.Umarkulov


Tekshirdi: A.T.Umirov
Toshkent-2023
Yozma Ish Varianti-15
1. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari va importni kvotalar orqali tartibga solish.
2. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli
3. To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari.
Javoblar:
Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar orqali tartibga solish.
Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi. Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir tomondan, milliy ishlab chiqarishni S0 dan S1 gacha oʻsishini ta’minlasa ikkinchi tomondan, iste’molning mutlaq kamayishiga olib kelmaydi. Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi. Subsidiya sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi Pd, jahon narxlari Pw darajasiga teng. Shuning uchun, haqiqiy iste’mol hajmi D0 ga teng. Tarif kiritilgan sharoitda esa u D1 gacha kamaygan boʻlar edi. Mamlakat farovonligidagi mutlaq yoʻqotish esa «b» sohasidangina iborat boʻladi. Ayni paytda ishlab chiqarishga berilgan bevosita subsidiyalar ishlab chiqarish xarajatlarining samarali taqsimlanishini kafolatlamaydi, chunki aynan qaysi tarmoqni xalqaro raqobatdan himoya qilishni bilish qiyin boʻladi. Subsidiyalarni joriy qilgandan soʻng ularni bekor qilish qiyin boʻladi, raqobat muhiti yoʻqoladi hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi kuchayib boraveradi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartibga solish, bandlik darajasini oshirish va yalpi talabni qondirish maqsadida fiskal va pulkredit siyosatlari qoʻllaniladi. Ushbu siyosatlarni qoʻllashdan asosiy maqsad mamlakat ishlab chiqarishini xalqaro raqobatdan himoya qilish, ishsizlik darajasini eng past holatga keltirish va xalq farovonligini oshirishdan iborat.
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga koʻra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - huquqiy koʻrinishga ega boʻlishi mumkin. Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani hisoblanadi. Litsenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya opyeratsiyalarini oʻtkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. Oʻzbekistonda litsenziyalar faqat davlat roʻyxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan. Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi iqtisodiy taqchillik oʻsishining toʻxtash hamda savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi. Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar yordamida joylashtiriladi.
1. Ochiq auksion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan ishlab chiqaruvchilarga berishi
2. Afzal koʻrish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chiqarish hajmi jihatdan yirik boʻlgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart va talablarsiz beradi
3. Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va resurslarga ega boʻlgan firma va kompaniyalarga beradi
Mahsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va importiga litsenziyalar berish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank. Moliya operatsiyalarini oʻtkazishga litsenziyalar asosan Respublika Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan oʻz va xorijiy banklarga, moliya muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va uning tashqarisida chet el valyutasi bilan operatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy moliya-kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish huquqini beradi. Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng qoʻllaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi boʻyicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash toʻlov balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda oʻzaro kelishuvga erishish uchun qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda kvotalash xalq iste’moli mollarini va strategik xomashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qoʻllanilmoqda. Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini tartibga solishda ham qoʻllaniladi. Koʻpgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar oʻrnatadi. Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan koʻproq qoʻllanilishiga ikkita sabab bor:
1. Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish maqsadida kvotalarga e’tiborni qaratishga majbur boʻladi.
2. Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar joriy qilishni qoʻllaydi. Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonroqdir. Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga koʻproq mos keladi. Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan koʻriladigan farovonlikdagi yoʻqotishlar ikki holatda katta boʻladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukmronligi darajasini oshiradi. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtiriladi.
Iqtisodiy o`sishning E.Domar modeli
Iqtisodiy o`sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko`payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o`sish modellari ham real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko`rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi.
Iqtisodiy o`sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha:


1. ularning barchasi Keynsning yalpi talb to`g`risididagi bosh g`oyasiga tayanadi. Ya‘ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan
iqtisodiy o`sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e‘tiborga olinmaydi;
Keynscha iqtisodiy o`sish modelidan soddarog`i 40-yillarda E. Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi.
Keyns o`z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta‘sirini qrgangani o`oldaa, yalpi taklifga ta‘sirini ko`rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarn barqaror xolatida ushlab turadi, nvestitsion lag «0» ga teng, kapital quyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi.

E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya‘ni investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta‘sir ko`rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarldar taklifini oshiradi . Shunday ekan, yalpi talabning o`sishi yalpi taklifning o`sishiga teng bo`lishi uchun investitsiyalar qanday o`sishi kerak degan savol paydo bo`ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o`z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi:
1. taklif tenglamasi;
2. talab tenglamasi;
3. talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga qo`shimcha o`sishini ko`rsatadi . Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I o`ssa, yalpi ishlab chiqarish ΔK α miqdorga o`sadi:

To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish usullari va muammolari.
To`lov balansi muvozanatini ta’minlash uchun joriy hisoblar va kapital harakati qoldiqlari bir-birini aynan qoplashi zarur boladi. Markaziy Bank valyuta
intervensiyasini amalga oshirish chorasini ko`rmasa va rasmiy valyuta zahiralari
miqdorini o`zgartirmasa to`lov balansi hisoblari valyuta kursining erkin tebranishi
hisobiga o`zaro tartibga solinadi.
Bunday sharoitda kapital oqib kelishi sababli milliy valyutaning qimmatlashuvi, kapital chiqib ketishi sababli esa uning arzonlashuvi ro`y beradi. Valyuta kursining erkin tebranishi to`lov balansining joriy va kapital hisoblarini avtomatik ravishda mutanosiblashtirish mexanizmi hisoblanadi.
Erkin tebranuvchi valyuta kursi tarafdorlarining ta’kidlashlaricha, to`lov balansining ortiqchaligi yoki taqchilligi bunday vaziyatlarda tez orada barham topadi.Valyuta kurslarining erkin harakati to` lov balansining ortiqchaligi yoki kamomadini yo`qotadi. Erkin tebranuvchi valyuta kurslari to`lov balansini tenglashtirishda kata imkoniyatlarga ega bo`lsa-da, kamchiliklardan ham xoli emas. Chunonchi, bunday valyuta, birinchidan, savdoning noaniqligi va qisqarishiga, ikkinchidan, savdo sharoitining yomon lash ish iga, uchinchidan, beqarorlikka va hokazolarga olib keladi. Agar Markaziy Bank rasmiy valyuta zahiralari vositasida chet el valyutasini sotib yoki sotib olib valyuta kursining erkin tebranishiga barham bersa, valyuta kursining erkin tebranishi vositasida toMov balansini tartibga solish zarurati yo`qoladi. Bunda to`lov balansi taqchilligi Markaziy Bank rasmiy zahiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda chet el valyutasi taklifi oshadi. Qayd etilgan operatsiya eksportga xos bo`lib, kreditda plyus belgisi bilan (Markaziy Bankda xorijiy valyuta zahirasi kamayishiga qaramasdan) hisobga olinadi. Ushbu tadbir natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi kamayadi, uning almashinuv kursi nisbatan ko`tariladi va bu investitsiyalar hajmiga hamda iqtisodiy o`sishga salbiy ta’sir ko`rsatadi.
To`lov balansining aktiv-(musbat) qoldig`i esa Markaziy bankning rasmiy valyuta zahiralari miqdori ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valyuta
zahiralarini to`ldirish uchun chet el valyutasini sotib oladi va natijada ichki
bozorda milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi.

Bu hoi esa iqtisodiyotga (investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o`sishga)
rag`batlantiruvchi ta’sir ko`rsatadi. Markaziy bank tomonidan o`tkaziladigan bunday operatsiyalar rasmiy rezervlar bilan boMadigan operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar natijasida to`lov balansi qoldigi nolga tenglashishi kerak.
Tolov balansining aktiv qoldig`i yoki taqchilligi mamlakat iqtisodiyoti
xususiyatlariga qarab turlicha baholanishi mumkin. Valyutasi xalqaro hisob-kitoblarda hamda boshqa mamlakatlar zahira valyutasi sifatida foydalaniladigan mamlakatlar uchun to`lov balansining taqchil bo`lishi tabiiy hol hisoblanadi. Bunday mamlakatlar to`lov balansini uzoq muddat makroiqtisodiy tartibga solmasligi mumkin.
Milliy valyutasi jahon iqtisodiyotida zahira valyutasi hisoblanmaydigan mamlakatlar Markaziy banklarida rasmiy valyuta zahirasi cheklanganigi tufayli tolov balansining uzoq muddatli taqchilligi bu rezervlaming sarflab bo` linishiga olib keladi. Bunday hollarda to`lov balansi makroiqtisodiy tartibga solinadi. Mamlakat savdo siyosatini va valyuta almashinuv kursini o`zgartirishi choralarini qo`llab chet ellardagi o`z xarajatlarini kamaytiradi yoki eksportdan o`z daromadlarini oshiradi. Bunday tartibga solish natijasida baholar umumiy darajasi oshadi. Oqibatida aholi turmush darajasining pasayishi, milliy valyutaning qadrsizlanishi, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida bandlilikning pasayishi ro`y berishi mumkin. Valyuta rezervlari sarflab bo`linganligi, ilgari olingan chet el kreditlarini qaytarilish grafiklari buzilganligi tufayli bunday kreditlarni yana olish imkoniyatlari yo`qqa chiqadi. Shu tufayli mamlakat to`lov balansi taqchilligining uzoq vaqt davom etishi to`lov balansi inqirozi deyiladi. To`lov balansi inqirozini hal etishning yagona yoki makroiqtisodiy tartibga solish hisoblanadi. O`tish davri iqtisodiyotida xorijiy valyutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy Bankni qiyin ahvolga solib qo`yadi. Chunki rasmiy valyuta zahiralari bir vaqtning o`zida ham to`lov balansi taqchilligini, ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun yetarli bo`lmasligi mumkin. Valyuta almashinuv kursini taitibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona yo`lidir. Qisqa istiqbolda to`lov balansi qoldig`ini jamg`arish va investitsiyalar hajmlarini belgilovchi omillar (masalan byudjet soliq siyosati, foiz stavkalari) ta’sirida o`zgarishi mumkin. Agar mamlakatda rag`batlantiruvchi fiskal siyosat yurgizilsa, bu hoi milliy jamg`armalaming pasayishiga olib keladi. Bu o`z navbatida joriy operatsiyalar hisobi bo`yicha taqchillikka, kapital harakat hisobi bo`yicha musbat qoldiqqa olib keladi. Cheklovchi fiskal siyosat milliy jamg`armalar hajmlarini oshiradi, bu o`z navbatida kapital harakati hisobi bo`yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi bo`yicha musbat qoldiqqa olib keladi.

Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi bo`yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi bo`yicha musbat qoldiqqa erishishga olib keladi. Jahon
foiz stavkalarining pasayishi esa aks natijalarga olib keladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. https://unilibrary.uz/

  2. Yandex.ru

  3. https://tfi.uz/storage/doc-pages/160/original/904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d.pdf

Yüklə 313,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə