Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə39/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

Yurish va yugurish mashqlari. Yurish va yugurish mashqlarining vazifasi qo’l va oyoqlar harakatlanayotganda muvozanat yaxshi saqlagan holda engil, erkin harakatlar qilishni o’rgatishdir. Bolalar katta maktabgacha yoshda bir yo’nalishda hamda bir me’yorda yurish va yugurish ko’nikmasini egallay biladilar.Bolalar olti yoshga etganda yugurishda uchish holatini egallab olgan bo’ladilar. Yurish va yugurishni takomillashtirish uchun oldingi guruhlarda egallangan harakat malakalari asosida turli mashqlarni asta-sekin murakkablashtirib borishdan foydalaniladi.Tarbiyachi katta guruhda yurish va yugurishni navbatma-navbat o’rgatib boradi, bunda topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirib boradi hamda bajarilayotgan mashqning texnikasiga talablar qo’yadi.Masalan, tizzalarni baland ko’tarib yurish mashqini o’zlashtirib olishni anchagina qiyin desa bo’ladi. Yurishning ushbu ko’rinishida qadamlar qisqa harakatlar aniq, avvaliga oyoqning oldingi qismi uchi, so’ngra oyoq to’liq qo’yiladi. Tizzalarni baland ko’tarib yugurishda tizzadan bukilgan oyoq to’g’ri burchak darajasiga ko’tariladi va erga yumshoq qo’yiladi, ammo oyoq uchi shaxdam harakat bilan qo’yiladi.Keng erkin qadam bilan yurish va yugurish. harakat bir oz sekinlatilishi bilan harakterlanadi. Bunda qo’l va oyoq odatdagidek o’zaro muvofik, harakat qilib oldin oyoq tovoni qo’yilib, uchiga o’tiladi.Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish uchun tezlik bilan yugurish (20 m masofaga) taklif kilinsa, chaqqonlik va harakat muvofiqligini rivojlantirish uchun mokisimon yugurish beriladi va nihoyat chidamlilikni rivojlantirish uchun belgilangan masofaga sekin va o’rtacha sur’atda 2.5dakiqa davomida muntazam yugurish qo’llaniladi.
Yugurish siklik tipdagi harakatdir. Yurish kabi u ham tayanch vaziyatlarning yuzada almashinib turishi bilan bajariladigan sikllarning takrorlanishi, oyoqlarning navbatmanavbat oldinga ko‘chirish, qo‘llar harakatining uyg‘unligi bilan xarakterlanadi. Biroq yugurishning yurishdan sezilarli farqi bor. Yugurish chog‘ida yuguruvchining ikkala oyog‘i yerdan uzilganda parvoz fazasi mavjud bo‘ladi. Parvoz vaziyati kishining yugurish tezligini oshiradi. Inersiya ta’sirida bo‘shashtirilgan muskullar bilan oldinga harakat qilishga imkon bergan holda qadamini uzaytiradi. Asab markazlari faoliyati vujudga keladigan tormozlanish tufayli ular ish qobiliyati, shuningdek, butun asab-muskul tizimining qayta tiklanishini ta’minlaydi. Yugurishga o‘zgartishdagi mashqlar oyoq va qo‘lning muvofiq harakati bilan kechadigan, oldinga intiladigan, yengil, tezkor, erkin harakatni hosil qilishga qaratilgandir. Yurish jarayoni katta miqdordagi muskul guruhlarining navbatmanavbat qisqarishi va bo‘shashishi yuz beradi. Yugurish paytida kuch sarfi oshadi, shuning uchun nafas olish hajmi, qon aylanish, gaz almashish tezligi ortadi. To‘g‘ri belgilangan me’yor asosida yugurish umumiy jismoniy rivojlanishga, markaziy asab tizimi funksiyasi takomillashuviga, yurak-qon tomir va nafas olish tizimining chiniqishiga yordam beradi. Tezkor, faol yugurish jismoniy yuklamaning sekinasta pasayib borishi bilan tugashi lozim – qadam sekinlatib yurishga o‘tiladi, bu pulsning normal holatga kelishiga yordam beradi. Tez harakatdan birdan statik holatga o‘tish, (tik turish yoki o‘tirish) yaxshi chiniqmagan yurak-qon tomir tizimi uchun noxush vaziyat tug‘dirishi mumkin, buni bolalar bilan ishlashda hisobga olmoq lozim. Yugurish bola ikki yoshga yetganda shakllanadi va uch yoshga yetganda o‘z takomiliga yetadi. 2,5–3 yoshli bolaning yugurishi mayda qadamligi bilan xarakterlanadi. Ko‘pchilik bolalar joylaridan qiyin 86 qo‘zg‘aladilar, oyoq kaftini to‘liq bosib yuguradilar. Bu yoshda bolalar yurishdan ko‘ra yugurishni ma’qul ko‘radilar. Yugurish ko‘nikmasini dastlab o‘zlashtirayotganda ular notekis, qiyin qadam tashlab, yo‘nalishga yaxshi rioya qilmay yuguradilar. O‘rgatish natijasida to‘g‘ri yugurish belgilari mustahkamlana boradi: parvoz holatida gavda oldinga biroz egilgan, bosh ko‘tarilgan, qo‘llar tirsaklardan bukilgan, qo‘l va oyoqlar harakati muvofiqlashgan bo‘ladi. Bola 4 yoshga yetganda mashq qilish ta’sirida yugurish vaqtidagi qo‘l va oyoqlar harakatlari koordinatsiyasi yaxshilanadi, parvozlilik ritmik takomillashadi. Biroq qadam uzunligi hali yetarlicha bo‘lmaydi, shuning uchun bolalarga chiziqlar, doiralar bo‘yicha yugurish mashqlari, tez yugurayotganda chap berish va ilib olish mashqlari beriladi. Bola besh yoshga yetganda yugurish texnikasini, garchi uning detallarigacha aniq bajarish darajasiga erishmagan bo‘lsada, asosan egallab oladi. Yugurishga o‘rgatishda detallarni takomillashtirishga, yugurishning yengil va tezkor bo‘lishiga e’tibor beriladi. Bolalar 6 yoshga yetganda o‘zlarining yoshiga mos yugurish texnikasini egallaydilar. Ular yengil ritmli, g‘ayrat bilan bir maromda, harakatlar koordinatsiyasi, parvozlilik bilan yo‘nalishlarga rioya qilib ulguradilar. O‘rgatishda asosiy e’tibor yugurishni takomillashtirishga, uning tezligini oshirishga (30 metrli masofani yil oxiriga kelib 7, 5–6,5 minutda bosib o‘tish) beriladi. Bolalar turli topshiriqlarni yugurishda chap berib, mashq bajaradilar. Bolalarda yurishda bo‘lgani kabi yugurish sifatini takomillashtirish maqsadida, yugurishning quyidagi xilmaxil turlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir: oyoq uchida yugurish, katta qadam tashlab yugurish, qorin devori, orqa va oyoq yuzasi muskullarini chiniqtiruvchi sonlarni baland ko‘tarib yugurish; harakat koordinatsiyasi va yengilligini ta’minlashga ta’sir qiluvchi musiqa ostida va ritmik yugurish; signallar asosida bajariladigan topshiriqlar bilan yugurish, predmetlarni oralab va predmetlar bilan (arg‘amchi, chambarak) yugurish; to‘siqlarni 87 yengib, cheklangan yuzada (chizilgan chegara) yugurish, fazoda mo‘ljal olish va harakatlar koordinatsiyasini egallashga yordam beruvchi moki yugurish; kim o‘zarga yugurish; chap berish va ilib olib hamda tarqalib yugurish. Yugurishning bu turi fazo va jamoada mo‘ljal olish uchun yaxshi mashq bo‘lib xizmat qiladi, chaqqonlikni atrof-muhitning o‘zgarishiga nisbatan hozirjavob likni tarbiyalaydi. Yugurishdagi mashqlarning tarbiyaviy ahamiyati bolalarning turlicha foydali mo‘ljal olishlarini egallashdan iboratdir.
Yugurish jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida turli sur’atlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi:
1) tez yugurish (20 metrga 2–3 marta, tanaffus qilib), bu tezlik – kuch sifatlarining tezkorligini tarbiyalaydi va bolalarning funksional imkoniyatlarini oshiradi;
2) 80–120 metrga yurish bilan almashinib (o‘rtacha tezlik bilan) yugurish (2–4 marta). Bu umumiy chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi: o‘nqir-cho‘nqir joylardan 400 metrga sekin yugurish, bu ham umumiy chidamlilikni tarbiyalashning muhim vositasi hisoblanadi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə